March 21, 2025

QOR BAGʻRIDAGI LOLA...

1-qism

Kuzning soʻngi kunlari edi. Havo ancha sovub qolgan, yomgʻir yogʻar, koʻchada odamlar siyrak, mashinalar esa tinmay uyoqdan buyoqqa qarab yurishardi.
.
.
.
Yakshanba kuni boʻlganligi bois koʻplar issiq va shinam uylarida dam olishar edi. Shu jumladan, qulogʻiga quloqchin taqib, sokin musiqa tinglayotgan qiz derazani ochdi va koʻzlarini yumib toʻyib nafas olarkan, tashqaridagi manzarani koʻrib, yuziga nim tabassum yugurdi.

Junhi pov:Yomgʼirni juda yaxshi koʻraman. Chunki uning ovozi, ifori yoqimli. Har gal yomgʻir yogʻganida negadir yigʻlagim keladi, sababini bilmayman. Balki yolgʻizligimdanmi. Eeeeeeeey nimalar deyapman qanaqa yolgʻizlik axir yaqinlarim yonimda boʻlsa.Menga boshqa nima ham kerak? Baxtliligimdan boʻlsa kerak yana nima ham boʻlsin. Shunday boʻlsa-da, baribir, ichimda qandaydir mitti boʻshliq bordek tuyuladi menga.
Yana bir bor tashqaridan toʻyib nafas olgan qiz derazani yopib, uning oldiga oʻtirdi. Oyoqlarini yigʻib tizzasiga boshini qoʻyarkan, yomgʻirni tomosha qilishni davom etdi.

Kech tushishiga ham biroz vaqt qolgan boʻlsa-da ammo yomgʻir hamon tinmagandi. Mashinaning orqa oʻrindiqida oʻtirgan yigit tashqarini shunchaki hissiz kuzatarkan, qoshlari biroz chimirildi.

Old oʻrindigʻidagi haydovchi mashina koʻzgusidan orqa oʻrindiqqa tikilarkan
Yonjun: Janob hammasi siz aytganingizdek ketyapti. Faqatgina bir ishdan tashqari
Derazadan hamon koʻzini uzmagan yigit asabiy boʻlsa-da jiddiy ohangda.
Tae: Tez orada uni topasan tushinarlimi? Men bu ishni faqat senga ishona olaman Yonjun, buni juda yaxshi bilasan.
Yonjun: Albatta janob.
Tae derazadan dan koʻzini uzib, old koʻzguga tikilsa ham hamon jiddiylikni yoʻqotmagandi
Tae: Yomgʻirni yomon koʻraman. Uyga hayda
Shunchaki bosh irgʻab qoʻygan yigit mashina kalitini burab oʻt oldirdi.

Ertasi kuni repititordan dugonalari bilan qaytayotgan Junhi gap boshladi.
- Ey hudoyim boy, kelishgan chiroyli yigitga turmushga chiqishni hohlayman.
Dugonasining har galgidek aytadigan gapidan bezor boʻlgan qiz boshini ortga tashlarkan biroz adabiy gap boshladi.
Sumi: Boshlandi..... ey Xudo menga sabr ber. Oʻzi bu gal hursand boʻlib kelayotgandim va nihoyat bugun eshimadim shu tilakingni deb. Nima balo esing joyidami seni. Agar u yigit boy chiroyli boʻlsa, lekin seni ering boʻlib boshqalar bilan yursa nima qilasan.
Junhi: Har gal shunaqasana.Nimalar deyapsan balkim uni koʻzi mendan boshqasini koʻrmas
Mina: Menga esa farqi yoʻq muhimi meni sevsa boʻldi.
Seo: Men esa Junhi opamni gapiga qoʻshilaman, chunki u yigit uniki boʻlganidan keyin yana kimga ham qarardi toʻgʻrimi?
Sumi: Voy yaramas Seoni boshini aylantirib boʻlibsanku
Junhi: Har holda meni sen va Minaga oʻxshab yigitim yoʻq. Nima men yomon narsa aytdimmi.
Sumi: Jkchi axir uni sevardingku
Junhi: Toʻgʻri uni sevardim lekin uni oʻzi mendan voz kechdi.Meni qandayligimni bilib turib menga tuxmat qildi va boshqasini tanladi. Uni ustiga ajrashganimizga ham 2 yil boʻldi. Oʻzi u bilan bor yoʻgʻi 6 oy uchrashganman shunga shunchami
Sumi: Baribir ham u seni, sen esa uni birinchi muhabbati eding.
Bilasanmi Junhi avvallari doim yigitlarni taʼzirini berib yuradigan, koʻp gapiradigan qiz eding endi boʻlsa mutlaqo teskarisi nega bunday boʻlib qoldinga
Junhi: Boʻldi yetarli jonimga tegdi bu mavzuni yop ok
Sumi: Ha mayli. Ammo Jk sen bilan uchrashib yuradigan paytlarda juda yaxshi yigit edi, lekin hozir juda oʻzgarib ketgan, babnik uni ustiga doim qizlarga suykalib yuradigan uyatsiz. Esingdami sen bilan ajrashganiga 2 hafta ham boʻlmasdan Lia bilan uchrashib ketdi.
Junhi: Ha esimda dars paytida uni qoʻllari doim Liani sonlarida* turardi. Hattoki bir-biridan boʻsa olishyotganlariga ham guvoh boʻlganman. Oʻsha kuni ularni koʻrib koʻz yoshimni zoʻrgʻa tiyib turgandim.Jk nega menga ajrashgan kunimiz "Bilasanmi Junhi men senga barmogʻimni uchini ham tekkizmaganman" degan gapini tushunmagandim uni maqsadi esa mendan foydalanish ekan. Men unga hattoki qoʻlimni ushlashiga ham ruxsat bermaganman
Sumi: Albatta axir sen uni hatto sizlab ham gapirmagansan
Junhi: Endi bir kamim oʻz tengimga sizlashim qoluvdi uni ustiga u mendan 2 oyga kichik
Sumi: Doim shunday qaysarsana.
Mina: Junhi u bilan ajrashganing ham bir tarafdan toʻgʻri. U ablah senga umuman mos emas.
Bu gaplarni eshitgan qiz shunchaki hech nima deyishni afzal koʻrdi.
.
.
.

Junhi pov: Qizlar bilan hayrlashib koʻchada yolgʻiz ketarkanman negadir koʻnglim gʻash edi. Doim shu koʻchadan oʻtayotganimda juda qoʻrqaman chunki bu yerda telba Chan, uning telba oʻgʻli va hotini yashaydi.
Qoʻrqqanligi sabab koʻchadan tez-tez qadam tashlab ketayotgan qizni birdan bir ovoz toʻxtashiga majbur qildi.
-Kattalarga salom bermaysanmi
Battar qoʻrqib ketgan qiz nima qilishini bilmay ham qolgandi.
Junhi pov: Xudoyim oʻzi bu koʻchadan uyimga tezroq borish uchun oʻtaman. Yaramas, darrov qayerdan paydo boʻldi oʻzi bu? Yaxshisi eshitmaganlikka olib yoʻlimda davom etaman shunda hech nima qilolmaydi
Junhi ortiga ham qaramay tezlashgani sari tezlashaverardi.
Telba Chan: Eshitmadi shekilli.
Eeeeeex choy ichish kerak, choy ichish kerak, ovqatlanish kerak, ovqatlanish kerak .....
Telba Channing navbatdagi gapni eshitgan qiz biroz sekinlashgan boʻldi.
Juhi pov: Doimgidek kallasiga qaysi gap kelsa oʻshani takrorlayveradi. Hudoga shukur bir amallab qutildim, oʻzi telba Chan unchalik ham yomon emas, faqatgina koʻziga kim koʻrinsa oʻsha odamga gapirib ketaveradi kimlardir menga oʻxshab uni koʻrmagalikka olishadi, kimlardir esa unga javob qaytarishadi yana kimlardir esa uni mazax qilib ustidan kulishdi. Shunday boʻlsa ham baribir telbalardan qoʻrqaman.
Bir amallab koʻchadan ham chiqib olgan qizi qoʻrquvi pasayib borardi. Choʻntagidan telefonini olib soatga nazar tashlagan qiz kech qolmaganligiga ishonch hosil qilar ekan, tezroq uyga borib kechki ovqat tayyorlash uchun qaygʻurardi.
.
.
.
Kampaniyada ish tugashiga ham 1soatlar qolgandi. Oʻz honasida hamma ishlarini yakunlaganiga yana bir bor amin boʻlgan yigit, ish stuliga bor ogʻirligini tashlab peshonasini silarkan, eshikning taqillashi diqqatini tortdi.
Tae: Kiring
Yonjun: Janob, uni topdik, ammo bir muammo bor. Uni yaqinlari bor ekan. Ular bunga koʻnisharmikan.
Teahyung Yonjunni gapini eshitib huddi yosh bolaga oʻxshab ich-ichidan sevinib ketdi. Lekin hamon oʻsha jiddiylikni yoʻqotmadi. Chunki u kampaniya direktori
Tae: Ularni oʻzim koʻndiraman.

Deyarli bir soatlarcha piyoda yurib kelgan qiz uyiga kirishi bilan oyisi uni kutib oldi.
Junhini oyisi: Qizalogʻim keldingmi, charchab ham qolgandirsana. Qoʻngʻiroq qilganingda dadangni oʻzi seni olib kelardi.
Oyisini gaplarini eshitarkan oyoq kiyimini yechib
Junhi: Hechqisi yoʻq. Uni ustiga piyoda yurganim menga foyda boʻldi. Ha aytgancha dadamni oʻzlari qayerda.
Junhini oyisi: Dadang buvinglarnikiga ketgandi. Hali jiyaning Lili bilan boʻlib ovqat tayyorlashga ham vaqtim ham boʻlmadi
Junhi: Hozir oʻzim hammasini tayyorlayman siz bemalol dam olavering
Junhini oyisi: Yaxshiyam borsan qizalogʻim boʻlmasa nima qilardima.
.
.
.
Kiyimlarini tezda almashtirib chiqqan qiz oshxonaga kirarkan har doimgidek qiladigan 1-ishi idishlarni yuvish boʻldi. Ovqatni ham tayyorlab hamma ishlarini qilib boʻlganidan soʻng, birozga darslarini qilish uchun honasiga kirmoqchi boʻlgan qizni akasi chaqirdi.
Jimin: Junhi qalysan
Junhi: Yaxshi
Jimin: Hamma ishlarni qilib boʻlgan boʻlsang Lilini bir ikkita kir kiyimlari bor
edi oʻshalarni yuvib qoʻyarsana
Junhi: Kir mashinasi bor-ku oʻshanga oʻziz solib yuvsangiz boʻlmaydimi meni darslarim bor edi
Jimin: BU QANAQA MUOMALA BOʻLDI. NIMA SEN MENGA GAP QAYTARADIGAN BOʻLIB QOLDINGMI YOKI YANA BOSHIDAN SENI TARBIYALAB QOʻYAYMI!?

.
.
.
davomi bor...