Abadiylik 3 #Sena🎸
Sena xonasida eshikni qulflab, yig‘lab o‘tirarkan, pastdan oshxonadagi idishlarning sinish ovozi va so‘ng chuqur sukunat cho‘kdi. Yoongi siniq chinni bo‘laklari ortida, qo‘llari titrab turardi. Uning g‘azabi Senaga emas, o‘zining ojizligiga edi.
Yoongi sekin zinalardan ko‘tarilib, Senaning xonasi eshigi oldiga keldi. U eshikka peshonasini tirab, chuqur va og‘ir nafas oldi. Uning ovozida endi boyadigi qahr-g‘azabdan asar ham qolmagandi — unda faqat ichki og‘riq va yuvoshlik bor edi.
— Sena... — pichirladi Yoongi eshik ortidan. — Eshikni och, iltimos.
Xonada faqat Senaning bo‘g‘iq yig‘isi eshitilardi. Yoongi eshikka suyanib, polga o‘tirib oldi.
— Bilaman, men ba'zan juda qattiqqol va jahldor bo‘lib ketaman, — dedi Yoongi sekin, xuddi o‘zi bilan o‘zi gaplashayotgandek. — Lekin sen tushunmaysan, Sena... Onamiz bizni tashlab ketganida, men hali juda kichkina edim. Atrofdagilarning sovuq nigohlari, otamizning beparvoligi meni sindirayotgan edi. O‘shanda menga onam berolmagan mehrni, issiq bag‘irni va yashashga bo‘lgan umidni sen bergansan. Sen mening singlim bo‘lsang ham, mening yagona suyanchim va onamdan qolgan yagona xotiram bo‘lgansan...
Sena eshik ortida to‘xtab, Yoongining gaplarini eshitayotgan edi.
— Men seni yana o‘sha qorong‘u chohga tushib qolishingni xohlamayman, — Yoongining ovozi titrab ketdi. — Minho halokatga uchragan kuni sen ham o‘lgan eding. Oylab bir og‘iz gapirmading, ovqat yemading, o‘zingni yo‘qotib qo‘yding. Men seni qayta o‘sha holatda ko‘rishga chiday olmayman, Sena. Agar doktor Kang yoki boshqa biror narsa seni yana o‘sha og‘riqlarga qaytaradigan bo‘lsa, men barcha narsani va hammani yo‘q qilishga tayyorman. Shunchaki... meni ham tushun. Men seni yo‘qotishdan o‘lgudek qo‘rqaman.
Sena sekin eshik qulfini buradi. Eshik ochilib, u Yoongiga qaradi. Yoongining ko‘zlarida haqiqiy xavotir va mehribon akaga xos bo‘lgan samimiy og‘riq bor edi. Sena uning qarshisida cho‘kkalab, akasining bo‘ynidan mahkam quchoqladi.
— Kechir men, aka... — dedi Sena uning yelkasiga boshini qo‘yib. — Men seni xavotirga solmoqchi emasdim.
Yoongi singlisining sochlarini silab, uni bag‘riga bosdi. U ko‘zlarini chirt yumib, ichida bir narsani qasamyod qildi: u Senani Minhoning bu xavfli o‘yinidan va kasalxonadagi barcha sirlardan har qanday evaziga bo‘lsa ham himoya qiladi.
Ayni shu daqiqada... kasalxonaning maxfiy xonasida yotgan Minhoning telefoni jiringladi. Yoongi telefonini ko‘tardi.
— U o‘ziga keldi, Yoongi, — dedi go‘shak ortidan shifokor do‘sti. — Minho seni so‘rayapti. U Jihan haqida nimadir qilmoqchi...
Yoongi Senani xonasiga kirgizib, tinchlanishini aytdi va eshikni sekin yopdi. U zudlik bilan kiyimini almashtirib, kasalxona tomonga yo'l oldi. U Minhoga qarshi emasdi — aksincha, Minho uning eng yaqin do'sti, ishontirgan yagona sherigi edi. Ular birgalikda Senani katta xavflardan, dushmanlardan va xoinlardan himoya qilish uchun bu o'yinni boshlashgan. Lekin Yoongi uchun eng muhimi — Senaning ruhiy va jismoniy xavfsizligi edi.
Yoongi kasalxonaning maxfiy, zaxira xonasiga bostirib kirdi. Minho karavotda o'tirgancha, qornidagi bintni ushlab durustroq nafas olishga urinayotgan edi. Uning yuzi hamon rangpar, ammo ko'zlaridagi nafrat va qat'iyat alangalanib turardi.
— Sen jinnimisan? — Yoongi xonaga kiriboq eshikni qulfladi. — Senga harakat qilish mumkin emas! Jihan seni o'ldi deb o'ylayapti, Jungkook esa kasalxonani ostin-ustun qilib qidiryapti.
— Jihan... — Minho tishlarini g'ajib, sovuq pichirladi. — U pichoq urganda, mening emas, o'zining hukmini imzoladi. U Senaning yoniga borishga harakat qiladi, Yoongi. U men yo'qligimdan foydalanib, Senaga egalik qilmoqchi.
— Sena hozir uyda, xavfsiz joyda, — dedi Yoongi uning ro'parasiga kelib. — Men uni olib ketdim. Lekin Sena seni unutgani yo'q, Minho. U doktor Kangda seni ko'ryapti. Har bir harakating, teginishing uning xotiralarini uyg'otib yubordi. U yana azob chekyapti.
Minho bir zum jim qoldi. Uning ko'zlarida chuqur og'riq va sog'inch ko'rindi. U Senani quchoqlagan o'sha tunda uning isitmasi tushganini, uning bag'rida tinchlanganini esladi.
— U bilishi kerak, Yoongi... — Minho sekin boshini ko'tardi. — Men uni boshqa qiynay olmayman.
— Yo'q! — Yoongi keskin e'tiroz bildirdi. — Hali emas! Jungkook izimizdan tushgan. Jihan esa o'z jinoyatini yashirish uchun har qanday razillikka tayyor. Agar Sena hozir seni tirikligingni bilsa, u o'zini jilovlay olmaydi va Jungkook hammasini payqaydi. Sen belgilangan vaqtni kutishing kerak!
Minho sekin o'rnidan turdi. Og'riqdan uning yuzida sovuq ter paydo bo'ldi, lekin u Yoongining kozlariga tikildi.
— Jihan nima qilmoqchi deb o'ylaysan? U meni o'ldirdim deb o'ylagani uchun endi Senaning oldiga tasalli beruvchi bo'lib boradi. U Senaga mening o'lganimni.va doktor Kangning yo'qolganini aytadi.
— U uyning manzilini bilmaydi. Lekin u Senaga baribir aloqaga chiqishga urinadi.
— Unda unga qopqon qo'yamiz, — dedi Minho sovuqqonlik bilan, niqobini stoldan olarkan. — Jihan o'zini g'olib deb hisoblasin. U Senaning oldiga kelganida, men aynan o'sha yerda, soyalar orasida bo'laman. U o'zi o'ldirgan "murdani" qayta ko'rganida nima qilishini tomosha qilamiz.
Yoongi sekin bosh irg'adi. Ular bir-birining ko'zlariga qarashdi — bu ikkala erkakning Senani kor-zanjirlardan va xoinlardan qutqarish uchun tuzgan yashirin ittifoqi edi.
Ayni shu vaqtda... Senaning telefoniga noma'lum raqamdan xabar keldi. Bu Jihan edi:
- "Sena... Doktor Kang kasalxonadan qochib ketibdi. U xavfli odam bo'lgan. Men seni ko'rishim kerak, iltimos, eshikni och..."
Jihanning xabari Senaning qo'llarini titratib yubordi. U nima qilishini bilmay, telefonni mahkam ushlagancha deraza oldiga bordi. Tashqarida yomg'ir shiddat bilan yog'ar, zulmat butun hovlini qoplagan edi.
Aynan shu daqiqada darvoza oldida qora soya paydo bo'ldi. Jihan yomg'ir ostida, ust-boshi ivigan holda hovliga kirib keldi. Uning ko'zlarida aqldan ozish alomatlari, yuzida esa minnatdorlik va g'olibona bir tabassum bor edi. U Minhodan umrbodga qutuldim deb o'ylayotgandi.
Jihan eshikni sekin turtib ko'rdi — Yoongi uni qasddan ochiq qoldirgan edi. Jihan ichkariga qadam bosib, uydagi sukunatga quloq tutdi. U to'g'ri Senaning xonasiga yo'l oldi va eshikni ochdi.
— Sena... — dedi Jihan, nafasi bo'g'ilib. — Men keldim. Endi seni hech kim qo'rqitmaydi. O'sha "Doktor Kang" ham, boshqasi ham yo'q endi! U seni tinch qo'yadi!
— Jihan? Sen nimalar deyapsan? U qayerda? Unga nima qilding?
— U yo'q! — Jihan baqirib yubordi va Senaning yelkasidan ushlashga urindi. — U o'ldi, Sena! Xuddi Minho kabi u ham o'ldi! Endi faqat men borman, seni faqat men seza olaman!
Sena dahshatdan qichqirib yubordi, lekin shu soniyada xona burchagidagi qorong'ulikdan og'ir va sovuq qadam tovushlari eshitildi.
— Kim o'ldi deding, Jihan? — degan bo'g'iq, tanish ovoz xonada yangradi.
Jihan qotib qoldi. Sena esa nafas olishni ham unutib, o'sha tomonga qaradi. Soyalar orasidan qora palto kiygan, qornini qo'li bilan mahkam ushlab turgan bir figura chiqib keldi. U yuzidagi maskani va kepkani sekin yechib, polga tashladi.
Xonaga chiroq yog'dusi tushganda, Sena ko'rgan narsasidan hushini yo'qotayozdi. Uning qarshisida... uning har tunda tushlarida ko'radigan, har soniya sog'inadigan va o'ldi deb yig'lagan insoni — Minho turardi.
— M-Minho...? — Sena pichirladi, ko'zlaridan yosh quyilib ketdi. U o'z ko'zlariga ishonmasdi. — Sen... sen tirikmisan?
Jihan esa xuddi sharpani ko'rgandek ortiga tislanib, devorga urildi. Uning yuzi oqarib ketdi.
— Sen... men seni pichoqlagan edim! Sen o'lgan eding! — deb baqirdi Jihan, aqldan ozgancha.
Minho sovuqqonlik bilan bir qadam oldinga bosdi. Uning ko'zlarida faqat Sena va unga bo'lgan cheksiz muhabbat va og'riq bor edi. U Jihanga qayrilib ham qaramadi. Uning butun diqqati Senada edi.
— Men qaytdim, Sena... — dedi Minho, ovozi titrab. — Seni hech qachon tashlab ketmagandim.
Sena uning yoniga otildi va o'zini Minhoning bag'riga otdi. Minho yarasining og'rig'iga qaramay, uni mahkam quchdi. Ular bir-birining nafasini his qilib, yosh to'kishardi.
Yoongi xonaga bostirib kirib, hamon esankirab turgan Jihanning yoqasidan ushladi. U Jihanga bir og'iz ham gapirishga imkon bermay, uni ko'chaga — shiddatli yomg'ir ostiga sudrab olib chiqib, darvozadan tashqariga uloqtirdi. Yoongi eshikni qarsillatib yopib, ularni xonada yolg'iz qoldirdi.
Xonada og'ir va dahshatli sukunat cho'kdi. Sena Minhoning bag'ridan sekin ajraldi. Uning ko'zlarida endi faqat quvonch emas, balki yillab yig'ilib qolgan cheksiz nafrat, og'riq va xiyonat alangalana boshladi. U qarshisida turgan, o'zi uchun "o'lgan" va uni oylarcha ruhiy azobda qoldirgan insonning yuziga tikildi.
— Sen... — pichirladi Sena, ovozi titrab. — Sen tirik edingmi?
Minho sovuq ter bosganicha, yarasining og'rig'ini bildirmaslikka urinib, unga suvuq nigoh bilan tikilib turardi
— Qanday jur'at qilding?! — baqirib yubordi Sena kutilmaganda.
U stoldagi chiroqni, shisha idishlarni va barcha buyumlarni g'azab bilan polga urib sindira boshladi. Qarsillagan ovozlar butun uyni tutdi. Sena aqldan ozgandek har bir narsani uloqtirar, ko'zlaridan yosh to'xtamay oqardi.
— Sen meni o'ldirding, Minho! — Sena uning ko'ksiga mushtlab ketdi. — Men har kuni, har daqiqa sening ortingdan o'lishni xohladim! Men psixiatriya kasalxonasida aqldan ozayozdim! Sen esa... sen yonimda doktor niqobida tomosha qilib turdingmi?!
Sena uni qayta-qayta mushtladi, Minhoning ko'ksidan, yelkasidan urdi.
— Nega?! Nega menga bitta so'z aytmading?! Meni shunchalik yomon ko'rasanmi?! Meni azoblash senga yoqdimi?!
Minho biror marta ham o'zini himoya qilmadi. U xuddi toshdek qotib turar, Senaning har bir zarbasini, har bir so'zini jimgina qabul qilardi. Qornidagi pichoq yarasi qayta yirtilib, kiyimidan qon sizib chiqa boshladi, ammo u og'riqdan biror marta ham ingramadi.
Uning uchun Senaning ruhiy og'rig'i yonida bu yara hech narsa emas edi.
Sena urishdan charchab, darmonsizlanib, nafasi bo'g'ilib qoldi. Uning titrayotgan mushtlari Minhoning ko'ksida to'xtadi.
— Meni o'ldirib ketganingda yaxshiroq edi... — dedi Sena pichirlab, holdan toyib pastga yiqila boshladi.
Aynan shu soniyada Minho uni qo'llaridan mahkam ushlab qoldi va o'ziga qaratib, bag'riga bosdi. U Senani shunchalik mahkam va issiq quchdiki, go'yo dunyodagi hech bir kuch ularni ayira olmasdi.
— Meniki... meniki xato bo'ldi, — pichirladi Minho Senaning sochlarini silab, ovozi birinchi marta o'krikdan titrab. — Meni ur, meni yomon ko'r... Lekin iltimos, menga yana bir bor tirikligingni his qildir. Men seni kor-zanjirlardan va o'limdan qutqarish uchun o'zimni "o'ldirishim" kerak edi...
Sena uning bag'rida o'krib yig'lab yubordi. U Minhoning kiyimidagi issiq qonni va u urayotgan tezkor yurak urishini his qildi. Ular parchalangan shishalar va o'tmish xatolari ortida, bir-birini bag'riga bosgancha yig'lashardi.
Sena Minhoning ko‘ksida o‘krib yig‘larkan, birdan uning kiyimi ho‘l va issiq bo‘lib ketganini his qildi. U qo‘llarini Minhoning ko‘ksidan olganda, barmoqlari qip-qizil qonga belangan edi.
Sena shok holatida darmonsizlanib turgan Minhoning yuziga qaradi. Minhoning yuzi qog‘ozdek oqarib ketgan, ko‘zlari yumilib borardi, lekin u hamon Senani bag‘ridan qo‘yib yubormay turardi.
— M-Minho... Bu nima?! Qoning... — Sena dahshat ichida qornidagi qonli bintni ko‘rib qoldi. — Senga nima bo‘ldi?!
— Hech narsa... — pichirladi Minho, arang tabassum qilib. — Shunchaki... seni qayta quchganim uchun bu og‘riqlar hech narsa emas.
Sena uning yaralanganini va shuncha vaqt uning har bir zarbasiga indamay chidab turganini tushunib yetdi. Uning g‘azabi bir zumda xavotir va qo‘rquvga aylandi. U Minhoning qo‘lidan ushlab, uni sekin karavotga yotqizdi.
— Yoongi! — deb baqirdi Sena eshik tomonga qarata. — Yoongi, bu yoqqa kel, unga yordam ber!
Yoongi xonaga shiddat bilan kirdi. U qonga belangan Minhoni ko‘rib, darrov tibbiy qutini olib keldi. Yoongi sovuqqonlik bilan bintlarni almashtirib, yarasini qayta bog‘lay boshladi. Sena esa yonida o‘tirib, Minhoning titrayotgan sovuq barmoqlarini mahkam ushlab turardi. U endi bu qo‘llarni hech qachon qo‘yib yubormaslikni istardi.
— U biroz dam olishi kerak, — dedi Yoongi yaraning qonini to‘xtatgach, Senaga qarab. — U sen uchun o‘z jonini xatarga qo‘ydi, Sena. Jihan uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan edi.
Sena ko‘z yoshlarini artib, Minhoning yuziga tikildi.
— Men... men tushunaman, aka. Endi uni hech qayoqqa qo‘yib yubormayman.
Tungi soat uch. Uy ichi sukunatga cho‘mgan. Minho dori ta’sirida sekin ko‘zlarini ochdi. Xona qorong‘u edi, faqat chiroqning xira yog‘dusi tushib turardi. U yonida, karavotga boshini qo‘yib, uning qo‘lidan ushlagancha uxlab qolgan Senani ko‘rdi.
Minho sekin va ehtiyotkorlik bilan boshqa qo‘li bilan Senaning sochlarini siladi. Sena uyg‘onib ketdi va darrov Minhoning ko‘zlariga qaradi
— Yaxshimisan? Biror joying og‘riyaptimi? — so‘radi Sena xavotir bilan.
— Sen yonimda bo‘lsang, hech qayerim og‘rimaydi, — dedi Minho bo‘g‘iq ovozda. — Meni kechir, Sena... Seni shuncha vaqt azoblaganim uchun.
Sena uning yoniga, karavotga sekin yotdi va boshini Minhoning sog‘lom yelkasiga qo‘ydi. U uning yurak urishini eshitib, tinchlandi.
— Boshqa hech qachon mendan yashirinma. Boshqa "o‘lib" qolma, Minho...
— Qasamyod qilaman, — pichirladi Minho va uning peshonasidan o‘pdi. — Endi bizni faqat o‘lim ayirishi mumkin.
Ayni shu daqiqada... shahar markazidagi politsiya mahkamasida Jungkook xonasidagi doskaga qarab o‘tirardi. Doskada "Minho", "Dr. Kang" va "Jihan"ning rasmlari chizilgan va bir-biriga qizil ip bilan bog‘langan edi.
Jungkookning telefoni jiringladi — bu kasalxonadan kelgan xabar edi: Jihan politsiyaga o‘zi borib, "Dr. Kang"ni o‘ldirganini tan olmoqchi bo‘layotgan edi...