May 29, 2025

My Verdict

𝐌𝐘 π•π„π‘πƒπˆπ‚π“ ~ 𝐄𝐏 𝟏

Shotlandiya | Glazgow 21 : 07

Butun uyni tutadigan darajada , violanchelni qo'lida mohirona chalayotgan qiz , bor diqqatini barmoqlari orasidagi tayoqchaga bergandi. Musiqa bu insonni ochilganmagan tomonlarini yaratib beruchi eshikdir . Bu ishni bir yuk deb bilish unga mutlaqo bog'lanmaganligidandir.
Yoshlik yillaridan buyon o'zi uchun yetarli ko'nikma yig'gan Seva musiqa nihoyasini bildirish uchun notalarni eng tepa nuqtasigacha yetkazdi.Bu oilaning boshqa a'zolari uchun u shug'ullanyotgan paytda xech kim bezovta qilmaslik buyrug'i tugaganligini anglatuvchi bir qong'iroq edi.

- Ayshh ... - bu og'riqlar men uchun yod bolib ketgan , Qo'llarimni harakatga keltirganimda buzuq qurilmadek to'xtagancha burilyabdi. Bu og'riqlar men harakat qilayotgan maqsad uchun oddiy bir yo'qotish . Menimcha bu arziydi. Yoshligimdan buyon meni o'yinchog'im ham dardlashguvchimga aylangan asbobni , sal oldin o'tirgan stulimga suyantirdim. Qadamlarim yuzimni yuvish uchun hammomga yo'naldi. Va to'satdan xonamni eshigi taqqiladi.

Jion Seva
Violanchel bilan

- Sevaaaa .. - Umuman olganda oilasi uchun mehribon , lekin men bu gap mazmunida mutlaqo topa olmagan kelinoyim eshigimni nozlanib majbur taqillatdi. Shoshilmasdan eshik qarshiga keldim so'ngra uni ochdim

- Eshitaman ..- qo'llarimni eshikni ochilgan chetiga qoyib , meni honamga moralay olmasligini ta'minladim.

- Bobong chaqiryabdi .. kechki ovqatga - har doimgi so'zi ohangida kalandimog'ligini qo'ymay, qo'llarini ko'ksiga o'rab mendan javob kutardi.

- Yaxshi .. - iloji boricha , unga yomon gapirmaslikga harakat qildim. Xonamga qaytish uchun qadamimni bitta ortga tashladim..

- Nega har doim meni shu yerga chiqishimni hohlaysan.. menimcha senga bu yoqadi , meni ermak qilish - uni gapini meni avvalgi holatimga qaytishga majbur qildi.

- Tushunmadim .- kelinoyimni holati menga ham ko'chdi qo'limni ko'ksimga bog'lab oldim , ikkimiz ham bir yo'sinda turgandik.

- O'zingni har doim mendan ustunligingga shu ishim orqali har gal amin bo'lasanmi - bu gaplari o'zini mendan pas pog'onada ko'rishini yaqqol ko'rsatardi.

- Men sizdan ustunman deb hech qachon da'vo qilmaganman , lekin ko'rinib turibdiki . Bu gapni siz tan olib bo'lgansiz - meni mijgo'vlanib aytayotgan gapimni jim eshitgan kelinoyim , ohirida lablarimga olgan tabassumimda, yuzi birdan o'zgardi.

- Sen .. xaxa juda kulgilisan bilasanmi , menimcha onang seni bobongni qo'liga boshqa erkakni ortidan ketish uchun emas , bizni ma'nosiz gaplaring bilan kuldirish uchun tashlab ketgan - Har bitta so'zida o'zini menga o'q otayotgandek his qilib gapirardi. Lekin bu gap men uchun ta'sir doirasini allaqachon yo'qotgan edi. Har doim menga so'z topolmaganda yordamga keluvchi bu, onamni meni tashlab ketganligi bo'lardi.

- Siz .. - ko'zlarimni chuqur yumib gapirishga shaylanganimda , Seobomni chaqiruvi e'tiborimni o'ziga tortdi.

- Heyy ... nima qilayabsizlar - uni gapirishi yangilik edi . U hech qachon gapirmasdi. Har doim honasidan chiqmay o'tirardi. Biz Glazgowga ko'chib kelibmizki u shunday. Meni avvalgi asabiylik holatim hayratlanishga aylandi.

- Qizim ... nimadir hohlaysanmi . - honasidan tanasi yarmini chiqargan qizi yoniga o'qdek otildi. Seobom hali ham menga qarab turardi. Unga kaftimni ikki marta ochib salom ma'nosini bildirdim , o'zimning nazlimda.Qarshi tomondan hech qanday javob olmadim . Undan buni kutish ham xato aslida.

- Yo'q hohlamayman . - Seobom, tanasini ko'zdan kechirayotgan onasi qo'llari changalidan qutulishga harakat qilardi.

- Qorning och emasmi ? Balkim pasga tusharsan .. nima deysan - Uni pasga tushishi dargumom edi. O'zim kutgandek bo'ldi.

- Yoooooq ... hech qayerga chiqmayman - qo'llarini ushlab turgan onasini jerkigancha o'zidan nari tutishini kuzatish menga erish tuyulardi. O'zini e'tibor talab yosh boladek tutishini ko'rishga chidolmay xonamga kirdim.

- Mehribon qiz .- ortga bir qarab , ular kirmasidan oldin qilmoqchi bo'lgan ishimni davom ettirish uchun hammomga kirdim . Yuzimga urulgan sovuq suvdan tanamga biroz bo'lsada tetiklik uyg'ondi. So'ngra bobomni chaqirgani yodimga kelib pastki qavatga tushdim.

- Hayrli kech . - xonaga kirish barobarida , stol boshida o'tirgan bobomga e'tiborimni qaratib gapirarkanman , ularni deyarli ikki yonida o'tirgan insonlar menga g'alati qarardi.Amakim har doimgi joyidan bir stol narida o'tirardi. Ularga indamasdan , bobomdan keyingi pog'onada joshlashdim.

- Violam.. charchamadingmi , mashg'ulotlaring tufayli kayfiyating ham yo'q ko'rinadi - qo'limni endi stol ustiga qoyarkanman , bobom meni har doimgi erkalashi bilan holimni so'radi.

- Aslo bu men uchun hech qachon bunday bo'lmagan , kayfiyatimga kelsak - ularga nolishni o'zimga ep ko'rmadim , lekin honaga kirganimda yuzimga ilingan norozilik ifodasiga izoh topib berolmay turardim

- Sevaning kayfiyati , onasi tashlab ketgan qiz uchun haddan ziyod yaxshi deb o'ylayman - qarshimdagi ayolni ovqat chaynab aytgan gapi barchamizni diqqatimizni oldi. Uning gapi menga niqdek qadaldi.

- Menimcha ham... shu kunlarda tashlab ketgan onamni sog'inganman balkim butunlay yana Koreya ketarmiz - u kutgandek toporilikni qilmay qizini nozik nuqtasini gapirganimni eshitishi bilan qo'lidagi sanchikini pasga tushurdi.

- Rostan shuni hohlasang albatta , - meni gapimdan so'ng bor iltijosi bobomda bo'lgan kelinoyimni yuzi ularni gapidan so'ng tund qiyofaga kirdi. Meni bilmaydi deb o'ylashgan , biz nega birdaniga Glazkoga kelganimizni, tajovuzga uchragan qizi uchun qulay bo'lishini o'ylagan-u , lekin meni bilib qolishimni emas .

- Yo'q bo'lmaydi , ahir amakingni ishi shu yerda bo'lsa , u yerga ketsak bari izdan chiqadi. - menga so'zini o'tkazish uchun yuziga jirkanch kulguni olib gapirardi. Mendan keyin o'tirgan amakimga bir bor nazarimni tashladim , ular kelinoyimni qarashlariga tushunqiramay turardi.

- Mayli o'zingizga havola , men shunchaki hech xonadan chiqmaydigan qizingizni o'ylab gapirgandim , ... nechi yildirki xonasidan chiqmaydi. Buni sababi nima - o'zimni hech nimadan xabari yo'q kishini qoyilmaqom o'ynayotgandim. Qarshimdagi ayolni deyarli so'zsiz qoldirshini ham uddalagandim

- Seobomga aytarsan balkim biz bilan bugun kechlik qilar . - mendan so'ng bobomning seobomni chaqirishi kelinoyimni yangitib qo'ydi.

- Men uni boya ko'rgandim , onasi bilan zalda totishayotgandi pasga tushish uchun , ko'rinib turibdiki bizning yovvoyi Seomiz biz bilan o'tirishni lozim topmagan - qo'llarimni koreys tayoqchalariga uzatib , keyingi yo'nalishni kelinoyim tarafda turgan kimchilarga burdim

- Tepadan eshtilgan baland ovozlar sababchisi Seobom edimi , uning yuzi tugul ovozini eshitmaganimga ham ancha bo'libdi - bobom ham mendan andoza olgandek taomlanishni boshladi.

- Barchamiz uchun ham shunday bobo, bizga Jion Seobomni korish baxtiga muyassar bo'lish hali nasib qilmaydi shekilli - Ko'zlarim nayzasi qarshimdagi ayolda bo'lsa so'zlarim bobomga tikilgandi.

- Barchani shaxsiy hayoti bor Seva..va uning to'siqlari ham , sendan uni chetlab o'tmaslikni so'ragan bo'lardim - yonimdagi amakimda oxiri bir sado chiqdi. Ular iloji boricha xotini izmida menga yomon muomala qilmaslikga harakat qilardi.

- Men uchun ham shunday , bu gaplarni birinchi ayolingizga singdirsangiz nur ustiga a'lo nur bo'lardi. - O'zimni xurmatsiklik bilan javob berganimni anglab turgan bo'lsam ham , hech peshqadamlikni qo'ldan boy bergim kelmasdi.

- Balkim ovqatlanarmiz Seva , bobongni qandli diabeti borligini unutmagandirsan , bugun ular uchun kasalligi ancha noqulaylik tug'durdi. - Uni gapidan keyin tezda bobomga qaradim rostan ham shunday edi. Rangi ancha oqargan qo'llarida qizil dog'lar rangi to'qlashgan edi.

- Bobo yaxshimisz xozir , biron yeringiz og'rimayabdimi , boshingizmi ? - Ularni boya ushlaganda ahamiyat bermagan menikidan bir muncha kattaroq kaftlariga qo'limni qo'yib gapirdim

- Yoq havotir olish uchun sabab yo'q, meni yoshimda bu kasalliklar har doim o'zini bildirib turgan , - Qaltiragan narigi qo'llari bilan o'zining dieta taomlarini yoniga surdi.

*
Koreya | Seoul 04 : 45

Barcha uhlayotgan bir mahalda Jungkook qulog'iga maxsus quloqchinlarni taqgancha xonasidan chiqib , pastki ya'ni uyni padval qismida joylashgan shug'ullanish zali tomon ketardi.Barcha qizlar hohlaydigan ko'rkam erkak tanasiga ega bo'lsa ham , o'zini ustida ishlashni hech kanda qilmasdi .

- Xo'sh keyinchi , u shu bilan kifoyalandimi - Jungkook quloqchin orqali allakim bilan gaplashganidan kularkan , oyoqlari yugurish yo'lakchasi tomonidan kelayotgan tezlikga moslashardi.

- Sen uchun bu kulgulimi , u qiz meni akangni yonida ko'rishganini eshtib , telbadek yopishib ketdi. O'sha paytdagi ahvolimni ko'rganingda edi . Yirqich hayvon qo'lidan amallab tirik chiqgan odamga o'xshardim - qarshi tomondagi ayolni o'ziga shavqat istovchi ohangda gapirishi , Jungkookni faqat kuldirardi.

- Sen uni qo'lidan yaxshi aziyatsiz chiqganingni men bilan bunday gaplashayotganing tasdiqlab turibdi...- Jungkook yugurish uchun sarflayotgan harakatlari tez bo'lsa ham bir maromda nafas olishga harakat qilardi.

- Lekin tanam emas Jungkook , ularni ko'rsang bunday fikrga kelmasding ishonaver - o'zi uchun extirosli chaqiruvni amalga oshirgan qiz telefon ortidan o'zi uchun kerakli javobga niqtal bo'lib kutardi.

- Men senga nima uchun pul to'layman , Kehoni o'zinga bog'lash uchun , bu kuchingni menga sarflab o'tirma har qanday holatda oxiri natijasiz bo'ladi - Qizga o'z o'rnini ko'rsatgan Jungkook , hovurini bosish uchun suvdan ho'plardi.

- Men sen uchun qiziq emasmanmi ?- qizni o'ta ketgan jimidor ovozidan asablari buzulgan Jungkook uni gapini terz bo'ldi.

- Bizni faqat bir narsa bog'lab turibdi. Va bundan ikkalamiz ham manfaatdor bo'lamiz , Nodonlikni bas qilib yo'ldan chiqma .. bir maromda ketaylik - qat'iy ohangda gapirgandan so'ng telefonni qo'ygan Jungkook qo'llari bilan yugurish qurulmasini o'chirdi. Qadamlarini keyingi mashq qurilmalaridan o'tkazib , xonani bir qismini egallagan javon oldiga kelgach undan protein idishini chiqardi.

- Bugun menimcha vaqti , - qo'llariga xech kim hayoliga keltirmaydigan protein idishi ichiga maxsus paket bilan solingan dorilarni olardi.

- Bugun bo'lmasa qachon bo'lishi mumkin - boshini ikki yonga sergaklantirib , xech kim yo'qligiga amin bo'lgandan so'ng qoshlarini uchurib qoydi. Og'iz bo'shlig'iga tashlangan doridan so'ng tanasiga bir maromda tarqalgan yengillik uni 2 yildan beri tinch qo'ymasdi. Akasi tomonidan suv va bir qancha iste'mol qilinadigan taomlar orqali o'rgatilgan Jungkook buni kech bildi.
O'zini qancha cheklasa ham tanasi buni inkor etardi.

- La'natiii ,- Jungkook suyanishga urunayotgan devorga asta sekin yelkasi bilan pastlab borardi.

Pov Jungkook

Tanamni shunchaki sezmayabman , issiq suvdan so'ng , sovuq dengiz qoyib yurborilgandekman . Ko'zlarimni tuman qoblab olarkan, tinmasdan chuqur nafas olishim natijasida holga bellangan qo'llarim bilan, uni to'zg'itardim. Avvalgi suyaklarimgacha his qilgan og'rig'imdan so'ng biroz bo'lsada boshimda topolon turgandi.
Boshashgan tanam bilan yerda yastanib yotardim. Mening yarim soatim shu zayilda o'tdi .

*

Bor e'tiborimni bobomni taomlanishiga qaratdim , sal oldin soch yulishishgacha tayyor bo'lgan kelinoyim mutlaqo yodimdan ko'tarildi. Ular bu holatda ekan men qanday ularni tashlab ketishim mumkin

- Bobo ... - xonada shu paytgacha davom etgan davomli sukunatni buzarkanman , bobomni menga qaraganidan keyin so'zlarim chalkashdi.

- Balkim... - yoq qanday qilib ularga men bilan ertaga Edinburgga keting u yoqda qorquvsiz chiqish ko'rsatay deyman . Bu xudbinlik , bog'ga chiqgandan so'ng noqulaylik sezadigan buvamni ovora qilishdan u yog'i emas .

- Eshitaman . - Menimcha barchasi avvalgidek bo'ladi , men yoqligimda uydagi boshqalar ularga g'amxo'rlik qilishadi .

- Ertaga nima qilmoqchisiz bobo , shifoxonaga bormaysizmi ? - tartiblilikni saqlagan holda taomlanishni davom ettirdim

- Menimcha ertaga menda bosh vaqtdan boshqa narsa yoq - Ularga bir qarab kulib qoyarkanman kelinoyim gapini boshladi.

- Biz ertaga ketayabmiz , amaking bilan - har gapida yonimdagi amakimga ko'zlarini niqtab so'zini o'tqazishga harakat qilardi. Meni sal oldin aytganlarimga qarama - qarshi harakat qilayabdi

- Qayerga ketayabsizlar , - stol tagida oyoqlarimni chalishtirib bo'lgach , ko'z nazarimni ularga qaratdim

- Biz amaking bilan kichik ta'tilga chiqishni anchadan buyon rejalashtirayotgandik , to'g'rimi - ko'tarilgan qoshlari bilan menga chaynalib gapirardi ,

- Lekin u kunni ertaga belgilashlaring kerak emasdi. Axir sizlar ketsangiz bobomni yonida kim qoladi. - quyib pishib aytgan gapimga loqal ma'nili odam topib javob bersa edi

- Xizmatkorlar bor , undan tashqari Seobom ham .. ular yolg'iz qolmaydi qo'rqma - odamovi bo'lgan qizi bobomga qaramasligiga mutlaq aminman

- Yaxshi .. - bularga gapirganimda naf yo'qligini anglab , suhbatni yakunladim bira to'la kechligimni ham .

- Hayrli kech barchaga.. men yana shug'ullanmoqchiman , - stolimda turish asnosida gapirarkan , ularga yuzimni sal bo'lsa ham burmadim.

- Senga ham qizim.. yaxshi tayyorlan Men seni bundanda kattaroq yerlarda musiqa chalishingni hohlayman - eshik yoniga kelganimda bobomni gapiga orqamni o'girib ularga boshimni silkitgach kulib qo'ydim.

Sassiz qadamlarim ila ikkinchi qavatga chiqdim , xonamdan oldingi xona qarshisida to'xtadim . Nechi marotab qo'llarim eshikga ko'tarilib qaytdi. U ko'ndirish qiyin bo'lishi aniq . Lekin ertaga ko'nglim g'ash bo'la turib ularni qarovsiz tashlab ketolmayman . Tavakkal qildim. Eshikga ikki marta kuchsiz urib , eshik ortidan yana meni hayratlantiruvchi ovozni eshitishni kutardim .

- Kim ... - uzoqdan kelmayotgandi bu ovoz naq eshikni orqasidan , u nima qilmoqchi bo'lyabdi.

-Balkim eshikni ochib kimligimni ko'rarsan - eshikga yana bir marta urib , uning e'tiborini o'zimga olmoqchi bo'ldim

- Nima kerak senga ... men bandman - U band emish , hattoki darsi ham yo'q qiz nima bilan band bo'lishi mumkin .

- Sen bilan gaplashim olishim kerak , tez-roq eshik-ni och - asabiylik qurshoviga tushib qolmasligimdan oldin uni eshikni ochishini takidlarkan undan men tomon bir qadam ham ko'rmasdim . Vanihoyat eshik ochgichi qimirlashni boshlarkan o'zimni sal orqaga olib uni kutdim

- Nima kerak ,- eshigini zichlab tanasiga birlashtirib olib menga sovuq ufurgan so'zini sochdi.

- Nari tuur.. - eshikni chap qo'lim bilan ochib , ichkariga kirish uchun chog'landim , Seobom menga orqadan yuzini burushtirib qolganini to'laqonli angladim.

- Senn... nima hohlaysana mendan .. - orqamdan kelarkan , ohirgi marotaba uni yoshligida kirgan xona markaziga kelgandim.

- Ertaga senga topshiriq bor - xonadan o'tirish uchun toza joy qidirardim, bilamanki jiyanim bu borada tartibli emas , shu payt xonadagi bir sur'at e'tiborimni tortdi u oddiy emasdi. Ming marta igna tiqilgani ayon edi, lekin oynaga mahkamlangan ham .

Jion Seobom

- Qanaqa ... - ko'zlarim o'sha sur'atda bo'lganini payqagan Seobom yuzim qarshisiga birdani kelib qoldi.

- Bobomni yonida bo'lsang yaxshi edi, xar holda sen ham ular uchun qadrli insonlar qatoridansan - sochlarim orasidan qo'llarimni mayin tarab ortga tashladim . U hohlagandek men sur'atga yana e'tibor bermayotgandim

- Uyda mendan boshqa odam yo'qmikan ,- qo'liga allaqayerdan ilib olgan ko'k mato bilan o'sha men ko'rgan yuzi yanchilgan rasmni yopib qo'yib , yana menga orqa o'girdi. U qarashi bilan yuzimni eshik tomonga burdim.

- Men ertaga namoyishim bor , Julliardga imtixon uchun - Men tomon ustidagi kiyimi tagidan ko'rinib turgan bilaklarini yengi bilan yopishga harakat qilgancha qarshimga keldi.

- Oyimchi ... yana dadam ham bor.. - Mendan yashirgan ko'k mato tagidagi rasmga bir qaradim

- Ular kuz fasli boshlanganda ta'tilga chiqishmoqchi ekan .. butun boshli yozda bu ishtiyoqlari qayerda edi hayronman ... -
Menimcha ularda hozir bu ishga ishtiyoqlari yoq ,` senga qarshilik qilish yoqyabdi `deyishni boshqacha usuli .

- Xizmatkorlarchi .. - bu takasaltang qiz meni onasi singari asablarimni buzishni boshlayabdi. Nahotki barchasi men uchungina qiziq bo'lsa .

- Sen ularni nabirasisan , sen buni unutgan bo'lsang ham , boshqalar unutmagan ... xizmatkorlarga keladigan bo'lsak ular beparvoliklari senga ham ayon bo'lsa kerak - uni yo'q deyishini sokin eshitolmasam kerak , agarda unga aytgan eslatmamdan so'ng ham shu asnoda menga yana o'zidan boshqa variant aytsa .

- Men ularga qarolishingga ko'zing yetayabdimi .. - Ikki qo'lini havoda badani bo'ylab yurgizib , o'zini bu ishga noloyiq ekanligini bildirdi.

- Sen unga hamshiradek osma ukol qilishingni talab qilayotganim yo'q shunchaki ularni yonida bo'l ... Ularni ahvoli ancha og'ir avvalgidan - Yaqin insonlarimdan birini yoqotish qanday bo'lishini his qilishni hohlamayman .

- ... Yaxshi faqatgina ertaga .. bundan keyin bo'lmaydi. - yonimdan aylanib o'tib yotoqida tahlanib yopib qo'yilgan yopinchikni o'zi tomon tortdi. Go'yo meni xonadan haydashni odoblilarcha usuli

- Yaxshi .. Hayrli tun.. Seo - unga gap topolmay , xonadan chiqishga shaylandim . Yoshligimizda unga qo'ygan laqabini tilimga necha yillardan so'ng zo'rga oldim . Eshikni yopayotgandimda u harakatsiz qolganini ko'rdim va tezda eshikni yopdim.

- Biz sen ahil bo'lishimiz mumkin edi. Ko'rib turganingdek hozir ikkimizni ham ortada katta tafovut ajratib turibdi. - eshikni yoparkanman yoshlikda opa singildek yaqin bo'lganimiz yodimga keldi.

~ Flashback ~

- Seooooo . - sen qiz qayerda qolding ekana , butun uy bo'ylab seoni unsiz qidirib chiqdim , yer yutgandek yo'q edi. Uni topmasam bo'lmaydi . Axir onasi olib qo'ygan buyumlarimizni qaytarish kerak-ku , biz ular bilan hali mazza qilib o'ynaganimizcha yo'q .
Kelinoyimni xonasi oldidan o'tib ketarkan , bir narsa yerga tushganini sezdim . Qiziqish kuchlilik qilib, ko'zlarimni yumgancha eshikni qiya qilib ovozsiz ochishga urundim . Lekin baribir ovozi eshtildi. Ko'zlarimni ochib qararkan , xonada seobom bizni o'yinchoqlarimiz solingan qutini qo'ltiqlab olib qotib turgandi.

- Seobom .. nima qildinga sen - uni yoniga yashin tezligida bordim . U ham og'zini ochib qotib qolgan holidan o'zgardi.

- Men bularni olishga kirgandim . - qo'lidagilarni xursand menga yuzimga olib kelib ko'rsatdi. Shu payt qayerdan ayol kishini ovozi eshtildi. Ikkimizga bir birmizga qaradik .

- Endi nima qilamiz .. seva - menga mo'ltillab qarab turarkan men undan katta ekanligim yodimga keldi. Bunaqa payt men yo'l ko'rsatishim kerak ediya . Eng yaxshisi o'zimizni lagerga qochish .

- Olg'a lagerga - kaftlarim orasiga seoni qo'lini ushlab ikkinchi qavat lifti tomon yugurdim . Liftga kirayotganimizda zinadan poshnali tufli ovozlari sekin balandlashib borardi.

- Uhhh , - badanimni ortga tashlab yengil tortdim . Meni kutayotgan `pastga ` deb yozilgan knopkani bosdim . Seoga qararkan u o'zidan o'zi kulardi.

- Men xozir nima qildim , oyim qilma va olma degan ishni ularni xonasidan olib qochdim - seo qutini quchgancha yelkasini qimirlatib kulardi

~ Comeback ~

Maqsadsiz tanamni xonam eshigiga urgancha sudralib kirdim arang yotoq ustiga kelgach yumshoq oar ko'rpam ustiga o'zimni otdim .

*

U megajinga o'z haqqini topshirib tungi klubdan hech narsalarsiz yuzimni berkitmasdan chiqdim . To'plangan olomonga ahamiyat ham bermasdan mashinani ular ustiga haydab borganim keyin fahmladim . Signalni quloqlari yutib ketadigan darajada ko'p va baland chalib ortga burdim. Keyingi qarzdorimni ham haqqini o'z vaqtida berishni reja qilib , mashina yo'nalishini Kehoni ishxonasi tomon yo'naltirdim .
U bo'lishi aniq bo'lgan joy. Ikkinchisi xozir chiqgan joyim edi. U bilan ko'p qolishni o'ylab mashinani parkovkaga qo'ydim . Narigi kirish tomondan men ahtarib kelgan odam behavotir mashina oynasidan sigarasini to'kib kelardi. Dunyoni suv bossa o'rdakga neg'am degan gap unga atalganiga shubhasiz ishonaman . U mashinasini joylashtirarkan men uni sal narida kutardim .

- Qayerda eding .- men tomon kelayabdi deb o'zimni u tomon uribman , u axmoq meni chetlab ketdi. Ko'zlarimga ishonolmayabman nahotki meni , meni ko'rmagandek o'tib ketdi

- Heeeey men senga gapirdim karmisan - qo'limdagi sumkani mendan 2 qadam uzoqlashgan sevgilimga otdim ammo undan faqat o'rtamizdagi masofani qisqartirmaslikni oldim.

- Bandman . - meni ahvolimga boshdan oyoq ko'z yugurtirib , ensani qotirishi oshib tushdi.Yana indamasdan ketishi-chi Men bu yerda undan hafa bo'lishim kerak emasmidi?

- Heeey .. - uni ortidan bechoraga o'xshab qolishni hohlamayman , barchani diqqat markazida bo'la turib o'z yigitimdan rad etilish bo'lmabdi.Oyoqlarimdagi poshnali oyoq kiyimlarimni yechdim ,

- Men senga aytyabman - o'zidan kimnidir yasab mendan uzoqlasharkan , oyoq kiyimni uchli tomonini ko'zlab Keho mashinasi bakiga yaqin keldim . Unga zarb bilan urishni boshladim. 1.. 2... 3 qani ishlasangchiii la'natiiii oxiri , bor kuchim bilan bergan zarbam va . Kutganimdek mashina ovoz chiqarishni boshladi. Keyingi dubl senga bog'liq azizim .Men esa hali beri to'xtamayman shekilli . Menimcha uddaladim . Ortimdan kelayotgan odam sharpasini to'laqonli sezayabman . Bilagimdan tortgan qollarni sezib yuzim yorishdi .

- Nima qilayabsan .. yana bugungi qilganlaring..yana qancha o'zingni sharmanda qilmoqchisan - qo'llarimni siltab meni ortga otganda yuzim yorishgani bir deganda o'chdi

Tassavur uchun

- Aslida sen nima qilayabman deb o'ylayabsan-a anavi yengiltak bilan yurganingchi , bunga qanday izoh berasan . JEON KEHO . - u aytgandek o'zimni yanada battar sharmanda qilib odamlar to'planayotgan parkovkani boshimga ko'tardim.

- Seeen .. - bosh barmog'ini ko'zimga kirgizib olgudek bostirib kelardi. Ko'rib turganimdek asabiylashyabdi har doim shunday payt so'z topolmay qoladi. Uni kuzatish menga zavq beryabdi lekin unga ko'rsatolmasligim alamli.

- Ayt .. aytolasanmi , u bilan birga bo'lmadim deyolarmikansan , ...buni men aytaman YOQ hech qachon aytolmaysan .- Qo'llari men urish uchun yuzim tomon kelardi . Bu tarsakini mag'rurligim bilan kutib olishga shaylandim . Ammo unday bo'lmadi. U meni og'zimni yopish uchun labimga o'zinikini bosgandi. Nima qilishin kerak? Bir zumlik hayratlanishni chetga surib, unga yaqin keldim, bu ikkimiz uchun ham qulay .

- Runa .. - u menda bosa olarkan meni maktab davrimdagi laqabimni aytib pichirlagani , meni quyishqondan chiqardi.

- La'natiiii. - uni ko'ksidan itarib , o'zimdan uzoqlashtirdim . U menga irjayib turardi.

- Seni o'zim yo'q qilaman .

- Men senga nima degandim ahmoq - yalang oyoq yer tepinib turib oldim . Bu menga har doim shu ishni qilgan , ortdan ish qilish unga xos .

- Seni qora o'tmishing jonginam - Menga bo'ynini egib yuzimga yaqin keldi. Ichimdagi bir nima uni yuziga ur deyabdi. Qo'llarimni zo'rga tiyib turolyabman . Ko'shki seni yaxshi ko'rmaganimda , aytishga yuzim ham bormaydigan ishlarni boshinga solgan bo'lardim. Uni gapini har doimgidek hazlga yo'ydim

- Aysh.. seni o'tmishingni yuzini bejab kelayabman esingda bo'lsa .- boya qaysidir payt tushirib yuborgan oyoq kiymimni oyoqg'imga ildim , yana naryoqda Kehoga otgan sumkam . Rostan ham bugunni o'zida ancha sharmandagarchilikga qoldim. Nima bo'lsa ham meni videoga olishgan bo'lmasa bo'ldi.

- Meni o'tmishimga zulukdek yopishib olayotganing o'zingni kelajagingni yo'q qilmasin , - qo'llarini bo'ynimdan o'tkazib oldi.

Bae Ruyie
Jeon Keho

*

Har doimgi uyqu rejimimda turib namoyishga iloji boricha tez tayyorlandim . Uydan chiqish oldi , bobom xonasiga yaqin keldim . Kechagi gaplarim foydasi-mi bu bilmadim Seo va bobom birga qahva ichib o'tirishardi. Ularni bezovta qilishni hohlamay uydan chiqib ketdim. Sumkamga qarab chiptamni olganligimga yana bir amin bo'lib aeraportga ketdim.

Keyingi qismda :

- Men hech nima qilmadim , ... men xech nima demadim ... - kelganimdan buyon Seoni miyyamni o'yib ketadigan gaplarini eshitaverib qon bo'lgandim

- Xonim , bobongiz miyya siqilishi natijasida komaga tushib qoldi. Bu qancha davom etishi noma'lum , balkim 1 kun yoki 1 hafta , undan ham ko'p bo'lishi mumkin - Uni gaplarini jim eshitib anglashga urunyabman , lekin ko'zimni lovullatib chiqarayotgan yosh meni o'z domiga tortardi.

My Verdict | 1 - Qism Tamom

Avtor | Bae Runa

Kanal | Passion Fanfics