June 5, 2025

My unfulfilled love💔

Oxirgi to‘qnashuv —

Qorong‘i libosdagi ayol sekin yurib hovli ichiga kirdi. Tan, Luna, Daniel, Yunmi — barchaning nigohi unga qadalgan edi. Musiqa to‘xtadi. Mehmonlar hayrat va xavotir aralash sukunatga cho‘mdi.

Ayol asta sharfini yechdi.

Tan bir necha qadam oldinga chiqdi.

Tan (hayrat va hafsalasi pir bo‘lgan holda):
— Bu... Bora?..

Ayol boshini ko‘tardi. Bu haqiqatan ham Bora edi. Ammo endi uning nigohida o‘sha quvnoq, samimiy qiz emas — sovuqlik, nafrat, va hisob-kitob bor edi.

Bora (qattiq ohangda):
— Ko‘rdinglarmi? Men qaytdim. Va bu safar... hech kim meni to‘xtata olmaydi.

Luna (past ovozda, Tan orqasidan):
— Bu imkonsiz... U o‘lgan edi. Men o‘zim ko‘rganman...

Daniel (hushyorlik bilan, Yunmini himoya qilib):
— Nima qilmoqchisan, Bora?

Bora (kulib, sovuq):
— Oddiy. Endi men yolg‘on do‘st emasman. Meni o‘ynatishdi, ishonchimsiz qoldirishdi. Endi... men faqat o‘zim uchun yashayman. Bu uy... bu hayot... bu boylik — bugun menga tegishli bo‘ladi.

Tan (qattiqlashib):
— Biz senga ishonardik. Sen bizga eng yaqin do‘st eding!

Bora (g‘azab bilan):
— Do‘st?! Sizlarning do‘stligingiz menga faqat achinish, yolg‘on, yolg‘izlik olib keldi! Endi men hammasiga nuqta qo‘yaman!

U sumkasidan qurol chiqaradi va osmondan o‘q uzadi. Mehmonlar vahimada tarqaladi.

Luna (Tan tomon sakraydi):
— Tan! Yo‘q! U buni hazil qilmayapti!

Daniel (Yunmi va kichkina qizni orqaga olib ketarkan):
— U allaqachon chegaradan o‘tgan...

Bora sekin yurishda davom etadi. Qurol — Tan tomon yo‘naltirilgan.

Bora (ko‘zlari yoshli, ammo ovozi o‘tkir):
— Men senlarni yo‘q qilaman... Tan, bu boyliklar aslida meniki bo‘lishi kerak edi! Men sening bobongning vasiyatnomasini o‘qiganman... lekin u ham meni aldadi. Sen ham u kabi yolg‘onchi bo‘lding. Endi hammasi tugaydi!

Tan (sokin va qat’iy):
— Unda qil. Meni o‘ldir. Agar bu seni baxtli qilsa — qil. Lekin unutma: sen bizni emas, o‘zingni yo‘qotding, Bora.

Bora (qo‘llari titraydi):
— Jim bo‘l! Jim bo‘l dedim! Men endi u sodda, ishonuvchan qiz emasman!

Qurol tebranmoqda. Ammo Tan yurishda davom etadi.

Bora esa... ko‘z yoshlarini tutolmaydi.

Yunmi esa sekin, juda sekin... kichkina qizni orqasiga oladi. U xavfsizlik tugmasi tomon yura boshlaydi, lekin qo‘li hali tegmagan. Hech kim hali hech narsa qilmagan. Hamma jim. Yuraklar urmoqda.

To‘satdan Bora baqiradi:

Bora (hisobdan chiqqan ovozda):
— Nega sen doim baxt topding, Tan?! Nega men doim qorong‘ilikda qolishim kerak?! Nega hech kim meni SEVISHNI tanlamadi?!

BANG!