Between us
Yoz fasli, Kyotoning serdaraxt parklaridan birida Seraphina fotoapparatida rasm tahrirlab ketayotgan edi.
Tasodifan kimdir unga to‘qnashib ketdi. Fotoapparat yerga tushdi.
— Kechirasiz! — dedi u, egilib.
— Men ham kechirasiz… sizga tegib ketdim. Men Taehyungman, — dedi yigit yapon tilida biroz aksent bilan.
Shu lahzadan ular hayotida yangi sahifa ochildi. Yaponiyalik Seraphina va koreyalik Taehyung qisqa fursatda bir-biriga ko‘nikib qoldi. Ular muzeylarga bordi, yomg‘irda birga sayr qildi, har kech telefon orqali bir-biriga kitob o‘qib berishdi. Oradan vaqt o‘tib, bu oddiy do‘stlik chuqur sevgiga aylandi.
— Men seni sevaman, Seraphina. Hattoki bu dunyo menga qarshi chiqsa ham, sendan voz kechmayman, — degan edi Taehyung bir kecha yomg‘ir ostida.
Seraphina ham o‘z sevgisini yashirmasdi.
— Sen menga havodek zarursan. Meni tushunadigan yagona insonsan.
Ular uch yil davomida yashirincha uchrashib yurdi. Ammo bir kuni Seraphinaning ota-onasi ularni ko‘chada birga ko‘rib qolishdi. Uyda katta janjal boshlandi.
— Koreyalik yigitmi? Bu sharmandalik! — dedi otasi.
— Biz seni boy, yapon oila farzandiga uzatamiz. Bo‘ldi, bu muhabbat tugadi, — dedi onasi qat’iy ohangda.
Seraphina yig‘ladi, tinmay qarshilik qildi. Ammo ota-onasi telefonini olib qo‘ydi, uydan chiqarmadi. Shunda u ota-onasiga qarab, yuragidagi haqiqatni aytdi:
— Meni qiynashingiz mumkin, lekin sevishimni to‘xtata olmaysiz. Men Taehyungni chin dildan sevaman.
Bu orada Taehyung ham sukutda qoldi. Lekin u kurashishni tanladi Seraphinaning uyiga bordi. Ota-onasi oldida bosh egib dedi:
— Men Seraphinani sevaman. Men uni baxtli qilishni istayman. Iloji bo‘lsa, uni mendan ayirmang.
Ota-onasi esa keskin rad etdi.
— Qizimiz koreysga tegmaydi! U bizning madaniyatimizni buzadi!
— Qizimiz bizniki, biz qanday desak, shunday bo‘ladi! — dedi onasi
Shu tariqa Seraphina boy, obro‘li yapon yigitga unashtirildi. To‘y kuni yaqinlashdi. Seraphina to‘y libosida yuragi ezilgancha ko‘zguga qarab turar edi.
Seraphina to‘y libosida, qalin yólak bo‘ylab asta-sekin yurardi. Kuyov uning yonida tabassum qilib borardi, lekin Seraphinaning yuragi qiynalar edi. Har qadamda u Taehyungni o‘ylardi — sevgi, orzular, va ularning boshidan kechirganlari.
To‘y zaliga kirish uchun o‘tish yo‘lida u to‘satdan ko‘zlariga ishonolmadi — uzoqdan tanish bir kishini ko‘rdi. Taehyung edi.U yerda, odamlar orasida, ortiqcha so‘zsiz ular ko‘zlarini bir-biriga tikdi.
Seraphina yuragini ushlab turib, lablarini qimirlab so‘zlar aytmoqchi bo‘ldi, lekin faqat jimjitlik hukmron edi. U uzoqroq turib, tinchgina:
-Taehyung (dedi ichida)
— Men seni doim sevaman, Taehyung. Hatto dunyo bizga qarshilik kórsatsam ham, yuragim seni unutmaydi.🥺❤️🩹
Taehyung esa unga qarab, boshini pasaytirdi. Yuzida achchiq ta’na, ko‘zlari yosh edi. U bilar edi, ular birga bo‘la olmaydi, lekin qalbidan unga eng samimiy tilaklarni tiladi. U uzoq vaqt jim turgach, sekin sekin so‘zladi:
- Iltimos.... tabassum qil😊
Kuyov:Ketdik
Taehyung:Men sen uchun hursandman, Baxtli ból🙃
Dedida Taehyung lekin yuragi parchalanib ketgan edi.
Seraphina ko‘zlaridan yoshlar oqib, yuragi achchiq og‘riq bilan siqildi. U bilardi — bu ularning oxirgi ko‘rishuvi. Ular orasida butun bir dunyo bor edi, lekin u dunyo ular uchun mavjud emas edi.
Taehyung asta orqaga chekinib ketdi, odamlar orasida yo‘qoldi. Seraphina esa to‘y libosida yig‘lab, bo‘shliq ichida qolib ketdi.
Ular sevgan edi, lekin dunyo ular uchun qattiq va sovuq edi. Bu muhabbat ular uchun qalamga yozilgan achchiq dard edi.
Yillar o‘tdi.
Kioto ham o‘zgardi — yangi binolar, yangi odamlar, yangi hayot. Ammo Seraphinaning yuragidagi og‘riq o‘sha-o‘sha qoldi. U endi turmushda, tashqaridan qaraganda baxtli ko‘ringan, lekin ichida — bo‘shliq.
Har yili yoz faslida, Taehyung bilan birinchi uchrashgan o‘sha parkka borardi. O‘sha daraxt ostida sokin o‘tirardi, qo‘lida eskirgan surat.
Taehyung ham Seulda mashhur suratkashga aylangan edi. Ko‘plab ko‘rgazmalar, muvaffaqiyatlar… ammo bironta suratida quvonch yo‘q edi. Har bir rasmda sog‘inch, yurakda yori qolib ketgan insonning iztirobi ko‘rinib turardi.U ham Seraphina eski tushirgan rasmlariga qarab turardi.
U ham har yozda Yaponiyaga borardi. O‘sha park, o‘sha daraxt, o‘sha soya. Hech kimga aytmasdi, lekin u Seraphinani shu yerda ko‘rishga umid qilardi — yillar o‘tsa ham.
Shu zayl, ular bir umr sevgini unutmasdan, lekin birga bo‘la olmasdan yashadi. O‘tmish yuraklarida abadiy yashadi.
Chunki ba’zan muhabbatlar hayotda emas, yurakdagi xotirada yashaydi.