April 27, 2025

RUTHLESS

Ruthless | 5 - QISM

AVTOR | Bae Runa

• YOLG'ON •

— Yuraging nimani istasa, shuni qil. Agar miyada butun tanani boshqarish imkoniyati bo‘lganida, yurak kerak bo‘lmasdi.

Ko'zlarim chiqib ketay dedi bu ishidan . Jin ham shunday holatda ,menimcha u sevgilisi bilan bunday yaqinlik bo'lmagan bo'lsa kerak .

Oyoqlari ildiz otgandek yerga mixlanib qoldi. Yuragim esa… go‘yo birdan to‘xtab, keyin bo‘g‘ilib, og‘riqli tarzda yana ura boshladi. Nafasim qisilib ketdi.
chuqur nafas oldim.Ichimdamgi bir ovoz borib hisob so'ra deyabdi. Lekin meni bunga haqqim bormi? Men u uchun kim edim. O'zimni jon holatda tashqariga urdim
Men undan xafa bo'lishga ham haqqim yo'q . U menga biron nimani va'da bergani yo'q edi.
Men uchun bu do‘stlik ortidagi sevgi edi, lekin uning nigohida... bu hissiyot aks etmagan ko‘rinadi.

Endi u do‘stlikni ham avvalgidek ushlab tura olmayman . Chunki sevgim unga har gal qaraganda, yana bir marta og‘riq olib keladi.
Asbiylik qurshovida uygacha yetib keldim.
Pala partish harakatlar bilan sumkamdan telefonimni oldim
Runa: " Jindan 12 marta javobsiz qo'ng'iroq " - asabiy kulgancha gapirdi.


Erta tong 8:00

Uhlaganiga 4 soat ham bo'lmagan qiz xali uhlardi. Kechasi bilan o'zini chalg'tish maqsadida bor e'tiborini ishga qaratgandi lekin , natija samarasiz .
U uhlarkan qo'ng'iroq ovozi xonani tutib uni uyg'otdi.
Runa: Nimaaa - uyqisiragan ovozda.

Tae:Sen bilan gaplashib olishimiz kerak -
Runa :jin ursin *ertalabdan asablarimni buzib uyg'otadigan darajada muhim gap bo'lsin

Tae : Ishxonangga yarim soatlarda boraman gaplashib olamiz -

Runa: Yaxshi

Qiz turib tayyorlangancha , ishxonaga ketdi. Yarim soatda ishxona parkovkasiga kelarkan . Mashinasiga suyangancha uni kutib turgan Jinni ko'rdi. Uni kesib o'tgancha , kirish tomon yo'l oldi.

Jin : Nimadir bo'ldimi ?- qizni ortidan qadam- ma qadam ergashdi.

Runa: Menda xech nima bo'lmadi - naqadar ikki yuzlamachisan

Jin : Unda kechadan buyon sendan olayotgan javobsiz qo'ng'iroqlarimchi? -

Runa: Shunchaki vaqtim bo'lmadi - Kuchsiz so'zlar bilan aytilgan javob

Jin :Meni asabiylashtirishdan to'xtamaysan shekilli - yigit qiz bilan tengma teng kelardi.

Runa: Aksincha sen.. Bandligingni menga aytish qiyinmidi? Men seni buyoqda kutib turmagan bo'lardim.- Men aksincha bishqa narsadan ranjidim , yoki o'zimdan

Jin: Ssss - yomon so'zlar kalitini lablari orasidan chiqargancha

Runa: ...- qiz liftga kirdi.

Jin: Men senga tushuntiraman .. - uning ortidan yigit ham ergashdi.

Runa: Kerakmas kerakmas , ... sen menga xisob berishga majbur emassan - meni ishlarimdan qoldirayabsan , balkim ketarsan

Jin: Nega doim burningni tagida turgan haqiqatlarni ko'rmaslikni yaxshi yo'l deb bilasan .-

Runa: Yonimga kelib safsata to'qima - shu payt lift eshiklari ochilarkan Endi ketmoqchi bo'lgan Taehyung turgandi

Runa: Men senga aytganmidim ... meni yaqinda to'yim bo'ladi. Bu meni bo'lajak erim - Taehyungni ko'rsatib .

Jin: Senga iloji boricha o'zimni yaxshi ko'rsatganim sari battar qilayabsan - degancha liftni yopib 1 qavatni bosdi.

Runa : Nima qilayabsan - qiz yigitni shoshilincha qilgan ishiga norozilik bildirdi.

Jin : Men sen bilan gaplashib bo'lganim yo'q xali - manipulatsion ohangda gapirdi

Runa: Men gapimni tugatdim . Sen bilan gaplashadigab gapim yo'q - o'zidagi qaysarlikni yuzaga chiqardi.

Jin: Yo'g'eeee -uni devorga taqab kelgancha

Runa: Xa nima ...nima . bor ket - qiz u tomon yaqinlashib kelayotgan tanadan hayajonlangancha so'zlarini uzuq- yuluq gapirdi


Jin: Men bilan nima uchun gaplashmoqchi emassan xo'sh - uni yuziga yaqin kelib pichirladi.

Runa : Men ..men ... - Yuziga urulayotgan issiq nafas qizni tanasini butunlay sovutib yubordi.

Jin : Eshitaman gapir .Bizda ko'p vaqt bor bu lift men bilan sen gaplashib olmagunimizcha ochilmaydi.- qo'lini lift devoriga tiragancha.

Runa: Telba bo'lyabsanmi? - vanihoyat o'zini irodasiz ko'rsatishdan charchab .

Jin: Meni senga telbaga aylantiryabsan -
Runa: Meni qo'rqita olmaysan - lift burchagiga borib undan uzoqlashgancha

Jin: Mendan uzoqlasha olishing osha yergachami?- uni yoniga qaytdi.

Runa: Iltimos bo'ldi qil -

Jin: Men seni sevaman - yigit qizni ko'ziga qaragancha gapirdi. O'rtaga tinchlik tushdi.

Pov Runa

Men undan shuni kutmaganmidim? Nega unga ha deyolmayabman . Men ham senga oddiy inson ko'zi bilan qaramayman deyolmayabman ? Gapirmoqchi bo'layabman tomog'imga kelganda bir nafasda to'xtab qolyabdi. Men o'zimni oxiri yo'q bo'lgan munosabatlar bilan aldashni xoxlamayabmanmi? Unga ha degan taqidirimda ham meni to'yim bo'lishi bizni ayiradi. Oxirida bundan jabrlangan men qolaman.
Jin: Gapirasanmi? -
Runa: ...
Jin: Meni bilmaydi deb o'ylaysanmi ... menga boshqacha qarashingni sezib bo'lganman .

Jin: Kechagi voqeani aytayotgan bo'lsang u meni oddiy kotibam edi . U bilan o'rtamizda hech nima bo'lmadi . Uni chiqarib yuborganimdan keyin seni ketayotganingni oynadan ko'rdim. Lekin kech edi. Sen esa o'zingcha xulosa chiqarib qo'ng'iroqlarimga javob bermading.... Xozir esa bu muomalang meni quyish qondan chiqaryabdi.

Runa : Iltimos ket - qizni so'zi tugashi bilan , yigit uni lablariga o'zinikini bosdi.
Qiz o'zini lablariga kelib urilgan lablardan qutulishga urunardi. Yigit qo'llari bilan qizni bo'yni aralash yuzidan ushlagancha o'ziga yaqinroq tortdi. Javobsiz va majburlik bilan bo'sa uzoqga cho'zilmadi.

Runa : Nima qilganing buuu nahotki shunchalik nafsing hakalak o'tib ketayotgan bo'lsa ,

Jin: Meni sen shu darajaga olib kelding , tan olishingni kutib o'tirgim kelmadi.

Runa : Bunday bo'lmaydi. Hammasi sen o'ylagandey oson emas .

Runa: Men sen bilan birga bo'ldim deylik , meni unashtiruvchi u nima bo'ladi . Menda hammasi hal qilingan .

Jin: Bu narsalarga e'tiboringni qaratma , bularni men hal qilaman . Sen men bilan bo'lishingni xohlayman . Shunchaki xech nimani o'ylama.

Runa: Ahmoq bo'lmaaa
Jin: Menga ishonasanmi ? - yigit liftni narigi tomonidan qizni yoniga kelib qizni yelkasini ikki qo'li bilan ushladi.

Runa : Yo'q -
Jin: Menga ishon
Jin: Barchasini hal qilaman - qizni quchog'iga oldi.
Runa: Iltimoos -
Jin: Tshhhh boldi - boldi menga qara - yigit quchogidagi qizni chiqarib yuzini kaftlari orasiga oldi.

Runa: ...- Bu
Jin: ... - yigit o'zini lablarini qizning gapirishga shaylangan lablariga bosdi. Ehtiyotkorlik va extiros bilan olinayotgan bosa , ikki insonni ham aqldan ozdirardi.

Lift ochildi. Ikkisi o'zini ikki yonga burdi.Ikkisiham lablari chetiga chiqib ketgan bo'yog izlarini pala partish harakat bilan tozalab , liftdan chiqishdi. Ular chiqish bilan ularni joyini egallashdi.

Jin: Toxta - yigit liftdan birinchi chiqgan qiz ortidan ketdi.

Runa: Ket - men xozir nima qilayabman , bundan keyinchi . Kechagi o'zim bilan bugungi o'zligim mutlaqo bir biriga begona .

Balkim u bilan o'zimga bir imkoniyat berib ko'rarman . Ancha paytdan so'ng shu ishni qilmaganim uchun afsus chekgandan ko'ra , xozir uni qabul qilishim to'g'ri qaror.

Jin: Muamolardan qochish uni xal qilib qoymaydi. - Qiz chiqish eshigi yonida to'xtadi.

Runa: Roziman . - qizni so'zini eshitgan yigit uni yonida toxtadi.

Jin: Bundan boshqacha bo'lishi mumkin ham emas edi.

Runa: Oxiri men o'ylagandek tugamasligiga so'z ber avval.

Jin: Havotir olma xech narsa sen o'ylagandek bo'lmaydi

Runa: Obbo hammasi ham emas - qiz yigitni ko'ksiga urdi.

Jin: Bo'ldi bo'ldi hazllashdim.

Runa:Endi ketasanmi bu yerga kelib meni ancha sharmanda qilishga ulgurding -

Jin: Men seni kechga uyingdan olib ketaman

Runa: Nega -

Jin: Men borishim kerak bo'lgan bazm bor unga birga boramiz

Runa: Xop endi keta qol

Jin: Yaxshi.- yigit qizni yuziga yaqin kelayotganda , qiz uni to'xtatdi.

Runa: Bugunni o'zida ancha suyulib ketding

Jin: ..Xayrlashish bo'sasini bermasdan meni ketgizib yuborishing

Runa: .. - Jinni so'zi tugallanmasdan qiz yigitni yuzidan opdi.

Jin:Bunisiga chidasa bo'ladi.

Jin: Xayr -

Runa: Xayr Yeobo

Jin: - Jin qizni bu darajada tez uni erkalab chaqirishidan kuldi.

*
Ayollar xonasidan liftdagi tartibsizlik asoratlarini epaqaga keltirib o'zini xonasiga ko'tarildi qiz.

Tae: Menimcha bugun kelmaysan deb o'ylagan edim

Runa: Nolima keldim

Runa: Qanday gap edi seni bu yergacha olib kelgan

Tae : Bugun sen bilan Bobomni tug'ulgan kun bazmiga boramiz -

Runa: Shuni aytish uchun ovora bo'lib keldingmi?

Tae: Yo'q yana boshqa gap ham bor.... bugun bizni unashtiruvimizni e'lon qilishar ekan.

Runa: Jinni bo'lishdimi?

Tae : Biz bu to'y masalasini ko'p cho'zib yubordik. Seni yigiting bor ekan , men ham bir qizni olib ularni yoniga chiqaylik.

Runa: Buni o'ylab ko'rishim kerak. - men Jin bilan bugun munosabatlarimni bo'shlab unga yopishib olishim mutlaqo mantiqga to'g'ri kelmaydi.

Tae:Unda bunday qilamiz bu ishni keyinga qoldiramiz , o'zi o'limi yaqin bobomni yana bir tug'ulgan kuni tinch o'tib olsin. Lekin men aytgan ishni barbir qilamiz

Runa:Men rozi - xech bo'lmasa o'sha paytgacha uni menga bo'lgan munosabatini mustahkamlab olaman.

Tae: Senga kiyim ham berib yuborgan onam mashinada turibdi... biron bir kishini pasga tushirib yuborsang olib chiqib beradi.

Runa: Mengamii?- qiz qo'li bilan o'zini ko'rsatib hayronlik ifodasini bildirdi.

Tae: Shunday har holda sen ularni hayolida bo'lajak kelinisan.

Runa: - To'g'ri to'g'ri - qiz boshini silkidi

Tae: Men senga kechga yaqin olib ketaman ,

Runa:Buni keragi yo'q o'zim ketolaman

Tae: Sendan talab qilanyotgan narsa bu aktirisalik qobiliyating , shuni mukammal tarzda ijro et ... hozircha

Runa: Yaxshi seni kutaman

Tae : Unday bo'lsa men ketdim

Runa: Orqangda odam jonataman kiyimni olib kelishadi.

Tae: Yaxshi - yigit chiqib ketdi.

Pov Runa

Meni ikki o't orasida qoldirishdi bu yoqda o'zim sevgan insonga u bilan ketishni va'da qilib qo'ygan bo'lsam , bu yoqda unashtiruvni buzishni rejalashtirgan menga kim bo'lishi noma'lum yigit. Xozir men bu narsani Jinga qanday tushuntiraman uni nazlida qanday qizga aylanib qolaman . Barchasi chalkash. Unga yolg'on gapirib uni ishonchidan qolishni istamayman. Lekin unga to'grisini aytish ham noo'rin.
Qiz qo'liga telefonini olib Jinga qo'ng'iroq qildi.

Runa: Jin bugun sen bilan uchrasha olmayman deb qorqaman - o'zini rahm talab qilayotgan qizdek ko'rsatib.

Jin: Nega birdan.

Runa: Bugun Taehyungni bobosini tug'ulgan kun bazmiga borishim kerak ekan , bu narsalar men uchun majburiy buni bilasan to'g'rimi?

Jin: Uhhhh , u shuning uchun kelibdimi .

Runa: Aaa ha ha shunday - qizni yoniga boya chiqarib yuborgan qiz Kim honim berib yuborgan kiyimlarni olib kirdi.

Jin : La'nati

Runa: Bizda bunday bo'lishi tabiiy edi . Men sen bilan bu mavzuni gaplashganimga ko'p bo'lmasidan boshimizga kelib turibdi.- qiz yigitini asablarini yumshatish uchun gapirdi

Jin: Mayli ertaga sen bilan ko'rishib gaplashib olamiz .

Jin: Aytgancha uni bobosini ismi nima edi.- yigit o'zi tahminini tasdiqlash uchun savol berdi.

Runa: Kim Chul-So edi eski raislardan deb eshitgandim.

Jin: Yaxshi sen boraver o'sha yerda ko'rishamiz -

Runa: Nima sen ham borasanmi ?

Jin: Meni sen bormoqchi bo'lgan bazm ularniki edi.

Runa:Nima seni ham taklif qilishganmi shunda

Jin: Shunday -

Jin: Meni biroz ishlarim bor sen bilan ko'rishish uchun ertaroq yetib borishga harakat qilaman.

Runa: Mayli yaxshi ishla

Jin: Sen ham.. Yeobo

Runa: Xooy meni ustimdan kulma

Jin: Men seni ustingdan kuldimmi?

Runa: Seni bunday atashim yoqdimi

Jin: Yoqmaslikni ilojisi yoqku

Runa: ~Yaaa.. Bo'bti yeobo yaxshi ishla

Jin: Maylii

Qo'ngiroqni yakunlaganiga 5 daqiqadan oshgan bo'lsa ham yuzidan tabassum tushmayotgan qizni hayoliga boyagi ko'ylakni ko'rish hayoliga keldi.

Tipa shunaqa

Runa: Bu ko'ylak buncha ochiq bo'lmasa - meni tungi klubga jo'natishmoqchimi?- ko'ylak yopiq joylariga nisbatan ochiq joylari ko'pligidan nolidi. O'zini dididan bo'lajak qaynosini didi zamonaviyligiga amin bo'ldi.

Runa: Tavba tavba

*

Mashg'ulot uchun kelgan yigit ust boshini almashtirish uchun kiyinish xonasi tomon yo'l oldi. Yo'lda ketarkan baland ovoz tutgan xona oldidan to'xtadi, Qiya ochilgan eshikdan ko'zini yugurtirdi.
Lia: Axir bugun bormasam ham eplolaslar menimcha

: bilmayman seni kelishingni aytishyabdi.

Lia: Majburiy emasmku bu ish mendanda tajribali shifokorlar turganda menga yopishib olishlaring g'alati emasmi?

: Men shunchaki menga aytilgan vazifani bajaryabman

Lia: Shunday bo'lsa aytib qoy men bormayman.

: Nimm...

Qarshi tomonni gapini eshitmasdan yuziga qo'ng'iroqni qo'ydi.

Bu Bosh shifokor bilan bir marta urushganim uchun butunlay barcha ishlarni menga topshirib qo'ymoqchimi?
Qiz narsalarini yig'ishtirgancha ming'irladi.
Tae : Nima unga ham menga qilgan ishingni qilganmiding ? -

Lia:Yoq sendan battar qilgandim , u ham o'ziga yarasha javobini olgan - birdan kelgan ovoz tomonga qarab unga javob berdi.

Tae : Yomon ekansanku barchani samosud qilaydigan .-

Lia: Menga halaqit beryabsan ishingdan qolma - qiz har bir ustoz uchun beriladigan joylardan biri o'z ustozi uchun berilgan honada shug'ullanishni boshladi.

Tae: Xozircha ketaman .. lekin kelaman meni kut , yovvoyi mushukcham -

Lia : Qaytib kelmas bo'lib ketsang ham mayli.

Tae: Yomon yomon kuuuut - eshikdan chiqib erkaklar kiyinish xonasiga ketdi.

*

Aeraport tashqarisida turgan yigit o'z do'stini chiqishini kutardi. Allaqachon kelganiga yarim soatdan oshgan bo'lsa ham uning do'sti chiqay demasdi.
Vanihoyat ko'zlariga quyoshdan ximoyalovchi ko'zoynak taqgan yigit chamadon sudragancha chiqib keldi.
Suga: Ko'p kutib qolmadingmi

Jin : Kelganimga 1 soat bo'ldi , shuncha kutganimga yarasha arzigulik sabab bilan qolib ketgan bo'l

Suga : Albatta sabab bor ammo uni keltirib chiqarmadim la'nati AQSH da yog'mir yog'gani uchun reysim soati siljidi.- mashinaga chamodonni joylashdi.

Jin: Yaxshi bunday narsalarni nazorat qilib bo'lmaydi shuning uchun bu narsalarga ko'z yumamiz- Mashina haydovchi o'rindig'iga o'tirdi.

Jin: Meni ishim nima bo'ldi , topdingmi U haqida - yigit old o'rindiqga o'tirgan Sugaga qargancha savol berib mashinani o't oldiridi

Suga: Xo'shh 5 yoshigacha u yerda hammadan yashirincha yashashgan ekan , onasi bilan

Suga: Keyin seni dadangni sudi o'tgandan keyin Koreyaga kelishgan shundan beri birga yashaydi.

Suga: Lekin qizig'i qizi 5 ga to'lgunga qadar bir marta ham uni yoniga bormagan . Faqat Bae Hyunjinni akasi borib kelib yurgan.

Jin:O'zi shuncha ish qilib akasi yordamida ulardan habar olib turgan demak

Suga: Menimcha ham

Jin: Sen qayerda qolmoqchisan bugun

Suga : meni uyinga olib ketmaysanmi?

Jin: Majburmanmi

Suga: Men sen uchun shuncha ovora bo'layabman , vijdoning qiynalmaydimi -

Jin: Hech qachon o'zinga boshqa uy top

Suga : Bolalar uyida yashagan paytimizdan beri do'stmiz nahotkiiiii

Jin: Sen buncha maydakash bo'lib qolding , men yoq dedim tamom.

Suga: O'zicha jiddiy -

Jin: Nima men har doim shunday bo'lganman

Suga : Ota-onang bilan gaplshdingmi qiz haqida

Jin: Yoq bugun gaplashmoqchiman , o'zi uni rozi qilish qiyin bo'ldi . Sodda desang sodda emas , qaysar desang unday ham emas . Tushunib bo'lmaydi.

Suga : Soddaligi aniq unday bo'lmasa senga aldanarmidi

Jin: Xa otta ketgan sodda

Suga : Meni shu yaqin oradagi mehmonhonaga tashlab ket

Jin: Yaxshi

Suga : Kechga nimalarni reja qilayabsan balkim birga icharmiz

Jin: Yoq xozir ota-onamni uyiga borib ularga bu masalani aytishim kerak , kechga esa bazm

Suga: Mayli senga omad , Lekin onang bu narsaga rozi bo'lmasligi aniq , Janob Kim Seokni ko'ndirsa bo'ladi. Baribir to'yi aniq qiz haqida ketyabdi gap.

Jin: Jin ursin * buncha tez undan qutuladi deb o'ylamagandim . Bemalol yurganimda barchasini hal qilgani meni asablarimni buzyabdi.

Suga: Nima bo'gan taqdirda ham eplading

Jin: Tog'ri .. shu yerdagi mehmonhona yaxshi - yo'l chetida joylashgan katta binoni yoniga kelib

Suga: Ok .. raxmat hech bo'lmasa tashlab qo'yganing uchun.

Jin: Senga ham raxmat yordam uchun

Suga: Hali beri aytmaysan deb o'ylagandim bu so'zni

Jin: Mashinamga otirbsanki gaping kesatish bilan boshlanib kesatish bilan tugayabdi ... ( yigit to'xtab qoldi , Runa bilan 1 oy oldin uchrashgandagi vaziyat yodiga kelib miyig'ida kuldi) .. nolima

Suga: Bo'bti men dam olaman meni umuman ummmuman bezovta qilma tushungandirsan -

Jin: Yaxshi ...dam ol dam ol sen bilan ishlarim xozircha tugadi.

Suga: Okkk - yigit mashinadan uzoqlashgancha gapirdi

*

Kiyinish xonasida chiqgan yigit to'g'ri qizni yoniga bordi. Boyagi suhbatni davom ettirish uchun uni yoniga keldi. Eshikga suyangancha , gantellarni ko'tarib turli hil pozalarda mash qilayotgan qizni boshdan oyoq rentgen qilib chiqdi.

Tae: Isming nima edi.

Lia: Men senga ismimni aytmagandim shekilli

Tae : Aytmaganmiding ... Isming nima

Lia: Lia - qiz qo'lidagi gantellarni qo'ydi.

Tae: Taehyungman - qizga qo'l uzatdi.

Lia: Yaxshi

*

Yarim soatda yetib kelgan qiz iloji boricha tezroq tayyorlanishga harakat qilardi.
Taehyungdan kelayotgan qo'ng'iroqlarni javobsiz qoldirayotgan qiz bilardi , tezroq chiqishni aytishini bilardi.

Runa: Yo hudo bu nima bo'ldi har qanday odamni hayolini oladigan darajada ochiq .. lekin yoqmadi deyishim xato . - qiz oynaga qaragancha gapirdi

Qiz uyidan chiqib , kirish eshigi oldida turgan mashinaga o'tirdi.
Runa: Men tayyor -

Tae: Shuncha kutganimda ham tayyor emasman deganingda hayron qolardim

Runa: Xmmmm ... O'zi bobong nechchiga kiryabdi. Tabriklash uchun bilishim kerak.

Tae: 73 da

Runa: Buncha qari -

Tae : Xa ancha qarilar

Runa : Sizlarni ham qiynab yuborgan bo'lsa kerak , qarilik injikliklari bilan , men xech qachon chidolmagan bo'lardim

Tae:O'g'zingga qarab gapirarsan . Biz ularni yaxshi ko'rganimiz uchun injiqliklariga chidaymiz . Uning o'rni bor

Runa: Xop - aytgan gapidan xijolat bolib boshqa xech nima demadi.
Oilaparvar yigit , agar shunday bo'lganda sen meni yonimda o'tirmagan bo'larding
Kulgulii.
Tashqari tomondan shohona beztilgan bino qarshisida to'xtagan mashina ichidan ikki juftlik tushib ichkariga kirishdi.
Atrofda tanish yuzlarni ko'rib ularni yoniga kelishdi.
Kim honim : Yaxshi keldinglarmi bolalar ?
Runa: Yaxshimisz honim - barchaga ta'zim qildi.
Kim honim: Yaxshiman kelinglar - ikkisini davra ichiga tortdi.

Runa: Dadam va oyimlar ham kelganmidilar

Kim honim: Xa kelishgandi lekin sizlar kirib kelishdan oldin chiqib ketishdi otangni ishlari chiqib qolibdi.

Runa: Tushunarli

Tae: Men hozir kelaman - yigit o'ziga tanish chehra tomon ketdi.

Kim honim : Men tanlagan ko'ylak senga juda ham yarashibdi.

Runa: Menga ham yoqdi biroz noqulay ekanligini e'tiborga olmaganda

Kim honim : Endi bundan buyog'iga o'rganib ketasan

Runa: To'g'ri - boshqa nima ham derdim .

Kim honim: Qizim sen o'g'lim bilan kelishib oldinglarmi ?

Runa: Unchalik yaxshi ketoldik deyomayman , lekin bir birimizni yaxshigina tanib oldik deyolaman - ancha tanishdik

Kim honim : Agar biron bir muammo bo'lsa men sizlarni qo'llab quvvatlayman . Bunday majburiy voqealar meni ham boshimdan o'tgan

Kim honim

Runa: Albatta .

Kim honim : Men seni sirdoshingdek eshitishga va'da beraman har doim

Runa: ...- Aytayinmi? Bir quduqdan kichik bir darcha ochildiyu undan chiqayotgan suvga o'zimni urayotgandekman. Aslida ham shunday emasmi ?

Qiz endi gapirishga shaylanarkan e'tiborini endi kirish eshigidan kirib kelgan Jinga tushdi. Aytmoqchi bo'lganini keyinga surdida
Runa : Honim men ayollar honasiga borib kelay - Qadam ma qadam yigitga yaqinlashib keldida ko'zi bilan imo qilib odamlarda nari tomonga ketdi. Yigit qizni ust kiymiga bor diqqatini qaratgani uchun uning imoli gapini keyin tushundi.
Hech kim o'tib qaytmayotgan katta uzun zaldan chiqib 1 qavat balkonidan tashqariga chiqishdi.
Runa: Nega kelishing qiyin bo'ldi.

Jin : Ba' zi bir qiladigan ishlarim bor edi. Shularni hal qildim. - yigit e'tiborini qizning ko'ylagidan ko'rinib turgan ochiq badanida sayr qildirgancha.

Runa: O'lib qolay dedim Oyimlar ham ketgan ekan.

Jin: Bu kiyimni qayerdan olding

Runa: Aa bumi Kim honim berdi . Taehyungni onasi unash - Jin ursin men unga bu haqida aytmagandim , bu shunchaki tug'ulgan kun emas ediku ? Qandag yodimdan chiqardim.

Jin: Gapingni oxiriga yetkaz - Qizni oxirida yeyilgan ketgan gapiga tushunmagani uchun undan izoh talab qildi.

Runa: Jin bilasanmi ... Bu oddiy tug'ulgan kun emas meni bugun unashtiruvimni e'lon qilishadi.

Jin: Sen ahmoqmisan shunchalik , menga buni aytmaydigan ,

Runa: Uzuuur

Jin: Yoq sen , sen - yigit asabiylashayotganidan qizni urib yubormaslik uchun o'zini zo'rga tiydi.

Runa: Sen bilan gaplashayotganimda yodimdan chiqib ketibdi. O'zi osha payt senga xabar berish uchun qo'ng'iroq qilgandim -

Jin: La'nati - anqov bir ishni eplolmaydigan qiz meni shunday asablarimni buzyabsanki rejamga kerak bo'lmaganingda xozirni o'zida seni o'ldirib qo'yaverardim

Runa: Maylimiii -

Jin : Nima deyotganding eshitmay qoldim - yigit hayol bilan eshitmay qolganlarini takrorlash uchun qizga qarata gapirdi.

Runa: Unut bo'ldi deyotgandim - birinchi kundan unga e'tiborsizlik qilayotgan yigitidan hafa bo'lgancha suzildi.

Jin: Menimcha kimdir hafa bo'ldi.- yigit qizni oldidagi masofani qisqartirib uni belidan mahkam ushladi

Runa: O'sha kimdir o'zidan o'zi hafa bo'lmadi. Ba'zi birlarni yonidagi kishisiga e'tiborsizlik qilganidandir. - yigitni ko'ksidan itarib uni qo'llari orasidan chiqishga urindi

Jin: Seni tobora ochilmagan qirralaring menga ko'rina boshlayabdi.

Runa: Chunki shu paytgacha sen bilan bu darajada yaqin bo'lmaganmiz esingda bo'lsa

Jin: To'g'ri

Runa: Men ketishim kerak , sen bilan bu ahvolda turishim noto'g'ri - qiz boshini allang jalang qilgancha atrofni kuzatdi. Xech kim yo'qligiga amin bo'ldi.

Jin: Nega bunchalik qo'rqoqsan

Runa: Nega ekana .. balkim sezmayotgan bo'lsang kerak biz birovni uyida yashirincha turibmiz ... yana bu uy meni bo'lajak uyim

Jin: Men Ota-onam bilan gaplashdim bu muammoni ularni qo'li bilan xal qila olamiz

Runa: Nimaa - yigitni bu darajasa tezligidan bir xursand bo'lsa , birdey noto'g'ri qaror qilishdan vahimada edi

Runa: Ya'ni bunchalik tez bo'lishini kutmagandim. Axir endi munosabatlarimiz boshlangan bo'lsa bizga vaqt kerak.

Jin: Bizda kutish uchun vaqt ko'rmayabman

Runa : Nima bo'lsa ham yaxshi qilibsan . Men ham Taehyungni onasi bilan gaplashmoqchi edim. Menimcha buni endi keragi yo'q

Jin: Bugun ular ketgan 4 kunlarda keladi.

Runa: Ular bu ishni qilolishiga ishonchim komil emas

Jin: Dadang bilan tanish ekan , menimcha hal bo'ladi.

Runa:.... - Ungacha yana tomosha ko'rsatib turishim kerak ekanda.

Jin: Men endi ketishim kerak ishlarim bor

Runa: Xa men ham o'zroq o'trib keyin ketaman ko'p qolmayman.

Jin: Yaxshi anavi yigitni yoningda o'ralashishiga yo'l qo'yma , tushunarliyaa - qizni belini ushlab turgan qo'llarini bo'shatdi.

Runa: Nima menga ishonmaysanmi ?

Jin: Ishonch haqida emas gap sen bilan o'rtangizdagi bog'liqlikda .

Runa:Yaxshi , seni qanday ishing bor , tez ketishingni qo'ng'iroqda aytmaganding.

Jin: Yaqin do'stim AQSH dan kelgan uni yoniga boraman ,

Runa: Qanday do'st erkak kishimi yoki qiz..

Jin: Erkak kishi - qizni rashkidan kulgancha jag'ini ushladi.

Runa : Yaxshi boraver qizlargq qarama ko'zingni o'yib ololaman .- ikki barmog'i bilan birinchi o'zini ko'zini so'ngra Jinni ko'zini tiqtab ko'rsatgancha , gapirdi.

Jin: Menga hali ko'zlarim kerak , aytganingni qilaman - yigitni qizni yoniga kelib ko'ylak tepasidan ko'rini turgan yelkalarga labini bosib 1 qavat balkonidan chiqish uchun qadam bosdi .

Jin: Ertaga menga qo'ng'iroq qilganingda ko'tara olmasliging mumkin oldindan ogohlantirib qoyabman , kechlikga olib ketaman o'zim , tayyorlanib tur

Runa: Xop ~ Yaxshi bor
Yigit ketdi.qiz esa biroz turib ketishni rejalashtirdi. Bir vaqtda ikkisi chiqishi noo'rin edi.
Kechagina u bilan qanday holatda edim , bugun esa naqadar g'alati va yoqimli .
To'xta kecha u bilan ko'rgan qizchi uni tezda yodimdan chiqardim-mi , Ahh menga nima qildinga bu ishdan keyin sendan uzoq bo'lmoqchi edim , oramizga qo'ymoqchi bo'lgan devorimga tupurib meni o'zingga tortding .
Qiz Kim oilasi davrasiga qaytdi. Janob Kim va uni rafiqasi va Katta Kim janob bor edi. Tahminan 73 yoshda bo'lsa ham ancha yo'shiga nisbatan tetik va quvvatga to'ladek tuyulardi.
Ularni yoniga kelgan qiz unga ta'zim qildi.

Runa: Tavallud ayomingiz bilan janob - boshini ko'tarib boya stol ustida tashlab ketgan sovg'asini erkakga uzatdi.

Kim Bobo : Raxmat , menga sovg'a olib keldingmi , Shart emas edi.- qo'liga go qutisini olgancha tavoze bilan gapirdi.

Go ni kichikroq ko'rinishi

Runa: Tug'ulgan bazmga sovg'asiz kelish nafaqat sizga balki o'zimga ham xurmatsizlik bo'lardi.

Kim Bobo : Men bu o'yinni o'ynamay qo'yganimga ko'p yillar bo'ldi.

Runa: Sizga yoqsa men ham xursandman Janob

Kim Bobo : Adashmasam ko'p yillar oldin seni bobong bilan o'ynagandim ,

Runa: Bobomlar bilan tanish bo'lganmisizlar

Kim bobo: Albatta biz tanish edik , u bilan birga ko'p ishlar qilganmiz , ammo hech ham meni shu o'yinda yutolmagan - erkakning bu gaplari davradagi barchani yuziga kulgu yugurtirdi.

Runa: Xaa -

*
O'zining eski tanishi yonidan qaytayotgan yigit ichimliklar uchun mo'ljallangan bar yonida ichimlik ichayotgan qizni ko'rib yo'lida to'xtadi.
Biroz termulib turdida uni yoniga bordi.

Tae: Menimcha sen meni ortimdan kuzatib yuribsan - yigitni chaqiruv ovozidan boshini unga qaratdi qiz

Lia : Qaraya men ham senga shu savolni bermoqchi edim

Tae: Men seni kuzatamanmi adashding bu uy meniki , o'zimni uyimda tinchigan hayot kechirayotgan insonman , birovni ortidan ergashadigan sen emasman

Lia : Bu yer senikimi ?

Tae : Xa men shu yerda yashayman

Tae : Sen bu yerda nima qilayabsan

Lia : Seni bobongni shifokoriman xar holda , kelishim tabiiy , yana tug'ulgan kunida o'ldirib qo'ymanglar

Tae: Sen yangimisan avval ko'rmagandim , Yoki diqqatimni oladigan darajada o'zinga jalb qilmagansan

Lia: Aysh seni diqqatinga - ichimlik ichayitganda yigitni gapidan kulmoqchi bo'lganda ichimlik ko'ylagining old qismiga to'kildi.

Tae : Nima senga yoqmanmi ?

Lia : Xech qanaqasiga meni yoqishing mumkinmas

Tae: Nega unda meni yonimda o'zingni yoqotib qo'yasan

Tae : Aytib qo'yay meni yaqinda uylanaman - qizni asablarini buzish uchun gapirdi . Balkim o'zi undan kutayotgan rashkni ko'rish uchundir.

Lia: Menga nima , O'zing haqingda barchaga aytib yuradigan odating bormi ?

Tae : Ogohlantirish ziyon qilmaydi.

Lia: Pff

Atrofda ba'zilar taomlansa ba'zilar o'z yaqinlari bilan suhbatlashishardi, ba'zilar tug'ulgan egasiga yaltoqlangancha , uni boshidan iltifotli gaplarni yog'dirardi.
Chekkada Kim honim bilan suhbatlashib turgan qiz va O'zini yonidagi qizga maqtashdan nari kelmayotgan yigitni e'tiborini Minbarga chiqgan o'rtacha yoshdagi erkak tortdi.

: Barchangizga kelganingiz uchun raxmat Bugun meni boshlig'im , ustozim , meni o'z otamga aylanishga ulgurgan odamni Tavallud kuni . Kim Chul-So U inson shu yoshigacha shunchaki yashamadi , U katta imperiya qurdi , milliondam ortiq insonlarga yordam berdi. Barchani qalbidan joy olgan inson bo'ldi. Gapni cho'zmagan holda , bu yerga yig'ilishimizni yana bir sababi bor ularni nabiralari , ularni o'rnini bosuvchi kishi Kim Taehyungni unashtiruvni e'lon qilishim kerak . Menimcha ularni barcha taniydi.

Zal markazidagi ovoz tinishi bilan , Atrofni qarsaklar ovozi egalladi. Ba'zilar ko'zi bilan " Qaraya " degancha ensa qotirsa. Kimlardir ularni davraga chiqishga ko'zlari bilan undardi.

Yonidagi ayolni qistovi bilan markaz tomon yonalgan qizni ko'rib , yonidagi qizni tinch qo'ygancha Taehyung ham yo'nalishi o'sha yerga burdi.
Qarama - qarshi tomondan kelayotgan juftlikni ko'rgan , erkak yana so'zladi

: Demak ular Kim Taehyung va Bae Runa ularni oilalari ancha yillardan buyon tanish va qadrondir , bu rishta ularni yanada mustahkamlashga qo'l keladi .- erkak bir yoniga qizni bir yoniga yigitni qo'ygancha gapirdi.

: Barchangizga kelganingiz uchun raxmat endi yoshlarni bemalol tabriklashingiz mumkin , - erkak minbardan ketarkan , atrofga bir necha ayollar kelishni boshladi.
Barcha ularga yaxshi hayot kechirishni aytib tabrik bildirarakan , ikkisi ham uzoqga bormaydigan bu nikohga aytilayotgan tilaklardan shunchaki ensasi qotardi.

Tabriklash o'tgandan so'ng barcha bilan hayrlashgan qiz qo'rg'ondan chiqdi.
Atrof to'la jurnalistlar edi . Barchaga qiziq Koreyada butun ishlab chiqarish va sotish tarmoqlarini yo'lga qo'ygan insonni tug'ulgan kunida ro'y bergan voqea tashqi tomondan o'zini tortardi.

Qari insonni holi yaxshiligiga ishonch hosil qilgan qiz chiqish tomon ketarkan orqasidan Taehyung ham ergashdi. Ikki juftlik chiqarkan , undan sal oldin chiqgan qizdan diqqatini olib ularga qaratishdi.

: Janob Unashtiruvingiz haqida xabar eshitgandik nima darrov u qizdan tezda zerikdingizmi

: Biz sizni unashtiruvingizni eshitganimizda ishonmagandik , lekin bu yerga kelib boshqa narsalarga ham guvoh bo'layabmiz

: Bunga qanday izoh berasiz

Jurnalistlar tomondan berilayotgan savolardan asablari buzulgan qiz yigitni yoniga chorladi.
O'zi ortidan chiqgan qizni chetlab o'tib Runani yoniga keldida qo'lini belidan aylantirib oldi.
Tae: Uzur janob bizni noto'g'ri tushunibsiz - yigitni harakatidan, ko'zlarini uni yuziga qaratgan qizga, e'tiborini yo'naltirgancha gapirdi.

Runa: Biroz sabr qilganingda , bo'lardi undan keyin shu yerda boshqalar bilan aloqa qilganingda ham ishim bo'lmasdi- yigitni kastyumidan ushlab uni qulog'iga pichirladi .

: Biz ko'rgan holatchi ko'plar sizni bu ishni eplolmasligingiz haqida da'vo qilayotgan paytda bunday harakatlaringiz o'zingizga dushman orttishga sabab bo'lmadimi.

Tae: Menimcha sizlar bilan ko'p vaqt yo'qotdim .. iltimos yo'lni ochsangiz biz ketsak - atrofdagilarni tarqatib mashina yoniga kelishdi

Tae : Senga haydovchi chaqiraman olib borib qo'yadi. - yigit qo'llarini qizdan oldi

Runa: Yo'q kerakmas o'zim haydovchi chaqirganman

Tae: Yaxshi

Runa: Boyagi qizni yaxshi ko'rasanmi ? - ketish uchun qadam qo'ygan yigitni to'xtatdi.

Tae: Yo'q

Runa: Lekim menga shunday tuyuldi . Menimcha seni ham bir inson bilan to'g'ri hayot boshlash vaqting kelmadimikan - bilmadim nega unga bu gaplarni aytayabman balki men ham munosabatda bo'lganim uchunmi . Balkim shu 1 oy ichida noaniq do'stimga yaxshilik tilash uchunmi

Tae: Aqilli gaplaringni vaqtim bo'lganda o'ylab ko'raman . - yigit qizdan uzoqlashishga urungancha ketdi.

Uzoqga bormagan qiz oldiga o'zi tayinlagan haydovchi keldi , unga o'tirgancha uyi tomon ravona bo'ldi.

*

Club ichida ichib o'tirgan yigit oldiga joylashdi Jin ,
Suga: Sen kelmoqchi emasdingku

Jin: Itdek ichib meni bir joyda o'tirishga qo'ymaganingdan keyin keldimda

Suga : Seeen meni it dedingmi - chalkashgan so'zlar bilan Jinga do'q qildi.

Jin: Nega ichyabsan senda xech qanday muammo bo'lmasa ,

Suga : Sen shunday deb o'ylaysan

Jin: ...

Suga : Men har doim seni muammolaring bilan ovora bo'lganman .

Suga : Men bilan umuman ishing bo'lmagan yetimxonaga kelganingdan buyon fikr u hayoling Bae Hyunjindan qasos olish bo'lgan

Jin: ... - yigit yonidagi do'stini og'zini yopgisi keldi , ammo u aytayotgan gaplar tufayli jim turishni avzal ko'rdi.

Jin: Bo'ldi ko'p ichding yetadi - Sugani qolidagi qadahni siltalagancha nar oldi.

Suga: Nega menimch bu yaxshi birovdan alamimni olgandan ko'ra

Jin: ..

Suga : Men senmasman bilasanmi, shu yo'l bilan o'zimni tinchlantiraman , qila olmayotganlarim qastini shundan olib , g'uborib ketguncha ichaman .

Jin: Yum og'zingni - barmen olib kelgan bir martalik salfetkalardan bir nechtasini olib uni og'ziga tiqdida qaddi rostladi.

Jin: Sevgan qizing tashlab ketganiga o'zingni ancha oldirib qo'yishing erkaklikga to'g'ri kelmaydi

Suga : ... - Jinni gaplar o'zini endi tashlagan tanani bir muncha qimirlashga undadi

Suga: Qayerdan bilding - ko'zlarini katta katta qilgancha Jinga aytmagan sevgilisi bilan ajralishganini qayerdan bilganligiga qiziqish bildirdi.

Jin: Sen haqingda bilmasligim g'alati , qanday shu paytgacha birga yelkadosh insonimni qanday mummo-u , hissiyotlarga o'ralashib qolganini bilmasligim mumkin

Suga: Ohhh sen zo'rsan shu gapimni kutayotganmiding ol senga ... senn zo'rsan

Jin: Menga bitta ichimlik - barmenni chaqirib , yonidagi insonga sherik bo'lishni o'yladi. Yigit qo'liga telefoni olgancha xabarlarni tekshirarkan , u o'zi izlagan saytdan kelgan xabardan ko'zlari qisildi.
Rasmda Runa va Taehyungni sur'atlari edi. Birida Taehyung qizni belidan ushlagan sur'ati bo'lsa , biri Runa Taehyungni yoqasidan ushlab gapirgan holatida tushirilgan rasmlar edi.

Jin: Bu qiz - men bunga nima degandim , yo'q u meni gapimni nazariga ilmadimi?

Suga: Qaysi qizni aytayabsan - barmen olib kelgan stakanlardan birini olgancha , Telefonga qarab asablari buzulayotgan Jinni bu ahvoliga qiziqdi.

Jin: Runa muammosi yana

Suga : Nima qilibdi - bemalol o'zini stol ortiga tashlagancha

Jin: Taehyung bilan tushgan sur'atlarini ko'r - qolidagi telfonini Suga tomon kuch bilan surib , qo'llari bilan chakkasini qisdi.

Suga: Shunga nima qilibdi - rasmlarni ko'rarkan, uni asabiylashi uchun aytarli sabab topa olmadi.

Suga: Yokiii.. men o'ylayotgan narsa emasmi

Jin: Sen nimani o'ylayabsan

Suga : Sen o'zing uni yaxshi ko'rib qolmayabsanmi ? -

Jin: Menmi... miyyang ancha aynib qolibdi - stol ustidagi stakanni olib ichib yubordi

Suga: Har holda yaxshi qiz agar seni qasos rejang bo'lmaganda o'zim uchun variyant edi. -

Jin: Seen - qo'liga ilingan narsa o'tirgan kreslosidagi yostiqcha bo'ldi . Uni yigit tomon uloqtirdi.

Suga: Nimaa -

Jin: Gapirma

Suga: Men senga nima dedim agar sen uni o'zimniki deb bilmaganingda qizg'onmasding , sen faqat qo'lingdagi kartalarni o'yinga qo'shadigansan

Jin: Ichimlik seni miyyangni asta kemiryabdi. -

Jin: Men seni ahvoli yaxshi emas deb kelgandim , meni bo'lmag'ur gaplar bilan chalg'itadigan darajada ahvoling a'lo - o'rnidan turgancha gapirdi.

Suga: Balkim qolarsan sen ham menga o'xshab siqilyabsanku . Faqat tan olmayabsan , - e'tiborini ichayotgan ichimligiga qaratgancha gapirdi.

Jin: Seni o'ldirib yuborish qo'limdan kelmaydi deb o'ylaysanmi - Bunga javoban Suga boshini yo'q degan ma'noda qimirlatdi .

Jin: Gapiraver baribir men o'z yo'limdan qaytnayman , orqaga qaytish uchun boshlamaganman

Jin: O'zingga o'zing gapirib o'tiraver , men ketaman , ertaga Busanga ketshim kerak .

Suga: Ok

Yigit tungi kulb davrasidan juftliklarga urulgancha chiqish eshigiga yetib kelib , binoni tark etdi.


Yangi kun

Ishdan so'ng , ancha vaqtdan buyon kelishga unamayotgan joyiga , bolalar uyiga keldi qiz.
O'ziga yod bo'lib ketgan bolalar bilan vaqt o'tkazgan qiz , boshqacha beztilgan xonaga bir bolakayni ortidan kirib qoldi.
Xona rasmlar bilan to'la edi. Xar hil yoshdagi o'spirinlar , qiz va yigitlar bolalar uyi hodimlari bilan tushgan sur'atlari ilinib qo'yilgan edi.
Sur'atlar yoniga kelib bir chekadan ko'z tashlab chiqarkan . Bir tanish yuzga duch keldi. Sur'atda Jinning tahminan 13 yoshlardagi ko'rinishi uni yonida bir necha ayollar bolalar uyi binosida turgani tasvirlangandi.
Runa: U nima yoshligidan beri bu yerlargaa kelganmi - ramkadagi sur'atni ilib qo'yilgan devordan olib

Runa: Qiziq bunga o'xshamayabdi.

: Bu yer bizni tark etgan bolalar sur'ati xonasi . - qizni ortidan bollar qarovchisi kirib keldi.

Runa: Bu bolaga ham sizlarni tark etganmi yoki mehmon sifatida kelganmi

: Qaysi bolani aytayabsiz

Runa: Shu bolani - qolidagi sur'atni ayolga ko'rsatdi.

: Xa u ham bizni tark etgan bolalardan , ko'p biz bilan bo'lmagan 1 yil ichida uni asrab olishgan

Runa: Ismi nima edi eslolmaysizmi

: Xa eslayman u bizni yonimizga kelib turadi , adashmasam chamasi1 oylar oldin siz kelganingizda uni ko'rgandingiz .

Runa: .. ishonchingiz komilmi

: Albatta biz Chxve Jinni adashtirmaymiz

Runa: Chxve Jinmi ? - O'zi taniydigan va yoqtirgan insonini unga sir bo'lgan shaxsiyatidan ancha hayron qoldi.

: Xozir Familiyasi o'zgargan bo'lishi mumkin lekin biz uchun xali ham shunday

Runa: Chve Jin yoki Kim Seok Jin shundaymi ? - Qo'lidagi sur'atni mahkam siqgancha gapirdi.

: Shunday edi xotiram pand bermasa

Runa: Sizga raxmat xonim - qo'lidagi rasmni ayolga tutqazgancha chiqish tomon ketdi.

Timeskipp

Runa: La'nati nega telefonini ko'tarmaydi
- bolalar uyidan kelgandan buyon Jinga qilayotgan qo'ng'iroqlari javobsiz bo'layotganidan asabiylashdi.

Allaqachon tushlikdan to kechlikgacha bo'lgan vaqtni yarmi o'tgan bo'lsa ham , Kech tushishi qiyin edi. Kecha yigit va'da bergan kechlikga tayyorlanayotgan qiz , hayollarida yigitdan nega unga shu paytgacha aytilmagan yolg'onga javob olishni o'ylarkan , aqli bu fikrga mutanosib ish qilishni ta'kidlardi. Bu gapni o'zini o'g'zidan eshitishgacha sabr qilishiga o'zi ishonmasdi.
Butun boshli uyda bir o'zi o'tirarkan ancha vaqtdan beri uyiga kam kelayotgan onasi va otasi hozir ham yo'q edi.
Qo'ng'iroq ovozi butun uyni tutarkan , qiz u kelgani sezdi , telefon ekraniga qararkan , yanada amin bo'ldi . Toshoyna qarshisiga kelib o'zining yuz ifodasiga biroz termuldi-da qo'liga sumkasini olib chiqish tomon ketdi.

*

Runa:Jin ahvoling qanday - mashinaga o'tirarkan yigitni yuzida jiddiylikdan boshqa hech narsa yo'q edi.

Jin:Kechagi qilgan ishingdan keyin qanday bo'lishini kutayabsan - hayoli hamon Jinning yetimxonada ulg'aygani bilan band bo'lgan qiz , hech narsaga tushunmadi.

Runa: Men nimadir qilibmanmi aksincha sen .. - endi anchadan beri ishonolmayotgan gapini unga gapirishga urunarkan

Jin: Bunday qilolmaysan , bir vaqtni o'zida ikki yigitga osilishni o'zinga mos ko'rayabsanmi - Ro'ldagi yigit butun tanasini qiz tomonga qaratgancha

Runa: Men kimga osilibman .. - o'zidagi ishonch bilan gapirarkan kechagi voqea ko'z oldida gavdalandi va jim qotdi.

Jin: Barakalla xech bo'lmasa aybing bor yerda jim turishni bilarkansan - yigit kostyumining ichki cho'ntagidan telefonini olish barobarida gapirarkan , so'zining oxirida , kecha tunda ko'rgan sur'atlarini asosiy ekranga chiqargancha qizni tizzalari ustiga otdi

Jin : Bu narsalar uchun sendan hisob sorashga haqqim bor buni bilasan to'g'rimi ? - o'ziga boysundiruvchi ohanda gapirarkan qiz o'zi aks etgan rasmlarga qarardi.

Runa: Bu behosdan bo'ldi - o'zini oqlash uchun aytilgan bu so'z va yigitni masxaramuz nim kulgu ovozi

Jin:Men aldolmaysan , Uni yelkasi seni qo'llaringa osildi shundaymi ?

Jin: Naqadar mukammal bahona va men bunga ishonayabman - yigitni kinoya bilan aytilayotgan so'zlari , qiz uchun oddiy rashk sifatida ko'rilayotgan bo'lsa , yigit uchun bu his qilishi kerak bo'lmagan tuyg'u tomon qo'yilgan bir qadam edi.

Runa: Meni eshit - chuqur nafas olgancha yigitga barchasini tushuntirishga urinishni boshladi.

Jin: Xavotir olma men bu yerga seni eshitish uchun kelganman - o'zini mashina o'rindiqi ortiga tashladi.

—  Yoninggizdagi ba'zi bir insonlar sizga sodiq emaslar . Ular siz tomondan keladigan  ehtiyojlariga sodiqlar: Ehtiyojni ko'rinishi oʻzgarishi bilan sadoqatlari ham o'zgaradi.

Keyingi qismda :

— U meni nafaqat  qalbim bilan sezayapti. U har bir joyimni o‘rganmoqchi. Va men bunga ruxsat beraman.

*

—  Qizing  sen haqingda bilsa nima deb o'ylarkan , yo'q yo'q meni kechir ahir  u o'zingni qizingmasku .  - Janob Kim Seok o'zini ancha yillar avval sotgan  erkak qarshisisa mag'rurona jilmaygancha gapird

i— Essiz akangni o'ldirding lekin , qayerlardandir uni hotini va qizi paydo bo'ldi lekin sen uni ham hal qilolding senga tan bermaslikni ilojisi yo'q bilasanmi Bae Hyunjin bir kun kelib shu qilganlaringni jazosini ming barobar qilib to'laysan

*

— Nima men bilan buyog'iga sevgi va ehtirosga to'la hayot kechiraman deb o'ylaganmiding ... soddasan  - yigit bepisandlarcha ammo o'ziga bo'ysundiruvchi bo'lib gapirardi.

Ruthless | 5 - QISM TAMOM

AVTOR | Bae Runa

KANAL | Passion Fanfics