BOTQOQ NILUFARI...
Yoongi pov: Senani ilk bor koʻrganimda undagi ajib bir chiroylilikni koʻrib aqldan ozayozdim. Uning jilvakor uzun sochlari, qora marvarid singari katta koʻzlari, bulbul misol yoqimli ovoziga mahliyo boʻlib qoldim. Nima qilib boʻlsa-da u meniki boʻlishi shart uni Jungkookdan tortib olaman. U bunday qiynoqlarga loyiq emas. Sena meniki boʻladi. MENIKI...
.
.
.
Sena pov: Koʻzlarimni zoʻrgʻa ochdim. Hamma joyim qaqshab ogʻriyabdi. Oʻrimdan turmoqchi boʻlib, oyogʻimni qimirlatarkanman. Ostimagi* ogʻriq tufayli yigʻlab yubordim. Kechagi voqealar esimga tushib battar ahvolda qoldim. Yonimda boʻlsa menga ters oʻgirilib yotgan Jungkookni koʻrdimu qoʻrqib ketdim. Ikkala bilaklarim oʼralgan, egimda boʻlsa oq rangdagi ipak matodan boʻlgan kiyim. Yaxshiyam yalangʻoch emas ekanman. Shunisiga ham shukur. Ming urinishlar bilan harakat qilib oʻrnimdan turdimda. Hattoki bir daqiqa ham tik turolmay yiqilib tushdim. Ogʻriqdan yana battar yigʻlarkanman. Jk ovozimdan uygʻondi shekilli. Uyqisirab mingʻirladi
Jk: Ertalabdan asabimni buzib hiqqildayverma. Boʻlmasa kechagidan ham yomon ahvolga solaman seni.
Sena: Yurolmayabman.
Jungkook Sena tomonga oʻgirildi va polda qoʻyiga tayanib oʻtirganini koʻrgach
Jk: Men seni hatto oʻrnidan turolmaydi deb oʻylagandim. Sen boʻlsa polgacha boribsan. Qoyil qoldim. Demak yana sen bilan yana hohlaganimni qilsam boʻlarkan.
Sena: Bir kuni albatta, men sizdan qochib ketaman. Soʻngra Luxoriya va Tenebris qurgan bitmni bekor qilaman!
Jungkook birdan kulib yubordi va boshini pastga qaratib silkidi. Soʻngra qizga koʻzlarini gʻazab bilan qaratgan holda
Jk: Nima sen meni ahmoq deb oʻylayabsanmi? Hech qachon bunday boʻlmaydi! Meni sevib qolmaguningcha seni azoblashda davom etaman!
Sena koʻzlaridagi yosh bilan unga tikilarkan. Yuragida negadir ogʻriq sezdi
Sena: Azoblash orqali hechkim sevib qolmaydi!
Jungkook oʻrnidan turib qizga yaqinlasha boshladi
Jk: Sevib qoladi... Sen meni sevib qolishing shart. Toki Lumiflora gullamas ekan sen hech qachon mendan qochib qutilolmaysan! - boshini uning yuziga egdi va iyagidan tutib - uqdingmi meni?!
Sena indamadi shunchaki koʻzlaridan yosh oqardi holos.
Jk: Menimcha kechagilar senga kamlik qildi chogʻi!
Sena qoʻrquvdan qaltiray boshladi.
Jungkook uni bir deganda koʻtarib yotoqqa qoʻyarkan. Sena yana qarshilik qilishni boshladi.
Sena: Bas qiling! - qoʻllari bilan Jungkookning qoʻllarini itararkan.
Jk: Bas qilmayman! Toki oʻz hohishing bilan menga boʻy sunmaguningcha.
Jungkookni borgan sari asabi buzilib Senaga tarsaki tushirdi. Birdaniga boʻlgan hodisadan Sena gangib qoldi.
Jk: Barakalla. Shunday tinch tursa borarkan-a.
Sena: Iltimos... Hech boʻlmasa yaralarim bitsin - qiz yoshlangan koʻzlari bilan unga tikilgancha.
Jk: Kechqurungacha senga tegmaganim boʻlsin. Ungacha esa hizmatkorlarga aytaman. Seni kiyintirib patsga tushirishadi. Agar koʻz yoshlariningni koʼrgudek boʻlishsa bizni baxtimizga ishonishmaydi. - jilmayib
Sena: Shundogʻam baxtli emasman.
Jk: Oʻzing rozi boʻldingmi, edi bariga chidashga majbursan. Garchi seni aldagan boʻlsam-da.
Sena indamadi. Jungkook boʻlsa xonandan chiqib ketarkan oradan koʻp oʻtmay xonaga hizmatkorlar kirib keldi. Ular Senani hammomda yuvintirishdi, yaralariga yangidan malham qoʻyishdi va pardoz qilib chiroyli qilib kiyintirishdi. Sena Jungkook aytganidek yigʻlamadi. Chunki u qirolicha hech qachon hizmatkorlariga zaif boʻlib koʻrinmasligi kerak.
Sena nonushta qilish uchun pastga tusharkan katta zal ichida uzun stol boshida uni kutib oʻtirgan Jungkookni koʻrdi. Asta sekinlik bilan yurib borarkan hurmat yuzasidan taʼzim qildi.
Jk pov: U ichkariga magʻrur kirib kelarkan. Kecha tundagi va biroz oldingi Senadan asar ham yoʻq edi. Yurishi, oʻzini tutishi, ayniqsa koʻrinishi bularning barchasini taʼriflashga til ojiz. Uni koʻrib negadir boshqacha boʻlib ketdim. Biroz jahlim chiqdi ham
Jk: Seni yurolmaysan deb oʻylagandim. Lekin koʻrinishing bularni aksini koʻrsatyabdi - mazahlagan ohangda
Sena stulga oʻtirib unga qaradi va
Sena: Men qirolichaman! Demak har qanday qiyinchiliklarga chidashim kerak.
Ha yurolmasligimga kelsak, malhamlar ancha foyda berdi. - uning ovozi sokin ammo jiddiy edi
Jk: Bugungi tundan keyin ham foyda berarmikan koʻramiz.
Sena indamadi. Jungkook boʻlsa nonushta qilishda davom etdi. Soʻngra Sena ham qoʻliga sanchiqi va qoshiqni olib nonushta qila boshlarkan
Sena pov: Uning gaplaridan keyin tomogʻimga achchiq narsa kelib tiqildi. Yigʻlagim keldi lekin yigʻlamaslikka majburman. Nima uchun unga ishondima hammasini bila turib boʻlsa ham. Bir amallab bu yerdan qochib ketishim kerak. Agar ketmasam u menga kechagidan ham battar azob beradi.
Jungkook qoʻliga sochiqni olib ogʻzini artdi va
Jk: Bugungi tun uchun tayyorlan. - oʻrnidan turib Senani yoniga bordi. Senani koʻzlari ham stolda ekan Jungkook qulogʻiga engashib
Jk: Seni chiroyli boʻlib koʻrinishingni hohlayman. Tanangni yana bezashim kerak axir. Tunda nima kiyishingni esa xizmatkorlar koʻrsatadi.
U katta zal ichidan chiqib ketarkan, Sena boʻlsa oʻrnidan turdi-da ortda turgan ikkita xizmatkor qizlarga qarab
Sena: Men saroy ichi va tashqarisini aylanishni hohlayman. Menga hamma joyni tanishtirib chiqing.
Qizlar bosh egishdi. Sena birma-bir hamma joyni aylanib chiqarkan
Sena pov: Bu yerlarni yaxshilab oʻrganib chiqishim zarur. Biror yerda yashirin joy boʻlishi mumkin. Agar boʻlmagan taqdirda ham oʻzim bir yoʻlini topib boʻlsa-da qochishim kerak. Hamma joyni oʻrganib chiqarkanman. Negadir qasrning eng soʻnggi yuqori qavatidagi minora ichidagi xonaga kirmoqchi boʻlganimda. Xizmatkorlar u joyga kirishimni taʼqiqlashdi. Sababini soʻraganimda esa, bu haqda bilmasliklarini aytishdi. Hozir bu muhim emas muhimi tezroq qochish.
Shu tariqa Sena saroyni aylanib yuardi.
.
.
.
Jungkook saltanat ishlari bilan band boʻlgan bir paytda uning hizmatkorlaridan biri uni oldiga keldi va bosh egib
H: Qirolim sizni koʻrgani shahzoda Yoongi tashrif buyuribdi.
Jk: Kirsin.
Yoongi xonaga kirarkan Jungkook oʻrnidan ham turmadi hatto. U Jungkookka tazim qilib
Yg: Salomlar boʻlsin senga qirolim!
Jk: Hoʻsh qaysi shamol uchirdi? - qoshlarini tepaga koʻtarib
Yg: Qirolicha Sena... Uni menga ber!
Jk: Nima? Qulogʻim yaxshi eshitmadimi yoki siz notoʻgʻri gapirdingizmi?
Yg: Meni toʻgʻri tushunding deb oʻylayman. Qirolicha Senani menga ber! Men u bilan birga boʻlaman!
Jk: Aka men unga nima sababdan uylanganimni yaxshi bilasiz! Menga Lumiflora kerak. Agar u gullasa...
Jungkookning gapi boʻlindi.
Yg: Agar Lumiflora gullasa senga beraman. Faqat Qirolicha Senani menga bersang bas!
.
.
.
davomi bor...
muallif: Junhi