Today

Dark desire #Diyaa🩵

Ep 13

Kechga yaqin Jin hali ham qasrga qaytmagan edi. Shifokorning homiladorlik haqidagi xabaridan keyin butun qasrda yashirin bir vahima havosi sezilardi. Suna oʻz vujudida yangi bir hayot borligini hali bilmasdi — unga hech kim bu haqda aytmagandi, ammo u oʻzini juda holsiz his qilar, yaralariga Kay surtgan malham dori biroz ogʻriqni qoldirgan boʻlsa-da, ruhiyati hamon Sehundan yegan xiyonat tufayli jonsiz edi.

*

Tungi soat ikkilar atrofida Suna xonasida oʻtira olmay, daxshatli chanqoq his qildi. U Jinning yotoqxonasidan sekin chiqdi. Qasr quyuq qorongʻulikka va sukunatga burkangan, faqat yoʻlaklardagi devor chiroqlari xira nur sochib turardi. Suna devorlarni ushlab, sekin pastga tushmoqchi boʻldi.

Biroq, u ikkinchi qavatning burchagidagi qasr kutubxonasi va maxfiy hujjatlar saqlanadigan xona yonidan oʻtayotganda, kutilmaganda yoʻlakning narigi chetidan ogʻir qadamlar tovushi va tansoqchilarning chiroqlari koʻrindi. Suna agar ularga koʻrinib qolsa, yana Jinning gʻazabiga duchor boʻlishini bilib, shoshilgancha oʻzini eng yaqin turgan oʻsha qorongʻu maxfiy xonaning ichiga urdi.

Eshikni sekin yopdi-yu, ortiga oʻgirilib, daxshatdan qotib qoldi. Xona mutlaqo zulmat ichida edi, ammo eshik yopilishi bilanoq, uning ortidan quvvatli bir qoʻl Sunaning ogʻzini mahkam yopdi va uni devorga qisdi.
Suna daxshat ichida yulqinmoqchi boʻldi, ammo qorongʻuda unga yaqin kelgan oʻsha tanish, oʻtkir va qimmatbaho atr hidi uni toʻxtatdi. Bu Kay edi.

— Shshsh... Baqirma, goʻzalim. Tansoqchilar oʻtib ketishsin, — deb pichirladi Kay Sunaning qulogʻiga.

Uning nafasi issiq va gʻalati darajada tez-tez chiqardi. Tashqarida qoʻriqchilarning qadam tovushlari eshik ortidan oʻtib ketguncha, ular shu qorongʻu va tor joyda bir-biriga mutlaqo yopishgan holda turishdi. Suna uning bagʻridan chiqishga urindi, ammo Kay qizning ikkala qoʻlini devorga mahkam mixlab qoʻydi. Zulmatda Kayning koʻzlari xuddi yirtqich hayvonnikidek yonib turardi.

— Qoʻyib yubor meni, Kay! Senga aytdim-ku, hech kimga ishonmayman! — Suna pichirlab bor ovozi bilan gʻazablandi.

— Menga ishonishing shart emas, Suna... Ammo meni oʻzingdan uzoqlashtira olmaysan, — Kayning ovozi daxshatli darajada ehtirosli va telbavor eshitildi. — Men seni oʻsha amakimning changalida, har kuni oʻlim bilan yuzma-yuz koʻrib, aqldan ozyapman. Sen uniki emassan. Boʻlishingni xohlamayman!

Kay ortiq oʻzini tiya olmadi. Ichidagi necha kunlik oʻsha yashirin, taqiqlangan tuygʻu toshib ketdi. U Sunaning qarshiligiga, yulqinishlariga qaramay, uning lablariga daxshatli bir ehtiros va tashnalik bilan yopishdi.

Bu boʻsa Jinning shafqatsiz va azoblovchi boʻsalardan butkul farq qilardi — u yonayotgan, aqldan ozgan, ammo ich-ichidan cheksiz sevgi va qizgʻanish bilan toʻla boʻsa edi. Kay qizning lablarini oʻz ehtirosi bilan yutib yuborishga urinarkan, uning beli va sochlaring oʻz barmoqlari orasiga mahkam qisdi. Suna boshida qarshilik koʻrsatdi, uni itarishga urindi, ammo vujudidagi holsizlik va Kayning daxshatli darajada kuchli ehtirosi uni bir necha soniyaga ojiz qoldirdi.

U yopiq eshik ortida, zulmat ichida Kayning oʻgʻrincha va taqiqlangan boʻsasiga asir boʻlib qolgandi. Kay qizning lablaridan arang uzildi, ikkalasining ham nafasi boʻgʻziga kelib, tez-tez urardi. Kay uning peshonasiga oʻz peshonasini qoʻyib, daxshatli darajada ogʻir pichirladi

— Baribir seni bu yerdan olib ketaman... Amakim senga jarohat bergan oʻsha qoʻllari bilan oʻz qoniga belanadi. Sen faqat meniki boʻlasan, Suna.

Suna uning quchogʻidan oʻzini zoʻrgʻa tortib oldi, uning lablari Kayning boʻsasidan yonib borar, koʻzlarida esa cheksiz qoʻrquv bor edi. Chunki qasr darvozasidan toʻsatdan shoshilinch kelgan qora mashinalarning va Kim Seokjinning daxshatli qadam tovushlari eshitila boshlagandi...

Jin qaytib kelgandi! Xavf juda yaqin edi! Sunaning tomirlarida qon muzlab, bor kuchi bilan Kayning bagʻridan yulqinib chiqdi. Jinning qasrga kirib kelayotgan daxshatli ovozlari yoʻlaklardan aks sado berar edi.

Suna bir soniya ham yoʻqotmay, qorongʻu xonadan otilib chiqdi va oyoq uchida yugurgancha shundoqqina qarshidagi yotoqxonaga kirib, eshikni ichkaridan yopdi.

U zoʻrgʻa ulgurgan edi. Suna yotoqxonaga kirishi bilanoq, yuragi koʻksidan chiqib ketgudek daxshatli tezlikda ura boshladi. U qorongʻu xonada Kay bilan kechgan oʻsha taqiqlangan ehtirosli soniyalardan, uning lablarida qolgan issiq boʻsa asoratidan butun vujudi bilan qaltirardi. Eng daxshatlisi — Kayning pichirlab aytgan - Men sani sevaman, seni bu yerdan olib ketaman" degan gaplari miyasida bong urardi

Suna shoshib karavotga kirdi, koʻrpa ostiga yashirinib, oʻzini uxlayotgandek koʻrsatdi. Oradan atigi oʻttiz soniya oʻtmay, yotoqxona eshigi daxshatli bir shiddat bilan ochildi.
Eshikda qora uzun paltosida, koʻzlarida halokatli olov yonayotgan Kim Seokjin turardi. Undan kelayotgan zaharli va sovuq atmosfera bir zumda butun xonani qopladi.

Jin sekin, ogʻir qadamlar bilan karavotga yaqinlashdi. Uning har bir qadami Sunaning qulogʻiga oʻlim hukmidek eshitilardi. Jin karavot chetiga kelib toʻxtadi. U pastga egilib, Sunaning yuziga tikildi. Suna koʻzlarini mahkam yumib olgandi, ammo uning tez-tez va hayajonli nafas olayotganini Jin darhol sezdi.

— Suna... — Jinning ovozi tunda gʻalati darajada boʻgʻiq va vahshiy chiqdi. — Uxlamayotganingni bilaman. Koʻzlaringni och.

Suna chorasiz holda sekin koʻzlarini ochdi va Jinning qop-qora, oʻtkir nigohlariga qaradi. Qizning lablari hamon Kayning boʻsasidan biroz qizargan edi, ammo xonadagi qorongʻulik uni asrab turgandi.
Jin qoʻlini uzatib, Sunaning yuzini, sochlarining tolasini kaftiga oʻradi. Uning bu safargi teginishida har doimgidek shafqatsiz qotillik emas, balki qandaydir daxshatli va telbavor bir egalik tuygʻusi bor edi.

Shifokor aytgan oʻsha soʻzlar — Sunaning uning bolasini koʻtarib yurgani Jinni butunlay oʻzgartirib yuborgandi.

— Men senga aytdim-ku, bu qasrdan qochishga urinma deb, — Jin pichirladi, uning qaynoq nafasi Sunaning yuziga urildi. — Bugun shifokor menga aytgan gaplardan keyin, sen endi bu dunyoda faqat va faqat men bilan yashashga mahkumsan. Mening urugʻimni yuraging ostida olib yuribsan, Suna... Sen mendan homiladorsan.

Suna bu gapni eshitgan lahzada goʻyo miyasiga chaqmoq urilgandek boʻldi. Uning koʻzlari dahshatdan katta-katta ochilib ketdi.

— Nima?.. Yoʻq... Boʻlishi mumkin emas! — Suna titrab ketdi, qoʻllari bilan beixtiyor qornini toʻsdi.

Bu xabar uning uchun ozodlik eshiklarining butkul zanjirlanganini anglatardi. Jin daxshatli tarzda iljaydi, uning maniac xarakteri yana yuzaga chiqdi. U Sunaning peshonasidan oʻpdi-da, uning yoniga yotib, uni oʻzining baquvvat bagʻriga mahkam qisdi.

— Ha, goʻzalim. Sen endi mening farzandimning onasisan. Senga ortiq zarar yetkazishlariga yoʻl qoʻymayman. Ammo sening erkinlik haqidagi har qanday xomxayoling bugun oʻldi, — dedi Jin va koʻzlarini yumdi.

Suna esa Jinning baquvvat quchogʻida mixlanib yotarkan, daxshat ichida qoldi. Shundoqqina roʻparadagi xonada unga sevgi izhor qilgan Kay, qasrda uni sotgan Sehun, va endi vujudida uygʻonayotgan Jinning bolasi... Qasr zaharli va qonli bir urush maydoniga aylanib boʻlgandi...

*

Tong otdi. Qasr ustiga tushgan quyosh nurlari bu safar oʻzi bilan birga iliqlik emas, balki portlashga tayyor turgan daxshatli bir haqiqatni olib keldi.

Suna tun boʻyi Jinning oʻsha baquvvat, qafasdek mahkam quchogʻida bitta soniya ham koʻz yumolmadi. Uning miyasi butunlay muzlab qolgan, ruhini daxshatli bir qorongʻulik qoplagan edi.

"Homilador... Kim Seokjindan homilador..."

Bu soʻzlar uning qulogʻi ostida tinmay aks sado berardi. U oʻzini chuqur ruhiy shok holatida his qilar, koʻzlari bir nuqtaga qadalgancha, jonsiz qoʻgʻirchoqdek qotib yotardi. U oʻz vujudidan, bu qasrda boshiga tushgan har bir kundan nafratlanardi, ammo endi undan qochishning iloji mutlaqo qolmagandi. Uning ichidagi ozodlikka boʻlgan soʻnggi umid uchquni ham shu shok girdobida butkul oʻchgan edi.

Jin ertalab oʻrnidan turib, Sunaning yuzidagi bu toshdek qotgan ifodaga sovuq jilmayish bilan qaradi. U qizning belini ohista silab qoʻydi-da, bu xabarni butun qasrga va oʻz oilasiga eʼlon qilish uchun pastga tushib ketdi.

Markaziy zalda esa Amerikadan kelgan jiyanlari — Kay va Klara nonushta stolida oʻtirishardi. Lia ularga kofe quyib berar, kechagi gʻalabasidan hamon mamnun boʻlib jilmayardi. Shuningdek, Sehun ham zal chetida toshdek qotib, oʻzining oʻsha sovuqqon sadoqati bilan navbatchilik qilayotgan edi.

Jin zaldagi zinapoyalardan daxshatli bir ulugʻvorlik bilan tushib keldi. U stol toʻriga oʻtirib, sovuq koʻzlarini stol atrofidagilarga qaratdi.

— Bugundan boshlab bu qasrdagi barcha qonunlar oʻzgaradi, — dedi Jin ovozini eshittirib. Uning ovozidagi oʻsha magʻrurlik va daxshat hamma narsani jim qoldirdi. — Suna hech qayerga ketmaydi. Va unga hech kim, hatto kichik bir gap bilan ham zarar yetkazishga haddi sigʻmaydi. U mening farzandimni koʻtarib yuribdi. Suna homilador.

Bu gap zalda xuddi atom bombasi portlagandek taʼsir qildi. Klara qoʻlidagi qimmatbaho kofe finjonini shunchalik qattiq qoʻyib yubordiki, finjon stol ustiga urilib, chil-chil sindi va issiq kofe dasturxonga yoyilib ketdi. U mutlaqo shok holatiga tushgan edi. Uning oʻtkir va zaharli koʻzlari daxshatdan katta-katta ochilib, rangi oqarib ketdi.

— Nima?! — deb baqirib yubordi Klara, oʻrnidan shartta turib. Uning vujudini nafrat va shok olovi kuydirayotgan edi. — Amaki! Siz aqldan ozdingizmi?! Oʻsha pastkash qimorbozning singlisi... bizning oilamizning, sizning qoningizni tashiydimi?! Men Liani sizga mos koʻrib yurganimda, siz oʻsha asirangizdan bola orttirdingizmi?! Bu boʻlishi mumkin emas!

Klaraning yonida turgan Liyaning ham qoʻllari qaltirab, qoʻlidagi kofe idishi yerga tushib ketdi. Lia ham butkul karaxt boʻlib qolgandi. Uning Jinning yonida malika boʻlish haqidagi barcha iflos rejalari shu soniyada yoʻq boʻlgandi.
Zal chetida turgan Sehun esa bu xabarni eshitganda koʻzlarini bir soniyaga qisdi, uning nigohida gʻalati va tushunarsiz bir sovuqlik oʻtdi.

Biroq, eng daxshatli va ogʻir shokni Kay yashayotgan edi. U stol ustidagi pichoqni barmogʻi bilan shunchalik qattiq qisgandiki, qoʻli qaltirab ketdi. Kecha tunda qorongʻu xonada Sunani oʻpgan, unga oʻz sevgisini izhor qilgan va uni qutqarishga vaʼda bergan Kay hozir amakisining ogʻzidan chiqqan bu gaplardan keyin ich-ichidan parchalangan edi.

Suna amakisining bolasini koʻtarib yuribdi... Bu haqiqat Kayning miyasini telbalik darajasiga olib keldi. Uning koʻzlarida Kim oilasiga xos boʻlgan oʻsha vahshiy maniac olovi yanada kuchliroq, dahshatliroq va qonliroq yonib boshladi.

— Oʻchiringlar ovozlaringni! — Jin stollni mushti bilan urib, Klarani joyiga oʻtqazdi. — Men qaror qilib boʻldim. Kimda-kim unga va bolamga qarshi biror ish qilsa, oʻz qoʻllarim bilan oldiraman!

Qasrda endi shok va nafrat urushi eng yuqori darajaga chiqqan edi. Klara Sunadan butkul nafratlanib, uni oʻldirish rejasini tuza boshlagan boʻlsa, Kay ichidagi oʻsha singan sevgisi va telbaligi bilan amakisiga qarshi qonli qasosga tayyorlanayotgan edi...

Jin stol atrofidagilarni shafqatsizlarcha ogohlantirib, qasrdan chiqib ketishi bilanoq, zalda daxshatli bir sovuq urush boshlandi. Klara gʻazabdan va shokdan lablarini qonagunicha tishlab, yonida titrab turgan Liyani qoʻlidan mahkam ushladi va uni chetga, xizmatkorlar xonasining qorongʻu burchagiga sudrab ketdi.

— Menga qara, Lia! — Klara ovozini pichirlash darajasiga keltirib, koʻzlarini vahshiyona qisdi. — Bu qasrda oʻsha iflos qizning bolasi tugʻilishiga aslo yoʻl qoʻymayman! U tugʻilsa, sening ham, mening ham bu uydagi qadrimiz zarracha qolmaydi. Amakim faqat uni oʻylaydigan boʻladi. Sen oshxonani yaxshi bilasan... Menga bolani tushiradigan, ammo hech qanday shifokor sezmaydigan yashirin zaharli oʻtlardan dori tayyorlaysan. Uni har kuni Sunaning ovqatiga, ichadigan suviga oz-ozdan qoʻshasan! Eshitdingmi?!

Lia koʻzlarida nafrat va qoʻrqinchli bir gʻalaba uchquni bilan bosh silkidi

— Xavotir olmang, Klara xonim... Men bugunning oʻzidayoq ish boshlayman. U bola bu dunyoni koʻrmaydi, — dedi u pichirlab.

Biroq, bu ikki zaharli ayol xonaning eshigi ortida soya kabi turgan va ularning har bir gapini sovuqqonlik bilan eshitib turgan Kayni payqashmagan edi. Kay qasrdagilarning psixologiyasini juda yaxshi bilar va Klaraning bunday tinch oʻtirmasligini oldindan sezgandi. Uning ichidagi oʻsha maniac oshiq tuygʻusi Sunani butun dunyodan, hatto oʻz oilasidan ham qizgʻanish darajasiga yetgandi.

U Sunaning Jinning bolasini koʻtarib yurganidan nafratlansa-da, uning tanasiga bitta igna tegishiga ham ruxsat bermaslikka qasam ichgan edi. U qizning yashirin qalqoniga aylangandi.

*

Tushdan keyin. Suna hamon oʻsha bitta umumiy yotoqxonada, chuqur ruhiy shok ichida, shiftga tikilgancha holsiz yotardi. Shu payt eshik taqillab, ichkariga Lia kirdi. Uning qoʻlida dabdabali patnisda kofe va Suna uchun maxsus tayyorlangan, ichiga halokatli zaharli oʻt suvi tomizilgan issiq shoʻrva bor edi.

— Suna xonim... Janob Kim sizni yaxshi ovqatlanishini buyurdilar. Mana, shoʻrva ichib oling, — dedi Lia yuziga soxta va zaharli jilmoyishini kiyib, patnisni yotoq yonidagi stolga qoʻyarkan.

Suna unga qayrilib ham qaramadi. Lia shoʻrva qadahlari bilan qizni yolgʻiz qoldirib, xonadan chiqdi. Eshik ortida esa u Klara bilan uchrashib, reja ish berayotganini aytib, xursand boʻlib ketishdi.

Suna daxshatli chanqoq va ochlik his qilgach, sekin oʻrnidan turib, stol ustidagi shoʻrvaga qoʻl uzatgan ham ediki, kutilmaganda yotoqxona eshigi shiddat bilan ochilib, ichkariga Kay kirdi. Kay bir soniya ham yoʻqotmay, Sunaning qoʻlidagi qoshiqni urib yubordi. Qoshiq yerga tushib, polga shoʻrva sachradi.

— Nima qilyapsan?! — Suna qoʻrqib ketib, ortga chekindi.

Kay indamay stol ustidagi oʻsha qimmatbaho zaharli shoʻrva idishini oldi-da, uni dush xonasidagi rakivinaga toʻkib tashladi. Issiq suyuqlik oqib ketarkan, xonaga gʻalati, oʻtkir hid tarqaldi.

— Senga aytdim-ku, Suna... Bu uydagi hech kimga ishonma deb, — Kay dushdan chiqib, Sunaning shundoqqina qarshisida toʻxtadi.

Uning koʻzlarida aqldan ozdiruvchi bir jiddiylik va vahshiylik bor edi.

— Singlim Klara va oʻsha iflos Lia sening ichingdagi bolani oʻldirmoqchi. Bu ovqatda zahar bor edi! Agar men kelmaganimda, hozir qon ichida yotgan boʻlarding.

Suna eshitgan gaplaridan daxshat ichida qornini ushladi. Qasr naqadar iflos va vahshiy joy ekanini u yana bir bor his qildi. Unda hech qanday himoya yoq edi, faqatgina qarshisida turgan, oʻziga telbalarcha oshiq boʻlgan Kaydan boshqa.

Kay sekin Sunaga yaqinlashdi, uning nozik yelkasidan mahkam tutib, oʻziga qaratdi. Uning ovozi past, ogʻir va daxshatli eshitildi

— Amakim seni asrayman deb oʻylaydi, lekin u tashqarida band. Bu qasrning ichida seni faqat men asray olaman, Suna. Klara nimaiki oʻylamasin, men ularning har bir qadamini yoʻq qilaman. Sen va sening vujuding... faqat menga omonat. Shuni unutma, — dedi Kay va qizning yuziga daxshatli bir tashnalik bilan qarab, xonadan chiqdi.

U eshikdan chiqishi bilanoq, yoʻlakda turgan Liyani va uni kuzatib turgan Klarani koʻrdi. Kay ularning qarshisiga kelib, shunday sovuq va qotillik olovi bilan tikildiki, Klaraning ham, Liyaning ham yuragi orqasiga tortib ketdi.

— Agar uning ovqatiga yana bir marta biron narsa qoʻshilganini bilsam... amakimga aytib oʻtirmayman, ikkalangizni ham shu qasr hovlisiga tiriklayin koʻmib tashlayman! — deb pichirladi Kay.

Klara oʻz akasining Sunani bunchalik ashaddiy himoya qilayotganini va unga oshiq boʻlganini koʻrib, daxshatli shok va gʻazab girdobida qoldi...