Cold husband
Name:cold husband 🧊
Janr:hot,dark romance and sexy
Artists:Namra and Hyunjin
Hyunjin va Namra boshqa boshqa xonalarda uxlashdi.Namra kechasi qattiq yigʻlaganligi uchun uygʻona olmadi. Hyunjin erta turib Namra uchun oʻz qoʻllari bilan nonushta tayyorladi.Unga chiroylik nafis koʻylak zakas qildi.U dasturxoni tayyorladi.Chiroylik qilib bogʻdan gullar uzdi(Namraga koʻk atirgul yoqar edi). Hyunjin hech qachon bunday romantik boʻlmagan edi,buni koʻrib xizmatchilar ham Hyunjin sekin borib Namrani uygʻotdi.
Hyunjin:Namra uygʻon.Kun allaqachon chiqdi.
Namra istar istamas koʻzlarini ochdi,boshi qattiq ogʻriyotgan. Koʻzlarini ocharkan tepasida turgan erkakni koʻrib qoʻrqib ketdi
Namra: bu yerda nima qilyapsan?
Hyunjin:seni nonushtaga olib chiqish uchun keldim. Tur
Namra:nega bunda inson a nega menga yaqinlashish uchun harakat qilasan ammo sovuq holatda? Bu holat qachongacha davom etadi ayt?
Hyunjin uni gaplarini eshitarkan yuragida qandaydir oʻzgarishni sezdi va Namraga indamay uni koʻtarib olib,oshxona tomon tusha boshladi.Namra esa bu holatda nimani xis qilayotganini tushunmadi.Unda oldin bunday holatlar boʻlmagan edi ammo bu unga yoqimli tuyuldi lekin Hyunjindan qoʻrqqani tufayli unga ishonchsiz toʻq jigarrang koʻzlari ila qarab turdi.Hyunjin uni koʻzidagi holatlarga tushunmadi ammo shu payt uni qaytadan sevib qoldi.
Namra: me men meni tushur iltimos
Hyunjin: nega nimadir boʻldimi?
Namra: kimdir koʻrib qolsa nima boʻladi? men bunday holatdan uyalaman.Keyin sen mendan ruxsat soʻramading.Boshqa bunda qilma
Hyunjin miyigʻida kulimsirab dedi: bizni kichkintoy katta boʻlib qolibdimi?
Namra pov: nega u meni doim kichkina,mittivoy yoki kichkintoy deydi? nega shunchalik kichkinamanmi? Toʻgʻri yoshim kichik boʻlishi mumkin lekin u meni boʻyimni ham nazarda tutyapti.Lekin nega uni koʻrganimda yuragim gʻalati tuygʻuni sezadi ham qoʻrquv ham quvonch ham qaygʻu ham tinchlik bu qanday tuygʻu tushunolmadim.Ota-onam hozir meni qayerdaligimni bilishmaydi ammo ular meni oʻqishda emasligimni bilib qolishsa nima boʻladi? Nafas ololmayapman.Qanday taqdir a bu? Nega doim meni qiynaydi a nega aybim nima?
Hyunjin: nimani bunchalik oʻylab qolding?
Namra: meni kichkintoy deb chaqirma axir men 18 yoshli qizman.Menga hurmat bilan muomila qilgin.
Hyunjin uni bu gaplaridan kulib yubordi va uni yerga qoʻyish oʻrniga,aylantira boshladi.
Namra: hooooyyy toʻxta hozir yiqilib tushamiz- deb kulib yubordi.U anchadan beri kulmayotgandi.
Hyunjin pov: uni kulish naqadar goʻzal.Kulganida yanada chiroyli boʻlib ketadi.To'xta agar u koʻchada ham shunday kulsa boshqa erkaklar uni sevib qolishi va unga erishishga harakat qilishi mumkin.Men bunga hech qachon yoʻl qoʻymayman.U meniki faqat meniki.Uni kulgulari, koʻz yoshlari, qaygʻusi,quvonchi,dardlari,tanasi hattoki butun hayoti menga tegishli.Uni hech kimga bermayman.
Hyunjin: sen juda ham maftunkorsan
Namra pov: nega u bunday dedi? yoki tuygʻularimni bilmoqchimi? nahotki u rostan ham meni sevsa.Yo'q yoʻq bunday emas sevgi bunday boʻlmaydi.Sevgi ishonch,hurmat, begʻuborlik, samimiyat bilan bogʻlanadigan tuygʻu.Lekin nega u menga bunday qaraydi? Uni tim qora koʻzlari juda ham goʻzal.To'xta men nima deyapman oʻzi.O'zingni qoʻlga ol Namra.U shunchaki senga qiziqadi va seni hurmat qilmaydigan, tuygʻularing bilan qiziqmaydigan inson.O'ylashni bas qil.
Namra: Raxmat iltimos endi meni tushur
Hyunjin uni stolga olib borib oʻtqazdi.Xizmatchilar ovqat olib kela boshlashdi.U yerdagi barcha ovqatlar Namrani sevgan taomlari edi.Namra bularni koʻrib hayratda qoldi chunki u uchun hali hech bir erkak bunday qilmagan yani u haqida bu darajada bilmagan edi.Namra Hyunjinga iliqlik seza boshladi.Birdaniga uni oldiga bir xizmatchi kelib koʻk atirguldan yasalgan katta buket berdi.Namra buni koʻrib hayron qoldi.
U bilan koʻrishmoqchi boʻlgan yigitlar doim unga qizil atirgul olib kelishardi ammo Namraga bu yoqmasdi.
Hyunjin: mendan boshqa erkak senga gul bera olmaydi chunki bunga men yoʻl qoʻymayman.Bu gullar senga yoqadi shuning uchun bular senga.
Namra juda ham hursand: Raxmat Hyunjin
Hyunjin qotib qoldi chunki u Namradan endigina ismini aytganini eshitdi.