August 24, 2025

Fate

Ep 2
Author Cha_Yubin


2 soat oldin


Yerga tizalab ótirib yig'lay boshladim
– Nega otam bunday fikirlaydilar
– Qizilardan nafratlandi góyo , mensimaydi lekin hozirgi kunda qizlar ancha muncha erkaklardanda epchil ?!
– Oyim shuni nazarda turgan ekanda men kabi yashama deb ?!
– Ochig'i oyim yomon yashamadi deb óylayman har gal menga yoshliklarini aytib berganidan yuzida keng tabbasum bilan aytib beradi.. Ular bobo va buvilari bilan katta bólgan va bobolarni juda yaxshi kórgani, hato hazil bilan agar yana tug'ulsam shu hayotni tanlayman ham deganlar lekin har bir chiroyli yakuning ham bir yomon tarafi bólganidek oyimda ham bu yomon yakun bóldi tóg'ri oyim yana kóp yashashi kerak edi lekin hozir gapirayotgan gapim oyimning ólimi emas dadamni sevib qolganlari...
– Oyim yosh turmush qurganlar hamma orzu va maqsadlarizni qalbining tub, tubiga kómib sevgan insoniga turmushga chiqgan.. ming afsuski sevgi har safar ham chiroyli bólavermaydi..
Odamlar ózini boshqalarning oldida yaxshi tasurot utg'otadi lekin u bilan yashasang yoki uni juda yaxshi bilib olsang asl yuzini bilib olasan
– Men sevgan inson rostan ham shunday edimi ?
– Nahotki men uni asl yuzini bilmagan bólsam ?
– Menga qilgan bari yolg'onmidi ?
Ishonchim komil oyim ózlariga bu savolarni kóp bergan.. Oyim baxtli yashashga haqli inson edilar nega taqdir oyimni va meni buncha qiynaydi ???
Erkak zotidan nafratlanaman ! Ular faqatgina ayolarni ezish va kamsitish bilan ózlarini kuchli deb hisoblaydi.. lekin bu qilgan ishlari qanchalik tuban va raziligini hato óylab kórishmaydi
Hozir qay biriga achinishni bilmayman oyimni yóqotganimgami ? Yoki oyimning achiq hayotigami ?
Hozir oyim yonimda bólganida exx meni issiq quchog'iga olib tinchlantirgan bólar edi...
Sekin órnimdan turib tortma yonidagi oyimning suratlarini olib
– Oyi men turmush qurgim kelmayapti me..n
– Shunchaki ozod qush bólib uchmoqchiman ..
Hayilimga kelgan fikirdan ishonchsizlik bilan oyimning suratiga qarab
– Balkim qochib ketganim maqulmi..?
Tezda telifonimni olib meni ikkinchi egizagimga aylangan insonga qóng'iroq qildim..
– Salom Yora sózlarim ishonchsiz va biroz qayg'u bor edi..
Yora ham bólgan hamma voqealarni bilib
– Yubin hamdardligimni qabul qil.. afsusdaman...!
Ózimni qólga olib hudi bugun hech narsa bólmagandek gapirishda davom etdim
– Hop, sendan bir narsani sóramoqchiydim

– Eshitaman Yubin qandaydir yordam kerakmi ?
– Shia xolamga bóshakni bera olasanmi gapim bor edi..( Yorani oyisi Cha xonim va Shia xonim ular ancha yildan bera qalin dóst edi va Shia xonim Yubini ikkinchi qizidek yaxshi kórar edi..
Yora hech narsani chunmay oyisiga bóshakni berdi. Shia xonim avvaliga Yubin bilan oyisining dafn marosimi va hamdardlik bildirdiz keyin esa Yubin maqsadga ótdi uning otasi uni majburan bilmagan insoniga turmushga bermoqchiligini va bu unga yoqmayotganini aytdi
– Shia xola agar qarshi bólmasangiz seuldagi uyingizda qolsam degandim..
– Qizim nega qarshi bo'lar ekanman albatda istaganingcha yashashing mumkin
– Ha, aytgancha mavrida bólmasada aytib qóyay óqishga kirganing bilan tabriklayman qizim hali oying orzu qilganingdek hayot kechirasan..
Shia xolamning gaplarni etiborsiz qoldirib qóng'iroqni yakunladim..
Narsalarimni yig'ishtirib uydan chiqib ketish chog'da oxirgi bor uyga tikilib sekin eshikni yoqib chiqib ketdim..

Yubin

Hozirgi vaqt


– Mm tiling juda zaxar ekan menga tóg'ri kelmaysan lekin sumkangda nimadir bólishiga aminman ! Sumkamni tortib olib qochib ketmoqchi bólganida ortimdan yóg'on ovozda kimdir gapirdi
– Qizni qóyib yubor !
Qorong'ulikdan bóyi uzun erkak yonimga kelib
– Bularni taniysanmi ?
Gapirishni órniga bosh qimirlatib inkor qildim
– Yaxshi, unda ortimga ótib ol
Sóziz aytgani qilib uning ortiga ótim
– Hósh bolalar kech bólganda nima qilyapsiz qizning yonida ?! sózlarida aniq bir maqsad yóq lekin ohangi jiddiy edi
Bezorilardan biri
– Hoy amaki yólingizdan qolmang bu bizni ishlimiz.
Ikkinchisi ham sherigini gapiga qóshilib
– Qahramon bólaman deb sharmanda bólib qolmang gapini tugatib ikkalasi ósha buyi uzun erkakning ustidan kulishni
– Hix sharmanda degin deb ularga yaqin keldi va
– Bolalar sizlar qilayotgan ish bu jinoyat va 122-modda bilan mayda bezorilik va taxtit qilganlariz uchun sizlar 1 yildan 3 yilgacha qamoq jazosi yoki 200.000 million von jarima tólashingiz mumkin shunday degancha bezorilardan sumkamni bir urinishda qólidan yulib
– Amaki bólishimga ancha bor lekin sizlarni bolakay deb adashmabman qizga tegajonlik qilganingizdan kóra uyingizga borib sutingizni ichib uxlang ! Yanada yaqin borib
– Agar yana bir marta shu hududa sizlarni kórsam yomon bóladi. Nigohlari óqdek bezorilarga qarar ekan sekin ular orga qadam tashlab yugurib ketishdi.
Ortiga qarab
– Mana oling, kech bólganda bir ózingiz bu yerda yurmaganiz maqul
Sal pastroqga qarab
– Menimcha bu yerga kóchib keldingiz..

Endi ósha yigitga minadorchilik qilmoqchi bólganimda ortimda bir qizning ovozi eshitildi va ósha yigitni qólidan ushlagancha
– Azizam ular kim edi ? gapirish barobarida menga boshdan oyoq qarab keyin esa pichirlab
– Bu qiz kim ?
Yigit qizning gapiga etibor bermay, pastdagi yuklarning olib
– Qayerga borishingiz kerak ?
Yuzimda hech qanday ózgarishlarsiz sovuq ohangda
– Meni bu bezorilardan qutqarib qolganiz uchun rahmat !
– Endi esa yuklarimni joyiga qóyib yólingizda davom etsangiz..!
Yigit menga bir zum tikilib qoldi va gaplarimga etibor bermasdan yuklarimni olib yurishni boshladi sevgan qizi esa
– Hoy Jungkook jinni bóldingmi qizning ózi hohlamayapti narsalarni joyiga qóysangchi ?!
Jungkook ortiga qarab

– Qani yursangizchi ?

Bugungi kun men uchun og'ir ótgan edi va bu yigit bilan tortishib ótirishga kuchim qolmaganligi uchun manzilim tomon harakatlandik birozdan sóng menga kerakli bino yonida toxtab.
– Yetib keldik buyog'iga ózim qilaman deb yigitning qólidan narsalarimni olmoqchi bólganimda qólini ortga burib
– Shu yerda yashaysizmi ?
Qoshlarimni chimirib gap nima haqida ketishini kutdim
– Yani aytmoqchimanki men ham bu yerda yashayman !
– Nechinchi qavat ?
Ochig'i yigitning tutishi va hadi harakatlari juda shubxali kórinayotgandi unga sinchiklik bilan tikilib turar ekanman boyagi qizning ovozi eshitildi
– Jungkook bóla qoling lift hozir kelib qoladi
Qizning gaplari aniq va shubxasiz chiqgani uchun yigitning gapi rostligini chunib lift tomin harakatlandim..
Hammamiz liftga kirganimizdan sóng 7 qavat tugmasini bosganimda ortimdan boyagi qizning ovozi eshitildi
– Nima sen yani siz 7 qavatda turasizmi ?
– Ha, qisqa javob berib
Qiz yana nimadir demoqchi bóldiyu lekin lift eshigi ochildi. Liftdan chiqib menga kerakli uy yoniga toxtadim va ortimga ógirildim yigit menga tikilib qarab turgan edi.
– Biz qóshnilar ekanmiz isming nima ?
Yigit sekin qól chózib
– Mening ismim Jungkook senikichi ?
Jungkookga sinchiklik bilan qarab endi gapirmoqchi bólgani yonidagi qiz qólini ushlab
– Azizam bóldi qilsangchi qani yuraqol uyga kiramiz deb yigitni uy tomon sudray boshladi.

Jia

Hech narsaga etibor bermay uy ichiga kirib narsalarni joylashtira boshladim hamma ishlarni qilib bólgach sovuq dush qabul qilib sekin boshimni yostiqga qóyib shiftga termulib ótirdim..
Bugun bólgan ishlarga qilgan harakatlarimga ishona olmas edim...
Oyimning ólimi hayotimni butkul ózgartirib yubordi..
Sekin kózlarim yumulib uyquga ketdim..


Jungkook va Jia uyga kirishgach
Jia jaxl bilan
– Nega ha, deb u qizga yordam berding ?
– Jungkook meni hafa qilyapsan axir ?!
Jungkook sovuq ohangda
– Qórqma Jiaginam men sen kabi hiyonat kor emasman !
– Endi esa uyimdan chiqib ketsang uxlamoqchiman !
Jia hech sóziz uydan chiqib ketdi va Yubin kirib ketgan uyga qarab asabiy telifoni olib qóng'iroq qila boshladi
– Qayerdasan ?
Telifon ortidagi erkak yóg'on ovozda
– Nima Jungkookdan hech narsa chiqmadimi ? Qiz uning gaplariga etibor bermasdan gapini aytib bóshakni yakunladi..


Erta tong kózlarimni ishqalab ochganimda qól telifonimni qidirib soatga qaraganimni bilaman shart órnimdan turib kiyinishga tushdim
– Axx lanati uxlab qolibmanku
– Yubin nima birinchi kundan óqishga kechikib borasanmi deb óz ózimga daki berib kiyinib endi ketayotganimda oyimning suratlariga qara
– Oyi orzularim tomon harakatlanayapman deb uydan chiqib ketdi. Qiz asabiylashib tez tez lift tugmasini bosar ekan ortidan kechagi yigit ovozi kelib
– Tez bosganing bilan u ham sen kabi tez kelmaydi..
Ortimga qarab unga biroz yól berdim lift kelishi bilan ikkalamiz chiqib 1 qavat tugmasini bosdik.. lift ichida g'alati jimlik hukum surar ekan yigit jimlikni buzib
– Hali ham ismingni aytmading ?
Qiz origa ógirilmasdan
– Cha Yubin kechaki yordamingiz uchun rahmat biron kun sizga tushlik bilan mehmon qilaman!
Lift eshigi ochilib yigitni javobini eshitmasdan lisfdan tezlikda chiqib ketdi.

Avtobus bekatida qiz shoshilinch avtobusni kutar ekan yoniga qora mashina kelib toxtab sekin oynasi tushib tanish chexrani kórib hayrat bilan tikilib turdi.
Jungkook qizga qarab
– Hohlasang etib qóyishim mumkin
Yubinga qolsa buni rad etib avtobusni kutardu lekin kechga qolganligi sabab inkor qilmasdan mashinaga ótirdi va óqish manzilni aytdi Jungkook manzilni eshitib lab chetida kulib
– Tasodifni qara ...
Birdan Jungkookninv telifoni chiringlay boshladi telifoni mashinaga ulanganligi uchun menga ham eshitilar edi. Bexosdan aksirib yubordim kechagi qiz
– Jungkook mashinada yolg'iz emasmisan ?
– Yóq qóshnimni eltib qótabman, Jia senga ózim qóng'iroq qilman deb bóshakni yakunladi.

Jia asabiy sochlarini qólari bilan silar ekan
Nima qóshni ?
– Meni axmoq deb bilyatimi bular ?
– Hali qarab tur sen qiz.. hayolaridan nimalarni deb óylab ótirgan qiz aniq yaxshi narsani óylayotgani aniq emas edi..

Universitga yetib kelgach Meni olib kelgan Jungkookga rahmat aytib unever ichiga kirib ketdim ochig'i dars boshlanishini deyarli 4 daqiqa qolganligi uchun tóg'ri óquv xonasi tomon yugurdim birinchi dars tugagandan keyin sinfga biriktirilgan ustozni topaman deb xonaga kirish bilan men umuman kutmagan inson meni qarshi oldi
Sirli ohangda
– Birimchi kundan kech qolishingiz mumkin edi Yubin xonim...

𝗫𝗮𝘁𝗼 𝘃𝗮 𝗸𝗮𝗺𝗰𝗵𝗶𝗹𝗶𝗸𝗹𝗮𝗿 𝗯ó𝗹𝘀𝗮 𝘂𝘇𝘂𝗿 𝗹ū𝗺𝘀
𝗠𝗲𝗻𝗶 𝗿𝗲𝗮𝗸 𝘃𝗮 𝗳𝗶𝗸𝗶𝗿𝗹𝗮𝗿𝗶𝗻𝗴𝘂𝘇 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗵𝘂𝗿𝘀𝗮𝗻𝗱 𝗾𝗶𝗹𝗶𝗻𝗴
#𝗬𝘂𝗯𝗶𝗻