November 13, 2025

Fate

Author Cha Yubin

Ep 5


Yubin avvalgi xotiralarni eslab, ko‘ziga yosh kelib, hatto tug‘ilgan kunida onasi uning uchun azob bergani unga hozir boshqacha ta’sir qildi...

Xona eshigi ochilib ichkariga Shia xonim kirib, qizlarni tushlikka chaqirdilar. Yubin ham o‘ziga kelib olib oshxonaga yo‘l oldi.
Tushlik vaqtida hech kim hech narsa demasdan ovqatlashayotgan edi. Yora bir onasiga bir Yubinga qarab qo‘yar edi.
Hamma tushlik qilib bo‘lgach o‘rtada noqulay jimlik hukum surar edi va bu jimlikni Shia xonim buzdilar.
– Yubin.. istasang biz bilan bu yerda yashashing mumkin sen ham mening qizimsan, agar istasang tortinmasdan aytishing mumkin.
– O‘z vaqtida onang menga juda ko‘p yordam bergan..
Onang hayotimda uchratgan eng yaxshi insonlarimdan biri edi.
Yubin siniq jilmayib
– Taklifingiz uchun katta rahmat Shia xola, lekin sizlarga ko‘p noqulayliklar tug‘dirdim, uzoği 3 oyda uyni bo‘shataman, hozir ko‘plab kampaniyalarga ish bo‘yicha aloqaga chiqdim..
Yora Yubinning gapini bo‘lib
– Hoy, qayerdan topding bu gaplarni?
– Bizga hech qanday noqulayliklar tug‘dirganing yo‘q axir.
Shia xonim ham qizining gapini maqulab
– Yora to‘g‘ri aytayapti. Men shunchaki u yerda yolg‘iz yashashga qo‘rqsang biz bilan yasha demoqchi bo‘ldim, xolos.
Shia xonim gapiga qo‘shimcha qilib yana gapirmoqchi bo‘lganida telefon qo‘ng‘irog‘i ularni chalg‘itib yubordi. Yubin uzr so‘rab qo‘ng‘iroqqa javob berdi va birozdan so‘ng yuzida iliqlik bilan
– Hop, hozir boraman, – deya trubkani qo‘ydi.
Tushlik uchun katta rahmat Shia xola, hozir bir joyga borishim kerak, keyin yana gaplashamiz, – deb uydan chiqib ketdi.

Shia xonim Yubinning orqasidan qarab qoldi.

Eh, yosh bo‘lishiga qaramasdan ancha qiyinchilikni boshdan kechiryapti. Onasi uning ko‘z oldida so‘nib borgan, otasi esa ularni shu jarlikka olib kelgan.
Yubin haqiqatdan ham achinarli hayot kechirdi. Yonidagi qiziga qarab biroz yengil tortdi. Qizi u kabi qiynalmaganidan biroz ko‘ngli taskin topgan edi. Nima qilsa ham u ona va eng avvalo o‘z bolasini o‘ylaydi..
Shia xonim uzoq o‘ylanib
Nima bo‘lsa ham uning hikoyasi baxtli yakun topsin, eng ko‘piga u haqli, axir..

Avtor Pov

Yubin shoshilgancha biroz avval telefon qilgan kampaniya menejeri bergan manzilga borayotgan edi.
Yubin yoshligidan kompyuterlarga juda qiziqar edi. Buni sezgan Cha xonim esa qizining bu orzusini amalga oshirish uchun qo‘lidan kelganicha harakatlar qilar edi va qizning orzusi shunchaki orzu bo‘lib qolmagan edi ham. Eridan yashirincha pullarini yig‘ib, qiziga kompyuterga tegishli kitoblar olib bergan va o‘rgangan narsani yanada yodda chunarli bo‘lishi uchun qo‘shnilaridan iltimos qilib, ularning uyidagi kompyuterni qizi foydalanishini va uning evaziga istalgan ish qilishini aytar edi.
Ona qizining tabassumi uchun istalgan ishlarni qilib, uning orzusini ushlagan ayol edi..


Cha xonim

Yubin kampaniyaga yetib kelgach bo‘ynagi telefon qilgan odamga qayta qo‘ng‘iroq qilib qayerga chiqishi kerakligi haqida so‘raganida
– Siz hozir pastda kutib turing, oldingizga odam yuboraman.
Yubin bunday kampaniyalarga ilk bor kelganligi uchun adashib ketishimdan qo‘rqayotgandir deya
– Hop, deb joyidan kutib turganida yoniga chamasi Yubindan ikkita keladigan barzangi yoniga kelib, u bilan yurishini aytadi.
Liftga kelganidan keyin barzangi ortiga o‘girilib uning telefonini so‘raydi.
Yubin hayratdan qoshlarini tepaga ko‘tarib
– Nega kerak?
Barzangi sovuq ohangda
– Bu kampaniyaning o‘zaro sirlari ochilmasligi uchun telefoningizni olayapman va ishingizni bitirganingizdan keyin qaytarib beramiz.
Yubin boshini qimirlatib telefonini barzangiga berdi va liftga kirib, barzangi tugmalardan 13 - b qavatni tanlab pastga tushib ketdi. Yubin biroz hayratda edi, chunki ular tepaga ko‘tarilishini kutgan edi, lekin lift pastga tushdi.

Yubin Pov

Lift eshigi ochilib, biroz qorong‘u va uzun yo‘lak bo‘ylab yurar ekanmiz, biroz shubhalandim: nahotki meni aldashgan, ishga olamiz deb menga nimadir qilsaya?
Ustiga ustak telefonimni olib qo‘yishgan, uf.
Endi barzangini urib, ortga qochib ketmoqchiligimni hayolimdan mashq qilib turganimda yo‘l tugab, eshik yoniga to‘xtadi.
Barzangi ortiga qarab
– Mana shu xona.
– Sizga kerakli hamma narsa shu yerda, ishingizni bitirganingizdan keyin meni chaqiring, – deb xonadan biroz uzoqlashdi.
Yubin biroz tinchlanib,
xonaga kirib ketib ishini boshlab yuborgan edi.

Barzangi Yubinning telefonini olib, liftdan boshqa qavatga ko‘tarildi va boshlig‘iga telefonni berib, xonadan chiqib ketdi.

2 soatlik mehnatdan so‘ng Yubin xonadan chiqib, bo‘ynagi barzangini qidira boshladi va lift tomonga yaqinlashib qolganida uni topdi va ishini tugatganini aytdi.
Barzangi qizga o‘tkir nigohlari bilan
– Boshqa hujjatlarni ko‘rmadingizmi?
Yubin qoshlarini chimirib
– Nima ko‘rishim kerakmidi?
Barzangi sovuq ohangda
– Yo‘q, ishingiz uchun rahmat, mana bu kelishilgan pul. Agar ishingiz boshliqqa yoqsa, yana chaqirishadi, – deya lift ichiga kirib ketdi. Yubin ham uning ortidan kirdi va eshiklari sekin yopildi.
– Ha, sal qolsak esimdan chiqar edi, telefonimni bersangiz? – deya barzangiga qo‘lini cho‘zdi.
Barzangi ham cho‘ntagidan telefonni olib, uni egasiga berdi va eshiklari ochilib, ikkalasi ham chiqishdi.
– Bu yog‘iga qanday ketishni bilaman.
– Sizlar bilan ishlash menga yoqdi, – deya kampaniyadan chiqib ketdi.

Avtor Pov

Birinchi ish kuni bo‘lgach Yubin ancha charchagan va ancha kech tushib qolgan edi. Do‘konga kirib, o‘ziga kerakli narsalarni olgach uyiga yo‘l oldi.


Teahyung mashinada Seul ko‘chalarini tomosha qilar ekan, hayollaridan o‘sha jasur qiz bor edi.

Teahyung Pov

Qanday jur’at edibdi uydan qochib ketishga? Ilgari unda bunday jasoratni ko‘rmagan edim...
Demak, men taniydigan Yubindan hozir asar ham qolmaganga o‘xshaydi.
Yubin, seni shunchaki qo‘yib yuborsami yoki otamning qistoviga men ham taslim bo‘lib, senga uylansami?

Teahyung shularni o‘ylagancha mehmonxonaga ham yetib kelgan edi.


Teahyung 28 yoshda

Yubin liftga kirib, endi eshiklar yopilmoqchi bo‘lganida qayta yana ochildi. Jia va Jungkook birga lift ichiga kirib kelishdi. Jia Yubinni ko‘rganidan o‘zgarib, Jungkookga yanada yaqin turdi. Kerakli qavatni bosishganidan keyin lift sekin ko‘tarila boshladi. Jia biroz ovozini ko‘tarib

Jungkook, azizim, bugun senikida qolmoqchiman.

Ancha vaqt bo‘libdi birga kino ko‘rib, quchoqlashib uxlamaganimizga, - oxirgi gapini biroz urg‘u berib gapirdi.
Jungkook Jianing bu qiliqlariga tushunmay, indamay qo‘ydi va eshiklar ochildi, Yubin liftdan chiqib uyiga kirib ketdi.

Jia Pov

Bu qizning e’tiborsizligi va Jungkook bilan bir qavatda turishgani yoqmayapti. Nimadir qilib bo‘lsa ham buni shu yerdan haydashim kerak, deya Jungkookning uyiga kirib ketdi.
Jia ustki kiyimlarini yechmasdan Jungkookga yaqin kelib
Liftdagi gaplarim hazil emas edi va...
Va seni juda sog‘indim, - deya uni mahkam quchib olib, bo‘yniga qo‘llarini aylantirib bo‘sa olmoqchi bo‘ldi.


Yubin uyga kirib, narsalarini joylashtirib, dush qabul qilib chiqqanidan keyin yotoqxonadagi onasining rasmiga qarab o‘z-o‘ziga ishonolmas edi.
Uyidan ketganiga, o‘qishda o‘qiyotganiga va hali bor ishlaganiga bularning bari tushdek edi. Faqat bir tarafi — bularning barchasini onasi ko‘rmayotganligida edi.
Hozir bu ishlarimni ko‘rganingizda albatta men bilan faxrlanar edingiz, oyijon..


Yubin

Ertaga tong bugun ham Yubin kech uyg'onganligi uchun Univerga tezda kelib o'qiv xonasiga yo'l olganida bir yigit uning bilagidan ushlab
- Kechirasiz menga yordam bera olmaysizmi bu juda muxim edi
Yubin ikkilangancha
- Hop faqat tezroq
- Qanday yordamim kerak?
Yigit lab chetida sezilmay kulib
- Bir xonada hujjatlar bor oshani olishga yordam bersangiz bo'lgani
Yubin bosh qimirlatib yigitning ortidan bordi va univerning men bilmagan xonasiga borib ichrakiga kirdim ortimdan ósha yigit ham kirib eshikni qulifladi. Nima bo'layotganini chunmas edim
- Nega eshikni qulifladingiz? Voqeaga oydinlik kiritmoqchi bo'ldim.
Yigit sekin qadamlar bilan menga yaqinlashar ekan
- Eshitishimcha Univerga yaqinda kelibsan qadamlarini to'xtatmasdan yanada yaqin kelar ekan bu hadi harakatlar yo'qmay men ham ortga qadam tashlay boshladim
- Mendan nima istaysan?
Yigit unga shaxvoniy qarashlar bilan boshdan oyoq qarar ekan
- Ko'p narsani emas deb qizning qo'lidan siqib o'ziga yaqin tortdi.
Bóynidan chuqur xidlab
- Imm xiding o'zin kabi shirin ekan Yubini itarib yubordi va uning nozik tanasiga chiqib olib ikkala qo'lidan maxkam ushlab ayyorona tabasum bilan gapini davom etirdi
- Sen bilan chuqurroq tanishishni istayman aytishlaricha sevgan qizi bor yigitlar senga yoqar ekan demak sen aynan men izlagan qiz san deya oyog'lari bilan tipirchilab yotgan qizining qo'larini maxkam ushlab ikkinchi qo'li bilan qizning kiyimlariga chang sola boshladi
Yubini jazavasi qo'zib
- La'nati eshak ustimdan tush
- Yaxshilikcha aytayapman, hayolingdagi ishlarni to'xtatasan yoki bu qilgan ishning uchun tovon to'lataman !
Yigit qizning gaplariga e'tibor bermagan holatda qizning kiyimlarini yechish bilan mashg'ul edi

.

.

.

Xato va kamchiliklar bo'lsa uzur lums reaksiya va kament ayamang
Fanficni qancha tez chiqishi Kamentga bog'liq shunday uzun uzun kament bilan meni hursand qiling..

#Yubin