September 2, 2025

Mening qafasim 2

Author Cha Yubin
Ep 14


Va nihoyat seni 4 oy deganda topdim, Yubin... Bilsang edi, qanchalar o‘zgarganimni va seni sog‘inganligimni... – deb do‘kondan chiqib ketdi.


Avtor Pov

Yure Jungkookni ko‘rganidan juda qo‘rqib ketgan edi. Shoshilgancha kiyinish xonasiga kelib, eshikni qulflab oldi. Endi Temuga qo‘ng‘iroq qilmoqchi edi, biroq telefonini topa olmadi. Sekin boshini chiqarib, Jungkook yo‘qligiga ishonch hosil qildi va telefonini qidira boshladi. O‘sha yerda ishlaydigan qiz telefonini Yurega tutqazdi.

Yure biroz ajablandi, chunki telefonni qizgina bermagani aniq yodida edi. Hayollari telefon qo‘ng‘irog‘idan chalg‘ib ketdi. Ekran yozuvini o‘qib, xavotirini yashirdi va sokin ohangda:

— Eshitaman, Yubin.
— Uzr, seni ham bezovta qilib yubordim. SMSga javob bermaganingdan keyin yana qo‘ng‘iroq qilishga qaror qildim.
— Hech qisi yo‘q, Yubin, gapira ver.
— Germaniya biroz salqin, shunga issiqroq kiyim olib kelganing yaxshi.
— Hop-hop, men hozir kiyim olishga keldim, – deb boshqani qo‘ydi.

Yurening yuragi g‘ash edi. Bugun Jungkookni ko‘rgani va hech narsa bo‘lmagani, ya’ni Jungkook unga hech qanday so‘zsiz ketib qolgani uni o‘ylantirdi. Yuragini qo‘llari bilan silab:

— Nima bo‘lsa ham, yaxshilikka bo‘lsin, – deb do‘kondan chiqib ketdi.


4 oy oldin. Sud

Nara ham Yubinning ortidan sud zaliga kirmoqchi bo‘lganida qo‘lidan begona qo‘lni sezib, ortiga o‘girildi.

Jungkook g‘alati kulgancha:

— Lee Nara, Yubinning eng yaqin dugonasi va yagona suyanchigi... – dedi sirli ohangda, nimanidir ochiqlamoqchidek. Bundan esa Naraning qoshlari chimirilib, gap nima haqida ketayotganini bilmoqchi bo‘ldi.

— Xo‘sh, o‘sha yagona suyanchiging Yubinga xiyonat qilsa, qanday bo‘lar ekan?.. Mmm, juda qiziq tomosha bo‘lishi aniq...

Nara o‘tkir nigohda Jungkookga yaqin kelib, sovuq va ishonchli ohangda:

— Bunday narsa bo‘lmasligini ikkalamiz ham bilamiz! – dedi.

Jungkook xuddi shunday javobni kutgandek lab chetida kulib qo‘ydi:

— Bilasanmi, azizim Nara, hech qachon “hech qachon” dema! Mm, adashmasam, onang yolg‘iz yashardi, a?

Nara biroz g‘azab va sabr bilan Jungkookni oxirigacha eshitishga harakat qildi. Jungkook esa uning yuzidagi o‘zgarishlardan rohatlanayotgan edi.

— Bilaman, Yubindan ko‘ra senga onang kerak! Onang mening qo‘limda biroz “mehmon” bo‘ladi... Qachonki sen sudda Yubinga qarshi ovoz bersang!

Nara endi og‘zini ochib gapirmoqchi bo‘lganida, Jungkookning hukmron ovozi uni to‘xtatdi:

— Hozir nima deyishingni juda yaxshi bilaman. Yo‘q, Yubinni so‘ramaysan, “sen marazsan, iblissan” va hokazo deysan... Lekin gap faqat onang haqida emas.

— Yubin hali bilmagan sirni men bilaman. Asosiysi bu — Mijin.

— Agar sen hozir menga yordam bermasang, unga bo‘lgan hislaring baribir uni yana birlashtiradi. Sen va men esa yolg‘iz qolamiz.

Jungkookning ohangi yanada sovuqlashib:

— Agar mening gaplarimga rozi bo‘lmasang, onang qiynaladi. Eng yaqin dugonangdan voz kechishingga to‘g‘ri keladi. Va yillar davomida sevib kelgan yigitni ham yo‘qotasang.

— Tanlov seniki, Nara. Agar menga Yubinni qaytarsang, men va’da beraman — uni qaytib qiynamayman...


Jungkook

Nara ikkilanib, nima qilishni bilmay qolganda, Jungkook uni shoshiltirish maqsadida:

— Tezlashganing ma’qul, hozir sud boshlanadi va sen eng muhim odamlardan ayrilasan, – dedi.


Nara Pov

La’nati Jungkook...
Hozir nima qilsam ham yo‘qotaman. Lekin onam va Mijin... ularni juda yaxshi ko‘raman. To‘g‘ri, Yubin ham men uchun qadrli, lekin u bilan yana yarashib ketishim mumkin, deb o‘yladim.

— Roziman, faqat Yubinga zararing yetmasin! – dedim.

Jungkook esa eshitgan javobidan xursand bo‘lib, rejasini tushuntirdi.


Nara Pov

Sudya meni guvohlik berishga chaqirar ekan, Yubin ko‘zlarida ishonch bilan menga qarab turardi. Ko‘zlarim bilan undan uzr so‘rab, Jungkook menga aytgan qabih rejasini aytdim.

Aytyapman-u, ammo o‘zim ham gaplarimga ishonolmayman. Uff, la’nati... tezroq tugsayu onamning yoniga borsam...


Sud tugab, hamma sud xonasidan chiqayotganida Nara va Yubin to‘qnashib qoldi. Yubin ishonchsizlik bilan:

— Nega bunday deding? Axir bir soat oldin meni qo‘llab-quvvatlayotganding, endi esa Jungkookni yaxshi ko‘raman deyapsanmi?

Nara Yubinga boshdan oyoq qarab:

— Nima deb o‘ylasang, o‘yla. Menga ahamiyatsiz. Men shunchaki birini aytdim, – dedi-da, Yubinni turib ketib qoldi.

— Uzr, dugonajon, lekin hozir ketishim kerak...


Kechqurun Mijin Naraga SMS yozdi:

Bugun senga nimalar bo‘lganini bilmayman, lekin ertaga biz Germaniyaga uchib ketyapmiz. Yubin bilan gaplashib olganing yaxshi bo‘ladi.


Ertasi kuni. Aeroport

Katta tirbandlik tufayli kech qolgan Nara Yubinni topa olmadi. Lekin Mijinni kim bilandir gaplashayotganini ko‘rib, gaplardan hayratlanib ketdi.

Axir men tanigan Mijin bunday emas ediku... Nahotki men adashgan bo‘lsam?..


Hozirgi kun

Jungkook Germaniyadan tushib, to‘g‘ri Yubinning yoniga yo‘l oldi. Bir necha daqiqadan so‘ng manzilga yetib keldi, biroq ko‘z oldida boshqa manzara paydo bo‘ldi...

Yubinning shishib turgan qorniga va yonida turgan Mijinni ko‘rib ....

--