September 13

Abadiylik 3 #Sena🎸

Ep 8

Minho telefonni stolga tashlab, zaharli nigoh bilan shiftga tikildi. U Jungkookni shunchaki o‘ldirish judayam oson va oddiy yechim bo‘lishini tushundi. Unga o‘lim emas, undan ham battar azob — Senaning unga nisbatan bo‘lgan barcha umidlarini, Jungkookning esa unga yetishish ilinjini tiriklayin sindirish kerak edi.

Minho asta-sekin yuqoriga, Senaning xonasiga ko‘tarildi. Eshik qulfini ochib, ichkariga kirdi. Sena burchakda, tizzalarini quchoqlagancha o‘tirardi. Minho uning qarshisida cho‘kkalab, barmoqlari bilan Senaning iyangidan tutib, yuzini o‘ziga qaratdi.

— Detektiving qo‘ng‘iroq qildi, — dedi Minho, ovozida dahshatli va sovuqqon bir bosiqlik bilan. — U seni so‘radi. Sen uchun o‘z faoliyatini, burchini qurbon qilishga tayyor. U seni hibsga olish bilan tahdid qilyapti.

Sena uning ko‘zlariga tikildi, xavotir to‘la nigohlari titrab ketdi

— Minho... Unga hech narsa qilma...

Minho kutilmaganda sovuq va qahqahali tarzda kulib yubordi. U Senaning sochlaridan mahkam ushlab, uning qulog‘iga yaqinlashdi

— Havotir olma, jonim. Men uni o‘ldirmayman. O‘lim u uchun juda katta sovg‘a bo‘lardi. Men uni tiriklayin jahannamda qoldiraman. U sening har bir kecha faqat meniki bo‘lishingni, mening bag‘rimda ingrashingni ko‘rib, har kuni ich-etini yeb tugatadi. U seni qutqara olmasligini tushunib, tirik murdaga aylanadi.

— Sen shaytonsan... — pichirladi Sena, ko‘zidan oqayotgan yoshlarni to‘xtata olmay.

— Men sening shaytoningman, Sena, — Minho uning lablaridan yana bir bor og‘riqli va uzoq o‘pdi. — Ertaga u bilan uchrashaman. Lekin u seni tortib ololmaydi. Sen uning ko‘z o‘ngida butunlay mening mulkimga aylanasan.

*

Ertasi kuni kechqurun. Soat millari 22:00 ni ko‘rsatmoqda. Shahar tashqarisidagi tashlandiq va qorong‘u omborxona.

Jungkook qo‘lida qurol tutgancha, zim-ziyo bino ichida kutib turardi. Omborxonaning og‘ir temir eshigi g‘ijirlab ochildi. Qorong‘ulikdan og‘ir qadamlar bilan Minho kirib keldi. Uning yuzida xuddi g‘olibnikidek sovuq tabassum bor edi.

Jungkook qurolni to‘g‘ri Minhoning peshonasiga qaratdi

— Taslim bo‘l, Minho! Sen endi qochib qutula olmaysan. Senani tinch qo‘y va menga topshir!

Minho bir qadam ham ortga chekinmadi. U qurol miliga qarab, sovuqqonlik bilan past ovozda gapirdi

— Ot, Jungkook. Ot va meni o‘ldir. Lekin bilib qo‘y, men o‘lsam ham Sena baribir seniki bo‘lmaydi. U mening ismim bilan namlangan ruhiy qabrda yashaydi. Lekin agar otmasang... sen har kuni sening ko‘zingga qarab, meni quchoqlayotgan Senani tomosha qilasan.

Jungkookning qurol tutgan qo‘llari g‘azab va ojizlikdan titray boshladi...

Jungkookning barmog‘i tepki ustida qaltirab turardi. U Minhoning ko‘zlaridagi sovuqqonlik va surbet tabassumni ko‘rib, tishlarini g‘ajidi.

Minho esa qurol miliga tikilgancha, xuddi o‘lim bilan o‘ynashayotgandek bir qadam ham ortga chekinmasdi. Ikki erkak o‘rtasidagi ziddiyat va nafrat havoni portlash darajasiga keltirgan edi.
Ayni shu daqiqada... ikkalasining ham cho'ntagidagi telefonlari bir vaqtning o‘zida o‘tkir va baland ovozda jiringlab ketdi.

Minho ko‘zini Jungkookdan uzmay, sekin telefonini chiqardi. Screen-da Yoongining ismi yonib-o‘chardi. U go‘shakni ko‘tarishi bilan Yoongining vahimali, nafasi bo‘g‘ilib chiqayotgan ovozi eshitildi

— Minho! Sena... Sena uyda yo‘q! U qochib ketibdi!

Minhoning yuzidagi g‘olibona va sovuq tabassum bir soniyada yo‘qoldi. Uning ko‘zlarida dahshat va aqldan ozdiruvchi g‘azab alangaladi

— Nima deganing bu?! Men senga uni qulflab qo‘yishni va qarab turishni aytgandim-ku, axmoq!

— Men unga ovqat olib kirmoqchi bo‘lganimda, deraza panjarasi buzilgan va xona bo‘sh edi! U yo‘q, Minho! — baqirdi Yoongi.

Jungkook ham o‘z telefoniga kelgan tezkor xabarni o‘qib, rang-ro'yi oqarib ketdi. Uning ham qo‘llari titrab, qurolini pastga tushirdi. Unga politsiya mahkamasidan xabar kelgan edi — Senaning telefon signali shahardan chiqish yo‘lidagi kimsasiz hududda birdan o‘chib qolgan va uning g‘oyib bo‘lgani haqida ma'lumot tushgandi.

— Sen... sen uni qulflab qo‘yganmiding?! — Jungkook qurolni qayta Minhoga qaratdi, ammo bu safar uning ovozida cheksiz g‘azab va asabiylik bor edi. — U sening nazoratingdan qochib ketdimi?!

Minho telefonga qattiq urib, uni yerga otib yubordi. Shisha chil-chil bo‘lib ketdi. U g‘azabdan o‘zini tutolmay, omborxonadagi temir bochkaga musht tushirdi. Pichoq yarasidan yana qon otilib chiqdi, lekin u og‘riqni his qilmasdi. Uning asablari batamom buzilgan, yillab qurgan qafasi bir soniyada kul bo‘lgandi
.
— U uzoqqa keta olmaydi... — dedi Minho, ovozi vahimali va zaharli pichirlashga o‘tib. — U mening mulkim! U maysaday shamolda uchib ketolmaydi!

— O‘chir o‘zingni! — Jungkook Minhoning yoqasidan ushlab, uni devorga qattiq tiradi. — U sening kasalligingdan, sening bu jahannamingdan qochdi! Agar unga biror narsa bo‘lsa, seni o‘z qo‘llarim bilan so'yaman, Minho!

— Qo‘lingni tort! — Minho Jungkookni ko‘ksidan itarib yubordi. — Hozir bir-birimiz bilan urishadigan vaqt emas! Sena ko‘chada, darmonsiz va ruhiy tushkunlikda. U har qanday xavfga yo‘liqishi mumkin!

Ikkala erkak ham — biri uning ustidan to‘liq egalik qilmoqchi bo‘lgan toksik oshiq, ikkinchisi esa uni har ne evaziga qutqarmoqchi bo‘lgan detektiv — bir-biriga nafrat bilan tikilib turishardi. Lekin hozir ularning asablarini buzayotgan va aqldan ozdirayotgan yagona narsa — Senaning g‘oyib bo‘lgani edi.

*

Tungi sovuq yomg‘ir ko‘chani shiddat bilan yuvardi. Sena qorong‘u, oxiri ko‘rinmaydigan kimsasiz yo‘l bo‘ylab betoqat yugurib borardi. Uning ust-boshi ho‘l, nafasi qisilar, ammo ortiga qarashga ham qo‘rqardi. Uning xayolida faqat bir narsa — Minhoning o‘sha sovuq, zaharli nigohi va uni umrbod qafasda tutmoqchi bo‘lgan dahshatli va'dalari aylanardi. U qochishi kerak edi, har qanday evaziga bo‘lsa ham.

Ushbu qorong‘u yo‘lning oxiri yo‘qdek tuyulardi. Atrofda na biror mashina, na biror chiroq ruhi bor edi. Faqat sim-siyo tunga chulg‘angan daraxtlar va shamolning dahshatli uvillashi eshitilardi.

Sena darmonsizlanib, qadamlarini arang tashlay boshladi. Yig‘layverganidan ko‘zlari shishib ketgan, sovuqdan butun tanasi titrardi. U bir necha qadam tashladi-yu, kutilmaganda loy va yaproqlar ostida ko‘rinmay yatgan sharpali shisha bo‘lagini qattiq bosib oldi.

— AHH! — Sena achchiq og‘riqdan baqirib yubordi va loyga yiqildi.

O‘tkir shisha parchasi uning yalang'och oyog‘iga chuqur kirib ketgan edi. Qip-qizil issiq qon darhol loyqa suvlarga aralashib, yo‘lga tomayotgan yomg‘ir bilan birga oqib tushdi. Og‘riq shunchalik kuchli ediki, Senaning ko‘zlaridan yana yosh quyilib ketdi.

U tirnoqlari bilan loyni ushlab, o‘rnidan turishga urindi. Oyog‘ini har gal bosganida, shisha yarasi battar tirnalib, qon ketishi ko‘payardi. Lekin u to‘xtamadi. Sena og‘riqdan ingragancha, har bir qadamida yo‘lda qonli iz qoldirib, sudralib bo‘lsa-da yo‘lida davom etdi.

— Men... men qaytmayman... — pichirladi Sena, titrayotgan lablari bilan. — Meni u yerga qayta yopa olmaysan, Minho...

Ayni shu daqiqada... uzoqdan mashina chiroqlarining o‘tkir yorug‘ligi ko‘rindi. Ikki juft ko‘z — harakatlanayotgan mashina oynasidan qorong‘ulikni izlayotgan Minho va Jungkookning nigohlari yo‘ldagi o‘sha fresh qon izlariga tushdi...

Sena darmonsizlanib yo‘lda sudralib borarkan, uzzoqdan yaqinlashib kelayotgan mashina chiroqlari uning ko‘zini qashtirtirib yubordi. U Minhoning yoki Jungkookning odamlari kelganidan vahimaga tushib, bor kuchi bilan yo‘l chetidagi quyuq butazor ichiga o‘zini otdi.

Uning oyog‘idagi yara chidab bomaydigan darajada achishar, loy va qon aralashib ketgan edi. Sena nam o‘tlar ostida nafasini ichiga yutib, ko‘zlarini chirt yumib oldi. Mashina sekinlab, aynan u yiqilgan joyda to‘xtadi

Mashina eshigi ochilib, undan bir yigit tushib keldi. U loy ustidagi hali qurimagan qon izlarini va quyuq butalar tomonga tortilgan yangi izlarni ko‘rib qoldi. Yigit sekin, ehtiyotkorlik bilan butalar tomonga yaqinlashdi. Uning qo‘lida kichik fonar bor edi.

— Kim bor u yerda? — so‘radi yigit, ovozi bosiq va osoyishta eshitilib. — Sizga yordam kerakmi?

Sena qo‘rqib, ortiga chekinmoqchi bo‘ldi, ammo og‘riqdan hushini yo‘qotayozdi. Yigit chiroqni uning yuziga va qonga belangan oyog‘iga qaratdi. Sena hushini yo‘qotishdan oldin faqat bir narsani — bu yigitning yuzida na Minhoning zaharli nigohi, na Jungkookning sovuqqonligi borligini, balki uning ko‘zlarida haqiqiy xavotir borligini ko‘ra oldi.

— Menga tegma... iltimos... — pichirladi Sena va o‘zidan ketdi.

Yigit bir zum ham ikkilanmay, Senani avaylab bag‘riga oldi va uni mashinasining orqa o‘rindig‘iga yotqizdi. U Senaning oyog‘idagi shisha parchasi va tinimsiz oqayotgan qonni ko‘rib, o‘zining kurtkasini yechib, yaraning ustidan mahkam bog‘ladi.

Shundan so‘ng u mashinani tezlik bilan haydab ketdi. U Senani o‘zining shahardan chetdagi xavfsiz uyiga olib borib, bekitishga qaror qildi.

*

Oradan o‘n daqiqa o‘tib... o‘sha joyga Minho va Jungkookning mashinalari kelib qiyqirib to‘xtadi.

Minho mashinadan otilib chiqdi. U yo‘l o‘rtasidagi loyga belangan qon izlarini ko‘rib, tiz cho‘kib o‘tirib qoldi. U qonni barmoqlari bilan ushlab ko‘rdi — bu Senaning qoni edi. Lekin izlar shu yerda uzilgan, yaqin atroflarda mashina g‘ildiraklarining yangi izlari qolgandi.

Jungkook ham uning yoniga kelib, atrofni diqqat bilan ko‘zdan kechirdi.

— U yolg‘iz emasdi... — dedi Jungkook tishlarini g‘ajib. — Kimdir uni olib ketgan!

Minho loyga qattiq musht tushirdi. Uning ko‘zlaridagi zaharli va qorong‘u nafrat endi har qachongidan ham xavfliroq alangalardi

— Kim bo‘lsa ham... agar u mening Senamga qo‘l tekkizgan bo‘lsa, uni tiriklayin terisini shilaman!

Alex

Yorug‘lik va qahva hididan Sena sekin ko‘zlarini ochdi. U issiq va shinam xonadagi yumshoq divanda yotardi. Oyog‘idagi og‘riq bosiqlashgan, yarasidagi shisha olib tashlanib, ehtiyotkorlik bilan toza bint bilan bog‘langandi.

Sena sarosimaga tushib, darhol o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi, ammo oyog‘idagi o‘tkir sanchiqdan ingrab, ortiga tushdi.

— Tinchlaning, harakat qilmang. Yarangiz hali juda yangi, — dedi muloyim va bosiq ovoz.

Sena eshik tomonga qaradi. U yerda qo‘lida bug‘i chiqib turgan ikki finjon qahva bilan taxminan 25 yoshlardagi kelbatli, sochlari tartibsiz tushgan yigit turardi.

Uning yuzida sovuq niqob ham, zaharli egalik hissi ham yo‘q edi.
Yigit qahvani stolga qo‘yib, Senaning qarshisidagi kresloga o‘tirdi

— Men Alexman. Kecha sizni yo‘lda, juda og‘ir ahvolda topib oldim. Oyog‘ingizga kirgan shishani olib tashlab, dorilarni surtib qo‘ydim.

Sena xavotir bilan unga va atrofdagi noma'lum xonaga tikildi

— Siz... siz kimsiz? Nega meni bu yerga olib keldingiz?

— Sizni o‘sha holatda yo‘lda tashlab ketib bo‘lmasdi, — dedi Alex bosiqlik bilan va unga issiq qahva uzatdi. — Narigi xonada siz uchun og‘riqsizlantiruvchi dori ham bor. Xavotir olmang, bu yerda sizga hech kim zarar yetkazmaydi. Lekin bir narsani bilmoqchiman... sizni kimdan yoki nimadan bunday dahshat bilan qochayotgan edingiz?

Sena finjonni titrayotgan qo‘llari bilan ushladi. Issiq qahva uning muzlab qolgan barmoqlarini biroz isitdi, ammo uning xayolida faqat bir narsa — uni izlab ko‘chalarni ostin-ustun qilayotgan Minho va Jungkookning sovuq rasmlari aylanardi.

— Agar ular... mening bu yerda ekanligimni bilishsa... — pichirladi Sena ko‘zlariga yosh olib. — Sizni ham, meni ham o‘ldirishadi.

Alex uning qo‘rquvga to‘la ko‘zlariga tikilib, biroz jiddiy tortdi va ohista pichirladi

— Sizni bilmayman-u, lekin men o‘zimni va uyimga kelgan mehmonni himoya qilishni bilaman. Siz bu yerda xavfsizsiz.

Ayni shu paytda... Alexning uyi yaqinidagi ko‘chalarda Minhoning odamlari va Jungkookning patrul mashinalari hududni birma-bir tintib, har bir uy va obyektni ko‘zdan kechira boshlagan edi.