Sokin musiqa
Suna o‘sha kuni kechqurun pianino yonida o‘tirgancha, notalar o‘rniga yurak og‘rig‘ini chalardi. Jimin unga haqiqatni aytgan bo‘lsa-da, yuragini quvvatlantiradigan oddiy tinchlik hali qaytmagan edi. Biroq u hali bilmasdi — bu sokinlik xuddi to‘fon oldidan chiqadigan jimlik edi.
Telefon jiringladi. Qariyb bir necha oydan beri ishlatilmayotgan raqamdan qo‘ng‘iroq kelayotgan edi. Suna qo‘rqa-pisa javob berdi.
— “Allo?”
Tovush past, ammo qat’iy edi.
— “Sen qaytib kelding, Suna. Va bu safar faqat raqs uchun emas. Jimin haqida hushyor bo‘l. U sen o‘ylaganchalik pok emas.”
Telefon uzildi. Yuragi shunchalik tez ura boshladiki, u o‘zini o‘rnida ushlab turolmay qoldi. Nega bu so‘zlar unga tanish tuyuldi? Nega bu ovoz... go‘yo o‘tmishdan chiqib kelganday?
Jimin esa yonginasida turgan Jin bilan uchrashuvda edi. Jin — nafaqat BTS a’zosi, balki yashirin mafiyaning tinchlantiruvchi, lekin eng xavfli tomonlaridan biri edi.
— “Suna hammasini bilishi mumkin,” — dedi Jin, kofesidan bir yudum olib.
— “Men unga ishonaman,” — dedi Jimin.
— “Ishonch seni bu o‘yinda yo‘q qiladi, Jimin. Uning otasi kimligini bilmasang, bu senga qimmatga tushadi.”
Jiminda bir soniya jimlik bo‘ldi. Haqiqatan ham, Suna o‘zini oddiy raqqosa deb tanishtirgan. Lekin u har doim ich-ichidan boshqa narsa borligini his qilgan.
Ertasi kuni kechqurun Jimin va Suna yana studiyada uchrashdi. Ammo bu safar havoda keskinlik bor edi. Jimin unga termuldi.
— “Sen hech o‘tmishing haqida o‘ylaysanmi?”
— “O‘ylayman. Ayniqsa bilmaganlarim haqida...”
— “Sening otang... u oddiy inson emasdi, Suna.”
Suna chuqur nafas oldi. Ichki titroqni bosishga harakat qildi.
— “Sen... nimani bilasan?”
Jimin unga bir fotosurat uzatdi. Suratda bir kishi — qora kostyumda, soyadek jiddiy... va uning qo‘lida bolaligida Suna.
— “Bu... bu menman...” — Suna lablari titrab, suratga qarab turdi.
— “U Koreya ostidagi eng yirik qurol sindikatining boshlig‘i bo‘lgan. Sen bu dunyodan chiqib ketmoqchi bo‘lganingda, uni ham orqangda tashlab ketgan eding.”
Suna boshini ushlab o‘tirdi. Yuragi faqat sevgiga sig‘adigandek tuyulgan edi. Endi esa, u bu yurakka sirlar, xavf, va ehtimol... xiyonat ham sig‘ishini bilardi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri nigohlar to‘qnashdi.
— “Men seni hali ham sevaman, Jimin. Lekin bilmayman, endi bu sevgi bizni qutqaradimi, yo yo‘q qiladimi.”
— “Men seni tanlayman, Suna. Hattoki butun mafiyani qarshi olishim kerak bo‘lsa ham.”
Va o‘sha kecha, Seul osmonda yana jimlik hukm surdi. Ammo bu jimlik... urush oldidan edi.
Tungi Seul. Shahar chiroqlari yaltiraydi, ammo yuraklar qorong‘ilikda. Studio bu safar bo‘m-bo‘sh. Faqat devorga suyanib, Jimin turibdi. U ko‘zlarini yumgancha, nafsoniyati bilan kurashyapti. Suna endi faqat sevgan qizi emas. U sirli imperiyaning, dunyoni titratgan mafiyaning vorisi.
U uni sevadi. Ammo sevgining narxi endi oddiy xatolik emas, hayot edi.
Suna esa Jin bilan yashirin ofisda. Jin unga uzoq tikildi, lekin mehrsiz emasdi.
— “Sen yillar davomida yashirinding. Endi bilasan: otang — Kang Hyun-woo. ‘Qora Koinot’ sindikatining asoschisi. U vafot etganida, butun tizim izlab yurgan voris yo‘qolgan edi.”
Suna yuragini ushlab o‘tirib qoldi. Bu haqiqat unga juda og‘ir tushdi.
— “Mening hayotim... yolg‘on bo‘lganmi?”
— “Yo‘q,” — Jin bir pas jim bo‘ldi, so‘ng davom etdi, — “Sen faqat boshqa haqiqatdan qochgan eding. Ammo bu endi imkonsiz.”
Ular joylashgan yer osti ofisining oynasi orqasidan o‘tayotgan qorong‘i mashinalar ko‘rindi. Suna tushundi — bu hayot tinchlik bilan emas, nazorat va kuch bilan yashaydi.
— “Menga nima kerak?” — so‘radi u past ovozda.
Jin jilmaydi:
— “Sen o‘zing tanlaysan: otangning o‘rnini egallaysanmi — yoki sevgini tanlab, bu olamdan abadiy qochasanmi?”
Jimin ularni kuzatib turgan edi. U Suna ketayotganini ko‘rdi, yuragi muzlab borayotgandek tuyuldi. U Jinga yaqinlashdi.
— “Sen uni tortyapsan,” — dedi Jimin g‘azab bilan.
Jin sovuq kuldi.
— “Yo‘q, Jimin. Men uni ogohlantiryapman. U seni tanlasa, u zaiflashadi. Bu dunyo esa zaiflikni kechirmaydi.”
Jimin jimgina javob berdi:
— “Agar sevgini zaiflik desang, demak hech qachon chin sevgan emassan.”
Suna tongda yana studiyaga qaytdi. Bu joy — u va Jiminni bog‘lagan yagona pok makon. U pianinoni ko‘rdi. Yaqinda yozilgan nota daftarining oxirgi sahifasida quyidagi satr bor edi:
“Sen mening kuyimsan, Suna. Ammo agar bu kuy urushga aylansa, men uni baribir chalaman — faqat sen uchun.”
Jimin orqasida turgan edi. U sekin gap boshladi:
— “Men bilaman, sen kimligingni anglab bo‘lding. Ammo men sendan biror narsa so‘rashga haqqim yo‘q... lekin so‘rayman.”
U yaqinlashdi. Nigohlar to‘qnashdi.
— “Qol. Men bilan qol. Mafiyani emas, sevgini tanla. Biz qochamiz. Butunlay. Musiqa bilan yashaymiz. Urushsiz. Qurolsiz.”
Suna unga uzoq qarab qoldi. Ichida ikki kuch urishyapti: biri sevgisi, biri qonidan oqqan qudrat.
— “Agar men bu hayotdan qochsam, meni hech qachon topmasliklariga kafolat bormi?”
Jimin uning yuzini ushladi.
— “Yo‘q. Lekin seni topganlarida, men sening yoningda bo‘laman. Bu esa farq qiladi.”
Ammo ularning rejasi uzoqqa bormadi.
Ertasi kechqurun, Jimin va Suna shahardan chiqayotganlarida, qora mashinalar ularni o‘rab oldi. Bu Jin emas edi. Bu otasining eski raqibi — Seo Min-taek, endi imperiyani egallamoqchi bo‘lgan shafqatsiz mafiya boshi edi.
— “Men vorisni izlab topdim,” — dedi u Suna tomon yurarkan. — “U bizning kuchimizni tiklaydi. Sen esa, Jimin... yo‘q bo‘lasan.”
Jimin Suna oldiga o‘tdi.
— “Agar u kerak bo‘lsa, meni o‘ldirish kerak bo‘ladi.”
Min-taek jilmaydi.
— “Shuni xohlagan edim.”
Ammo shu payt... jin urgancha mashina orqasidan Jin chiqdi. Qurolli odamlar darhol to‘xtadi. Jinning qudrati hanuz bu to‘qnashuvni nazorat qilardi.
— “Hech kimga tegmang,” — dedi Jin sovuqqina. — “Suna tanlov qildi. Endi uni hurmat qiling.”
Min-taek bir zum sukut saqladi. So‘ng u qurollarini tushirdi.
— “Demak, o‘yin tugadi. Ammo unutmang — kimdir yuragini tanlagan bo‘lsa, boshqasi qurolini tanlaydi. Oxirgi urush hali oldinda.”
Jimin va Suna turgan joyida nafas ololmay qoldi.
O‘sha kechasi, ular pianino oldida yana bir bor uchrashdi. Bu safar Suna boshladi:
— “Men seni tanladim, Jimin. Men sevgini tanladim. Ammo men kimligimni ham inkor eta olmayman. Bu faqat boshlanishi.”
Jimin boshini qimirlatdi.
— “Unda musiqamizni jangga aylantiramiz. Har notada, har kuylovda — biz sevgini himoya qilamiz.”
Shahar yana jim edi. Ammo bu safar jimlik — qo‘rqinch emasdi.
Bu sokin musiqa edi. Yuraklar kurashini, sevgi uchun qilinayotgan fidoiy jangni kuylayotgan musiqa.