June 2, 2025

Tugʻilmagan yorugʻlik...

1-qism

Zulmat saltanatini butkul egallagan Jungkook gʻarb mamlakatlarini ham o‘ziga bo‘y sundirib g‘alaba bilan oʻz qasriga qaytyotga edi. Hamma yoq qorong‘u zulmat bilan uyg‘unlashgan o‘rmonda oʻz lashkarlari bilan kelayotgan qirolni, mayin va sexirli ovoz kuylanyotgan qo‘shiq birdan diqqatini tortdi. Jungkook qulogʻiga chalinayotgan oʻsha qoʻshiq tomon asta sekinlik bilan borar ekan bu ovoz va kuy uni o‘ziga sexrlab oldi. Tobora oʻsha kuy ham balanlashgani sari koʻziga miltillab yorug‘lik ko‘rina boshladi. Jungkook qarasa hamki tuzoqqa tushib qolgan gʻoʻzal pari edi u.

Jungkook keng savlati va biroz kulimsirab
Jk: Ho‘sh ho‘sh bu hilqat kim bo‘ldi? Bizning saltanatimizda parilar oldin yumasdi. Sen qanday qilib bu yerga oʻtib qolding? Isming nima?

Sena biroz qoʻrquv va sovuqdan qaltirab
Sena: Mening ismim Sena. Bu yerga oilam uchun ozuqa qidirib yurgan paytim adashib kelib qoldim va mana bu lanati* qopqon oyog‘imni qisib qoldi. Endi bundan qutilsam ham yura olmayman shekilli.

Jungkook sovuqon ovozda
Jk: Uni tuzoqdan ozod eting. U endi faqat men uchun kuylaydi.

Askarlar Senani ozod qilisharkan, Jungkook uni oʻz otiga mindirib, ortidan oʻtirib oldi. Soʻngra ular qasr tomon yoʻl olishdi.

Sena va Jungkook otda ketisharkan,
Jungkook sovuqqon, lekin qiziqayotgan holda
Jk: Sen... qafasda bo‘lgan payting ham qo‘shiq aytarding. Qo‘rqmadingmi?

Sena muloyim, ammo o‘ziga ishongan holda
Sena: Qo‘shiq qoʻrquvni biroz oʻldiradi. Menimcha, kimnidir quvontirishga urindim...
(Sukunat)
Sena: Ehtimol o‘zimni ovutdim.

Jungkook bir oz kulimsirab
Jk: Endi sen faqat meni quvontirishing kerak. Men seni oʻz saroyimga olib ketayapman.

Sena hayron va ozgina g‘azablangan holda
Sena: Asirlikda xizmat qilish — bu sharaf emas. Nega aynan men?

Jk: Chunki sening ovozing menga tinchlik berdi. Men esa anchadan beri buni hiz qilmagan edim. Endi boʻlsa faqat menga boʻysunasan uqtingmi?

Sena unga oʻgʻirilib past ovozda
Jk: Siz meni bo‘ysundirmayapsiz, o‘zingizni yo‘qotishni boshlayapsiz!

Jungkook ko‘zlarini qisib
Jk: Qiziq... pari, lekin tikanaklari bor. Menga bu yoqdi.

Ular saroyga yetib kelisharkan
Jk: Mening kichik mehmonimga tabib chaqirib uni yaxshilab davolang va unga olmosdan qafas tayyorlang!

X: Xõp baladi zoti oliylari

Hamma g'alaba sharafiga bo‘ladigan kechki ziyofatga tayyorgarlik qilardi.
Kech tushib hamma zalda yig‘ilib boʻlgandi. Qirol Jungkook shahtam qadamlar bilan zinapoyadan tushib kelar ekan, hamma extirom bilan tazm qilar, g‘alabasi bilan qutlar edi. Jungkook o‘z taxtidan joy olgach, hizmatkorlarga parini olib kelishlarini buyurdi.

Hizmatkorlar billur qafas ichida Senani olib kirar ekan, uning go‘zalligiga ziyofatdagi barcha qoyil qolishardi.

Saroy zallarini qorong‘ulik yutgan, faqat markazda, taxt oldida katta, billur qafas yaltirab turardi. Uning ichida och jigarrang sochlari yelkasiga to‘kilib yotgan, ko‘zlari yashil yiltirab turgan Sena sokin holatda turardi. U na vahimada va na bo‘ysunishda faqat yuragi ohang singari sokin urib turardi holos.

Zal ichidagi iblislar, vampirlar va boshqa qorong‘ulik vakillari hayrat bilan unga tikilib qolgandi. Ular qudrat, xavf, g‘azabga o‘rganib qolgan edi — bu esa... nurdan yasalgan jon singari edi.

“Bu kim?” ular bir biriga pichilashib,
“Parilarning so‘nggisi deyishdi...”
“Zulmat qiroli unga oshiq bo‘lganmish...”
"Yoʻq yoʻq u parini yoʻlda topib kelibdi..."

Sena yengil ohangda kuylashni boshlarkan, uning yoqimli ovozidan zal jim bo‘lib qoldi. Bu ajib ovoz tufayli huddiki vaqt ham to‘xtab qolgandek goʻyo.

Jungkook esa taxtda o‘tirar, bir zum Senaning ko‘zlariga qarab qoldi. Bu endi o‘lja emas edi. Bu — sinov edi. Uning zulmatdagi eng katta dushmani:yuragidagi yengil nur.

Bazm tugab, hamma tarqaldi Jungkook parini õz honasiga joylashtirishlarini va qafasini ochiq qoldirishlarini aytdi.

Xona qorongʻulik bagʻriga choʻkkan. Oy shulasi derazadan xonani yoritar, Senani nuri esa bu gõzallika yanada chiroy qoʻshardi.
Jungkook xonaga kirib kelishi bilan devorga suyananib uxlab qolgan Senaga tushdi.
Sena sovuq tosh devorga yelkasi bilan suyanib biroz qaltirab uxlardi.
Nafis libosi esa yelkasidan sirg‘alib tushgan, yengil nafas olardi. Oyogʻidagi jarohat biroz davongan boʻlsada, baribir ogʻir tufayli biroz ogʻrinib ham qoʻyardi.

Sena qorong‘u xona ichra u yakkayu yagona tiniq narsa edi. Go‘yo zulmat uning atrofida aylanar, lekin unga tegolmasdi. U yuksakda tug‘ilmagan boʻlsada, lekin pastda porlayotgan yorug‘lik edi.

muallif: Sena & Junhi