Yesterday

Ollie's

"𝑩𝒂’𝒛𝒂𝒏 𝒐𝒅𝒂𝒎 𝒅𝒆𝒗𝒐𝒓𝒍𝒂𝒓 𝒃𝒊𝒍𝒂𝒏 𝒆𝒎𝒂𝒔, 𝒋𝒊𝒎𝒍𝒊𝒌 𝒗𝒂 𝒒𝒐‘𝒓𝒒𝒖𝒗 𝒃𝒊𝒍𝒂𝒏 𝒒𝒂𝒎𝒂𝒍𝒂𝒅𝒊. 𝑶𝒅𝒂𝒎𝒍𝒂𝒓 𝒖𝒏𝒊 𝒃𝒂𝒙𝒕𝒍𝒊 𝒅𝒆𝒚𝒊𝒔𝒉𝒂𝒅𝒊… 𝒍𝒆𝒌𝒊𝒏 𝒖 𝒐‘𝒛𝒊𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒒𝒂𝒇𝒂𝒔𝒊𝒏𝒊 𝒊𝒄𝒉𝒌𝒂𝒓𝒊𝒅𝒂𝒏 𝒃𝒊𝒍𝒂𝒅𝒊."
Ko‘zlarim tinmay oqayotgan yoshdan shishib ketgandi. Yuzimdagi makiyaj esa yengil ter bilan qo‘shilib, bu oqshomning yolg‘on go‘zalligini fosh etayotgandek edi. Oppoq kelin libosimga qarasam, yuragim yana bir marta ezilar, yelkamga qo‘ndirilgan "baxt" libosi, aslida, qafasga o‘xshardi.
Men bu yerda emas, men xohlagan joyda, xohlagan hayotim bilan yashashim kerak edi. Bu yerda emas…
Butun borlig‘im bilan qochishni istadim. Hozir, shu zahoti.
Lekin... jasoratim yetmasdi. Chunki... agar tutib olishsa, nafaqat Jungkook… hatto Minho — og‘ay akam — meni tirik qoldirmasdi.
Yelkamga engashgan stilist yengil so‘z bilan jimlikni buzdi:
— Xonim... yig‘lamang. Axir bugun siz uchun eng baxtli kun-ku...
Yubin/Pov
Baxtli kun? Bu odam hazillashyaptimi nima ?
Men bu to‘yga majburligimdan turmish quryapmanku (ichimda góyo qichqirayotgandekman) Kelajagim, erkinligim orzularim... ularning hammasi o‘g‘irlandi!
Endi bu odamlar menni ustimdan kulishyapti. Baxtli kun emish…
Unga shunchaki alam bilan tabbasum qilib qóydim holos...
Stilist hamon tabassumda edi:
— Ehtimol turmish qurganimdan keyin oilamdan uzoqlashaman Deb óylab yig'layotgandirsiz xavotir olmang Unday bo'lmaydi hozirgi kunda telifon borku gaplashib turasiz ja bólmasa uyiga borib turarsiz bóldi endi . yig‘lamang, bugun sizdanda baxtli kuningiz va sizdan baxtli odam ózi yo‘q!
Hayot meni masxaralayotgandi. Chunki... bu to‘y — mening o‘limim edi.
Shu zahoti eshik ochildi.
Ichkariga Minho kirdi. Uning nigohi — sovuq, buyrug‘i — qattiq. Stilistga faqat bir og‘iz:
— Chiq.
Stilist jim bo‘lib chiqdi. Xona gumburlagan og‘ir sukunatga to‘ldi.
— Nega yig‘layapsan? — dedi Minho, o‘sha tanish, tana muzlatadigan ohangda.
Men ko‘zlarimni unga qadab, yig‘idan qaltirayotgan lablarim bilan baqirdim:
— AXIR MEN TURMISH QURISHNI HOHLAMAYMAN! Aka, tushuning meni! ILTIMOS!deb yerga tiz chókib olib battar yig'lay boshladim
– Bilaman bu tóyni toxtata olasiz-ku iltimos men uchun bu tóyni toxtating
Minho bir qadam oldinga yurdi. Ovozini ko‘tarmadi. Lekin so‘zlari — sovuq edi
— Hoy ovozingni pasaytirib gapir. Qarshingda men turibman.