The private hell #Sena
Kechki ovqat vaqtiga oz qolganda Yoongi xonamga kirdi. U ustidagi qora smokingini to'g'rilab, oynaga qarab turganimni ko'rib, sekin orqamdan keldi. Uning nigohi kozlarimda to'xtadi.
β Kazuha, β u yelkalarimdan tutib, o'ziga qaratdi va ustimdagi ko'ylakka ko'z yugurtirdi. Uning qoshlari biroz chimirildi. β Biroz yopiqroq kiyin. Bo'yning va yelkalaring yopilib tursin.
Uning bu so'zlarida ham o'sha tanish obsessiv rashk, ham kechagi izlarni boshqalardan yashirish istagi bor edi. U javonimdan qora, baland yoqali ipak libosni olib, menga uzatdi.
Kiyinib bo'lganimdan keyin u qo'llarimdan tutdi. Uning kaftlari kutilmaganda juda issiq va samimiy edi.
β O'zingni qo'lga ol, hammasi yaxshi boladi, β dedi u ovozini yumshatib, peshonamdan muloyim o'pib. β Men doim yoningda bo'laman.
Pastdan mashina signali eshitildi. Biz pastga tushganimizda, mehmonxonada Yoongining ota-onasi va uning 17 yoshli jiyani β Yejin turardi.
Yoongining ota-onasi kutilganidan ham bosiq va mehmondo'st insonlar bo'lib chiqdi. Onasi men bilan quchoqlashib ko'rishdi, ammo jiyani Yejinning qarashi butunlay boshqacha edi. U 17 yoshda bo'lsa-da, ko'zlarida katta odamlarga xos bo'lgan o'tkir, sovuq va mensimaydigan nazar bor edi.
Yejin kelishi bilan Yoongining yoniga otildi va uning qo'lidan ushlab oldi. U mening borligimni umuman tan olmayotgandek, menga nisbatan sovuq va takabburona qarab qo'ydi. Uning Yoongiga bo'lgan e'tibori shunchaki jiyanning tog'asiga bo'lgan mehridan ko'ra, xuddi qiz g'azab va rashk bilan o'z mulkini qo'riqlayotganiga o'xshardi.
β Tog'a, bu uyga har safar kelganimda yoningizda hech kim bo'lmasdi, β dedi Yejin menga bir qarab, so'ng Yoongiga suyanib. Ovozidagi kesatiq ochiq-oydin bilinib turardi. β Bu kim o'zi? Shunchaki navbatdagi mehmonmi?
Yoongi Yejinning qo'lini sekin va ehtiyotkorlik bilan o'zidan uzoqlashtirdi. Uning yuzida yana o'sha sovuqqon, bosiq ifoda paydo boldi.
β Yejin, o'zingni bos, β dedi Yoongi qat'iyat bilan. So'ngra mening belimdan mahkam ushlab, o'ziga tortdi. β Bu Kazuha. Va u bu uyning bekasi.
Yejinning ko'zlarida soniyalar ichida g'azab va yaqqol rashk alangalandi. U labini tishlab, menga nafrat bilan tikildi.
Kechki ovqat stoli atrofiga o'tirganimizda, stoldagi taranlik kundan-kunga ortib borayotgandek his qilindi. Yoongining ota-onasi bilan samimiy suhbatlashishga urinayotganimda, Yejinning har bir harakati menga nisbatan ochiqchasiga chaqiriq edi.
U Yoongining ro'parasiga emas, aynan uning yonidagi bo'sh kursiga o'tirib olgandi.
Ovqatlanish davomida Yejin ataylab Yoongining yengidan ushlab, uning qulog'iga egilarkan, kulib gaplashardi.
β Tog'a, esingizdami, o'tgan safar menga bergan va'dangiz? β dedi Yejin unga suyanganicha, nigohini ataylab menga qaratib. β Meni xuddi o'shanday restoranga olib borishingiz kerak. Siz faqat men bilan borganda xursand ko'rinasiz...
Uning Yoongiga erkalanishi va uning e'tiborini to'liq olishga urinishi oddiy jiyanning munosabatidan oshib ketgandi. Yejin ataylab Yoongining tarelkasiga ovqat solib qo'yar, uning qo'liga bilmasdan tegib ketgandek bo'lib, menga g'olibona qarash qilardi.
Kazuha pov:
To'g'risi, buni ko'rib, ich-ichimdan qandaydir noma'lum va yoqimsiz alanga yongandek boldi. Rashk? Men... Min Yoongini rashk qilyapmanmi? U mening hayotimni jahannamga aylantirgan inson bo'lsa, nega uning boshqa bir qiz bilan shunday yaqinligidan yuragim yonib ketayotgandi? Uning e'tibori faqat menga qaratilishiga o'rganib qolganim uchunmi?
Yoongi Yejinning bu harakatlaridan biroz noqulay ahvolga tushdi. U sekin Yejinning qo'lini o'z yengidan bo'shatib, stol ustidagi mening qo'limni qidirib topdi. U barmoqlarimni o'zining issiq kafti orasiga olib, mahkam siqdi.
Yoongi menga qaradi. Uning ko'zlarida ichimdagi rashk va alanganitizib turganini payqaganidek, yengil va xavfli bir tabassum miltilladi.
β Yejin, men hozir bandman. Mening barcha vaqtim va e'tborim Kazuha bilan bog'liq, β dedi Yoongi bosiq, ammo qat'iy ovozda.
U stol ostida qo'limni yanada qattiqroq siqdi. Yejin esa bu gapni eshitib, sanchqisini tarelkaga tars etib tushirdi. Uning ko'zlarida nafrat va g'azab alangi yaqqol ko'rinib turardi. U menga shunday qaradiki, go'yo birinchi imkoniyat bo'lishi bilan bu saroyda menga qarshi kurash ochadigandek edi...
Mehmonlar kuzatilgach, qasrda yana o'sha og'ir, bo'g'uvchi sukunat hukmron bo'ldi. Men xonaga chiqib, balkon oynasi oldida turardim. Yejinning harakatlari va u tufayli ichimda paydo bo'lgan o'sha noma'lum alanga β rashk tuyg'usi hali ham ko'kragimni tirnardi.
Eshik sekin ochilib, Yoongi kirib keldi. U ustidagi pijdakni yechib, stul suyanchig'iga tashladi. Uning harakatlarida g'olibona xotirjamlik bor edi. U sekin orqamdan kelib, belimdan mahkam quchdi. Uning issiq ko'kragi orqamga tegib turar, nafasi bo'ynimni kuydirardi.
β Sen bugun juda jim bo'lib qolding, Kazuha... β u bo'ynimga lablarini sekin bosib, pichirladi. β Yoki kechki ovqatdagi biror narsa senga yoqmadimi?
Men undan yuzimni burmoqchi boldim, lekin Yoongi belimni yanada qattiqroq siqib, o'ziga jipslashtirdi. Uning ko'zlarida men ichimda yashirishga urinayotgan rashkni allaqachon o'qib bo'lgani ko'rinib turardi.
β Sizga baribir emasmi? β dedim ovozimni iloji boricha sovuq chiqarishga urinib.
Yoongi yengil kulib yubordi. Bu kulgu xonadagi taranlikni yanada oshirdi. U yuzimni o'ziga qaratib, iyangimdan tutdi.
β Menga baribir emas. Ayniqsa, seni boshqa birining yonida bunday ko'zlar bilan yonayotganingni ko'rish... β u egilib, lablarimga bir necha millimetr qolganda to'xtadi. β Sen rashk qilding, shunday emasmi?
Uning bu g'olibona va ishonchli pichirlashi ichimdagi so'nggi sabr kosasini ham to'ldirib yubordi. U mening ustimdan hukmronlik qilishiga, har bir tuyg'umni o'yin qilishiga yo'l qo'yolmasdim. Men birinchi marta o'zimni yo'qotdim.
Kutilmaganda uning yoqasidan mahkam ushlab, o'zimga tortdim va lablarimni uning lablariga bosdim.
Bu oddiy bo'sa emasdi β bu alanga, nafrat, rashk va ehtirosning Portlashi edi. Men uning lablarini dahshatli ochlik va tajovuz bilan zabt etdim.
Yoongi bir soniyaga shokda qotib qoldi, lekin darhol o'zini qolga olib, bo'samga yanada vahshiyroq javob qaytara boshladi. U mening belimdan ko'tarib, o'zi bilan birga devorga bosdi.
β Demak, urush e'lon qilyapsanmi? β u lablarimdan ajralib, nafasi qaytib pichirladi. Uning ko'zlarida tubsiz, qorong'i ehtiros yonardi.
β Men sizning o'yiningizga ko'nikmayman, Yoongi... β dedim uning ko'zlariga Tikilib, uning lablaridan yana bir bor tishlab bo'sa olarkanman.
Yoongi mening bu jur'atimdan butunlay hayratda va mast holatga kelgandi. U bir harakat bilan ustimdagi ipak libosning tugmalarini uzib yubordi.