Yesterday

Dark desire #Diyaa🩵

Ep 6

Suna Sehun uning yuziga yaqinlashtirgan roʻmolchani qoʻli bilan keskin va jahl bilan urib yubordi. Roʻmolcha polga, singan oyna parchalari ustiga tushdi.

Qizning lablari titrar, yuzidagi shilingan joylardan oqayotgan mitti qon tomchilari uning oq terisida dahshatli darajada aniq koʻrinib turardi. U Sehunning koʻzlariga tik qarab, bor ovozi bilan gʻazab aralash faryod urdi

— Senga tegma dedim menga! Senam... senam xuddi u kabisan! Hammang bir xilsan, hammang maxluqsan! Mening erkinligimni tortib olgan kimsalarsan! Ket, yoʻqol koʻzimdan!

Sehun qizning bu gaplaridan soʻng uning qarshisida bir soniya qotib qoldi. U Sunaning ichidagi bu ulkan ogʻriq va ishonchsizlikni koʻrib, ortiqcha gapirmaslik afzalligini tushundi. U sekin oʻrnidan turib, ortiga tahlika bilan qaradi — eshik oldida Kim Seokjin soya kabi qaddini rostlab turardi.

Jin Sunaning Sehunga baqirganini, uni oʻzidan uzoqlashtirganini eshitib, ichidagi boyagi daxshatli vajohatini biroz jilovladi. Uning asirasi boshqa hech bir erkakning unga teginishiga ruxsat bermayotgan edi. Jin sovuq koʻzlari bilan Sehunga ishora qildi

— Tashqariga chiq. Va bu xonadagi gaplar shu yerda qolsin, — dedi uning ovozi daxshatli darajada past va buyruqomuz eshitilib.

Sehun darhol Jinning qarshisida taʼzim qildi-da, ogʻir qadamlar bilan xonani tark etdi. Eshik yopilgach, Jin va Suna bu vayron boʻlgan, ostin-ustun boʻlib ketgan xonada yana yolgʻiz qolishdi.

Jin polda, oyna parchalari va yirtilgan ipak kiyimlar oʻrtasida bukchayib, hali ham akasini qumsab pichirlayotgan Sunaga yaqinlashdi. U engashib, Sunaning qoʻllaridagi va yuzidagi qon izlariga, uning oʻziga nafrat bilan boʻgʻilib qarab turgan koʻzlariga uzoq tikildi.

Jin sekin choʻkkalab oʻtirdi-da, qizning yuzidagi oʻsha qonlarni oʻz barmoqlari bilan muloyim, ammo daxshatli bir egalik hissi bilan arta boshladi...

Jinning barmoqlari uning shilingan yuziga teginishi bilanoq, Suna nafrat bilan boshini siltab, oʻzini ortiga tortdi. Uning koʻzlaridan toʻxtovsiz yosh oqardi.

— Menga tegma! — deb baqirdi Suna boʻgʻiq ovozda. — Sendan nafratlanaman! Men bu yerda qolishni xohlamayman... Akamni koʻrgim kelyapti... Yana... yana Jaeminni ham koʻrgim kelyapti! Meni qoʻyib yubor!

Jinning qoʻli havoda qotib qoldi. Xonadagi harorat bir soniyada muzlab ketgandek boʻldi. Uning qora koʻzlari qisilib, Sunaning yuziga daxshatli bir sovuqlik bilan qadaldi.

— Jaemin? — Jin bu ismni tishlari orasidan chiqarib, past ovozda takrorladi.

Uning ovozi xuddi boʻrondan oldingi sukunatdek vahshiy edi.

— Kim u Jaemin?

Suna azob va alam ichida Jinning koʻzlariga tik qarab, uni yanada qattiqroq kuydirish uchun bor kuchi bilan baqirdi

— U mening sevgan yigitim edi! Meni sendan koʻra ming marta koʻproq qadrlaydigan, sevgan insonim edi!

Bu soʻzlar Jinning miyasiga oʻqdek sanchildi. Uning asirasi, uning kishanlarida yotgan qoʻgʻirchogʻi boshqa bir erkakni sevadimi? Buni tasavvur qilish ham Jinni butkul aqldan ozdirdi. Uning yuzidagi tomirlar boʻrtib chiqdi.

Jin keskin harakat bilan oʻrnidan turdi. U vayron boʻlgan xonadan shiddat bilan chiqib, yoʻlakda gap poylab turgan tansoqchi Sehunning qarshisida paydo boʻldi. Jin Sehunning koʻylagi yoqasidan boʻgʻgudek mahkam changalladi, koʻzlari qonga toʻlgandi.

— Hoziroq mening odamlarimni yigʻasan! — deb boʻkirdi Jin Sehunning yuziga. — Jaemin degan bolani topasan! Qaerda boʻlsa ham, yerning tagidan boʻlsa ham topib, tiriklayin mening qarshimga olib kelasan! Hozirning oʻzida!

Sehun Jinning bunday vahshiy holatini birinchi marta koʻrayotgandi. U shoshilib

- Xoʻp boʻladi, janob Kim! — dedi va tezda pastga yugurdi.

Jin esa ortiga qaytib, xonaga kirdi. U polda yigʻlab oʻtirgan Sunaning yoniga keldi-da, uning qarshiligiga va baqirib-yigʻlashiga zarracha eʼtibor bermay, uni choyshabga oʻralgan holatda majburlab quchogʻiga koʻtarib oldi. Suna uning koʻkragiga mushtlab, yulqinishga urindi, ammo Jin uni temir panjadek mahkam tutib, toʻgʻri dush xonasi tomon olib kirdi.

U Sunaning vujudidagi begona erkakning ismini ham, qasrni ostin-ustun qilgan oʻsha isyonkor qonni ham sovuq suv bilan yuvib tashlamoqchi edi...

Jin Sunani devorga tirab, dushning sovuq suvini eng yuqori bosimda yoqib yubordi. Muzdek suv bir marta oqib, ikkalasining ham ustidan quyila boshladi. Suna kutilmagan sovuq zarbadan seskanib, nafasini ichiga yutib yubordi.

Uning ustidagi yupqa ipak kiyimlari tanasiga yopishib, boʻynidagi, yelkasidagi oʻsha kechagi tunda qolgan qizgʻish izlar yanada boʻrtib koʻrindi.
Yuzidagi shilingan joylardan oqayotgan mitti qon tomchilari muzdek suvga aralashib, polga oqib tushardi.

— Qoʻyib yubor!.. Sovuq!.. — Suna tishlari bir-biriga urilib, qaltiragancha Jinning koʻkragidan itarishga urindi.

Ammo Jin xuddi tosh haykaldek joyidan qimirlamasdi. Uning qora koʻylagi ham suvdan batamom hoʻl boʻlib, baquvvat qomatiga yopishgan edi.

— Demak, Jaemin... — Jin uning ikkala bilagidan mahkam qisib, dush devoriga mixlab qoʻydi.

Uning koʻzlarida shunday daxshatli olov yonardiki, hozirgi muzdek suv ham uni oʻchira olmasdi.

— Mening koʻzlarimga qarab, boshqa erkakni sevishingni qanday aytding?! Sen faqat men his qilgan ogʻriqni va men bergan ehtirosni eslashing kerak!

— Undan nafratlanaman... Sendan nafratlanaman! U meni sevardi! — Suna suv tomchilari koʻzlariga tushsa ham, taslim boʻlmay baqirdi.

Jin uning bu gapidan keyin mutlaqo aqldan ozdi. U qizning jagʻlaridan changallab, boshini ortga qildida, uning sovuq suv ostida titrayotgan, hoʻl lablariga daxshatli va shafqatsiz bir ehtiros bilan qaytadan yopishdi. Bu boʻsa jazo edi. U qizning ichidagi oʻsha "Jaemin" degan ismni va unga boʻlgan tuygʻuni butkul sugʻurib olmoqchi boʻlgandek gʻazab bilan oʻpardi.

Suna uning quchogʻida muzdek suv va Jinning qaynoq nafasi orasida qolib, nafas ololmay qoldi. Tanasidagi titroq kuchayib, nihoyat hushini yoʻqotgandek Jinning koʻksiga yiqildi...

Ayni shu daqiqalarda qasr tashqarisida Sehun oʻz odamlari bilan mashinalarga oʻtirib, shahar boʻylab Jaemin degan yigitni qidirishga tushgandi. Jinning buyrugʻi qonun edi va Sehun tez orada qonli toʻqnashuv boʻlishini yaxshi his qilib turardi.

Dush xonasidagi sovuq suv va chidab boʻlmas ruhiy bosim ostida Suna hushini yoʻqotgach, Jinning ichidagi oʻsha vahshiy olov biroz soʻndi. U qizning oʻz koʻksiga holsiz qulagan tanasiga qarab, chuqur nafas oldi.

Uni mahkam quchib, dushni oʻchirdi. Vayron boʻlgan yotoqxonaga qaytib kirishni xohlamay, Sunani bagʻriga bosgancha boshqa, butkul toza va tinch boʻlgan qoʻshni mehmon xonasiga olib oʻtdi.

Jin qizni katta, quruq karavotga ohista yotqizdi. Ustidagi hoʻl kiyimlarini xizmatkor ayollarga almashtirishni buyurdi-da, oʻzi qizning yoniga oʻtirdi. Uning qoʻlida kichik tibbiy quticha bor edi. Jin pichoq bilan odam soʻyishga, qiynashga oʻrgangan oʻsha qonli barmoqlari bilan Sunaning sochlaridan muloyimlik bilan silab oʻtirdi.

U qizning yuzidagi singan oyna parchalari chizib ketgan mitti jarohatlariga, shishgan nozik lablariga maxsus malhamlarni juda ehtiyotkorlik bilan, goʻyo eng qimmatbaho shisha qoʻgʻirchoqni ushlagandek surta boshladi.

— Sen faqat meniki boʻlishing kerak, Suna... — deb pichirladi Jin tunda uning yuziga tikilib. — Sening yuragingda ham, xayolingda ham mendan boshqasiga joy yoʻq. Buni senga oʻzim oʻrgataman.

Dunyoda daxshatli jinoyat olami qiroli boʻlgan bu erkak, hozir hushsiz yotgan asirasi tepasida tonggacha koʻz yummay, uning sochlari hididan sarmast boʻlib oʻtirdi.

Ayni oʻsha paytda, saharga yaqin soat toʻrtlarda, qasr darvozasidan Sehun boshchiligidagi qora mashinalar kirdi. Sehun Jinning buyrugʻini aʼlo darajada bajargandi. Ular Jaeminni tun yarmida uxlab yotgan joyidan tutib, hech qanday ortiqcha shovqinsiz, ogʻzini bogʻlagancha qasrga olib kelishgan edi. Ammo Jin Sehunni chaqirib, unga gʻalati bir buyruq berdi

— Unga hozircha teginmanglar. Biror joyini tirnamanglar ham. Uni pastki xonada toza kiyintirib, ertalabgacha ushlab turinglar. Men unga boshqacharoq jazo tayyorlab qoʻydim, — dedi Jin sovuq jilmayib.

*

Ertasi kuni tong otdi. Suna koʻzlarini ochganida, oʻzini boshqa xonada koʻrib biroz dovdirab qoldi. Yuzidagi ogʻriqlar deyarli qolmagan, malhamlar oʻz kuchini koʻrsatgandi. Kechagi voqealar esiga tushib, yuragi yana siqila boshladi.

Shu payt xizmatkor qiz kirib, Jin uni pastda, nonushta stolida kutayotganini aytdi.
Suna ustiga qora rangli nafis koʻylakni kiyib, ogʻir qadamlar bilan pastga tushdi.

Katta oshxona zalida, oʻsha ulkan dabdabali stol toʻrida Kim Seokjin oʻtirardi. U xuddi hech narsa boʻlmagandek, juda xotirjam qiyofada qahva ichib oʻtirar, uning ortida esa tansoqchi Sehun qoʻllarini chatishtirgancha jiddiy qiyofada tik turardi.

Suna indamay kelib, stolning oʻziga ajratilgan chetiga oʻtirdi. U Jinning koʻzlariga qaramaslikka harakat qilardi. Suna joyiga oʻtirishi bilanoq, Jin qahva qadahini stolga qoʻydi va ortida turgan Sehunga qarab sekin imo-ishora qildi. Boshini biroz silkib, buyruq berdi.

Sehun darhol eshik tomon yurdi va tashqaridagi qoʻriqchilarga buyruq berdi. Bir necha soniyadan soʻng, eshikdan ikki nafar baquvvat yigit oʻsha Suna tunda ismini aytib yigʻlagan bolani — Jaeminni ichkariga yetaklab kirishdi. Jaeminga hech qanday jismoniy zarar yetkazilmagan, usti-boshi toza edi, ammo uning koʻzlarida qayerga kelib qolganini tushunmayotgan cheksiz vahima va qoʻrquv bor edi.

Qoʻriqchilar Jaeminni toʻgʻri olib kelib, stol atrofida, aynan Sunaning roʻparasidagi stulga majburlab oʻtqazishdi.
Suna qarshisida oʻtirgan yigitni koʻrgan lahzada koʻzlari katta-katta boʻlib ketdi. Lablari titradi. U hayratdan, qasrning daxshatli qudratidan va ayni paytda oʻzining aytgan birgina gapi sababli bu begunoh yigitning hayoti xavf ostida qolganidan daxshatli darajada qoʻrqib ketdi...

— Jae... Jaemin?.. — Suna pichirladi, u oʻz koʻzlariga ishonmasdi.

Jin esa oʻz oʻrindigʻiga suyangancha, labida oʻsha daxshatli, iblisona tabassum bilan goʻyo teatrdagi tomoshani tomosha qilayotgandek ularga tepadan tikilib oʻtirardi...

Jaemin