Dark desire #Diyaa🩵
Jin qasrni tark etishi bilanoq, Klara oʻz ichidagi shok va gʻazabni jilovlay olmay, zaharli rejasini amalga oshirishga kirishdi. U akasi Kayning Sunani dushdan boshlab qanday himoya qilayotganini, oshxonada uning yuzini silab oʻpganini va u uchun dori-darmonlar tashiyotganini birma-bir oʻz koʻzlari bilan koʻrgan va sezgan edi.
Klara Jinning eng zaif va vahshiy nuqtasi — Sunaga boʻlgan daxshatli rashki ekanini juda yaxshi bilar edi. Agar u bu xabarni Jinga yetkazsa, Jin Kayni tirik qoldirmasligini va Suna qasrda butkul yakkalanib, bolasidan ayrilishini rejalashtirgan edi.
Kechki soat sakkizlarda Kim Seokjin qasr darvozasidan daxshatli bir ulugʻvorlik bilan kirib keldi. Uning yuzida hamon Sunaning homiladorligi haqidagi xabardan keyin paydo boʻlgan telbavor, maniac ifodasi bor edi.
Jin paltosini Sehun xizmatkorona qabul qilib olgach, toʻgʻri oʻz kabinetiga oʻtmoqchi edi, biroq yoʻlak chetidagi quyuq soyadan Klara chiqib keldi. Uning koʻzlarida soxta qoʻrquv va zaharli bir ayyorlik bor edi.
— Amaki... — dedi Klara ovozini qaltiratib, Jinning qarshisida toʻxtarkan. — Sizga juda muhim va daxshatli gapni aytishim kerak. Bu oilamizning nomusi va sadoqati haqida.
Jin toʻxtadi, uning qop-qora, oʻtkir nigohlari Klaraga qadaldi.
— Nima gap, Klara? Vaqtimni olma, — dedi u sovuqqonlik bilan.
— Gap... oʻsha asirangiz Suna va akam Kay haqida! — Klara toʻsatdan pichirlashga oʻtdi, uning koʻzlari yovuzona yondi. — Siz qasrdan ketishingiz bilan Kay har doim oʻsha qizning yoniga kiradi. Uni bagʻriga bosadi. Kecha tunda ularni maxfiy xonada birga koʻrdim, amaki! Kay uni daxshatli ehtiros bilan oʻpdi va uni sizdan qutqarishga, bu yerdan olib ketishga vaʼda berdi! Kay sizni "aqldan ozgan" deb atadi! U Suna homilador boʻlsa ham, unga boʻlgan telbavor sevgisidan voz kechmadi. U sizga xiyonat qilyapti, amaki!
Klaraning har bir soʻzi Jinning miyasiga xuddi zaharli oʻqdek sanchildi.
"Kay... Sunani oʻpdi... uni olib ketmoqchi..." degan gaplar Jinning ichidagi oʻsha quturgan, vahshiy yirtqich mudofaasini bir soniyada uygʻotdi. Uning tomirlarida qon oʻrniga alanga oqa boshladi, vujudidan daxshatli qotillik tarqaldi.
Jin indamay, vahshiyona shiddat bilan ortiga oʻgirildi va ogʻir qadamlar bilan Kayning yotoqxonasi tomon yoʻl oldi. Uning ortidan Klara va buni eshitgan Sehun ham hushyor tortib ergashdi.
Kay oʻz xonasida, katta deraza yonida qoʻlida viski toʻla qadah bilan xotirjam turar, tashqaridagi qorongʻulikka tikilib, Sunani qanday qutqarish haqida oʻylayotgan edi. Toʻsatdan xona eshigi shunday qattiq zarba bilan ochildiki, eshik dastasining bir qismi sinib yerga tushdi.
Eshikda koʻzlari qonga toʻlgan, tishlarini gʻijirlatayotgan Kim Seokjin turardi.
— Sen... mening mulkimga, mening ayolimga koʻz tikdingmi?! — Jinning ovozi qasr devorlarini qimirlatib yuboradigan darajada boʻgʻiq va vahshiy eshitildi.
Kay sekin oʻgirildi. U amakisining koʻzlaridagi oʻsha halokatli olovni koʻrdi, ammo undan zarracha qoʻrqmadi. U viski qadahini stol ustiga qoʻyib, choʻntaklariga qoʻlini tiqdi. Uning yuzida ham oʻsha "maniac" jilmoyishi paydo boʻldi.
— Ha, amaki, — dedi Kay ovozini balandlatib, ochiqchasiga urush eʼlon qilib. — Men uni sening mana bu doʻzaxingdan, sening shafqatsiz changalingdan qutqarmoqchiman! Sen uni sevmayapsan, Jin! Sen uni shunchaki oʻz oʻyinchogʻing deb bilasan, uni har kuni jismonan va ruhan oʻldiryapsan! U homilador, lekin sen unga faqat azob beryapsan. Uni senga qoldirmayman!
— Senga oʻlim tilayman, iflos! — Jin ortiq oʻzini tiya olmadi.
U yirtqich hayvondek boʻkirib, Kayning ustiga tashlandi.
Jin bor kuchi bilan Kayning yuziga musht tushirdi. Zarbning kuchidan Kay orqaga uchib ketdi va stol ustidagi shisha buyumlar, qimmatbaho vazalar chil-chil sinib, yerga yoyildi. Ammo Kay ham boʻsh kelmadi — u yerdan darhol turib, Jinning boʻgʻzidan tutdi va uni devorga qattiq urdi.
U oʻz amakisining yuziga qonli zarbalar bera boshladi. Ular oʻrtasida qasr tarixidagi eng qonli va vahshiy oilaviy toʻqnashuv boshlangan edi. Ikki baquvvat va shafqatsiz erkak bir-birini tiriklayin parchalashga tayyor edi. Jin Kayning qorniga tizzasi bilan qattiq urdi, soʻng sochlaring ushlab, uni xonadagi ulkan marmar stolga urdi. Stol yuzasi qarsillab sindi, Kayning peshonasidan issiq qon sizib chiqib, yuzini qopladi.
Zal burchagida turgan Klara oʻz akasining qon ichida qolganini koʻrib, daxshatli shokda baqirib yubordi. Sehun va boshqa tansoqchilar ularni ajratish uchun oʻrtaga tushmoqchi boʻlishdi, ammo Jin yuzidagi qonlarni qoʻli bilan artib, ularga daxshatli tarzda baqirdi
— Hech kim aralashmasin! Kimda-kim yaqinlashsa, oʻz qoʻllarim bilan soʻyib tashlayman!
Jin Kayni yerda yotgan joyidan yoqasidan koʻtardi va uni devorga shunchalik qattiq urdiki, Kayning qovurgʻalari sinib ketgan ovozi eshitildi. Kay yerga yiqilib, ogʻir nafas olar, ogʻzidan qon kelayotgan edi. U batamom magʻlub boʻlgan, ammo baribir Jinning yuziga qarab zaharli tarzda iljayib turardi.
Jin uning tepasida turib, hansirar, uning qoʻllari va kiyimlari jiyanining qoniga belangan edi. U oʻzining oʻsha daxshatli gʻalabasini eʼlon qildi
— Suna faqat meniki! U mening bolamni koʻtarib yuribdi! Kimki unga koʻz tiksa, mana shu ahvolga tushadi! — dedi Jin boʻgʻiq ovozda.
U Kayni pol ustida qon ichida qoldirib, ortiga oʻgirildi. Uning oʻsha vahshiy koʻzlari yoʻlak oxirida, oʻz xonasi eshigi oldida bu daxshatli urushni daxshat ichida kuzatib turgan Sunaga qadaldi. Suna qornini ushlagancha, Jinning qonli qoʻllariga qarab qotib qolgandi. Jin uning tomon sekin, oʻzining qonli izlarini qoldirgancha koʻtarila boshladi...
Suna oʻz xonasi eshigi oldida butunlay karaxt boʻlib qolgandi. Jinning har bir qadami polda qonli iz qoldirar, uning boʻgʻiq nafas olishi butun yoʻlakda aks sado berayotgan edi. Sunaning vujudida daxshatli ruhiy boʻron koʻtarildi: uning uchun oʻz jonini tikkan Kay pol ustida qon ichida yotar, qarshisidan esa quturgan yirtqich kabi Kim Seokjin kelardi.
Jin Sunaning qarshisida toʻxtadi. Uning qoʻllari, koʻylagining yoqalari Kayning qoniga belangan, koʻzlaridagi oʻsha qotillik olovi hamon soʻnmagan edi. U qizning qaltirayotgan iyaklaridan qonli barmoqlari bilan mahkam tutdi.
— Koʻrdingmi? — Jinning ovozi telbavor bir pichirlashga aylandi. — Menga tegishli narsaga tegingan har bir iflos mana shunday jazolanadi. Agar u mening jiyanim boʻlmaganida, hozir jonsiz tanasi qasr hovlisida yotgan boʻlardi. Xonangga kir, Suna! Endi sening har bir soniyang mening nazoratimda!
Jin uni xonaga qattiq itarib yubordi-da, ortiga oʻgirilib, pastda qoʻrqib titrayotgan Klaraga va toshdek qotib turgan Sehundan koʻz uzmay buyruq berdi
— Sehun! Ana u itni olib tushib, yer ostidagi zirhli xonaga zanjirlab qoʻyinglar! Shifokor faqat oʻlib qolmasligi uchun uni koʻrikdan oʻtkazsin, lekin zanjirlarni yechishga hech kimning haqqi yoʻq! Va bugundan boshlab... Suna xonimning eshigi oldida kecha-yu kunduz oʻzing turasan. Agar u xonadan yana bir qadam chiqsa yoki unga biror kim yaqinlashsa, boshing bilan javob berasan!
— Xoʻp boʻladi, janob Kim, — Sehun jimgina taʼzim qildi va oʻz odamlari bilan yerda yotgan, hushsiz Kayni sudrab, qasrning eng qorongʻu va sovuq yer osti qamoqxonasiga olib ketdi.
Ertasi kuni tong otdi. Qasrdagi atmosfera har qachongidan ham zaharliroq edi. Suna tun boʻyi yigʻlashdan koʻzlari shishib, karavot chetida oʻtirardi. Uning ichidagi koʻngil aynishi va qornidagi ogʻriqlar tobora kuchayib borardi, ammo uning dardi jismoniy ogʻriqdan koʻra kuchliroq edi.
U xona eshigini sekin ochib, tashqariga qaradi. Eshik shundoqqina yonida, qoʻllarini oldiga qovushtirgancha, koʻzlarida zarracha hissiyot boʻlmagan Sehun turardi. Uni koʻrib, Sunaning ichidagi barcha nafrat, kechagi xiyonat dardi qaytadan alangalandi. Bu yigit uni ozod qilmoqchi boʻlib, oxirida Jinning qoʻliga oʻz qoʻllari bilan topshirgan edi.
Suna sekin uning qarshisiga keldi. Uning koʻzlaridan oqayotgan nafrat yoshlari yuzini kuydirayotgandek edi.
— Sadoqatli qoʻgʻirchoq... — Suna jirkangan ohangda pichirladi. — Sen meni qutqaraman deb aldading. Ichimdagi umidni oʻldirding. Jinning eng ishonchli iti ekanligingni isbotlading!
Sehun qizning yuziga qaradi, uning nigohida hech qanday pushaymonlik yoki qoʻrquv koʻrinmasdi. U xuddi robotdek sovuq edi.
— Men shunchaki oʻz vazifamni bajardim, Suna xonim. Siz bu qasrdan hech qachon chiqib ketolmasligingizni bilishingiz kerak edi, — dedi Sehun muzdek ovozda.
Suna uning bu sovuqqonligiga ortiq chidolmay, bor nafrati bilan Sehunni yuziga ochiqchasiga tupurib yubordi.
— Sendan nafratlanaman! Umrimning oxirigacha sening bu iflos yuzingni koʻrishni xohlamayman! — deb baqirdi Suna va xonasi eshigini qarsillatib yopib, ichkaridan qulfladi.
Sehun esa yuzidagi tupukni sekin dastroʻmali bilan artdi. Uning koʻzlari bir soniyaga qisildi, ichidagi qandaydir yashirin ogʻriq yoki sirli tuygʻu oʻtib ketdi, ammo u yana oʻsha toshdek qattiq qiyofasiga qaytdi.
Ayni shu paytda, qasrning narigi chetidagi xonada Klara va Lia yangi, yanada mudhish va qonli rejani pishirishayotgan edi. Kay zanjirlangan, demak, endi Sunani himoya qiladigan hech kim yoʻq edi...
Qasr ichidagi sukunat boʻron oldidan boʻladigan jimjitlikka oʻxshardi. Jin oʻzining xalqaro noqonuniy biznes ishlari va qasrda yuz bergan oilaviy inqiroz sababli nihoyatda asabiylashgan, kun boʻyi kabinetidan chiqmay, tinmay telefon orqali buyruqlar berar edi.
Klara oʻz xonasida Liyani qarshisiga olib, derazani mahkam yopdi. Uning koʻzlarida aqldan ozgan yovuzlik aks etib turardi.
— Birinchi rejamiz oʻsha iflos akam tufayli barbod boʻldi, — pichirladi Klara lablarini asabiy tishlab. — Dorilar bilan oʻyin qilish endi imkonsiz, shifokor doimiy ravishda Sunaning qonini tekshiryapti. Agar biron bir shubhali narsa topilsa, amakim ikkimizni ham shu yerda soʻyadi. Shuning uchun... biz buni biron bir daxshatli baxtsiz hodisaga oʻxshatishimiz kerak.
Lia yutunib, Klaraga yaqinlashdi
— Qanday qilib, Klara xonim? Sehun eshik oldida xuddi soyadek turibdi-ku. Undan oʻtib boʻlmaydi.
— Sehun faqat amakimning buyrugʻini bajaradi. Ammo u bir vaqtning oʻzida ham qasr xavfsizligiga, ham eshikka masʼul. Ertaga kechasi amakim shahar markazidagi yirik uchrashuvga ketadi. Men qasrning gʻarbiy qismida ataylab qandaydir shovqin yoki xavfsizlik signalizatsiyasini ishga tushiraman. Sehun uni tekshirish uchun atigi ikki daqiqaga eshik oldidan ketishga majbur boʻladi. Ana oʻsha paytda... sen Sunani xonasidan aldab chiqasan. Qasrning markaziy zaliga olib boradigan oʻsha baland va tik marmar zinapoyalar... Uni oʻsha yerdan itarib yuborishing kerak, Lia!
Liyaning koʻzlari qoʻrquv va ayni paytda vahshiyona quvonchdan katta-katta ochildi
— Zinadan yiqilsa... uning tanasidagi jarohatlar va homila... u bola tirik qolmaydi! Shifokorlar buni shunchaki qizning holsizligi sababli yiqilish deb oʻylashadi!
— Aynan! — Klara Liyaning yelkasiga qoʻlini qoʻydi. — Faqat hammasi mukammal boʻlishi shart. Agar Sehun qaytib kelguncha ulgurmasang, oʻlimingni his qilaver.
Suna xonasida qorin sohasidagi kutilmagan sanchiqlar va ruhiy tushkunlik tufayli karavotda zoʻrgʻa nafas olib yotardi. U oʻz ichida oʻsayotgan bu mitti vujudni his qilar ekan, unga nisbatan ham achinish, ham daxshat his qilardi. U Jinning farzandini dunyoga keltirishni xayoliga ham keltira olmasdi, biroq chorasizlik uni har soniyada boʻgʻib kelardi.
Eshik ortida turgan Sehun esa koʻzlarini yumgancha yuzidagi Sunaning oʻsha nafrat toʻla tupugini, qizning oʻsha daxshatli soʻzlarini eslar edi. Uning toshdek qiyofasi ortida qanday sirlar yashiringanini hech kim, hatto Kim Seokjin ham oxirigacha bilmas edi.
Kech boʻldi. Qasr uzra qorongʻu tun choʻkdi. Jin oʻz rejasiga koʻra kiyinib, qasrni tark etdi. Klara va Lia esa oʻz burchaklarida oʻsha daxshatli soniyalarni sanay boshladilar. Urushning eng ayanchli va qonli fitnasi soat mili bilan birga yaqinlashib kelmoqda edi...
Tungi soat ikkilar atrofida qasr xavfsizlik tizimining gʻarbiy qismida kutilmaganda daxshatli signalizatsiya ovozi yangradi. Klara reja boʻyicha oʻsha yerdagi maxfiy datchiklarni yashirincha qisqa tutashuv qildirgan edi.
Sunaning xonasi eshigi oldida turgan Sehun quloqchinidan kelgan xabarni eshitib, qoshlarini chimirdi. U har qancha sovuqqon boʻlmasin, qasr xavfsizligiga masʼul edi.
U xona eshigiga bir qarab oldi-da, ogʻir va tez qadamlar bilan gʻarbiy qanot tomonga yoʻl oldi. Sehun burchakdan burilishi bilanoq, soyada berkinib turgan Lia shoshilgancha chiqib, Sunaning xonasiga kirdi.
Suna karavotda holsiz yotgan joyida Liyani koʻrib, darhol hushyor tortdi
— Senga bu yerga kirishga kim ruxsat berdi? Chiqib ket!
Lia yuziga daxshatli qoʻrquv ifodasini berib, Sunaga yaqinlashdi
— Suna xonim! Tezroq turing! Yer ostidagi xonada daxshatli yongʻin chiqdi, janob Kay oʻsha yerda zanjirlangan, u tutundan boʻgʻilib oʻlyapti! Janob Kim kelishidan oldin uni qutqarishimiz kerak, Sehun ham oʻsha yerga yugurdi! — deb yolgʻon gapirdi.
Suna "Kay" ismini va uning xavfda ekanligini eshitib, ichidagi barcha ogʻriq va shokni unutdi. Kay u uchun oʻz hayotini tikkan edi, Suna uni oʻlimga tashlab qoʻyolmasdi. U oʻrnidan turib, Liyaning ortidan yoʻlakka otildi.
Ular qasrning markaziy zaliga olib boradigan, pastga juda tik va baland tushadigan marmar zinapoyaning tepasiga yetib kelishdi. Atrof qorongʻu, pastki zal boʻm-boʻsh edi.
Suna zinadan tushmoqchi boʻlib qadam tashlagan ham ediki, Liyaning yuzidagi oʻsha soxta qoʻrquv bir soniyada vahshiyona jilmoyishga aylandi. Ortidan kelayotgan Klara esa oʻzini tiya olmay, bor kuchi bilan Sunaning yelkasidan va belidan pastga qarab shafqatsizlarcha itarib yubordi!
— Oʻl, iflos! Bolang bilan birga yoʻqol! — deb baqirdi Klara zaharli ovozda.
Suna muvozanatni yoʻqotdi. Uning koʻzlari daxshatdan katta-katta ochilib, havoda muallaq qoldi. Pastdagi qattiq va sovuq marmar pol unga yaqinlashib kelmoqda edi. U oʻz vujudidagi mitti hayotni asrash uchun ixtiyorsiz ravishda qornini qoʻllari bilan toʻsdi va koʻzlarini mahkam yumdi.
"Hammasi tugadi..." deb oʻyladi u.
Biroq, qarsillagan daxshatli yiqilish ovozi eshitilmadi..Suna polga urilishidan bir necha soniya oldin, qorongʻulikdan shiddat bilan otilib chiqqan quvvatli va baquvvat qoʻllar uni havoda mahkam tutib qoldi. Bu gʻarbiy qanotdagi signalizatsiya soxta ekanligini bir zumda anglab, ortiga qaytgan Sehun edi!
U oʻz hayotini va tezligini oxirgi nuqtagacha ishga solib, Sunani polga urilishdan asrab qolgandi. Udagi bu tezkorlik shunchaki buyruq ijrosi emas, balki ichidagi qandaydir chuqur, yashirin bir tuygʻuning portlashi edi.
Sehun Sunani bagʻriga bosgancha yerga tiz choʻkdi. Uning ogʻir nafasi qizning yuziga urilardi. Suna shok ichida koʻzlarini ochib, oʻzini sotgan tansoqchining koʻzlariga qaradi.
Sehun sekin boshini koʻtarib, zinapoyaning tepasida qotib turgan Klara va Liaga qaradi. Uning koʻzlarida Kim Seokjinnikidan qolishmaydigan daxshatli, muzdek qotillik olovi yonib turardi.
— Sizlar... oʻz oʻlimingizga imzo chekdingiz, — dedi Sehun daxshatli ovozda va choʻntagidan telefonini chiqarib, bittalab raqam tera boshladi. Jin qasrga qaytayotgan edi...
Qasrning markaziy zalida oʻlim sukunati hukm surardi. Sehun Sunani yerdan ohasta koʻtarib, uning es-hushini joyidami yoki yoʻqligini tekshirarkan, zinapoya tepasida turgan Klara va Liyaning rang-quti oʻchib, butkul muzlab qolishgandi.
Ular Sehunni chalgʻitdik deb oʻylashgandi, ammo u oʻyinni bir soniyada buzib tashladi.Oradan atigi yigirma daqiqa oʻtdi. Qasr darvozalari shiddat bilan ochilib, ichkariga Kim Seokjin otilib kirdi.
Sehun unga telefonda hammasini qisqacha aytib ulgurgandi. Jin zalga kirganida, uning yuzidagi ifoda har qanday "maniac" qiyofasidan daxshatliroq edi. U toʻgʻri divanda shok ichida qaltirab oʻtirgan Sunaning yoniga keldi, uning burni va kiyimlarini koʻzdan kechirdi.
Qiz jismonan omon qolgandi, ammo ruhiyati battar shikastlangandi.
Jin sekin ortiga oʻgirilib, zal oʻrtasida tansoqchilar qurshovida tiz choʻkib turgan Klara va Liaga yaqinlashdi. Uning har bir qadami qonxoʻr yirtqichning harakatini eslatardi.
— Amaki... Iltimos... Men qilmadim! Hammasini mana bu Lia oʻylab topdi! — Klara yigʻlab, Jinning oyoqlariga yopishmoqchi boʻldi.
Jin uning gapini oxirigacha eshitmadi. U bor kuchi bilan Klaraning yuziga tarsaki tushirdi. Zarbning kuchidan Klara marmar polga quladi.
— Senga mening qonimni tashiydigan vujudga teginma degandim! — Jinning ovozi boʻgʻizdan vaxshiyona chiqdi. — Sen mening jiyanim boʻlganing uchun hozir sening dabdabangni tugataman. Sehun! Hozirning oʻzida buni shaxsiy samolyotga ortib, Amerikaning eng chekka, botqoqliklar ichidagi tashlandiq villasiga olib borib qamaysan! Unga bitta ham pul, bitta ham aloqa vositasi berilmasin. Umrining oxirigacha oʻsha yerda chirib ketadi! Agar mamlakatga qaytishga urinsa, oʻldirib koʻmib tashlanglar!
Klara daxshat ichida faryod urib yigʻlarkan, tansoqchilar uni sudrab qasrni tark etishdi. Jin oʻz oilasidan birini aravadan tushirgan edi. Ammo u Liyaga qaradi.
— Sen esa... — Jin Liyaning sochlaring buralib ushladi. — Sening jazongni ertaga oʻylab topaman. Hozircha uni yer ostiga, Kayning qarshisidagi kameraga tashlanglar. Bir-birining ahvolini koʻrib quvonishsin.
Tungi soat uch. Lia yer osti qamoqxonasining sovuq kamerasida mudhish ahvolda oʻtirardi. Uning qarshisidagi kamerada esa ogʻir yaralangan, zanjirlangan Kay holsiz yotardi. Lia Jinning uni tirik qoldirmasligini juda yaxshi bilardi. Ertaga ertalab uning hayoti yakun topishi aniq edi.
Biroq, uning kiyimi ichida tansoqchilar tekshirishga ulgurmagan kichik, maxfiy aloqa detali bor edi.
Lia qasr xavfsizligida ishlagan paytlarida Jinning gʻarbiy va sharqiy devorlarining barcha raqamli xavfsizlik kodlarini yodlab olgandi.
U titrayotgan barmoqlari bilan aloqaga chiqdi. Bu liniyaning narigi tomonida Jinning xalqaro bozordagi eng ashaddiy va qonxoʻr raqibi — mafiya klanining boshligʻi turardi.
— Eshityapman... — dedi narigi tomondagi sovuq ovoz.
— Meni qutqarasiz... Men sizga qasrning barcha maxfiy xavfsizlik kodlarini, Jinning barcha tizimlarini ochadigan parollarni beraman! — Lia daxshatli darajada tez pichirladi. — Evaziga ertaga kechasi bu yerga hujum qilasiz. Qasrdagilarning hammasini oʻldiring! Ayniqsa oʻsha Sunani va Jinni! Men sizga eshiklarni ichkaridan ochib beraman!
— Kelishdik. Ertaga tunda Kim Seokjinning saltanati qon bilan yuviladi, — dedi ovoz va aloqa uzildi.
Lia kameraning qorongʻu burchagida daxshatli tarzda iljayib qoʻydi. Qasr hovlisiga fojia va qonli otishma olovi juda yaqin kelayotgan edi...
Qasr uzra ogʻir, boʻgʻuvchi sukunat choʻkdi. Ertangi qonli fojia — Liyaning xiyonati sababli keladigan dushmanlar hujumi hali yuz bermagan, ammo qasr ichidagi havo xuddi elektr toki kabi tarang edi. Jin hamma narsadan — jiyanining isyonidan, jigarining daxshatli suikasdidan butkul toʻygan, koʻzlarida faqat telbavor, qora vahshiylik qolgan edi.
Suna oʻzining oʻsha shohona, ammo oʻlim hidi anqiydigan yotoqxonasida oʻtirardi. Uning homiladorligiga ikki oy boʻlayotgan, tanasidagi oʻzgarishlar ruhan uni yanada ojiz qilib qoʻygandi. U qornini ohista silarkan, bu qasrda unga najot yoʻqligini, hatto uni qutqarmoqchi boʻlgan Kay yer ostida zanjirlanganini, uni itarib yuborgan Klara esa uzoqlarga badargʻa qilinganini oʻylab, ruhidagi boʻshliq tubiga qulab borayotgan edi.
Tungi soat birlarda eshik qulfi daxshatli ovoz chiqarib ochildi. Ichkariga Kim Seokjin kirdi. Uning ustidagi qora koʻylagining yoqalari ochilgan, sochlari toʻzgʻigan, koʻzlarida esa aqldan ozgan yirtqichning ifodasi bor edi. Undan kelayotgan qimmatbaho viski va sovuq daxshat hidi bir soniyada xonani qopladi.
U Sunaga tikildi — qiz koʻrpa ostida qaltirab, unga tikilib turardi.
— Hamma menga xiyonat qildi, Suna... — Jin sekin, ogʻir qadamlar bilan karavotga yaqinlashdi, uning ovozi daxshatli darajada boʻgʻiq va zaharli eshitilardi. — Kay senga koʻz tikdi, Klara mening qonimni oʻldirmoqchi boʻldi... Bu dunyoda hamma mening mulkimni tortib olmoqchi! Lekin ular bir narsani bilishmaydi... Sen faqat menikisan. Sen mendan hech qayerga qochib ketolmaysan!
— Jin... yaqinlashma... — Suna qoʻrquvdan orqaga chekindi, uning ovozi titrardi. — Men homiladorman... Menga tegma!
Jin daxshatli, "maniac"larcha iljaydi. U bir lahzada oʻzini yoʻqotib, karavotga otildi va Sunaning ikkala qoʻlini boshi uzra bitta baquvvat kafti bilan mahkam siqib yerga mixladi. Uning ogʻirligi Suna ustiga tushdi, ammo u qizning qorniga bosim bermaslik uchun oyoqlari bilan muvozanatni ushlab turardi.
Uning koʻzlarida rashk va egalik hissi olov boʻlib yonardi.
— Aynan mening bolamni koʻtarib yurganing uchun ham sen meniki boʻlishing kerak! — Jin uning qulogʻiga dahshatli pichirladi. — Ikki oy... vujuding mening muhrimni tashiymoqda. Sen tashqaridagi oʻsha iflos dunyoni unutasan. Sening jannating ham, doʻzaxing ham mana shu yotoqxona, mana shu tana!
Jin uning nozik lablariga shafqatsiz, daxshatli va ayni paytda aqldan ozdiruvchi ehtiros bilan yopishdi. Bu boʻsa qaynoq va azobli edi — unda Jinning necha kunlik gʻazabi, rashki va Sunaga boʻlgan oʻsha kasallik darajasidagi bogʻlanishi yashiringandi. Suna yulqinishga, qarshilik koʻrsatishga urindi, biroq Jin uning boʻyinlaridan, yelkalaridan tishlab, uni oʻzining daxshatli ehtirosi girdobiga tortib ketdi.
Xonadagi chiroqlar oʻchdi, zulmat ichida faqat ularning ogʻir, tez-tez va uzuq-uzuq nafas olishlari eshitilardi. Jin uni jismonan yengdi — uning holsiz vujudiga qaramay, uni qaytadan shafqatsizlarcha va nihoyatda issiq, ehtirosli tarzda oʻziniki qildi. Suna uning quchogʻida jonsizlanib borarkan, koʻzlaridan oqqan qaynoq yoshlar Jinning yelkasiga tomardi. U Jinning bagʻrida mahkam zanjirlangan edi.
Tongga yaqin Jin polda uning yonida uxlab yotganida, Suna shiftga tikilgancha yigʻlardi. U oʻzini butkul yoʻqotgandi.
Ayni shu soniyalarda, yer osti qamoqxonasida Lia oʻz telefonini yashirdi. Dushman mafiya guruhi qasr kodlarini toʻliq qabul qilib olgan va oʻz qurollarini oʻqlayotgan edi. Qonli va daxshatli tun tugadi, ammo ertasi kuni qasrni chinakam jahannam kutmoqda edi...