Yesterday

Dark desire #Diyaa🩵

Ep 10

Jinning stol atrofida aytgan oʻsha daxshatli ogohlantirishidan keyin nonushta zalidagi havo muzlab qolgandek edi. Suna Jinning shubha toʻla nigohlariga dosh berish uchun bor kuchi bilan oʻzini xotirjam koʻrsatishga urinar, ammo kiyimi ostiga, aynan yuragining ustiga yashiringan oʻsha mitti GPS moslamasi goʻyo tanasini kuydirayotgandek edi.

— Sening itoatkorliging menga yoqmoqda, Suna, — dedi Jin qahvasidan soʻnggi qultumni ichib.

U oʻrnidan turdi, qora kostyumini toʻgʻrilab, Sunaga yaqinlashdi. Uning sovuq, baquvvat barmoqlari qizning yuzidagi upa bilan yashirilgan oʻsha tarsaki izi ustidan ohista yuritildi.

— Ammo bu itoatkorlik ortida qandaydir hiyla boʻlsa, jazoing kechagidanda daxshatli boʻlishini unutmaysan, shundaymi?

— Shunday... — Suna koʻzlarini yerga qaratib, boʻysungandek boshini silkidi.

Jin uning bu javobidan qoniqqandek sovuq jilmaydi-da, Sehunga qarab buyruq berdi

— Sehun, bugun shahar markazida uchrashuvim bor. Sen qasrda qolasan. Sunaning xavfsizligi va uning har bir qadami uchun shaxsan sening boshing bilan javob berishingni esingdan chiqarma.

— Xoʻp boʻladi, janob Kim, — Sehun qoʻllarini beliga qoʻygancha, odatdagidek sovuqqonlik va sadoqat bilan taʼzim qildi.

Uning yuzidan tunda Sunaga bergan vaʼdalari, maxfiy rejalari haqida zarracha shubha oʻqib boʻlmasdi. Jin oʻz odamlari bilan qasrni tark etgach, ulkan binoda faqatgina ogʻir sukunat va bir necha xizmatkorlar qoldi.

Lia uzoqdan, oshxona burchagidan turib Sunaga nafrat bilan tikilib turardi. Jin ketishi bilan Sehun Sunaga yaqinlashdi. Uning nigohlari jiddiy va ogohlantiruvchi edi.

— Xonim, xonangizga chiqing. Bu yerda ortiqcha koʻzga tashlanmang, — dedi Sehun ovozini pastlatib. — Lia sizni kuzatib turibdi. Agar u biror narsani sezsa, toʻgʻri Jinga yetkazadi.

Suna indamay oʻrnidan turdi va ikkinchi qavatga, oʻz xonasiga koʻtarildi. U xonaga kirishi bilanoq eshikni yopdi va kiyimi ichidagi oʻsha mitti moslamani chiqarib qoʻliga oldi. Bu kichik temir boʻlagi hozir u uchun dunyodagi yagona najot qalʼasi edi. U dush xonasiga kirib, oyna qarshisida turgancha boʻynidagi Jin qoldirgan oʻsha qizgʻish, koʻkargan izlarga qarab yigʻlab yubormaslik uchun lablarini tishladi.

Suna pov;
- Yana bir hafta... Atigi bir hafta chidashim kerak. Keyin Sehun meni bu jahannamdan olib ketadi,

Ayni oʻsha paytda, pastki qavatda, Sehun qasr xavfsizlik tizimi oʻrnatilgan maxfiy kompyuter xonasiga kirdi. U eshikni ichkaridan qulfladi-da, monitor qarshisiga oʻtirib, tizim kodlarini, gʻarbiy devordagi kameralar bazasini titkilay boshladi. Uning barmoqlari klaviaturada tez-tez harakat qilar, koʻzlarida esa chuqur, daxshatli va sirli bir rejaning sovuq uchqunlari yonib turardi.

U qasrning mudofaa devorlarini ichkaridan buzayotgandek koʻrinardi.
Biroq, bu ulkan qasrda hech bir narsa Kim Seokjinning nazoratidan butkul chiqib ketmas edi. Hatto u binoda boʻlmaganida ham, devorlarning ham qulogʻi bor edi...

*

Jin shahardagi uchrashuvlarini yakunlab, tushdan keyin qasrga qaytib keldi. Biroq u yolgʻiz emas edi. Qasr darvozasidan Jinning qora mashinalari ortidan yana ikkita oʻta qimmatbaho, dabdabali sport mashinalari kirib keldi. Binodagi hamma xizmatkorlar, hatto Sehun ham darhol hovliga chiqib, saf tortishdi.

Chunki bugun qasrga Kim oilasining eng xavfli va erkatoy aʼzolari — Jinning Amerikada tahsil olgan va oʻsha yerdagi bizneslarni boshqargan egizak jiyanlari (akasining farzandlari) kelayotgan edi.

Mashina eshiklari ochilib, ichkaridan bir-biriga suv tomchisidek oʻxshash, ammo xarakteri butkul farq qiladigan egizaklar tushib kelishdi.

Yigitning ismi Kay, qizning ismi esa Klara edi. Ikkalasi ham qora, qimmatbaho kiyimlarda, koʻzlarida esa Kim oilasiga xos boʻlgan oʻsha sovuq, takabbur va odamlarni mensimaydigan nigoh bor edi.

Kay baland boʻyli, sochlari tartibsiz taralgan, yuzida gʻalati va xavfli jilmoyish aks etgan yigit boʻlsa, Klara oʻta nafis, ammo koʻzlari pichoqdek oʻtkir va zaharli qiz edi.

— Qasringiz hamon oʻsha-oʻsha zerikarli, amaki, — dedi Kay mashinadan tushishi bilanoq Jin bilan koʻrishib, atrofga koʻz yugurtirarkan.

Uning ovozida Amerikacha talaffuz va erkinlik bor edi.

Kay and Klara

— Shunchaki bu yerda hali sizlar yoʻq edingiz, — dedi Jin labining cheti bilan kulib.

U oʻz jiyanlarini yaxshi koʻrsa-da, ularning qanchalik aqlli va shafqatsiz ekanligini bilar edi.

— Eshigimiz tagida yangi oʻyinchoq bor deb eshitdik, amaki? — Klara oʻzining qimmatbaho sumkasini toʻgʻrilab, Jinning yoniga keldi va koʻzlarini qisdi. — Oʻsha qimorbozning singlisi haqida butun Amerika gapiryapti. Uni koʻrishga sabrim chidamayapti.

Jin jiyanlarining bu gapidan keyin qoshlarini chimirdi, ammo indamadi. Ular birgalikda qasr ichkarisiga kirishdi.
Ayni shu paytda Suna oʻz xonasida oʻtirib, hovlidagi shovqin-suronni eshitgan edi. U qasrdagi bu yangi mehmonlar kimligini bilish va Sehun aytgandek, Jinning shubhasini tarqatish uchun oʻzini xotirjam tutgancha pastga, markaziy zalga tushishga qaror qildi.

Suna sekin zinapoyalardan tushib kelayotganida, zal markazida oʻtirgan yangi qahramonlarning nigohi unga qadaldi. Kay oʻrindiqqa suyangan holda qoʻlidagi ichkilik qadahini aylantirib oʻtirgandi, ammo Sunani koʻrgan lahzada uning harakati toʻxtadi. U Sunaning nozikligiga, boʻynidagi upa bilan berkitilgan oʻsha izlarga va koʻzlaridagi yashirin ruhiy ogʻriqqa qarab daxshatli darajada qiziqib qoldi. Uning koʻzlarida yirtqichning ovga boʻlgan tashnaligi paydo boʻldi.

— Wow... — Kay oʻrnidan sekin turdi, koʻzlarini Sunadan uzmay. — Amaki... sizning didingizga har doim qoyil qolganman. Demak, oʻsha mashhur Suna mana shumi?

Klara esa Sunaga boshidan oyogʻigacha nafrat va mensimaslik bilan tikildi. U oʻrnidan turib, toʻgʻri Sunaning qarshisiga keldi. Klara Sunaning yuziga shunday yaqin keldiki, qiz uning qimmatbaho atri hididan nafas ololmay qoldi.

— Koʻrinishi juda ojiz-ku? — dedi Klara piching bilan, Sunaning sochlaring bir tolasini barmogʻiga oʻrab. — Amaki, buning oʻrniga Lia yaxshiroq emasmidi? Hech boʻlmasa Lia qasr qonunlarini biladi. Bu qiz esa tez orada oʻzini oʻldirib qoʻyadigganga oʻxshaydi.

Suna Klaraning bu haqoratli gaplaridan keyin labini tishladi, ammo Sehun bergan maxfiy GPS va "itoatkor koʻrin" degan buyrugʻini eslab, oʻzini tutdi. U Klaraning koʻzlariga boʻysunish bilan boʻyalgan sovuq ohangda qaradi

— Xush kelibsiz, — dedi u atigi ikki ogʻiz soʻz bilan va Jinning yoniga oʻtdi.

Jin Sunaning bu harakatini kuzatib turardi. U Kayning Sunaga qanday yutqudek tikilib turganini koʻrib, ichidagi oʻsha daxshatli rashk maxlugʻi yana uygʻonganini his qildi. Jin Sunaning belidan mahkam quchoqlab, oʻziga tortdi, uning bu harakati "U faqat meniki, unga qarashga ham haddingiz sigʻmasin" degan daxshatli ishora edi.

Zal chetida turgan Sehun esa bu yangi egizaklarning kelishi uning maxfiy qutqaruv rejasini qanchalik chigallashtirib yuborishini oʻylab, ich-ichidan xavotirga tusha boshladi. Qasrda oʻyin ishtirokchilari koʻpaygan, taranglik esa eng yuqori nuqtaga chiqqan edi...

*

Qasrning markaziy dabdabali oshxona zalida kechki ovqat uchun ulkan va hashamatli dasturxon yozilgan edi. Ammo bu dasturxon atrofidagi havo shunchalik ogʻir ediki, xuddi hozir kimdir kimnidir soʻyib tashlaydiggandek tuyulardi.

Jin stol toʻrida, oʻzining shohona kursisida oʻtirardi. Uning oʻng tomonida har doimgidek Suna joy olgandi. Suna Sehun aytgandek jim, itoatkor boʻlib oʻtirishga urinar, ammo ichidagi daxshat tobora ortib borardi. Chunki Jinning chap tomonida oʻtirgan Klara kutilmaganda chalpagan qoʻllari bilan zal eshigi oldida ruxsatsiz turgan Liani chaqirib qoldi.

— Lia! Buyoqqa kel, qadrdonim! — Klara baland ovozda erkalik bilan gapirdi. — Amaki, xafa boʻlmaysiz-ku, ammo men Amerikadaligimda Liani juda sogʻindim. Biz u bilan bolalikdan birga oʻsganmiz, u men uchun shunchaki xizmatkor emas. Lia, kel, mana bu boʻsh oʻrindiqqa, mening yonimga oʻtir. Bugun birga ovqatlanamiz!

Lia bu gapni eshitib, koʻzlarida gʻalaba nashidasi bilan Sunaga qarab qoʻydi-da, borib stol atrofiga, Klaraning yoniga oʻtirdi. Jin bu holatni koʻrib qoshlarini chimirdi. U Liani kecha tunda shunchaki ishlatgan edi, ammo jiyanining uni stolga oʻtqazishi unga yoqmadi. Shunday boʻlsa-da, Amerikadan kelgan jiyanlarining injiqligiga hozircha indamadi.

Eng daxshatli burilish esa Kay tomondan boʻldi. Kay stol atrofida aylanib keldi-da, Sunaning aynan roʻparasidagi boʻsh joy qolib, uning yonidagi oʻrindiqqa — Jin va Sunaning oʻrtasidagi masofani qisqartirib oʻtirib oldi. U toʻgʻri Jinning koʻz oldida Sunaga shunchalik yaqin keldiki, ularning yelkalari bir-biriga tegib ketayotgan edi.

Zal chetida qoʻllarini qovushtirib turgan Sehun bu manzarani koʻrib, ichida daxshatli xavotir his qila boshladi. Jinning koʻzlari qonga toʻla boshlagandi.

— Hosh, Suna... — Kay vino qadahini koʻtarib, toʻgʻri Jinning koʻzlariga qarab sovuq iljaydi, keyin esa yuzini Sunaga burdi. Uning qaynoq nafasi qizning boʻyniga urilardi. — Amerikada hamma sening goʻzalliging haqida gapirardi, ammo yaqindan koʻrish butunlay boshqacha ekan. Amakim sendan koʻz uzolmayotganining sababini endi tushundim. Terining bunchalik nafisligini tasavvur ham qilmagandim...

Kay bu gaplarni aytarkan, Jin borligiga ham qaramay, stol ostidan oʻzining oyogʻini Sunaning uzun toʻq qizil koʻylagi ostidagi nozik oyogʻiga ishqay boshladi. U qizga daxshatli darajada ochiqchasiga yaqinlashayotgan edi.

Suna daxshat ichida oyogʻini tortib olishga urindi, ammo Kay uning oyogʻini oʻz tizzalari bilan maxfiy ravishda qisib qoʻydi. Suna qoʻrquvdan Jinning yuziga qaradi.
Jin stol ustida turgan sanchqini barmogʻi bilan shunchalik qattiq qisgandiki, uning tomirlari boʻrtib, barmoq boʻgʻimlari oqarib ketdi.

Jin Kayning Sunaga bunchalik yaqin oʻtirganini va qizning yuzidagi daxshatni koʻrib, stol ostida nima boʻlayotganini sezib turardi. Uning ichidagi oʻsha maniac — telba rashk maxluqi hozir hamma narsani vakuum qilib yutib yuborishga tayyor edi.

— Kay... — Jinning ovozi daxshatli pichirlashga aylandi, butun zal sukunatga choʻmdi. — Mening stolimda, mening qizimga qarab gapirayotganda chegarangni unutma. Boʻlmasa, Amerikaga qaytishga oyogʻing qolmasligi mumkin.

Klara esa vaziyatni yumshatish va Liani koʻtarish uchun darhol gapga aralashdi

— Voy, amaki, qoʻysangiz-chi! Kay shunchaki hazillashyapti. Undan koʻra Liaga qarang, u bugun juda goʻzal, toʻgʻrimi? Kecha tunda sizning kabinetingizdan chiqayotganida yuzida boshqacha baxt bor edi... — Klara Liyaga qarab koʻz qisib qoʻydi.

Lia yerga qarab, soxta uyatchanlik bilan Jinning yuziga qaradi. Suna esa bu gapdan keyin kechagi dush eshigi ortidagi manzara esiga tushib, labini tishladi va koʻzlaridan yosh qalqdi. U hozir bitta stol atrofida dushmanlar girdobida qolgandi: bir tomondan uni haqoratlayotgan Klara va Lia, ikkinchi tomondan unga shafqatsizlarcha yaqinlashayotgan Kay, va ularning markazida turgan daxshatli Kim Seokjin...

Jinning daxshatli ogohlantirishidan keyin zaldagi taranglik shu qadar kuchaygandiki, hatto pichoq bilan kessa boʻladigan darajada ogʻir muhit hukm surdi. Kay stol ostida Sunaning oyogʻini qisib turgan tizzasini sekin boʻshatdi.

U amakisining koʻzlaridagi daxshatli qotillik olovini koʻrib, hozircha oʻyinni toʻxtatish kerakligini tushundi, ammo uning yuzidagi oʻsha takabbur va telbavor kulgi yoʻqolmadi.

Kay oʻrnidan shartta turdi. U qoʻlidagi vino qadahini stolga qattiq qoʻydi-da, Jinning qarshisida qoʻllarini choʻntagiga tiqdi.

— Men toʻydim, amaki. Ovqatingiz ham xuddi qasringizdek biroz ogʻirlik qildi, — dedi u piching bilan.

Kay ketishdan oldin yuzini Sunaga burdi va uning koʻzlariga toʻgʻri tikilib, daxshatli, sirlarga boy va maʼnoli bir tarzda jilmayib qoʻydi. Uning bu kulgisi "Biz hali davom etamiz" degandek edi.

Kay ogʻir qadamlar bilan zalni tark etdi va ikkinchi qavatga koʻtarildi. Uning yotoqxonasi aynan Sunaning shundoqqina qarshisidagi, eshiklari bir-biriga qaragan xonada joylashgan edi. Bu joylashuv Suna uchun yangi bir doʻzax boshlanayotganidan dalolat berardi.

Zalda esa Klaraning zaharli oʻyini davom etayotgan edi. U Liyaning qoʻlidan tutib, toʻgʻri Jinning toshdek qotgan yuziga qaradi.

— Amaki, bugun kechasi Lia bilan bir tun oʻtkazib koʻrmaysizmi? — dedi Klara mutlaqo beparvo va erkin ohangda, xuddi oddiy narsani soʻrayotgandek. — Axir kecha tunda kabinetingizda nimalar boʻlganini hamma bildi-ku? Liaga oʻzingiz ham befarq emassiz, men buni koʻrib turibman. Buning ustiga, u mana bu qimorbozning singlisidan ming marta afzalroq va sadoqatliroq.

Lia Klaraning bu gaplaridan keyin ich-ichidan gʻalaba nashidasini surib, koʻzlarini yerga qaratdi va Jinning javobini kutdi.
Suna esa bu gaplarni eshitarkan, ichidagi ogʻriq va nafratdan nafasi boʻgʻildi. U tunda Jinning oʻziga qilgan daxshatli ehtirosli jazosini esladi. U faqatgina Sehun aytgan gaplarni miyasida takrorlar, GPS moslamasini kiyimi ustidan barmogʻi bilan qisib turardi. Ammo uning koʻzlaridan yosh oqib chiqishiga sal qolgandi.

Jin oʻz stolidan sekin, daxshatli bir ulugʻvorlik bilan oʻrnidan turdi. Uning boʻyi stol atrofidagilarga soya solib turardi. U Klaraga shunday sovuq va vahshiy nigoh tashladiki, Klaraning yuzidagi oʻsha takabbur kulgi bir soniyada muzlab qoldi.

— Klara... — Jin ovozini daxshatli darajada pastlatdi, bu ovoz oʻlim hukmidek eshitilardi. — Sen Amerikada yuraverib mening qasr qonunlarimni unutmaysan deb oʻylayman. Mening yotoqxonamga kim kirishi va kim bilan tun oʻtkazishimni belgilash sening hadding emas.

Jin Sunaning qoʻlidan mahkam changalladi va uni oʻrnidan shiddat bilan turgʻizdi.

— Lia... Sen esa hozir koʻzimdan yoʻqol. Agar yana bir marta mening nomimni shunday sahnalarda eshitsam, kechagi jazodan ham badtarrogʻiga duch kelasan, — Jin bu gapni aytib, Sunani oʻzi bilan birga yuqoriga sudrab boshladi.

Zal chetida turgan Sehun Jin va Sunaning ortidan ergashdi. U ikkinchi qavatga koʻtarilayotganda, qarshidagi xonaning eshigi biroz ochiqligini va u yerdan Kay ularni kuzatib turganini payqadi.

Jin Sunani oʻz xonasiga olib kirib, eshikni qattiq yopdi. Suna eshik ortida Jinning qaynoq va gʻazab nafasini his qilib turarkan, qarshisidagi xonada oʻtirgan Kay va qasrda tuzilayotgan bu tuzoqlar ichida oʻzini batamom chorasiz his qila boshladi...