March 29, 2025

RUTHLESS

RUTHLESS | 2 - QISM

AVTOR | Bae Runa

• XALOSKOR •

Pov TaeMashinada telefon qolib ketgani sababli , ota onamga mashinaga qaytishimni aytib ketdim. Mashinadan qol telefonimni olib eshik tomonga qaradim ,ular allaqachon kirib ketishgandi. Song men ham eshikni qo'ng'irog'ini chaldim .birozdan song eshik ochildi.

Runa : SEN

Tae : ...sen .. bu yerda nima qilyabsan.Men bu qizni ko'rib hayratim oshdi. Bu meni mashinamni abgor holatga keltirgan qiz edi . Miyyamga turli xil tahminlar kelayabdi ,

Kim Taehyung

Eshikni ochishim bilan shu darajada baqirdimki, menimcha mehmonxonadagi dadam va oyim ham eshitdi. Yonimdagi inson bolsa na kirishni biladi na ketishni , bir necha soniya br birimizga hayrat bilan qarab turdik.

Runa oyisi: Qizim mehmonni uyga taklif qilmaysanmi ? - meni eshik chekkasiga olib eshik ortidagi yigitni ichkariga taklif qildi. Ular barchani yoniga kirishdi. Men ham birozdan song ularga ergashdim. Ular katta mehmonaning bir qismida joylashgan , Kresloda terilib o'tirishardi. Men hayron ifoda saqlagan xolda xonaga kirdim. Ota onam ko'z so'zlashi orqali "Ular kim va nega bu yerga keldi degan " ma'noli qarash qildim.

Runa oyisi

Runa otasi: Janob Kim sizlarni tashrifingiz bizni benihoyat xursand qildi. Tog'rimi Runa - Xech narsaga tushunmasdan barchaga tikilib chiqayotgan qizga imo qilib , Ular bilan xurmatsizlik qilmasligini nazarda tutgandek.

Janob Bae

Runa : ..aaa Shunday shunday . Xush kelibsizlar . Ammo men sizlarni unchalik tanimadim.- dedi onasi yonidagi bosh joyga otirishi bilan.

Runa otasi: ihmm .. tanishinglar , Janob kim va kim honim , bu meni qizim Runa - xa aytgancha va ularning O'g'li Taehyung -Erkakning tanishtiruvida ularning yuzida tabasum aks etib xuddi , tanishganimdan xursandman ma'noni aytayotgandek edi.

Runa : Xa sizlar bilan tanishganimdan xursandman Janob Kim , Kim honim .... Va Janob Taehyung shundaymidi. - Ularga ta'zim qilib ,unga kelib, soxta tabassum qilgancha qo'l chozib , tezda qaytarib oldim.

Kim honim : Biz ham sen bilan tanishganimizdan xursandmiz . Adashmasam sen Bae buildingda ishlarding shundaymi.

Kim honim

Runa : Xa shunday - mag'rurona kulib qoydim.

Kim honim : Seni ishlaringni kuzatib boraman . Sen qurgan pentxauslardan birida mening ham uyim bor , u uy menga juda yoqgandi. Sen quruvchi kopmaniyang , qolidan chiqgan binolar anchagina mashhur to'grimi Taehyung - Xech narsaga qiziqmaydigan takasaltang o'g'lini suhbatga qo'shish maqsadida , qolini uning tizzasiga qoyib unga ishora qilgandey bo'ldi.

Tae : ... a xa xa shunday - Telefonidan ko'z uzmasdan beparvolarcha javob berdi.

Runa oyisi : Runa xizmatkorlardan sora olasanmi kechlik tayyor bo'libdimi- qizini chiqarib yuborib , maqsadga o'tish uchun bahona izlab ,dedi.

Runa : Xop - u chiqib ketdi.

Runa oyisi : birozdan song kechlik tayyor boladi ,balkim toy masalasini gaplashib olarmiz . Janob Kim : Menimcha ham yoshlarni to'yini tezroq qilsak , nafaqat ularga yaxshi hayot, balki kopmaniyalarimiz uchun yaxshi investitsiya bo'lar edi.

Janob Bae : Albatta , bu ikki tomonlama foyda boladi.

Kim honim : Yoshlar ham bir birlarini ko'rishdi . Bir birlariga maqul kelishlariga ishonchim komil.Taehyun senga Runa yoqdimi ?

Tae : Menga farqi bor deb o'ylaysizmi? (Onasini qulo'giga shivirlagancha )

Kim honim - Xa unga yoqibdi .. faqat biroz tortindi. - Unga qaratilgan nigohlarni chalg'itish uchun tezda javob berdi.

Kim honim : Runadan ham sorash kerak. Uning fikrini ham bilish zarur.

Runa oyisi: Men u bilan ozim gaplashib o'zim rozi qilaman . Axir Tae dek kelishgan yigitni rad etishni ilojisi yoq - Ayolni gapidan barcha bir baravariga kulishdi .

Kim honim : Xuddi shunday .. Balkim ularni yaqinroq tanishtirish uchun biron bir ishni ular ikkisiga topshirarmiz.- Gapini tugallab erini og'zidan chiqishi kerak bo'lgan gapga diqqatini qaratdi.

Janob Kim

Janob Kim : Shunday qilsak ziyon bo'lmasdi. Balki birga ishlash orqali bo'ynida qanchalik masuliyatli ish borligini anglab yetar - albatta ota- onasini bu gaplari taehyunga yoqmadi. Chunki u hech qachon kopmaniya eshiki oldiga yo'lamagan . U uchun yengil hayot eng yaxshi tanlov bo'lib kelgan.Asbiylashib endi gapirmoqchi bo'lganda.

Janob Bae : Yaxshi fikr qizim xech qachon ishdan qochmagan , bunga ham yoq demasa kerak.

*

Oyim aytgandek xizmatkorlardan xabar oldim . Kechlik tayyor bo'lishiga 10 daqiqalar bor ekan. Chanqaganim uchun muzlatgichdan sok olib ichmoqchi bo'lib , ustimni bir ahvolga keltirdim. Olchalik sok bo'lgani uchun kiymimni old qismi alvon rangga kirdi.

Runa: ufff shu yetmay turgandi o'zi.- Barcha yomon sozlarni o'zimga vishilab aytib zina tomonga , xonamga kotarilish uchun ketarkanman . Mehmonxonada barchani xoxolab kulishi eshtildi. Qiziq bu darajada nima haqida gaplashishyabdi ekan. Xonamga kirib ust boshimni almashtirdim . Sochimni epaqa keltirdim

Xizmatchi :Xonim Kechlik tayyor sizni tushishingi kutishyabdi.

Runa : Xozir chiqishimni ayt.Xizmatchi ketgandan song men ham biroz otib chiqdim .Kechlik stolida . Dadam stol tepasida otirsa chap tomonida Janob kim song Kim honim , Keyin Taehyun otirardi. Ong tomonda oyim , yonida esa men otirshim uchun joy bor edi.Xonaga kirishim bilan barcha etiborini menga qaratdi.

Runa: Uzr kech qoldim.- deya joyimga joylashdim. Barcha taomlanarkan dadam gap boshladi.

Janob Bae : Runa senga yangi loyiha topdim . U yerni ozing 0 dan boshlaysan Bu ish sen uchun ancha mashaqqatli bo'lishi mumkin . Lekin sen buni uddalaysan shundaymi? ... senga hamkor ham bor (Tae ni ko'rsatib) - aytdi . Unga qaradim . Menga soxta tabassum qilib ko'zini qisib qoydi.

Runa: Daaadaa axir men ozim ishlayman , hamkor bilan ishlash men uchun emas.

Janob Bae: Yoq u bilan ishlaysan .. Chunki u yer ularniki , Osha yerda yangi univermark ochiladi . Sen esa Taehyung bilan birga hamkorlikda ishlaysan . Tushunarlimi.- oxirgi so'zini ishonch bilan aytgan erkak . Boshqa bu haqda eshtishni xoxlamayman degandek bo'ldi.Dadamni bu gapidan keyin aytmoqchi boganlarimni ichimga yutdim. Men har doim ularni gapidan chiqmaganman . Xonada ancha muddat tinchlik hukm surdi. Xolsiz barmoqlarim bilan ovqatimni kovlab o'tirarkanman.

Tae : Xonim qo'l yuvish xonasini ko'rsata olasizmi . -Oyim bir menga , bir Taehyunga qaradi. Ozimni xech nima bo'lmagandek tutishga harakat qildim , menimcha o'xshamadi.

Runa oyisi: Runa, balkim unga qo'l yuvish xonasini ko'rsatarsan. - Oyimga ko'zlarimni teshib yuborgudek qarasam ham foydasi yoq edi.

Runa: Albatta qani yur..ing .Dadamni mehmoni . - onamni qistovi bilan uni orqamdan ergashtirib ketdim . Xonadan chiqib hammom yoniga yetganimizda , Shu paytgacha davom etgan sukunatni buzdim.

Runa : Shunchaki rad et .- U bilan ishlash men uchun yukligini yaqqol ko'rsatgancha aytdim.

Tae : nimani

Runa : Men bilan ishlashni. Axir senga ham yoqmadi bu gap .

Tae : Nega, men hali yoqmadi demadim ... balkim men sen bilan ishlamoqchidirman

Runa : Ko'rinishingdan xech ham unday o'xshamaydi. Sennn , korinishing ko'rsatib turibdiki, xech bunday hayotga o'rganmagansan , Ijtimoiy hayotda sen haqingda yangilik kormaganman . Demak ... sen ham otasini puliga kayf- u safo qilib yuradiganlardansan . Bu gapimga yuz foiz aminman.- xar gapimga uni ustidan kularkanman , uni nafas olishi tezlashdi. Menimcha o'zini bosishga harakat qilyabdi. Ammo uddalay olmayabdi.

Tae: Sen ozingni kim deb o'ylaysan , nima o'zing ishlayotgan ishinga , yashayotgan hayotingga o'z kuching bilan erishdingmi .... yoq yoq hech ham , sen ham mendeksan . Menga aytgan har bir gaping o'zinga ham tegishlidir . Shuni esingdan chiqarma .- gapini aytib qol yuvish xonasiga kirib ,uning eshigini qarsillatgancha yopdi.

Pov Runa.U meni nimalar deyabdi. Meni o'zi bilan teng pog'onada ko'ryabdimi.Xozir aqldan ozaman . Namuncha bezbet bo'lmasa , ayollar bilan bir baravayiga urshadiya . Ayshh . Bo'ldi esingdan chiqar . Kechlik dasturxoniga qaytimda , telefonimni olib , ularga yoqimli ishtaha tilagancha xonamga kotarildim.

Biroz kompaniya bilan bog'liq hujjatli ishlarimni qildim . Ertaga muhum kun yangi Univermak qurilishi bizni kompaniyaga tegishi kerak . Ishlarimni bitirganimdan so'ng yotoqga ozimni tashladim . Biroz shu zayilda yotdim, so'ngra uyqu o'zini bosimi otkazdi , uhlab qoldim.

Erta tong

Bugun xar doimgidanda erta turdim .Barchasi men xoxlagandek bolishi uchun borimni berib harakat qildim. Bugun kechga , auksiondan song o'tkaziladigan bazmga kiyish uchun , bejirim kiyim tanladim . Bu aniq meni chiroyli ko'rsatadi , ayniqsa bunday muvafaqqiyatdan so'ng barchani e'tiborida porlashim shubhasiz . Kiyimni divan chetiga qo'ydim. Oyna yoniga kelib ozimni ko'zdan kechirdim . Pastki qavatga tushdim . Xali erta bo'lganligi sababli xali dadam ham oyim ham uyquda. Qoriqchilar yoniga bordim

Runa: menga mashinam kali.. - kecha uni urib olgandim . Bugun u mashinada ketib bo'lmaydi.

Runa: Menga oyimni mashinasini kalitini ber.- undan kalitni olib mashina ga otirdim .

Runa : Qani endi o'zing uchun mukammal kun yarat Bae Runa .- Ozimga shior aytgancha ishxonaga yo'l oldim .

*

Dadam baribir aytganini qilibdi Kim kampaniyasi rejalashtirayotgan univermag loyihasini ko'rdim . Ularga interyer tanlash bilan kunni ham yarmini o'tkazib yubordim .

Runa : Auksion javobi chiqishiga ham oz vaqt qoldi. - Soatga qarab-qarab qoyarkanman . Xech vaqt o'tmasdi. Eshik taqilladi.

Kotiba: Xonim menimcha buni o'zingiz ko'rishingiz kerak.

Runa: Nimani - U meni yonimga kelib aipaddan biz bu ishga biriktirilmaganimizni ko'rsatarkan. Ko'zlarim soqqasida chiqib ketay dedi.

Runa : NImasi endi bu ... qanaqasiga biz olinmadik. Qanday qilib biz bu ishda orqada qolib ketdik .

Kotiba : Biz ham hayronmiz , qanday qilib , obrosi baland kampaniya turganda ,oddiy kampaniyaga bunday katta ishni berishdi- Kotiba tezlikda aipaddan yutgan kompaniya haqida ma'lumot topib gapirdi.

Runa: NIMA- ovozim boricha o'shqirdim.

Runa : Bu yana qanaqasiya men bu loyihani 2 marta ko'rib chiqdim. - Xonam bo'ylab aylanib kotibaga baqirarkanman. U ham mendek nima qilishini bilmasdi.

Runa : Menga auksionda yutgan kompaniya haqida ma'lumot topib ber - Mendan ortiq ko'rilgan , Inson nomiga qiziqish bildirdim . Bu meni biroz charchatdi.

Kotiba : Xozir — birozdan so'ng- Xonim U "C/J " kompaniyasi ekan . Vaaa .. U biz qurishni rejalashtirayotgan univermagni egasini o'g'li ekan. -

Runa : Demak u o'g'liga bu ishni topshirgan - O'zimni biroz bosib olib gapirdim . Bu dunyoda barcha o'z mavqesidan foydalanishiga yana bir bor amin bo'ldim.

*

Asabiy kompaniyadan chiqdim Mashinaga otirishim bilan gaz pedalini bosgancha shahardan chiqish tomon ketdim . Boradigan joyim Busan bo'ldi.

Shovqin suronli shahardan sokin muhit meni o'ziga magnitdek tortayotgandi . Sohil bo'yiga kelib to'xtadim u yerdagi orindiqlarni biriga joylashdim. Old tomonimda to'lqinlarga boy dengiz bo'lsa , orqa tomonda daraxtlarga to'la o'rmon edi.

Pov Runa.Hayotimdagi ba'zi bir o'zgarishlarni tahlil qildim. Ota - onamni meni erga berib faqat o'z ishlarini o'ylashlari , menga yoqmayotgandi. Men qancha kop ishlasam ham, o'z hayotimni sevgan insonim bilan bo'g'lashni xoxlardim. To'g'ri shu paytgacha uni uchratmagandirman. Lekin u voqea men bilan sodir bo'lishiga ishonchim komil. Axir edi 22 yosh bo'lsam . Bu gaplarim xuddi orta maktab o'quvchisini gaplariga o'xshashi mumkin . Lekin bu meni hayotim xech kimni , meni hayotimga aralashishiga yo'l qoymayman. Garchi shu yoshimgacha ota-onamni ko'rsatgan yo'ldan chiqmagan bo'lsam ham .Sohilda ancha muddat o'tirdim , songra hayolimga otxonaga borish keldi.

Avval bu yerda yoshligimizda yashaganim sababli bu yerdagi anchadan buyon kelmayotgan otxonamga bordim. Men ot minishni bilardim . Yoshligimda Bu mashg'ulot bilan ancha muddat shug'ullangandim . U yerdan har doimgi otimni egarlashlarini kutib turganimda . Men bolalar uyida ko'rgan erkak , bir yigit bilan gaplashib turardi. Men unga bir muncha vaqt termuldim , .Birozdan so'ng meni otimni egarlab kelishdi.

: Otingiz tayyor .. minishingiz mumkin.

Runa: Raxmat ..

Runa : Sizdan bir narsani so'rasam bo'ladimi?

: Albatta .

Runa : Anavi yerdagi kishi kim ? - Men unga ko'zim bilan ishora qilgancha bolalar uyidagi erkakni ko'rsatdim.

: Umi bizni boshliqni o'g'li ... Kim SeokJin ismi.

Runa : Xa familiyasi tanish ... Uning kompaniyasi yo'qmi- Men uni familiyasini eshitgandim. Lekin eslolmadim.

: Xa menimcha boridi . Otasi ishidan chiqib yangi kompaniya ochganini eshitgandim.

: Adashmasam C/ J

Runa : ishonchiz komilmi? - Nahotki osha odam. Yerni bu darajada kichkina deb o'ylamagandim. Tasodif degan gaplarga ishonish qiyin.

:Xa albatta men uni ancha yildan buyon bilaman.

Runa : Yaxshi .. - xo'rsindim .menga yordam berasizmi ot minishga - barchasiga qo'l siltagancha otxona ishchisi yordamida otga minib oldim.

X: Xonim uzoqga ketib qolmay . Qorongu' tushyabdi . Ot unday sharoitda yurolmaydi. Runa: Xop- otni choptirgancha o'rmon tomon ketdim .

Bae Runa

*

Anchagina yurdim . Quyosh botib atrofga anchagina qorong'u tushgandi. Birdaniga Ot old oyoqlarini kotargancha kishnab yubordi. Men orqaga o'ng tomonim bilan quladim.Men boshimni kotargunimcha ot chopib ketdi.

Runa : Yo hudo nimalar bo'lyabdi .

Runa: bugun ... o'zim uchun mukammal kun yaratmiqchi edim ... yoq aksincha uni teskarisi bo'ldi . Hech o'ylanmasdan aytolamanki bugun hayotimdagi eng rasvo kun bo'ldi. - Ozimga ozim gapirib 15 daqiqalarcha otirdim ong oyog'imni qimirlata olmaganim sababli .Ong o'yog'imga butun vaznimni bilan tushganim sababli bo'ldi degan tahmin hayolimda bor edi.ustimni qoqib otirarkanman . Yonimga erkak oyog'i keldi.

Jin:. yordam kerak emasmi .- Ovozni eshtib darhol tanidim. Tepaga qaradim, men tahmin qilgan inson edi.

Kim SeokJin

Runa : Nima deb o'ylaysiz , meni bu holatimda yordam sorashim tabiiy . - Barcha narsa xuddiki u aybdordek unga jahl bilan gapirdim, Lekin qisman uni ham aybi bor edi. anchadan buyon o'ng oyog'imni harakatlantirishga qiynalgancha

Jin: ... mayli . Ahvoling yaxshimi ya'ni xech qayering shikaslanmadimi?- u esa vazminlik bilan menga javob berdi.

Runa: Oyog'im .. bosolmayabman o'ng oyog'imni . - turishga harakatlandim . Ammo foydasiz, og'riq zo'rlik qilib harakat qilolmadim .Yonimdagi erkak men bo'yi egildi.

Jin: unday boladigan bo'lsa (atrofga qaradi) Seni opichlab olaman .

Runa: NIMA -

Jin: Nima, nima boshqa ilojing bormi?

Runa: Yoq - Noiloj uni yordamini qabul qildim . Bunday sharoitda boshqa ilojim ham yoq.

Jin: yaxshi unda meni orqamga o't .- u menga orqa ogirdi.

Runa : Xop - Uni orqasiga chiqib oldim

Jin: Qani ketdik- qo'llarimni uni yelkasidan orab oldim. Uni qo'llari tizzamni orqa qismi bilan ushlab olgan ekan o'zimni g'alati sezishni boshlagandim. Balki xech kim bilan bunchalik yaqin bo'lmaganim sabablimi ? Yo'l boyi u tez tez nafas olib keldi, menimcha men u uchun o'girlik qildim shekilli .

Meni asta yerga qo'ydi . Biz allaqachon o'rmondan chiqib , Otxona yonidagi o'rindiq yoniga kelgandik, men asta bir oyog'imni kotargancha asta otirdim.

Runa: Raxmat menga yordam berganingiz uchun - unga qo'l uzatdim - Bae Runa ismim shunday .

Jin: Qilgan ishim raxmatga arzimaydi . Xar qanday inson sizni bu ahvolda tashlab ketolmasdi.- u ham menga qo'l chozib - Kim Seok Jinman tanishganimdan xursandman.

~~~

Taqdir dedilar, savdo o‘yini,

Bizni bog‘lashdi foyda uchun.

Men esa hayotga qarab dedim,

Muhabbat sotilmas, bo‘lmaydi ko‘chib.

•

Lekin... balki, yurakni aldash oson,

Balki sen ham buni xohlarsan?

Balki shunchaki nafsing uchun

Majburiy yo‘llarda yakka o'zim.

RUTHLESS | 2 -QISM TAMOM

AVTOR | Bae Runa

KANAL | 𝖯𝖺𝗌𝗌𝗂𝗈𝗇 𝖥𝖺𝗇𝖿𝗂𝖼𝗌