May 2, 2025

BOTQOQ NILUFARI...

1-qism

Olis - olis jahonda,
Juda qadim zamonda,
Bor ekan bir shahzoda,
Tengi yoʻqdir olamda.
Zulmat qasrida tanho
Yashardi u beshafqat
Hech kimga qilmas rahm
Faqat oʻzidir aʼlo...

.
.
.

Juda qadim zamonlarda ikki qarama-qarshi saltanat mavjud edi.
Biri – Luxoria, yorugʻlikdan bunyod bo‘lgan, yuksak osmonlarda suzuvchi nur mamlakati.

Ikkinchisi – Tenebris, zulmat va sukunatga cho‘kkan sirli, qalin botqoqlar bilan o‘ralgan qorongʻu qasrlar diyoridir.

Luxoria malikasi — Sena — farishtalar avlodidan bo‘lib, nurli qanotlari, oqsochli jilvasi, pokiza qalbi bilan maʼlum edi. Uning yuragida rahm, bagʻrikenglik va sevgi singan, lekin jasorati bilan farishtalarning eng buyugi hisoblanardi.

Uchuvchi saroyida yashagan Sena har tun osmonning tubsiz cheksizligiga termilib, botqoq tomonlardan esayotgan sovuq shamollarni sezardi. Har safar u tomonga qarasa, yuragida tushunib bo‘lmas g‘am va qiziqish uygʻonardi — goʻyo u yerda qandaydir boy berilgan haqiqat yashayotgandek edi...

Botqoqning yuragida esa Zulmat Qasri joylashgan bo‘lib, uning yagona hukmdori — Jungkook edi. U qudratli, sukutli va hech kimga yaqinlik qilmaydigan shoh edi. Taqdiri ogʻir edi — u yillar oldin qalbidan muhabbatni haydab chiqargan va hayotining yagona maqsadi abadiy kuch, so‘nmas hayot va zulmatni butkul hukmronlik qilishga aylangan edi.

Ammo bir afsona bor edi...

Sehrli Botqoq Nilufari — Lumiflora — deb ataluvchi gul faqatgina chin qalb egasi bo‘lgan nur malikasi muhabbati orqali ochilardi. Bu gulni qo‘lga kiritgan kishi abadiy sehrga ega bo‘ladi, o‘lim unga yetisholmaydi. Jungkook aynan shu sehrli gulni qo‘lga kiritmoqchi edi.

Shuning uchun u qasrining eng sirli sehrgarlarini chaqirib, Sena haqida hamma maʼlumotni to‘pladi. Farishtalarning malikasi... u yagona kalit edi.

Bir kun botqoq ustini to‘ldirgan qorong‘u tumandan iborat ulkan aravada Jungkook Luxoria tomon yo‘l oldi. Farishtalar uni ko‘rib larzaga tushdi. Ammo Sena qo‘rqmadi. U pastga, quyosh nurlari ostida yuruvchi, ammo qalbida hech qanday yorugʻlik yo‘qdek tuyulgan Jungkook bilan yuzma-yuz keldi.

Jk: Malika Sena - dedi u ovozi sovuq, ammo sirli joziba bilan.
Jk: Men senga taklif bilan keldim. Ikki dunyo — nur va zulmat — birlashishi kerak. Men bilan turmush qur, va men tinchlikni kafolatlayman.

Sena yuragida bir silkinish his qildi. Bunday qadam nafaqat Luxoria, balki butun dunyoga taʼsir qilishi mumkin edi. U bilmasdi — bu taklif ortida kuchga chanqoqlik yashirin edi.
Yorugʻlik ahlining koʻpchiligi bu turmushga rozi boʻlishmadi. Malikaga bunday qilmasligni, shu siz ham oʻzlari baxtli yashayotganliklarini aytishdi. Ammo malika Sena
Sena: Bilaman. Hammangiz bunga qarshisiz, biroq bu turmush bu sulh zulmat mamlakati boshqa bizga zulm qilmasliklari uchungina qilinyabdi. Buni hech qanday qoʻrqinchli tomoni yoʻq.
Sena: Men roziman— dedi, ovozida qatʼiylik va ichki sezgi uygʻun edi.
Ular Sehrli Koʻprikda, har ikki saltanat guvohligida turmush qurishdi.
Malika Sena Jungkook bilan birga uning zulmat qasriga yoʻl oldi.
Sena pov: Uning qasriga yetib keldim. Doim uni oʻz qasrimda uzoqdan kuzatganim uchunmi yoki nimadir gʻalati tuyilgani uchunmi bilmadim-u ammo oʻsha paytda hecham qoʻrquvni his qilmagandim. Biroq hozir negadir qoʻrib ketyabman. U yoʻl boʻyi bir soʻz ham gapirmadi. Men ham u singari indamay kelaverdim. Hozir esa shunchaki uning ortidan ergashib zinalardan qasrning eng yuqori xonasi tomon ketyabman. Jk eshikni ochib, boshni ichkariga kir degandek silkitdi. Men ham ichkariga kirarkanman u ortimdan kirib eshikni yopdi va qulflab kalitni menga koʻrsatdi. Endi qoʻrquvim borgan sari oshib bormoqda yuragim negadir notinch.
Jk: Nikohimiz qoidasiga koʻra sen menga oʻz saltanatingni berding va men uni rasman qiroli etib tayinlandim sen esa qirolichasi. Endi ikkalamiz Terebis va Luxoriya saltanati qirol va qirolichasimiz. Lekin haqiqiy hukmdor menman.
Sena: Lekin siz menga boshqa narsa vaʼda qilgandingiz axir. Tinchlik va osoyishtalik, farovonlik va toʻkinlik bular bari yolgʻonmidi?
Jk: Nimalar deyapsan? Men hech qanday vaʼda bermadim. Shunchaki shunday boʻladi dedim. Demak endi hohlaganimni qila olaman.
Sena: Demak meni aldabsizda! Buning uchun hali javob berasiz.
Jungkook qizning gapidan gʻazablanib ketdi va yuziga zarb bilan tarsaki tushirdi. Sena yerga yiqilib tusharkan qoʻlini yuziga olib bordi. Jk qizga yaqinlashib tizzasida oʻtirgan holda koʻzlariga
Jk: Bilasanmi nega aynan seni tanladim.
Uning vajohatidan qoʻrqqan qiz qaltirab bosh irgʻadi.
Jk: Chunki seni mamlakatingdagi sehrga ega boʻlish uchun. Ammo bari oʻylaganimdek boʻlmadi. Chunki sehrga ega boʻlishim uchun bir birimizni sevishimiz kerak ekan. BU QANDAY LAʼNATI QONUN BOʻLDI.
Qiz uni baqirigʻidan battar qoʻrqa boshladi.
Jk: Senga uylandim ammo men bir iblis boʻlsam qanday qilib sevgi nimaligini xis qilaman. Ha aytgancha axir sen farishta boʻlsang buni his qila olasan.
Sena: A.ammo men majburan b.bu tuygʻuni his qila olmayman.
Jk: Buni hali koʻramiz.
Jk birdan qizga tashlanib zoʻrlik bilan boʻsa ola boshladi. Qiz qancha tipirchilab uni oʻzidan itarmasin foydasi boʻlmadi.
Jungkook boʻsani uzarkan hansirab qizga
Jk: Nima qilib boʻlsa ham Lumiflora ochilishi shart. Majburlab boʻlsa-da bu ish albatta sodir boʻladi.
.
.
.
davomi bor...
muallif: Junhi