September 13

Abadiylik 3 #Sena

Ep 5

Minho stolni qattiq urganda, eshik sekin qiya ochildi. Eskiziy ko'ylagi tugmachasini o'ynagancha Jungkook eshik tirqishida paydo bo'ldi. Uning yuzida g'alati, sovuq bir tabassum bor edi.

β€” "O'liklar tiriklardan ko'ra ko'proq himoya qiladi"? β€” Jungkook ichkariga qadam bosib, sekin qarsak chaldi. β€” Juda ta'sirli nutq, doktor Kang. Lekin men bilganimcha, bu psixiatriya shifoxonasi, shoirlar to'garagi emas

Minho joyidan qimirlamadi. Niqob ostidagi yuzida biror bir maysa titramadi, ammo ko'zlari bir lahzaga xavfli darajada sovuqlashdi.

β€” Detektiv, bemorlar bilan muloqot qilish usulim mening shaxsiy tibbiy metodikam. Sizning vakolatingizga kasalxona xodimlarining ritorikasini baholash kirmaydi deb o'ylayman.

β€” Metodika? β€” Jungkook Minhoning ro'parasiga kelib, stolga tayandi. β€” Bir bemorga uning o'lgan sevgilisini eslatadigan teginishlar va tushunarsiz so'zlar bilan ruhiy bosim o'tkazish ham metodikami? Men hozirgina Senaning bu yerdan yig'lab, boshi qotgan holda chiqib ketganini ko'rdim.

Minho qog'ozlarni tartibga solgan bo'lib, xotirjam javob berdi

β€” Uning ahvoli og'ir. Alahsishlar, o'tmish xotiralarining xotiraga qayta urilishi normal holat. Siz esa har bir gapdan jinoyat qidirishni to'xtating.

β€” Men jinoyat qidirmayapman, doktor, β€” Jungkook past ovozda, to'g'ridan-to'g'ri Minhoning ko'zlariga tikildi. β€” Men tirik yurgan murdani qidiryapman. Nega bilasizmi? Chunki Minho o'lgan deb e'lon qilingan avariyadagi ekspertiza xulosasida juda ko'p chala joylar bor. Va o'sha halokatdan keyin siz aynan shu kasalxonada paydo bo'lgansiz.

Shu payt xonaga Yoongi bostirib kirdi. U Jungkookning so'zlarini eshitib, birdan hushyor tortdi va vaziyatni buzmaslik uchun darrov oraga tushdi.

β€” Detektiv, yetar! β€” dedi Yoongi Jungkookning yelkasidan ushlab. β€” Bu yer kasalxona, tergov xonasi emas. Senaning ruhiy ahvoli yomonlashayotgani uchun shifokorni ayblamang.

Jungkook Yoongiga qarab xiyol kulimsiradi. U hammasini sezayotgan edi Yoongi, bu shifokor va hatto Jihanning ham o'rtasida qandaydir umumiy sir bor.

β€” Yaxshi, β€” dedi Jungkook orqaga chekinib. β€” Lekin esingizda bo'lsin: haqiqat baribir yuzaga chiqadi. Sena baribir biladi.

Jungkook xonani tark etgach, Yoongi eshikni mahkam yopib, Minhoga o'girildi

β€” U juda yaqin kelib qoldi, Minho. Senani boshqa bo'limga o'tkazish kerak. U seni tanib qolishiga oz qoldi.

Minho niqobini sekin pastga tushirdi. Uning yuzida chuqur charchoq va nafrat bor edi.

β€” U baribir biladi, Yoongi... Lekin hozir emas. U hali bunga tayyor emas.

*

Kasalxona yo'laklari allaqachon sukunatga cho'mgan, faqat devoriy chiroqlarning xira yog'dusi tushib turardi.

Minho shifokorlik xalatini yechib, oddiy kiyimlarini kiydi-da, ish kunini tugatib, binoning orqa chiqish eshigi tomon yurdi. Uning miyasida faqat Senaning ko'zlari va Jungkookning shubhali gaplari charx urardi.

Zulmat qoplagan, hech kim yo'q torgina yo'lakdan o'tayotganida, ortidan shoshilinch qadam tovushlari eshitildi. Minho o'girilishga ham ulgurmay qoldi β€” birov uning qorniga sovuq va o'tkir metallni mahkam tiqib yubordi.

Og'riqdan Minhoning nafasi bo'g'ildi. U devorga suyanib qolarkan, pichoq chuqur kirganini va issiq qon kiyimini ivitayotganini his qildi.

U sekin tepaga qaradi. Qorong'uda nafasini bosa olmay, titrab turgan odam β€” Jihan edi. Uning ko'zlarida qip-qizil nafrat va dahshat aralashib ketgandi. U Pichoq ushlagan qo'llari bilan hali ham Minhoni mahkam ushlab turardi.

β€” Sen... β€” pichirladi Jihan, ovozi g'azabdan titrab. β€” Sen uning hayotini mahv etding! Uni ushlab turganing, uning ruhiyatini ezayotganing yetmaydigandek, endi meni ham tahdid bilan qo'rqitmoqchimisan? Sen uni munosib emassan, Minho! U seni o'lik deb biladi va sen chindanam o'lishing kerak!

Minho og'riqdan yuzini burushtirib, pichoq tutgan Jihanning bilegidan mahkam ushladi. Niqobsiz, ochiq yuzidagi sovuq va dahshatli kulgu Jihanning yuragini muzlatib qo'ygandek bo'ldi. U hatto o'layotgan holatida ham bo'sh kelmasdi.

β€” Sen... baribir... unga erisha olmaysan... β€” dedi Minho bo'g'iq va qonli ovozda.

Jihan pichoqni sug'urib oldi-da, ortiga qaramay night qorong'usiga qochib ketdi. Minho esa tizzalari bukilib, sovuq polga yiqildi. Uning qo'llari yaradan oqayotgan qonni to'xtatishga urinardi, ammo ko'zlari darmonsizlikdan yumilib borardi.

Shu payt yo'lak oxirida kimgadir tegishli og'ir qadam tovushlari eshitildi. Kimdir bu tomonga kelayotgan edi...

Minho sovuq polga yiqilib, hushini yo'qotayotgan daqiqalarda koridor oxiridagi og'ir qadam tovushlari yaqinlashdi. Minho bilan uchrashuv belgilagani kelgan Yoongi qon daryosida yotgan tanani ko'rib, qotib qoldi.

β€” Minho! β€” Yoongi shoshilib uning yoniga tushdi va yarani mahkam bosdi. β€” Minho, ko'zingni och!

Minho arang ko'zlarini ochib, Yoongiga qaradi. Uning lablaridan qon sizib tushardi.

β€” Jihan... β€” pichirladi Minho, hushidan ketishidan oldin.

Yoongi vaziyat jiddiyligini va buni rasmiy ro'yxatga olib bo'lmasligini darrov tushundi. Agar "Dr. Kang" pichoqlangani haqida xabar tarqalsa, politsiya va Jungkook zudlik bilan surishtiruv boshlaydi va Minhoning shaxsiyati oshkor bo'ladi. U Minhoni sekin ko'tarib, kasalxonaning faqat o'ziga ma'lum bo'lgan maxfiy, zaxira operatsiya xonasiga olib o'tdi.

Yoongi bir necha soat davomida sovuqqonlik bilan Minhoning yarasini tikdi va qonni to'xtatdi. Yara chuqur edi, ammo boshqa a'zolarga ziyon yetmagandi.

*

Tongga yaqin Minho ko'zlarini ochdi. Uning yuzi bir ahvolda, ammo nigohi hamon o'sha sovuq edi. Yoongi uning yonida, qo'llari qonli holda o'tirardi.

β€” Sen jiddiy xato qilding, Minho, β€” dedi Yoongi past, lekin qat'iy ovozda. β€” Jihanni juda past baholading. U aqldan ozgan. Agar seni o'ldirganida, hamma rejamiz barbod bo'lardi.

β€” U qo'rqoq, β€” dedi Minho bo'g'iq ovozda, qornini ushlab. β€” U faqat ortdan zarba bera oladi. Lekin bu uning oxirgi xatosi bo'ldi.

β€” Hozir eng muhimi bu emas, β€” Yoongi o'rnidan turdi. β€” Jihan seni o'ldi deb o'ylayapti. Jungkook esa haliyam atrofda o'ralashib yuribdi. Sen bir necha kun ko'rinmay turishing kerak. Sena esa... u sendan xavotir ola boshladi.

Minho shipga tikilgancha jim qoldi. Uning xayolidan faqat bir narsa o'tar edi: Jihan endi Senaning yoniga boradi va o'zini g'olibdek his qiladi. Lekin Minho bu o'yinni shunchaki tugatishga yo'l qo'ymaydi.

Yoongi maxfiy xonadan chiqiboq to'g'ri Senaning palatasiga yo'l oldi. Uning sabri tugagan, kasalxona endi o'ta xavfli hududga aylangandi. Jihanning qilgan qonli jinoyati va Jungkookning har bir qadamni kuzatayotgani Yoongini zudlik bilan harakat qilishga majbur etdi.

U palata eshigini shiddat bilan ochib kirdi. Sena karavotda o'tirgancha, hali ham hayolga tolgan edi.

β€” Buyumlaringni yeg' biz ketamiz, β€” dedi Yoongi buyruq ohangida, Senaning javobini kutmasdan uning kiyimlarini sumkaga joylay boshladi.

Sena hayron bo'lib o'rnidan turdi

β€” Yoongi, nima bo'lyapti? Axir doktor Kang hali meni javob bergani yo'q U qayerda o'zi? Men u bilan gaplashishim kerak...

Yoongining jag'i taranglashdi. "Doktor Kang" hozir qonga belanib yotganini ayta olmasdi. U Senaning bilagidan ushlab, o'ziga qaratdi.

β€” Doktor Kangga hozir sen kerak emassan! Kasalxonada qolishing xavfli. Jihan aqldan ozgan, u senga va atrofidagilarga zarar yetkazishi mumkin. Men seni bu yerda bir sekund ham qoldirmayman. Uyingga qaytasan.

β€” Lekin... Jihan unday qilmaydi... β€” Sena ikkilanib qoldi, biroq Yoongining ko'zlaridagi g'azab va qat'iyatni ko'rib, e'tiroz bildirishga jur'at etmadi.

Yoongi Senani kasalxonaning orqa eshigidan olib chiqib, mashinasiga o'tqazdi. Aynan shu daqiqada Jungkook kasalxona yo'lagida "Dr. Kang"ni izlayotgan va Jihanning xonasida qonli pichoq izlarini qidirayotgan edi.

Yoongi ulardan bir qadam oldinda bo'lib, Senani o'zlarining shahar chetidagi xavfsiz va tinch uyiga olib keldi.

*

Sena o'z xonasiga kirganida, uyning sovuq sukunati uni bosib keldi. Bu yerda har bir buyum unga Minhoni va u bilan bog'liq og'riqli xotiralarni eslatardi. Ammo shu bilan birga, uning xayolidan "Dr. Kang"ning o'sha so'zlari ketmasdi

- "Ba'zida o'liklar tiriklardan ko'proq himoya qiladi."

Yoongi eshik oldida turib, unga sovuq tikildi

β€” Endi shu yerda bo'lasan. Hech qayerga chiqmaysan va hech kim bilan gaplashmaysan. Men seni o'z qoidalarim bo'yicha himoya qilaman.

Sena deraza oldiga borib, tashqariga qaradi. U bu uydan, Yoongining nazoratidan va o'z xayollaridan qochib qutula olmasligini his qilardi. Ammo uning ichidagi bir tuyg'u "Dr. Kang" bilan bo'lgan voqea hali tugamaganini pichirlardi.

*

Oshxonada og'ir va sukunatli havo hukmron edi. Dasturxon atrofida o'tirgan Yoongi va Senaning orasidagi sukunatni faqat idish-tovoqlarning sekin urilishi buzib turardi.

Yoongi ovqatlanishga urinardi, ammo uning fikri hamon kasalxonada, yarador holda qolgan Minhoda va ularning xavfli rejasida edi.

Sena esa likopchasidagi ovqatga tegmay, sanchqini shunchaki ushlab o'tirardi. Uning ko'zlari bir nuqtaga tikilgan, xayoli esa tamoman boshqa joyda edi.

β€” Ovqatingni yeb ol, Sena, β€” dedi Yoongi unga qarab, ovozini imkon qadar yumshatishga urinib. β€” Senga kuch kerak.

Sena sekin boshini ko'tardi. Uning nigohida chuqur qayg'u va g'alati bir qat'iyat bor edi. U Yoongining ko'zlariga tikilib, birdan gapira boshladi

β€” Bilasanmi, Yoongi... Men uni har bir soniya eslayman. Bugun ovqatga qaraganimda ham, xonamga kirganimda ham faqat u ko'zimga ko'rinyapti.

Yoongining qo'lidagi sanchqi havoda to'xtab qoldi. Uning yuzi bir zumda qotdi.

β€” Sena, yana o'sha mavzuni boshlama, β€” dedi u tishlari orasidan.

β€” Yo'q, eshit, β€” Sena to'xtamadi. β€” Minho bilan birinchi marta xuddi shunday stol yonida senariy boyicha tanishganmiz esingdami? U mening qarshimda o'tirib, xuddi hozirgidek menga jim tikilardi. Uning har bir harakati, meni himoya qilishga urinishi... Men uni yo'qotdim deb o'ylagandim. Lekin kasalxonada, o'sha doktor Kangni ko'rganimda... Uning teginishi, menga qarashi menga Minho bilan o'tkazgan oxirgi tunimizni eslatdi.

Yoongining jag'i taranglashib, mushtlari tugildi. Senaning har bir so'zi uning ichidagi rashk va alamlarni alanga oldirardi. Axir u Minhoni qutqargan, ammo aynan shu Minho Senaning xayolidan umuman chiqmayotgan edi.

β€” Doktor Kang β€” bu shunchaki begona odam! β€” Yoongi ovozini balandlatib, stolga qo'lini urdi. β€” Minho esa o'lgan! U endi yo'q! Nega tushunmaysan, Sena? U seni tashlab ketdi!

β€” U meni tashlab ketgani yo'q! β€” Sena ham o'rnidan irg'ib turdi, ko'zlaridan yosh quyildi. β€” Men uni his qilyapman! O'sha avariya bo'lgan kuni u menga nima deganini eslaysanmi? "Nima bo'lganda ham, men seni baribir topaman" degan edi. U tirikdek... U go'yo judayam yaqin atrofdadek his qilyapman!

Yoongi o'rnidan turib, Senaning yoniga keldi. U qizning yelkasidan ushlab, o'ziga qaratdi. Uning ko'zlarida nafrat, g'azab va cheksiz og'riq bor edi.

β€” Yetar! β€” baqirdi Yoongi. β€” Boshqa u haqida bitta ham so'z aytma! Sen hozir shu yerdasan, mening yonimdasan! U o'tmishda qoldi!

Sena uning qo'llarini siltab tashladi va nafrat bilan Yoongiga qaradi

β€” Sen qancha harakat qilmang, Yoongi... Men uni hech qachon unutmayman.

Sena yig'lagancha o'z xonasiga yugurib chiqib ketdi va eshikni qulflab oldi. Yoongi esa oshxonada yolg'iz qolib, stoldagi idishlarni g'azab bilan polga urib sindirdi. U Minhoni qutqarganiga birdan afsuslana boshladi.