RUTHLESS
Hech kim men kabi emasdi va men ham hech kimga oʻxshamasdim. Men yolgʻiz oʻzim edim, ular esa hamma bilan...
Ikki juftlik mehmonxona markazida joylashgan stolda , ular uchun tayyorlangan kechlikni tanavvul qilishardi. Eshik ochilgancha o'zini nazorat qilishga urunayotgan qiz kirib keldi.
B/x: Hammasi yaxshimi ... oyog'ing og'rimayabtimi
J/B: Unga hech narsa qilmaydi. Ko'rib turganingdan unda hammasi joyida
Runa : Hamma narsa joyida emas .
J/B Xosh ? - bemalol kechlik qilgancha.
Runa : Demak ... demak men o'z to'yim haqida birinchi bo'lib , bo'lajak "erim " dan eshitishim kerak edi? Juda ajoyib.
B/x: Biz senga o'zimiz aytmoqchi edik . Shunchaki bir birlaringa o'rganishlaringni kutish yaxshi qaror deb o'ylagan edik.
Runa : Lekin mendan yashirdingiz . Lekin siz meni savdo qilgandek, orqamdan kelishib oldingiz
J/B: Bu nikoh faqat sen uchun emas, butun oilamiz uchun muhim.
Runa : Oilamiz uchunmi. Meni kimga turmushga bermoqchi ekanligingizni bilasizmi o'zi?
Runa : Uning otasi boy . Oilasi nufuzli hamdir. Ammo uning o'zi- chi ? Uning hayot tarzi-ch ?
J/B : Uning ba'zi harakatlari yoshligidan. Turmushga chiqsang o'zgaradi.
Runa : Nima siz uni o'zgarishiga ishonasizmi .Yaxshi ko'rmagan odami bilan yashab , u uchun o'zgaradi ? Xhm .. YOQ dada bunday bo'lmaydi.
J/B: Haddingda oshyabsan. Menga ovozingni aslo . aslo ko'tarma - sabr kosasi to'lib.
Runa : Xa oshyabman ! Chunki bir marta bo'lsa ham o'zim hohlagan narsani qilmoqchiman
B/X :Biz faqat senga eng yaxshisini xohlaymiz.
Runa : Yaxshisini xohlaysiz Siz hech qachon mendan nima xoxlashimni so'ramgansiz ! Faqat o'zimgina ,eng yaxshisini tanlolaman .
B/X:Runa balkim bu haqida gapirishni bas qilarsan ? Bu oilaning obro'si bor...
Runa :Obro ? Meni hayotim umuman muhim emas , to'g'rimi? Siz uchun faqat oilaning obro'si muhim!
J/B : Yetar ! Shuncha yildan beri seni boqib , voyaga yetkazdik. O'zingni mustaqil bo'lishga tayyorman deb o'ylaysanmi ? Balkim shu to'vuq miyyang bilan o'ylarsan shu darajagacha kim seni olib keldi.- pala partish harakatlar bilan , og'zini salfetkada artdi
J/B : Senga vaqt beraman 3 oy eshityabsanmi 3 oy , undan keyin esa unashtiruv .
Runa : Men endi hech qachon sizga , meni nomimdan ISH QILISHINGIZGA YO'L QO'YMAYMAN - so'zlarini dona dona qilib aytgan qiz otasining birmuncha asablarini buzgandi.
J/B: Men sendan qaroringni so'rayotganim yo'q .. Sen bunga majbursan. Bo'lmasa ..
Runa : Nima bo'lmasa .. urmoqchimisz yana
J/B : Kerak bo'lsa bundan ortig'ini qilaman .
Runa :Kelajagim ? Nahotki meni kelajagim sizlarga qiziq bo'lmasa, meni shunchaki turmushga berib o'zingizni yaxshi hayotingizda davom etishni o'ylayabsizmi ?
J/B:Sen .. meni chegaradan chiqarma . Seni bir tiyinga qimmat gaplaringni eshitganimga tamoman o'zindan ketib qolayabsan. - asabiy qizini oldiga keldi.
Runa : Ba'zan sizlar bilan yashab o'zimni bu oilaga o'gay deb o'ylab qolaman .
J/B: Sen .. - qizining yuziga tarsaki tushirdi.
Runa: Men har doim siz mendan faxrlanishingiz uchun harakat qildim va uni evaziga esa bunday harakatlaringiz orqali javob oldim - yiglamsirab , tarsaki tushirilgan yuzini qo'li bilan ushlagancha .
J/B: Men itoatkor qizim bilangina faxrlanaman.
Runa : Siz bundan xali afsuslanasiz.
J/B : Sen majbur qilasanmi shunga . - erkak so'zi oxirida xoxolab kulib yubordi. So'ngra chiqib ketdi.
~ Baxtli oilalar bir biriga o’xshash bo’ladi. Ammo, baxtsiz oilalarning esa har birining o’ziga xos baxtsizligi bor.
B/X: Sen tushun qizim, bu barchasini sen uchun.
Runa : Men esa sizlar aytayotgan turmushda biron nima chiqishiga ishonchim komil emas. Lekin bir narsa aniqki men unga turmushga chiqsam , biz faqat bir birimizni ado qilamiz . Natijada Ikkimizda ham hech ...
B/X:B'oldi..... Otang aytgandek senga 3 oy vaqt. Sen u bilan birga ishlab u bilan kelishasan . So'ngra esa to'y . - Erini yana qizini urganidan asabiylashayotgan bo'lsa ham , otani qiziga yomonlamaslik uchun uning tarafini olayotgandi.
Runa : Nahotki men sizlarga shunchalik yuk bo'layotgan bo'lsam ?
B/X : Gap bunda emas nega tushunmayabsaaan.
Runa : Siz bilan gaplashish devor bilan gaplshish bilan barobar. Siz shunchaki men tushurib qo'ygan holatingizga ko'z yumayabsiz .- xech kim indamadi . Na qiz na ona
Qiz mashinaga otigancha uy xovlisidan chiqib ketdi.Qorong' yo'lda qiz mashinada ketarkan otasi urgan tarsakisi joyi bir muncha qizargandi.
Xozir shu paytgacha o'zim uchun hech qachon ruxsat bermagan club ketardim. Men tengi ba'zi bir yoshlar makoniga aylangan joy haqida menda hattoki tasavvur ham yo'q . Lekin otam tufayli shu paytgacha o'zimga qo'ygan bu cheklov chizig'ini bosib o'tish , unga qaytarolmagan javoblarim qastini shundan olish meni fikr-u hayolimni chulg'ab olgandi.
Katta bir bino uning ichidagi shovqin shunday baland ediki tashqi tarafga ham o'z ta'sirini o'tkazayotgan edi.Mashinadan tushgan qiz kirish tomon ketarkan. Bir biridan narx talashayotgan yoshlarni ko'rib , bu yerga kelish xato edi degan fikr hayolini kesib o'tdi. Ammo ortga chekinmadi.Club ichiga kirdi.Yarim yalang'och qizlar club o'rtasida shahvoniy raqsga tushgancha yigitlarni rom qilishga urinardi. Ba'zi birlari ichkilikdan mast bo'lgan yigitlarni yoniga borib , ochiqdan ochiq jirkanchlarcha o'pishishardi.
To'g'ri barmen oldiga borib , ichkilik buyurtma berdim. Avval ichkilik ichmagan bo'lsam ham bu yerga kelib sharbat ichish ahmoqona fikr.Atofni kuzatarkanman . Yonimga barmen buyurtma qilingan ichkilikni yonimga qoydi.Qolimga stakan olib ichish uchun shaylanarkanman .
; Bu yerda sizni xech qachon ko'rmaganman yangisiz shekilli? - barmen gapirdi.
Runa: Xa shunday - stakandagi ichkilikni ichib bo'lganch javob berdim.
:Iloji bo'lsa bu yerda eski mijozlardan bo'lib qolmang.Bu botqoqlikdan chiqish qiyin. ...Ayniqsa qizlar uchun- u stakanlarni artish barobarida gapirarkan . Oxirgi gapida menga qaradi.
Runa: Men shunchaki kelib ketuvchiman eski mijozlaringiz qatoriga qo'shilish niyatim yoq - unga yana stakanni uzatdim.
: Xop bo'ladi.- stakanga ichimlikni to'ldirdi
.Runa :Bu ichimlik qay darajada o'tkir deb o'ylaysiz?- qolimda stakanni aylantirgancha gapirdim
: Birinchi ichayotganlar uchun bu o'tkir , agar avval ham ichgan bo'lsangiz dengizdan tomchidek .
Runa: Yaxshi -Bu stakanni ham bir deganda ichib yubordim. Boshimni orqga tashlagancha biroz tin oldim. Ichkilik astalik bilan ta'sirini namoyon qila boshladi. Boshimni xuddiki kimdir to'rt tomondan siqishayotgandek og'riq turdi.
: Yana quyib beraymi - uning ovozini eshitganimdan so'ng ko'zlarimni yarq etib ochdim.
Runa: A.. albatta .- Barmen menga yana quyib berdi. Shu zayilda yana ikkita stakan ichdim . Lekin allaqachon mast bo'lib qolgan edim.
Runa : Ya.. na xiq qu..ying. xiq xiq.U menga to'la stakanni uzatarkan , menga yordam ko'rsatayotgan insondek tuyila ketdi. Stakanni olgancha ichishga urunarkanman.Kimdir ustimga kelib urildi, Qo'limdagi stakandagi ichimlik bor budi bilan yuzimga to'kildi.
Runa : Eee.ey se..n ni..mal.ar qil.dinga- Qiz unga urilib yerga yiqilgan insonga aytdi.
X: Xoy sen nega meni ayolimga zo'ravonlik qilmoqchi bo'ldingaa - Yerda yotgan insoni ortidan , uni urib kelayotgan yigit keldi.
Tae : Men unga xech nima qilmadim o'ziku menga kelib yopishib quchog'imga kirgan.- Butunlay mastlikdan ochib qolgan yigit yerdan turgancha gapirdi.
Yoo hudo ko'zimni ichiga ham ichimlik kirgan shekilli , Shu darajada yonyabdiki, ko'zlarim jahannam olovida yonayotgandek edi.
X: Sen meni ayolim haqida gapiryabsan . Og'zinga erk berma yigitcha - Uni yoniga kelib , bir qo'lini uning yelkasiga , bir qo'lini uni yuziga olib borgancha shapaloqlar bilan siylashni boshladi.
Tae: Men allaqachon erk berib oldim . Balkim xotinginang ham bunday qo'rs eridan so'ng barcha xoxlaydigan yigitga qiziqish bildirayotgandir - Yigit so'zini yakunlashi bilan yuziga musht kelib tushdi.
X: YIGITLAR BIZDA YANGI ISH CHIQDI . BUNI TASHQARIGA CHIQARINGLAR . BIR UNI ALAMIZDAN CHIQGUNCHA DO'PPOSLAYLIK - erkak qo'lini kotargancha bir ikkta yigitlarni chaqirdi.
Yuzini yuvgan ichkilik tufayli ancha o'ziga kelgan qiz yoniga qaradi.
Runa : Xooy sen bu yerda nima qilayabsan .....To'xta to'xta adashdim sen clublarda bo'lishing tabiiy xolatku. Aslida men bu yerda nima qilayabman. - mastligi biroz tarqgan bo'lsa ham uning ta'siri sezilarli darajada edi.
Tae : Sen bugun menga yangilik qilmochi eding shekilli ... Menimcha o'zinga yangilik qilibsan - Mushtdan so'ng o'zini o'nglagan yigit gapirgancha kulib yubordi.
X: Xoy sen nima meni ustimdan kulayabsanmi ?- Asablari buzulgan erkak chaqirgan yigitlari bilan Taehyungni sudragancha eshik tomon ketdi.
Runa : Xozir nimalar bo'ldi o'zi? - O'ziga o'zi savol bergancha qolib ketdi qiz.
.: Tanishingizni Erkaklar do'pposlashga olib ketishdi.
Runa : Yo hudo bugunni o'zida shuncha ichdim . O'zimdaligimda bu yerdan ketganim yaxshiroq - Kallasini biroz silkigancha gapirdi qiz . Go'yoki bu mastligini yo'qotishga yordam berardi.
Runa : Mana - to'lovni to'lagancha eshik tomonga mayda qadamlar bilan yetib oldi. Eshikdan chiqgan qiz clubdan uncha uzoq bo'lmagan chekkada tahminan uch yigitlar Taehyungni do'pposlayotgandi.
Runa : Barchasiga o'zing aybdorsan. - degancha mashinaga joylashdi. Mashina harakat qilmasdan joyida turardi.
Runa : Men bunaqa holatda birovni tashlab ketishim adolatdanmi? - Yo'q albatta - Men vijdonsiz emasman .- Mashinadan tushib yigitlar yoniga bordi.
Runa : Xoooy senlar - qolini silkigancha yigitlarni e'tiborini tortdi.
Runa : Uchga bir adolatdan emasmi ?
X: senga nima yo'lingdan qolma
Runa : Yoq men o'zi ketayotgandim. Lekin clubda chiqishda Sizlar birga kelgan qizlar boshqalar bilan o'tirgandi men buni aytish vazifam deb bildim - Qo'lini koksiga qoygancha , qiz bilan boshlangan janjalni qizlar orqali yechishni o'ylab gapirdi qiz
X: Sen nimalar deyabsan - asabiy qizni yoniga keldi.
Runa : Xoxlasangiz o'zingiz ko'ring .. marhamat - yo'lni ochib berdi. U tahmin qilgandek barchasi oz jufti bilan kelgandi. Rashk erkak kishini ojiz tomonidir. Ular shoshilgancha club tomon ketdi.
Tae : Nima o'zingcha Tungi qahramon bo'lmoqchi edingmi ?- burnida oqayotgan qonni qo'li bilan to'sgancha
Runa : Yoq adashding balkim O'rgimchak odamdirman -
Tae :Ancha mast bo'libsan - ust boshini qoqgancha uning ustidan kuldi
Runa : Senga qaraganda men ancha o'zimdaman - atrofga qaradi.
Runa : Tezroq ket senga qo'shilib o'zimga muammo yaratdim - yigitga orqa o'girgancha ketishga chog'landi.
Tae : Yaxshi .. raxmat - allaqachon yigitdan uzoqlashgan qiz ortidan gapirdi.U ham so'ngra mashinasi tomon ketdi.
Yugurgulagancha mashinaga yetib kelib unga joylashdim. Eshikni yopmoqchi bo'lganimda boyagi erkaklardan biri qolini eshikga tiragancha , eshikni kuch bilan o'ziga tortib turardi. Aego men aniq o'ldim . O'zimga o'zim muammo yaratdim.
X: Sen qiz men bilan bir o'ynashang debsanda .. Balkim men ham sen bilan o'ynarman . Lekin meniki, senga ancha qiyin bo'ladi. - meni mashida torqilab tushirgancha gapirarkan men allaqachon nega bu yerga keldim deya o'zimga la'nat o'qirdim.
Runa : QOYIB YUBOR DEDIM - Bir qo'limni tortib club ichiga olib ketarkan , men ikkinchi qo'lim bilan undan ajralishga urunardim.Erkakdan ajralishga urunayotgan qizni qo'lini begona qo'llar ajratdi.
Jin: Eshitmayabsanmi qo'yib yubor deyabdi? - Qizdan ajratgan qo'lni qayirgancha , qulog'i yoniga kelib baqirdi. Chunki baland musiqada bu gaplarni eshitish mushkul edi.
X: Senga hisob beramanmi . Yo'lingdan qolma oshna - bir urunishda yigitdan uzoqlashdi.
Jin : Sen uni taniysanmi ?- e'tiborini qizga ko'chirdi.
Runa : YOQ - degancha boshini ikki tomonga sarak sarak qimirlatgancha .
Jin : Eshitdingmi seni tanimas ekan , nega qizga tegajonlik qilayabsan - u gapirarkan meni asta orqaga olayotgandi.
X: Senga nima ya nima senga - erkak gapirarkan Jin uni yelkasiga qo'lini qo'yib o'ziga yaqinroq tortdi va qulog'iga allanimalarni shivirladi. Jin qaddi kotararkan erkak bir qizga bir Jinga qaradida ketdi.
So'ngra Runa va Jin tungi clubdan chiqishdi.
Jin: Men sen bilan xar safar uchrashganimda biron bir muammo o'rtasida bo'lasan. Shunchalik tartibsizlikni o'zinga jalb qilasanmi ?
Runa:Xaligii - qiz gapini tugatmasdan yuzini ortga burgancha qayt qilishni boshladi.
Jin : Yaxshimisan -qizni yoniga kelib .
Runa : Xa xa yaxshiman .. iloji bo'lsa ortga qarab turolasanmi ? ...Bunday holatda odamlarga ko'rinishni istamayman.
Jin : Aaaa xa xa xozir - yigit yuzini ortga burdi.
Runa : Menga suv olib kelib berolmaysanmi?
Jin: Xop anovi yerda supermarket bor ekan osha yerdan olib kelaman .- Yigit tungi clubdan uzoq bo'lmagan supermarket tomon ketdi.
Runa: Shunchalik ham ichamanmiya .. yana qutqaruvchi bo'lishim ortiqcha .. u bo'lmaganda xozir begona odam tomonidan zo'rlanayotgan bo'larmidim.
Jin: Ma ol - yigit 5 daqiqalardan so'ng suv bilan keldi.
Runa : Raxmat .. Menimcha seni ko'rganimda raxmat aytishdan boshqasiga o'tmasam kerak. Doim shunaqa vaziyatlarda paydo bo'lasan - Suv ichganidan so'ng xansiragancha gapirib yuzini yigit tomonga qaratdi.
Jin: Menimcha ham - Qizni yuzini ko'rib kulib yubordi.
Runa :Chidasa bo'ladi. - Yerdan turgancha.
Jin: Yaxshi unday bo'lsa uyinga kuzatib qo'yishimga ruxsat berarsan
Runa : Yoq keragi yo'q o'zim ketolaman - deya yana qayt qilishni boshladi.
Jin : Bu taklifimni sen uchun emas, balkim yo'ldagi mashinalarni tinchligini buzmaslik uchun deb qabul qil - tizzasiga suyanib qayt qilayotgan qizga qarata aytdi .
Runa: Yaxshi avval biroz o'zimga kelib olay bo'lmasa yana meni ko'tarib ketishinga to'g'ri kelishi mumkin.- qo'lidagi suv idishni ochishga urundi.
Jin : O'zi nimaga ichding ,ko'tara olmas ekansan. Agar .. men kelmaganimda nima bo'lardiyaa - yuzini burushtirgancha so'zladi
Runa : Nimaga ichdimmi ... menimcha senga dardimni yoyish uchun yetarlicha yaqin emasmiz - suvni ichib so'ngra gapirdi.
Jin : Shundaymi? .... o'zing bilasan . Men mashinani olishga ketyabman , kelgunimcha o'zingga kelgan bo'l. ( Qachongacha o'zingni chekkaga olar ekansan qiziq) - U ketdi.
Qayt qilib charchagan qiz yigit kelgancha ancha yaxshi bo'lib qoldi.
Runa :Xozir - yerda turib yonidagi sumkasini ham oldi.
Jin : Ma ol yana qayt qiladigan bo'lsang - qog'oz paketni uzatdi.
Runa : Mashinang iflos bo'lmasligi uchun bergan paketing uchun raxmat -
Runa : ¥×£÷£#¥# osha yerga olib bor - so'zini yakunlagan qiz boshini oynaga qo'ygancha ichkilik sabab tez fursatda uyquga ketdi.
JIn : Xey tur uyinga keldik - mayin ovozda aytilayotgan chaqiruv va qizni uyg'otish uchun ketayotgan barcha urinishlar befoyda ketayotgan edi.
O'zini uhlaganga so'lib , uyiga kirmaslik uchun yotgan qizni yigitni chaqiruvlari hech bezovta qilmasdi.
Jin: Agar xozir tursang men seni noto'g'ri tushunmayman va sen bundan kamroq uyalasan - qiz qilayotgan soxta ishni payqadi.
Runa : mana mana turebman ozgina og'zingni yum -
Jin:Tezroq uyqidan uyg'onib, uyingdagilarga bu ahvoling uchun qanday izoh berish haqida o'ylarsan - qo'lida qizni telefonini sumkasiga o'z o'rnidagidek joylashtirgancha .
Runa : Men ularga shunchaki xech nima demayman - ayniqsa.. bugungi bo'lib o'tgan voqeadan keyin-
Runa: Unday bo'lsa men ketdim. Uyga olib kelganing uchun yana raxmat - mashinadan tushgancha - songra ta'zim qildi
Jin: Seningcha menga aytayotgan rahmatlaringni boshqa yo'l bilan bildirish vaqti kelmadimikam .-
Runa : Nima - bu menga nima deyabdi? xozirni o'zida sumkamni shu chiroyli yuziga otib bejab qo'yaman .
Jin: Balkim ertaga men bilan kechlik qilarsan — tashqarida asabiylashganidan yuzlari tortishayotgan qizga ,ichiga yutayotgan taklifni aytib, oynani tushirgancha murojaat qildi.
Runa: ... O'ylab ko'raman - Yo xudo o'zimni xayollarim buzuqligini , nimalar kelmadiya.
Jin:Unday bo'lsa o'zim sen bilan bog'lanaman ko'rishguncha Runa — Yigit qizni javobini kutmasdan mashinadan qo'lini silkitgancha ketdi.
Uyga yashirincha oyoq uchida kirib borarkanman , ichimda boshqacha hadiq bor edi, lekin bu yoqimli birinchi marta ko'cha sang'ib, tungi clubda bokkuncha ichib , umrimda birinchi marta ko'rgan erkagim zorlamoqchi bo'lsada . Bu menga boshqacha ishtiyoq berayotgandi.
Runa:Xuuh bir amallab kelib oldima xonamga - Urushdagi inson ham , dushman hududga bunchalik ehtiyotkorona kirolmasdi. Lekin men shunday qildim.
Telefonni quvvatlagichga qo'ygan qiz keyingi borar joyi hammom kirib ketdi.Hammomdan chiqgan qizni e'tiborini ekrani yoniq turgan telefoni tortdi.
Runa : Yarim tundan ham oshganda kim ekana - yoniq erkranni hisobga olib kimdir xabar yubordi deb o'yladi.
Runa:Xoooosh? - qo'liga telefonini oldi.
Sms...
01: 05 - Jin: Yaxshimisan . Men ham uyimga yetib keldim . Bu senga qiziq bo'lmasa ham aytishni lozim topdim . Bu meni raqaqim saqlab qo'y .Bu raqam seni ancha bezovta qilishi mumkin xali .. . Aytgancha men Jinman
01 : 12 - Jin: Menimcha xozir gap eshitayotgan bo'lsang kerak - Shuning uchun javob qaytarmayabsanmi ?- Qiz birinchi xabarni o'qib bo'lishi bilan yana qarshi tomondan xabar keldi.
Runa : Yoq uhlab qolibman . - yigitga yozayotgan yolg'onidan kulib yubordi.
Jin :Agar javob bermaganingda men ham uhlamoqchi edim.
Jin:Ertaga uchrashuvga nima deysan . O'ylab ko'rdingmi
Runa : Balkim Xa .. balkim yoq - o'zini taroziga solgan qiz .
Jin:Men Xa degan javob qabul qilaman.
Runa : Ertaga vaqt topishga xarakat qilaman.-
Jin : Senga ham
Ikkisi ham yarim soatlik xabarlashishdan so'ng uxlashdi.
Tongda otib , allaqachon quyosh botishga urunarkan, yotoqda ko'rpaga belangancha uhlab yotgan qiz uyqisini hech narsa buzolmasdi.
Runa: Ayy - birdan kelib tushgan tosh , ko'rpa tagidan chiqib turgan boshim ustiga zarb bilan tegdi.
Runa : Kim otdi? - qiz baqirib o'rnidan turarkan xonada hech kim yo'q edi.
Jin : Oynangdan tashqariga qara - degan ovoz , kecha qiz ochiq qoldirgan oyna ortidan kelayotgandi.
Runa : Hali quyosh chiqmagan bir paytda , tinch uhlashni ham menga ko'p ko'rishadi - o'ziga o'zi vaysab oyna yoniga keldi.
Runa : Nega kelding .. shunchalil ko'rging kelayotgan bo'lsa ham , tong otguncha kutsang bo'lardi- yigitni oynadan ko'rishi bilan so'zladi.
Jin : Sen jinni bo'ldingmi ? Nima shu paytgacha uhlayotganmiding ?
Runa: Xa.. xozr ham sen ketganingdan keyin tushlikgacha uhlashni o'ylayabman.
Jin: Allaqachon tushlik o'tib kech bo'ldi. Bugungi kun tugadi allaqachon uyg'on .
Sen men bilan kechlik qilmochi eding na qo'ng'iroqlarimga , na xabarlarimga javob berasan .- yigitni so'zidan keyin tezda o'zini tortma ustida turgan telefon tomonga urdi.
Runa : Men uhlab qolibman uzr - degancha yana oyna tomonga keldi.
Jin : sen shunchaki uhlamagansan , o'lgansan, inson ham shunchalik uhlaydimi.
Jin : Sen olib ketishga kelgandim o'zi. Tayyorlanib chiq birga kechlik qilamiz .- yigit so'zlarini aytarkan qiz yuziga endi e'tibor berdi, lab uchida kulib qo'ydi. Uyqidan shishib ketgan yuzlar , Hurkib ketgan sochlar . Odamni kuldirmasligini iloji yo'q edi.
Runa : Men tezda chiqmayman , ancha kutishinga to'g'ri keladi. - pardani yopganch xonaga qaytdi.
Jin: Tezroq bo'l men sabrsizman.
Runa : Hmmmmm - degancha baqirdi.
Jin : Men seni yana uhlab qoldi deb o'ylayotgan edim. - mashinaga kelib otirgan qiz ustidan kulib gapirdi.
Jin: Sir . Senga yoqadi lekin-
Runa : Ko'ramiz qanday joy ekan .
Runa: Kechagi erkakga nima deding-u bizni tinch qo'ydi.-Jinni yoniga chiqish uchun tayyorlanayotgandan beri miyyasida aylanayotgan savolni berdi.
Runa : Qiziq bo'lmaganda so'ramasdim-
Jin : Biz turmush qurganmiz , u meni rafiqam dedim .- Bemalol mashina haydashda diqqati bergancha so'zladi yigit.
Runa : Sen telbamisan nega unday deysan
Jin: Nima qilishimni kutganding o'sha yerda u bilan yerga burkangancha urishishim kerak deb o'ylamayotgandirsan.
Runa : Bunday qilishing ham kerak emasdi.
Jin:Yaxshi yaxshi. Xohishing uni yoniga olib borishim mumkin . Menimcha o'zing ham u bilan hohlagan ko'rinasan.- qizni gaplarini yoqmayotganini bildiruvchi jahl qildi.
Runa: Men senga unday deganim yoq . Shunchaki bunday odamlar oldida gap tarqalishini hohlamayman .
Runa: Qayerga ketayabmiz - mashina tor ko'chalar orasidan o'tarkan qiz savol berdi.
Jin : Men yoshligimda ko'pincha kelib yuradigan bir kafe boridi shu joylarda .
- atrof bo'ylab o'sha kafeni izlagancha .
Runa: Osha joy balkim yopilib ketgandir ...
Jin: Oxx ana topdim- qo'li bilan to'g'ridagi bir kichik kafeni ishora qildi.
Runa : Balkim boshqa joyga borarmiz-
qiz yigit bilan biron bir restaranda o'tirishni o'ylarkan , uning hayollari bir zumda havoga uchdi.
Atrof tug'ulgan kun kayfiyatidanda yuqori darajada bezatilgan . Har bir narsadan shohonalik ufurib turardi. Quyosh botar payt xovlida qilingan kechlik bazmiga kirib kelgan yigit o'ziga kerakli chehrani topdi.
Baehyung : Men seni kelmaysan deb o'ylagandim. Nahotki bizni Taehyung qizlaridan bo'shab biz uchun qimmmatli vaxtini ajratgan bo'lsa - Do'stini kelganidan ham hayratda , ham xursand bo'lgancha.
Tae: Sss .. Tabriklash uchun vaqt ajratdim lekin... - o'zini barcha yomon so'zlardan tiygancha.
Baekhyung: Nima bo'lsa ham xush kelibsan - ikki yigit yelka urushtirgancha ko'rishishdi.
Tae:Kelishga keldim-u zeriktirmaysan deb umid qilaman.- Yigit atrofdagi qizlarga qosh uchirgancha gapirdi.
Baekhyung: Mmm ..bu yerda sen yuradigan bit*hlar kelmagan . To'g'rirog'i men undaylar bilan tanish emasman . Bugun zerikasan.- Degancha yigitni yelkasiga urdi.
Taehyung xovli o'rtasida joylashgan bar yoniga bordida , ozi ichadigan viskidan buyurtma qildi.Atrofda barcha o'z ishlari bilan band barcha o'yin kulgu bilan ovora ,bazmdan bahra olishardi. Taehyung barchaga zimdan qarab chiqdi.Hovuz yonidagi stollarda bir o'zi o'tirgan qiz uni e'tiborini tortdi.
Endi u yoniga ketish uchun shaylanarkan .
Baekhyung: Xosh zerikmasdan ,otirbsanmi.
Tae: Xozir shu uchun kurashishga ketayabman.- u qo'lida ikkita viskini olgancha do'stini chetlab o'tib hovuz tomon ketdi.
Baekhyung:Kelganiga ko'p bo'lmasdan aaa- uning niyatini tushungan yigit .
Tae: Sizga martino yoqadimi?- qo'lidagi viskini qiz tomon uzatib , uni e'tiborini o'ziga tortdi.
Lia: Yo'q men ichmayman - yigitni so'zini inkor qilarkan, yigit uni yoniga o'tirdi.
Tae: Nima ichmaydiganlar hilidanmisan ?- qizga savol berarkan , qo'llarini stul suyanchig'iga qo'yib qiz tomon yo'naldi.
Lia: Men begonalar bilan ichmaydiganlar xilidanman , ( Taeni qo'lini ko'rsatib) - agar qo'lingizni olmasangiz , xurmat yuzasidan aytayotgan gaplarim qo'pollashishi mumkin.
Tae : Xo'sh nima qilolasan - qizni gaplariga nisbatan bepisandlarcha gapirdi.
Lia: Xoy ahmoq men senga nima dedim .. xoziroq yo'qol u yerdan .
Tae : Men bu yerga hovuzni yonida o'tirish uchun keldim- yigit qizga gapirarkan , o'zi aytayotgan hovuz yonida o'tirish uni mutlaqo qiziqtirmasdi.
Lia:Jin urgur * o'tir o'tir men ketaman o'zing bemalol o'tir iloji bo'lsa shu hovuzda cho'kib ketmaysanmi - qiz gapirgancha yigit o'zi bilan olib kelgan viskini oldi. Gapini tugatishi bilan uni ustiga sepib yubordi.
Tae: Aah la'nati - yigit o'rnida turishga ulgurmasdan oyog'ini poshnali kichik oyoqlar bosdi.
Lia : Be'malol o'tir - deya ko'z qisgancha ketish uchun ikki qadam bosgandi.Yigit qizni qo'lini tutdi.
Tae: Jimgina ketishga kim ruhsat berdi?
Lia: Qo'yib yubor .. sendan ruhsat so'raymanmi?- baquvvat qo'llardan o'zini ozod qilishga urungancha .
Tae: Tipirchilayverma xozir suvga itarib yuboraman osha yerda baliq bo'lib suzishni o'rganasan - qiz xech tinch turmasdi.
Lia: Senimi - qiz tizzasini bukgancha yigitni nozik nuqtasiga tepdi. Lekin bu ishi oziga yomon tomon uchun ishladi. Bir oyoqda poshnali oyoq kiyimda turgani tufayli oyog'i sirg'alib hovuzga yiqilay dedi. Qizni Taehyung tutib qolgandi.
Tae: Qara men qanday yaxshi odamman -
Lia: Seni yaxshiligingni qabul qilgandan ko'ra o'lganim yaxshi .- qiz so'zini tugatib uni kaftini tutib turgan qo'llardan uzildi , suvga quladi.
Tae: Ahmoqmi? - degach qizni ortidan suvga sakradi.
Lia: Yo'qol men o'zim chiqolaman - suv tagidan bellarini orab olgan qo'llar egasiga gapirdi.
Tae: Buncha o'zingni olmasang - qiz yigitni qo'llaridan qutulib hovuz chekkasiga chiqish uchun suzdi.
Tae: Kiyming shu holatda yarasharkan- hovuzdan chiqgan qiz ustida yopishib uni qomatini yaqqol ko'rsatayotganidan , labini tishlagancha kuldi.
U ko'rsatgan joyga qararkanman yonimdagi yigit uchrashuvlar haqida tajriba ega bo'lmaganligiga to'la to'kis amin bo'ldim.
Yana senga yoqadi degan gapi yodimga kelib , labimni tishlagancha yuzimni yonga burib kuldim
Jin : Yo' q shu yer ancha qulay .. tungi klublarga qaraganda.- yana bir kesatiq.
Runa: Sen bilan qanday kechlikga rozi bo'ldim ekana . Mashinangga o'tiribmanki . So'zing kesatiq bilan boshlanib, kesatiq bilan tugaydi.Hayotimga bir bor adashibman , Shuni ham yuzimga soladigan odam bir zumda paydo bo'ldi. Shu yerda jim bo'lasan yoki men tap tortmay ortimga qaytaman - qiz asabiylashgancha bosh barmog'ini niqtalab gapirdi.
Jin: Bo'ldi bo'ldi .. men jimman - qo'lini taslimman degandek kotargancha gapirdi.
Jin: Endi kechlik qilarmiz ? - mashinani kafe oldida to'htatdi, qizga qararkan u qilt etmasdan o'tirardi. O'zi mashinadan tushdi.
Runa:Ozroq yalinsa o'lib qoladi.- asabiy o'zi mashinadan tushishga harakat qilarkan , mashina eshigi ochildi.
Jin: Tush! - Yigit aylanib o'tib qiz eshigini ochdi.
Runa: Raxmat ! - Xech bo'masa jentlmenlini bilarkan ( a man a man diyabdi ichida ) - Yigitga ko'zlarini katta qilib ochib , yo'lni o'zi boshladi.
Jin : Bu yerlarga Maktab paytlari kelganman ancha yaxshi edi taomlari .- yigit qiz ortidan ergashgancha kafega kirdi.
Runa: Baho beramiz unday bo'lsa ! Meni taomlarga didim yuqori-
Jin: Yaxshi .. - yigit mijozlarga xizmat ko'rsatayotgan ayol yoniga ketdi. Qiz ham uni ortidan sassiz qadamlar bilan yurdi.
Jin : Yaxshimisiz hola - yigit ayolga gapirarkan
Xola: Yaxshi raxmat .. sizga qanday yordam berolaman .. qayerga joylashishni hohlaysiz? -
Xola: Siz kim edingiz ? sizni tanimadim- ayolga eslashga uringancha gapirarakan xech uni eslolmasdi.
Jin: Eslang... Yuqori maktab vaqtida har doim sizni kafeyingizda tushlik qilardim- yigit ayolga eslashga yordamlashdi.
Xola: Aaaa.... esladim .. yoshliginga ko'rimsizgina yigitcha eding , xov anavi yerda o'tirarding , ulg'ayib ancha kelishgan bo'libsan . -
Runa : Xozir ham shunday - ayolni gapidan o'zini tiyishga tiydiyu o'zining og'zidan chiqgan gapga kulib yubordi.
Jin: Nima bo'lgan taqdirda ham - qizga bir qarab so'zini ayolga tikdi.
Jin: Bizga ikki kishilik joy topib bersangiz - yigitni so'zidan keyin ayol ko'zlari bilan kafe bo'ylab bosh joy axtardi.
Xola: Anavi yer bo'ladimi - qo'li bilan bir chetda oyna yonida joylashgan stolni ko'rsatd.
Jin: Farqi yoq .. qani ketdik - qizni chorlagancha yo'l boshladi
Xola : Men sizlarga menyuni olib kelaman - undan uzoqlashgan juftlik ortidan gapirdi
Jin: Xosh .. o'tir - qizga stolni tortib berdi.
Runa : Axam - qizdan song , yigit ham joylashdi.
Xola : Mana yoshlar bu sizlarga - qo'lidagi menyu qog'ozini yigitga uzatdi
Jin: Avvallari bunday bo'lmasdi . - Qo'lidagi qo'gozni orqa va yon tomonlarini o'girgancha ko'rib,
Runa : Bu marketing , - to'g'risida o'tirgan yigitni qo'lidan menyuni yulib oldi.
Runa: Mmm .. Menga ×¥&#^#& keyin ×¥#€^# dan olib keling .. unga esa ..
Jin: Mengaham shundey men uchun achchiqroq qiling unga esa qalampir qo'shmay - Yigitni yemoqchi bo'lganlari haqida ma'lumot berarkan , qiz unga tikilib turardi.
Runa : Sen men haqimda qanchalik bilasan , Yo'q yo'q noto'g'ri savol berdim , sen meni mayda hoxishlarimgacha e'tibor beradigan darajada qanchalik meni bilasan ?- diqqatini to'la qonli yigitga qaratdi.
Jin: Sen o'ylagandan ko'ra kamroq bilaman .. xar holda . Nima meni , seni ortingdan kuzatib yuradigan telba oshiq deb o'ylamayotgandursan ? - Qizni so'zlarini inkor etarkan bularni bari yolg'on edi.
Runa: Shunchaki men yodimdan chiqargan narsani aytishing qiziq tuyuldi- E'tiborini uzoqdan kelayotgan xolaga qaratdi.
Jin: Ana ovqat ham keldi.- qo'lidagi telefonini cho'ntagiga solgancha
Xola : Man yoqimli ishtaha - qo'lidagilarni stol ustiga qoyib ketdi.
Jin: Menimcha bu senga ...bu meniki bo'lsa kerak - ovqatlarni ajratib olishdi.
Runa : Menimcha rostan ham shirin bo'lsa kerak - dimog'iga shirin taom hidi urulganidan beihtiyor so'zladi.
Jin: Albatta - yigit taomini yeyishni boshladi.
Runa: Nega buncha tez turdik balkim yana o'tirarmiz ?- taomlanib bo'lishgach tezda kafedan chiqgan juflik .
Jin: Men boshqa joyga borishni ham reja qilgandim- Mashina tomon ketarkan
Runa : qayerga .. meni uyga tashlab qo'ymaysanmi? -
Jin : Avval birga men aytgan joy boramiz so'ngra seni uyinga eltib qo'yaman- mashina eshigini qizga ochib berdi.
Runa: Ok-mashina otirgan qizdan keyin yigitga o'rniga joylashdi.
Jin: Senga tezlik yoqadimi ?- Mashinani ishga tushirayotgan yigit , yonida otirgan qizga savol yo'lladi.
Runa: Unchalik ham emas - Qo'liga telefonni olgancha javob qaytardi.
Jin: Bu tomoshadan keyin aniq senga yoqadi.- Gapini so'ngida kulib qo'ygan yigit , qizni e'tiborini yana o'ziga qaytardi.
Runa: Yoq yoq agar meni poygaga obormoqchi bo'lsang rozimasman -
Jin : Xaliyam undag qilmayman , Seni poyga bo'ladigan joyga olib bormoqchiman . U yerga borguncha tezlikni men bilan xis qilasan - shunday degancha tor kochalarda tezlikni oshirib ketdi.
Runa:Jin ursin bo'ldi bo'ldi tohtat ... tohtat deyabman - Qiz yigitni qo'pollanib shahar ko'chalarida haydashidan qo'rqgancha uni to'htatishga urindi.
Jin: Yo'q biz hali yetib kelmadik ungacha to'htash yo'q - yigit shu so'zlarni aytarkan , qizga holati bilan solishtirganda unda adrenalin ustunlik qilayotgandi.
Mashina markazdan chiqarkan ancha chiroqlar nuri va shovqin pasaygandi ammo mashina tezligi bundam mustasno edi.
Yigitni ishtiyoq qizga otib , birdan oyoq kiyimlarini yecha boshladi .yigit unga tushunqiramay qararkan , qiz lyukni ochdi.
Runa: Bu meni , seni tezligingga javobim - labini tishlagancha nim tabassum qildi . Allaqachon ochilgan lyuk darchasidan , boshini chiqarib , tezlikdan bahramand bo'ldi. Birdan mashina salonidan musiqa yangradi.
Jin: Bu bilan ancha yoqimli tuyuladi.- deb baqirdi.
Runa:Balandroq qil bu yerdan eshtilmas ekan-Deya qiz ham baqirdi.
Mashina ichida ketayotgan ikki telbaning harakatlari atrofdagilarni ularga nisbatan tinch hayot kechira yotganliklari uchun , erish tuyuldi
Mashinadam tushayotgan juflik kimsasiz bo'lgan joyga kelishgandi. Atrofni xar hil gorkalar(mashinlar o'tishi uchun tosiqlar) egallagan joyga e'tiborini qaratdi.
Runa: Yugurish yo'lakchasiga o'xsharkan ko'proq.- qizni gapi , go'rkalarga oyoq qo'ygan yigitni to'htatdi.
Jin: Xa xa faqat kattarog'i - Qizga yuzini o'girib gapirib bo'lgandan so'ng yo'lida davom etdi.
Runa: Sen mashinangda tryk qilish uchun kelmadingmi ?-
Jin: Bu yerda o'tishim uchun men matatsiklda bo'lishim kerak . Uni olib kelishini esa kutimishimiz kerak
Jin: Yugurish yo'lakchada yugurmaysanmi? - go'rkalar ichida turgan yigit qizni chaqirdi.
Runa: Jon deb yugurardim-u ust boshim yugurish uchun qulay emas - ustiga uzunroq klassik ko'ylak kiygan qiz , shuni bahona sifatida ko'rsatdi.
Jin:O'zing bilasan - allaqachon sayozlikda bo'lgan ,yigit qizni yoniga kelish uchun orqaga qadam bosdi. Lekin qiya bo'lib o'rnatilgan , gorka tepasiga chiqolmayotgandi.
Jin: Qo'lingni uzat ! - qizdan yordam so'radi.
Runa: Nahotki shu joydan chiqolmayotgan bo'lsanga . - Xop kel - degancha yigitga qo'l uzatdi.
Jin : Qani o'zing kel-chi - o'zi bilan birga qizni ham gorka tubiga tortdi.
Vaziyatni tushunmagan qiz sabab ikkisi ham qulashdi.Qiz yigit ustiga yiqildi, uning sochlari yigitga halaqit berayotgan bo'lsa ham, vaziyat yaratgan atmosferani buzolmayotgandi
Runa: Jin ursin* Sen nimalar boshlayabsan - Asabiy o'rnidan turishga uringan qiz , uzun ko'ylagini bosib olganligi sababli , qayta yigitni ko'ksiga boshini qo'ygancha yiqildi.
Jin: Sen meni ko'ksimda boshingni qo'yish yoqdi shekilli - qiz hali ham yigitni ko'ksiga boshini qoygan holatda turarkan, Yigit qizni bu holatidan mamnunlarcha kulardi.
U bilan birga bo'lsam borgan sari bu meni o'zim istamagan hayollarimga olib kirishni boshlardi. Hayollarim boshqaruvini aqlimga berishga ulgurmasimdan , tagimdagi yigit norozi ohanggi qaddimni rostlashga undadi.
Runa:Bu narsa bo'lishi uchun sabab yoq? - yigitni ustidan turgan qiz-balkim ketarmiz negadir kimsasiz bo'lgan joy menga yoqmayabdi - qizni bu loqaydsizligi tamoman asabiylashtirayotgan bo'lsa ham , ichidagi norozilikni chiqarmadi.
Jin:Sen har doim shundaymisan ? - Yigit qiz bilan suhbatlashishga urunarkan ,
Jin: Masalan mmm... o'zingni insonlar oldida tortasan , masalan xozr ham sen bilan vaqt o'tkazish uchun olib kelgan joyimdan ham ketishga urunyabsan! -
Runa: Nima - qiz lablari orasidan shu so'z chiqarkan , o'zi uchun qo'llanilgan sifat , begona yigit tomondan aytilishi lol qoldirgandi
Jin: Shunday - ba'zan insonlarga e'tibor berish va o'zingni komfort zonangdan chiqish ancha foyda beradi bu nafaqat ishingda , shaxsiy hayotingda ham qo'l keladi ... bu do'stlik maslahatim -
Runa: Men o'zimni bunday deb o'ylamayman ! - yigitni so'zlarini inkor etarkan, ichida bularni tajribadan o'tkazish haqida o'ylardi.
Jin:Introvert lar shunday bolishadi ,ya' ni sen holatingni boshqadan eshitsang buni rad etishga urunasan-
Runa: Sen insonlar tabiatini tahlil qilishga shunchalik ustamisan ~
Jin: Yo'q shunchaki , sinchovman ... kuzatish yoqadi. Insonlarni qiziqishi , harakatlari va emotsiyalari , ular haqida gapiradi
Runa: Balkim ... lekin men bundan mustasno -
Jin: Men seni ichingda .. Shunchaki o'zini shunday tutishga majbur bo'lgan qizni ko'rayabman - yigit ko'zlarini qizni yuragi tomonga qarab gapirardi.
Ikkisi qorong'u o'rmon o'rtasida yo'lgiz suhbatlashishardi.
Pov Runa
U men bilan suhbatlashish uchun yaratgan bu atmosfera meni tamoman bug'ayotgandi.Xech kim bilan kamchliklar-u , nuqsonlarim bilan bo'lishishni xohlamayman . O'zimni qayerga otishni bilmayabman to'rt tomonimiz ham o'rmon , uni savollarini javobsiz qoldirgan taqdirimda ham , xech tohtamayotgan bu o'gzi yana gapiraveradi.
Runa:Ba'zida hamma narsa ko'ringanidek bo'lmaydi.-
Jin: Uhhh ... Yaxshi unda ketamizmi?-
Runa: yaxshi ketdik~
Ikkisi qizni uyiga yetib kelguncha , o'lik sukunat o'z hukmini o'tkazdi.
Runa:Raxmat ~ qiz so'zini aytarkan iloji boricha unga qaramaslikga harakat qilayotgandi.
Balkim qiz ham u bilan suhbatlashgisi kelgan-u g'urur yigitni yonida bo'y egmagan .
Jin: Yaxshi dam ol ~ mashinada jim tushayotgan qizga so'zladi.
Runa: axa~
Ikkisi ham o'z manzili tomon ketdi. Yigit o'zining shaxsiy ishi bilan bo'lsa , qiz shunchaki xonaga kirgancha yotoqga tashladi.
Pov Runa
Men to'g'ri qilayabmanmi? Hozirgina begona yigit bilan begona joylarda , menga yot bo'lmagan qarama- qarshiliklar bilan yuzlashgancha keldim. Allaqachon meni taqdirim hal bo'lgan bir paytda shunday ishlarni qilishim . O'zimni kimgadir xiyonat qilgandek xis qilayabman. Hali hamma narsa to'laqonli hal bo'lmagan bo'lsa ham .
Bu muddat ichida Runa bilan Jinni munosabatlari yaxshilangandi. Ya'ni ular yaxshi do'stga aylanishgandi.Ammo Runa uchun emasdi...O'sha kundan keyin Taehyung va Runa oilaviy bazmlarda o'zlarini xuddiki o'z taqdirini qabul qilgan juftliklardek ko'rsatishardi. Ikkisini ham oy-hayollari boshqa boshqa insonlar bilan edi.
Taehyung Lia bilan bo'lgan 15 daqiqalik birga bolishini xech yodidan ketgazmadi. Ba'zi ba'zida u bilan urchrashuv oxirida qilgan qilig'ini eslab o'zidan o'zi kulardi. Sen o'zingni rad etilgan eshikga urasan deyishadiku , u ham qisman shunday edi.
Yoo hudo bu Jinni bir narsa qilib qo'yaman . Axir meni bilan dengizga bormoqchi ediku. Endi qo'ng'iroqlarimga javob bermayabdi.Buyoqqa kelsin u hali yomon so'zlarimdan quruq qolmaydi .Yoki o'zim uni yoniga borishim kerakmikan? Balkim ishlari ko'payib ketgandir~ Shunday bo'lishi ehtimoldan yiroq emas.
Shoshilib ofisdan chiqgan qiz , tezlikda Jinni ishxonasi tomon yo'l oldi.
Qiz ofis ichiga kirib borarkan hech kim yo'q edi. Barcha allqachon ish vaqti tugagandan so'ng ketgandi. Liftga chiqgancha o'zi izlab kelgan inson xonasi joylashgan qavatni bosdi.
Liftdan chiqib Jinni xonasi tomon borarkanman , xattoki ular bo'limi ham bo'sh edi. Avvalari bu yerlardagi xodimlar 24/7 ishlashardi. Qiziq bugun biron bir bayram tufayli dam olish kuni bo'libdimi?
Shu hayol bilan Jinni xonasiga keldim. Uni eshigi ochiq edi. Asta u nima qilayotganiga qiziqib mo'raladim.
Va bu ishimdan afsuslandim. Jin kresloda o'tirar yonida bir qiz , qiz stolga o'tirib oldi. Jinni qo'llarini o'zining soniga qo'ydi. Ko'zlarim chiqib ketay dedi bu ishidan . Jin ham shunday holatda ,menimcha u sevgilisi bilan bunday yaqinlik bo'lmagan bo'lsa kerak .
Oyoqlari ildiz otgandek yerga mixlanib qoldi. Yuragim esa… go‘yo birdan to‘xtab, keyin bo‘g‘ilib, og‘riqli tarzda yana ura boshladi. Nafasim qisilib ketdi chuqur nafas oldim.Ichimdamgi bir ovoz borib hisob so'ra deyabdi. Lekin meni bunga haqqim bormi? Men u uchun kim edim. O'zimni jon holatda tashqariga urdim
Men undan xafa bo'lishga ham haqqim yo'q . U menga biron nimani va'da bergani yo'q edi.
Men uchun bu do‘stlik ortidagi sevgi edi, lekin uning nigohida... bu hissiyot aks etmagan ko‘rinadi.
Endi u do‘stlikni ham avvalgidek ushlab tura olmayman . Chunki sevgim unga har gal qaraganda, yana bir marta og‘riq olib keladi.
Shunday holatlar bo'ladiki sen unga nisbatan tuyg'ularinga to'la to'kis amin bo'lasan va bir vaqtni o'zida uni o'ldirib qo'yging keladi.
KANAL | Passion Fanfics