October 22

Abadiylik 3 #Sena

Ep 29

Minho koshona ichida, tizimga qilingan hujumdan g‘azablanib, zal bo‘ylab shiddatli qadamlar bilan yurardi. U qo‘riqchilarni va xizmatchilarni savolga tutib, qaysi birining ko‘ziga qarasa, o‘sha zahoti o‘limdan darak beruvchi vahshiy bir sovuqlik sezilardi. U asosiy darvoza oldidan o‘tayotganida, kirish stolida turgan guldasta ko‘ziga tashlandi.

Guldasta koshona ichidagi odatdagi gullardan farq qilardi. U juda yangi, qip-qizil va tikanlari hali tozalab olinmagan, vahshiyona chiroyli edi. Minho to‘xtadi. U guldastaning yonida yotgan kartochkaga ko‘zi tushdi. Unda Sena ismi yozilgandi.

Minho guldastani qo‘liga oldi. Atirgulning o‘tkir tikani uning barmog‘iga botib ketdi, biroq u buni sezmadi ham. Uning ko‘zlari qora olov bilan yona boshladi. Koshonaga begona odam qanday kirib kelishi va aynan Senaga atab gul qoldirib ketishi mumkin edi?

— Bu kimning ishi?! — deb o‘kirdi Minho butun zal bo‘ylab.

Qo‘riqchilar daxshatdan qotib qolishdi. Hech kim javob berishga botinmasdi.
Minho guldastani mahkam siqib, uni Senaning xonasi tomonga ko‘tarib ketdi. U zinadan ko‘tarilayotganda nafas olishi tezlashdi, o‘z mulkiga bo‘lgan shafqatsiz rashk uning miyasini zaharlay boshlagandi.

Eshikni tepib ochdi. Sena karavotda, derazadan tushayotgan xira nurda o‘tirardi. U Minhoning qo‘lidagi o‘sha guldastani ko‘rgan zahoti yuragi "shuv" etib ketdi. Bu Yoongining ishorasi edi — akasi u bilan bog‘lanayotgandi. Sena darhol xavfni sezdi, ammo yuzidagi ifodasini o‘zgartirmaslikka, hech narsadan bexabardek ko‘rinishga urindi.

Minho guldastani Senaning yuziga yaqin olib borib, uni siltab tashladi. Qizil barglar va tikanli poyalar Sena ustiga sochilib ketdi.

— Senga kim gul yubordi, Sena?! — deb baqirdi Minho, uning yelkasidan mahkam ushlab, silkitarkan. — Kim senga tegishga yoki senga sovg‘a berishga botindi? Javob ber!

Sena tushib ketgan atirgulga, so‘ngra Minhoning g‘azabdan bo‘rtib chiqqan tomirlariga tikildi. U akasining nima demoqchi bo‘lganini tushunardi. Bu shunchaki gul emas, bu o‘yin boshlanganining belgisi edi. Sena jimgina, ko‘zlarida yosh emas, balki sovuq bir qat’iyat bilan Minhoga qaradi.

— Bilmayman, Minho... — dedi u sekin, ovozi titramay. — Balki kimdir meni senga ko‘proq qadrsiz ko‘rsatmoqchidir. Yoki shunchaki ustimdan kulmoqchidir.

Minho qizning ko‘zlariga tikildi. U uning yalnayotganini sezgandek, yana ham qattiqroq siqdi.

— Agar o‘sha odamni topsam, uni tiriklayin ko‘mib tashlayman. Sening har bir nafasin, har bir qarashing faqat menga tegishli!

Minho xonadan chiqib ketishdan oldin, Senaning yuziga tarsaki tushirdi va eshikni qarsillatib yopdi. Sena yerga tushgan tikanli gulni qo‘liga oldi. Tikan barmog‘ini yana bir bor qonatdi, ammo Sena buni his qilmadi. U akasining rejasiga o‘zining qoni bilan imzo qo‘ygandek edi.

*

Minho g‘azabdan telba bo‘lgancha xonadan chiqib ketganidan so‘ng, zinalardan pastga shiddat bilan tushdi. Uning har bir qadamida koshona devorlari titragandek bo‘lardi. Zal markazida barcha qo‘riqchilar va xizmatchilar boshlarini egib, titragancha saf tortib turishardi. Yoongi esa burchakda, qo‘llarini shimining chontagiga solganicha, barcha voqealarni sovuqqonlik bilan kuzatib turardi.

Minho saf oldiga kelib to‘xtadi. Uning yuzidagi tomirlar bo‘rtib chiqqan, ko‘zlarida esa xuddi har qanday tirik mavjudotni yoqib yuborishga tayyor daxshatli olov yonardi.

— Asosiy darvozaga kim navbatchilik qilayotgan edi?! — dedi Minho.

Uning ovozi koshonaning har bir burchagida aks-sado berdi.
Ikki nafar qurollangan qo‘riqchi qaltirab oldinga bir qadam tashladi. Ular gapirishga ham jur’at eta olmay, dahshat ichida qotib qolishgandi.

— Bitta... bitta noma’lum mashina to‘xtab o‘tdi, janob... — dedi ulardan biri duduqlanib. — Biz tekshirishga ulgurmay, xabar qoldirib ketishdi.

Minho ortiqcha bir og‘iz so‘z demadi. U yonidagi qo‘riqchining g‘ilofidan to‘pponchani sug‘urib oldi-da, ikkala navbatchiga ham ikkilanmay o‘t ochdi. O‘q ovozi koshona zalini qoplab oldi. Ikkala qo‘riqchi polda qonga belanib yiqildi.

Xizmatchi ayollar daxshatdan qichqirib yuborishdi, ammo Minho to‘pponchani ularga qaratishi bilan hamma pichoq kesgandek jim bo‘ldi.

— Kimda-kim bu koshonaga mendan yashirincha biror narsa olib kirsa yoki Senaga biror narsa yetkazsa... o‘limi bularnikidan ham azobli bo‘ladi! — dedi Minho, qurolni polga otib yuborarkan.

Yoongi sekin Minho tomonga yurib keldi. Uning yuzida hamon o‘sha xotirjam va bosiq maska bor edi, ammo ich-ichida u o‘z rejasining birinchi bosqichi mukammal ishlayotganidan mamnun edi. Minho g‘azabdan ko‘r bo‘lib borayotgandi, uning mantiqiy fikrlashi rashk va vahshiy g‘azab ostida ko‘milib borardi.

— Minho, o‘zingni bos, — dedi Yoongi bosiqlik bilan. — Bu shunchaki provokatsiya. Kimdir seni asabiylashishga va xatoga yo‘l qo‘yishga majbur qilyapti.

— Meni xato qilishga majbur qiladigan odam hali dunyoga kelmagan! — deb baqirdi Minho Yoongiga o‘girilib. — Sena mening mulkim! Uning hayotiga, tanasiga, hatto xayollariga ham faqat men egalik qilaman! Kimdir unga gul beradi-yu, men jim turamanmi?!

— Unda o‘sha odamni topaylik, — dedi Yoongi, uning ko‘zlariga tik qarab. — Tizimga hujum qilgan ham, gulni tashlab ketgan ham bir kishi bo‘lishi mumkin. Koshonani yanada qattiqroq blokirovkaga olamiz. Hech kim kirmaydi va chiqmaydi.

— Yo‘q! — dedi Minho, tishlarini g‘ijirlatib. — Men Senaga boraman. U mening yonimda bo‘lishi kerak. Har bir soniya... mening ko‘z oldimda!

Minho yana yuqoriga, Senaning xonasiga qarab yo‘l oldi.
Yuqoridagi xonada esa Sena karavotda o‘tirgancha, pastdan eshitilgan o‘q uzish va qichqiriq topshiriqlarini jimgina tingladi. Uning qo‘lidagi qip-qizil atirgul barglaridan uning barmog‘iga qon tomchilab borardi. Sena qonli barmog‘ini labiga bosib, sekin pichirladi

— Minho... sen o‘z g‘azabingda o‘zing yonasan. Akam esa seni kulga aylantiradi...

Eshik qayta ochilib, Minho ichkariga bostirib kirdi. Uning yuzida yangi qon sachragan izlar bor edi. U Senaga yaqinlashib, uni karavotga bosdi va uning bo‘ynidan mahkam ushlab, qip-qizil ko‘zlari bilan unga tikildi.

— Sen faqat menikisan... Tushundingmi?! Faqat meniki!

Minho Senaning bo‘ynidan mahkam ushlab, uning yuziga intildi. Uning har bir nafasi g‘azab va vahshiy rashkdan yonib turardi. Sena esa uning ostida qimirlamay, bo‘g‘ilayotganiga qaramay, ko‘zlariga sovuqqonlik bilan tikilib turardi. Minho bu sovuq va qat’iy qarashdan yanada telbalashib, uning lablaridan shafqatsizlarcha o‘pib ketdi.

Bu o‘pichda g‘amxo‘rlik emas, balki jazolash va o‘z mulkini qayta muhrlash ehtiyoji bor edi.

— Sena... Menga qara! — dedi Minho, uning lablaridan ajralib, nafasini rostlarkan. — Qancha urinma, tashqaridan hech kim seni qutqara olmaydi. U gulni yuborgan odam kim bo‘lishidan qat’i nazar, tez orada uning jasadi shu koshona darvozasi oldida osig‘lik turadi!

Sena jimgina pichirladi

— Minho... Sen baribir qo‘rqyapsan. U gul seni shunchalik sarosimaga soldimi?

Minho bu gapdan keyin tishlarini g‘ijirlatib, Senaning kiyimlarini yulqib tashladi. U Senaning kechadan beri zaiflashgan, qon va izlar bilan qoplangan tanasini yana o‘zining shafqatsiz aloqasi bilan bo‘ysundirishga kirishdi.

Sena og‘riqdan va darmonsizlikdan ko‘zlarini yumib, ichida og‘riqni yutdi. U har bir zarba va har bir teginish ortida Minho o‘zining ojizligini yashirayotganini tushunib yetgandi.

Ushbu shafqatsiz yaqinlikdan so‘ng, Minho holdan toygan Senani karavotda qoldirib, o‘rnidan turdi. U kiyimlarini kiyib, eshik tomonga yurdi.

— Xonadan bir qadam ham tashqariga chiqmaysan. Sen uchun bu xona va mening bag‘rimdan boshqa dunyo yo‘q, — dedi Minho va eshikni tashqaridan qulflab chiqib ketdi.

Aynan shu vaqtda, pastda Yoongi koshona zallaridan birida turib, telefonini chiqardi. U ekranga qisqa bir buyruq yozdi:

"Minho muvozanatni yo‘qotdi. Keyingi bosqichni boshlang."

Yoongi telefonni chontagiga soldi va yuqoriga — Senaning xonasi tomonga qarab qo‘ydi. U akasi sifatida o‘z singlisini bu zaharli qafasdan va Minhoning qo‘lidan olib chiqib ketishga juda oz qolganini bilardi.

Minho zinalardan pastga tushib kelayotganda, zaldagi qon izlarini tozalayotgan xizmatchilarga va hushyor turgan qo‘riqchilarga qarab g‘azabi hali ham pasaymagandi. U zaldagi bar stolidan og‘ir stakanga brendi quyib, ichib yubordi. Uning miyasida faqat o‘sha qip-qizil atirgul va Senaning sovuqqon, begona kabi qarashlari aylalanardi.

Shu payt Yoongi uning yoniga sekin keldi. Uning yuzida har doimgidek bosiqlik bor edi, ammo ko‘zlarida yashirib bo‘lmaydigan qat’iyat va begona bir sovuqlik chaqnab turardi.

— Minho, — dedi Yoongi, uning ro‘parasiga o‘tib. Uning ovozi bosiq, lekin judayam og‘ir chiqdi. — Men Senani ko‘rishim kerak.

Minho stakanni stolga qarsillatib qo‘ydi va qonga to‘lgan ko‘zlarini Yoongiga burdi. Uning rashkdan zaharlangan miyasi har bir gapdan shubha izlayotgan edi.

— Nima deding? — dedi Minho, ovozi xirilab. — Nega uni ko‘rishing kerak?

Yoongi chekinmadi, aksincha, Minhoning qop-qora nigohiga tik qarab, bir qadam yaqinlashdi. Uning yuzida akalik sarosimi va yashiringan alam namoyon bo‘ldi

— Chunki u mening singlim! Uning kechadan beri qanday ahvolda ekanligini, qanchalik qiynalayotganini ko‘rib turibman. Men uni sog‘indim, Minho. U bilan yolg‘iz gaplashib olishim kerak.

Minho bu gapni eshitib, sovuq va vahshiy tarzda xahxalab kulib yubordi. Uning kulgisi butun zal bo‘ylab aks-sado berdi. Kulgi birdan to‘xtadi-da, Minho Yoongining yoqasidan mahkam ushlab, o‘ziga tortdi

— U sening singling bo‘lishidan oldin... mening xotinim! U mening xonamda, mening yotog‘imda va mening nazoratimda! Unga hech kim, hatto sen ham yaqinlasholmaysan! Sog‘ingan bo‘lsang, bu tuyg‘uingni ichingga yut, Yoongi!

Yoongi Minhoning qo‘lini yoqasidan siltab tashladi. Uning ko‘zlarida Minho uchun daxshatli bo‘lgan, lekin hali oshkor qilinmagan nafrat alanga oldi.

— Sen uni insondek emas, hayvondek qafasda ushlayapsan, Minho, — dedi Yoongi past, ammo o‘tkir tonda. — Uni bu ahvolga solishing seni g‘olib qilmaydi. Aksincha, uni kundan-kun o‘ldiryapsan.

— U o‘lmaydi! — deb baqirdi Minho, mushtini tugib. — U faqat men bilan yashaydi! Endi yo‘lingdan chiq va Senaning xonasi tomonga hatto qayrilib ham qarama!

Minho Yoongini ortda qoldirib, zinalar tomonga burildi.
Yoongi esa uning ortidan tikilib qolarkan, poyafzali ostidagi qonli izlarga qaradi. Uning ichida allaqachon so‘nggi qaror qabul qilingan edi. U o‘z singlisi Senani bu dozaxdan va Minhoning vahshiy panjasidan har qanday evazga bo‘lsin olib chiqib ketardi.

Minho zinalardan yuqoriga ko‘tarilar ekan, Yoongi ham uning ortidan qaddini tik tutib, sovuqqonlik bilan odamlab kela boshladi. Minho qadam tovushlarini eshitib, zinalar o‘rtasida to‘xtadi va sekin ortiga o‘girildi. Uning yuzida qora g‘azab va telbanamo bir ajablanish bor edi.

— Sen meni eshitmading shekilli, Yoongi?.. — dedi Minho, ovozi past va xavfli eshitilib. — Men senga u tomonga borma dedim.

Yoongi birinchi qavat zinalarida to‘xtamadi. U Minhoning tahdidli qarashlariga va qo‘lidagi quroliga zarracha e’tibor bermay, pog‘onalardan birma-bir ko‘tarilib, Minho bilan bir darajaga keldi. Ularning orasida atigi bir necha qadam masofa qolgan edi

— Men sening qo‘lingdagi qo‘riqchi emasman, Minho, — dedi Yoongi, uning ko‘zlariga tik qarab. — Men bu koshonaga va sening qoidalaringga emas, o‘z qonimga sodiqman. Sena mening singlim. Uning ostonasida turishim uchun sentan ijozat so‘ramayman.

Minho daxshatli tarzda iljaydi. U to‘pponcha milini to‘g‘ri Yoongining ko‘kragiga tiradi. Zal pastida turgan bir nechta qo‘riqchi va xizmatchilar bu manzarani ko‘rib, nafas olmay qolishdi. Akalari va koshonaning ikki eng qudratli odami bir-biriga qurol va nafrat qaratib turardi.

— Sen hozir bir qadam ham bossang, men seni akam demayman, Yoongi, — dedi Minho tishlarini g‘ijirlatib. — Uni ko‘rishingga yo‘l qo‘ymayman. U hozir mening xonamda, kiyimsiz, chorasiz va faqat mening izlarim bilan yotibdi. Sen uni bu ahvolda ko‘rishni xohlaysanmi?! U mening ayolim!

Yoongi ko‘kragiga tirallgan sovuq qurolga bir daqiqa ham qaragani yo‘q. U Minhoning bu past va shafqatsiz so‘zlaridan keyin ko‘zlarini qisdi. Uning ichida shunday bir nafrat va qasos olovi yondiki, uning bosiqligi ortida arang ushlanib turgan sabri tugayozdi.

— Sen uni faqat tanasini kishanlay olasan, Minho... — dedi Yoongi, uning qulog‘iga egilib, past va og‘ir tonda. — Lekin uning ruhini, uning xayollarini va kimga tegishli ekanligini hech qachon nazorat qilolmaysan. Sen baribir uning uchun qattiq nafratlanadigan qotlsan.

Yoongi Minhoning to‘pponcha tutgan qo‘lini ohista surib qo‘ydi-da, zinalardan yuqoriga — Senaning xonasi tomonga qarab yuraverdi

Minho ortida qolar ekan, uning barmog‘i tepkida titrab ketdi. U Yoongini otib tashlashga tayyor edi, ammo Yoongining so‘nggi so‘zlari uning miyasiga pichoqdek qadalgan edi.
Yoongi Senaning eshigi oldiga kelib to‘xtadi. U kalit teshigidan oqib chiqayotgan sukunatni eshitdi va qo‘li bilan eshikka ohista urdi

— Sena... Men bu yerdaman, — dedi Yoongi, bosiq va mehribon tonda.

Inside xonada, karavotda kiyimsiz va o‘z qoniga belanib yotgan Sena bu ovozdan sekin ko‘zlarini ochdi. Uning lablarida birinchi marta haqiqiy va ma’noli bir tabassum paydo bo‘ldi.