May 4, 2025

Lost happiness🤍 Ep3

"Vaqt eng yaxshi davolovchi...faqat sabr qilishni unutmang"

Avtor pov:

Y/n endi kasalxona palatasida. Ko‘zlari ochiq, ammo tanasi hali ham zaif. Shifokorlar uni tirik qolganiga hayron edi — og‘ir qiynoq, og‘riq, dehidrasiya va urinishlarga qaramay u kuch topa oldi.

Ammo Y/n o‘zini tanasidan ko‘ra ko‘proq — qalbida og‘riq sezardi. Chunki... u qaytib keldi, ammo... qaysi holatda?

---
Y/n pov:

Duv-duv yuragimni eshitaman. Qon quyilgan qismim — endi yuragimning ichida.
Jeykey palataga kirgani on — havoni yutib yutqindim. Qayta ko‘rganimga xursandman.
Ammo... ko‘zlarida boshqa bir narsa bor edi.

U mening yonimga o'tirdi. Odatdagidan jiddiyroq. Ko‘zlarimga tik qaradi.

Jk: Y/n... senga bir haqiqatni aytishim kerak.

Y/n: Ha, ayting... men eshitishga tayyorman

U bir lahza jim turdi. Keyin chuqur nafas olib gapni boshladi.

Jk: Sen yo‘q bo‘lgan kunlarda men Nari ismli qiz bilan tanishdim. U... hayotimni chalg‘itdi. Men... uni sevadigandek bo‘ldim

Y/n pov:

O‘sha so‘zlar yuragimni yorib o‘tdi. Ammo men — bodyguardman. Ko‘z yoshimni yutdim. Yuzimda jilmayish.

Y/n: Tabriklayman, Jeykey. Baxtli bo'ling siz uchun hursandman...

Jk:Rostdanmi hursandga o'xshamaysan

Y/n:Albatta hursandman shunchaki biroz boshim og'riyapti

Ichimda esa: Men sening baxting bo‘lolmadimmi? degan savol jimgina o‘ralgan edi.


Avtor pov:

Y/n o‘zini tutdi. Ammo Nari haqida hech kim bilmaydigan haqiqat... bu hali boshlanishi edi.

Nari — Seo Minjae bilan aloqador edi.

U Seo Minjaening xotirjam, jim bo‘lib o‘tirgan yordamchisi, aslida Jungkookga yondashib, uni ichkaridan yemirish uchun yuborilgan “psixologik qurol” edi.

Nari

Oradan bir hafta o‘tadi.

Y/n kasalxonadan chiqadi. Ammo hali kuchsiz. U o‘zini kuchaytirishga urinadi. Mashg‘ulotlar, terapiya, ichki intizom.

Ammo yuragidagi savol — tinch qo‘ymaydi:
“Nari aslida kim?”

Shu o'ylar bilan Jungkookni ofisiga yetib keldi va uni xonasiga kirdi avvallari ko'zlarida quvonch, o'ziga bo'lgan ishonch qalqib turgan kuchli bodyguard qiz Y/n bugun unday emas edi uni ko'zida g'amginlik qayg'u alam bor edi

Y/n pov:

O'z sevgan insoningni boshqasini sevib qolganini eshitish bu juda og'ir...men hech qachon o'ylamagan edim kun kelib Jeykeyni boshqa qizni sevib qoladi deb...yo'q yo'q Y/n uni sevishga haqqi bor sen uni shunchaki shaxsiy qo'riqchisisan bundan boshqasi emas aqlingni yeg' ahmoq qiz deya yuzlariga ohista urib qo'ydi

Xonaga kirar ekan Jungkook ish stolida nimalarnidir hal qilayotgan edi

Y/n:Hayrli kun janob Jeon
Jk: Kel kasalxonadan qachon chiqding
Y/n:Hozirgina chiqdim ruhsat bersangiz ishimni boshlasam
Jk:Nega habar bermading chiqishing haqida men mashina yuborar edim
Y/n:Shunchaki sizni bandsiz deb o'yladim bezovta qilgim kelmadi
Jk:Bu nima deganing men to'g'ri bandman lekin sen uchun vaqt topgan bo'lar edim
Y/n:Manzur tuting...men endi ishimni boshlay qolaman
Jk:Yaxshi lekin o'zingni ehtiyot qil

Y/n tazim qilib kabinadan chiqdi va odatdagidek ishini boshladi

Jungkook pov:

Y/n negadir bugun boshqacha doim uni ko'zlaridan quvonch mehr sezilib turar edi unga nima bo'ldi...balki hozir u kasal ekanligi uchun shundaydir...men avval uni bunday holatda ko'rmagan edim


Shu hayollarni o'ylab Jungkook ofis oynasidan shaharga tikilib turardi asta kabina eshigi ochildi va Nari kirib keldi

[*Ma'lumot*]

("Nari va Jungkook allaqachon munosabat o'rnatib bo'lishgan")

Nari:Salom Jungkook ahvolingiz qanday
Jk:Kel Nari men yaxshiman o'zing qandaysan
Nari:Men yaxshiman ammo sizni sog'indim azizim
Jk:Azizim dedingmi?
Nari:Ha albatta azizim dedim nega hayratlanayapsiz
Jk:Shunchaki meni munosabat o'rnatganimizdan beri bunday chaqirmagan eding
Nari:Sevgilim endi sizni ko'proq shunday chaqiraman
Jk:Roziman sevgilim


Bir biriga tabassum bilan qarab shirin so'zlar aytayotgan Nari esa Jungkookni yoqasini silayotgan payt xonaga to'satdan Y/n kirib keldi

Y/n:M..ming bor uzur....janob men band ekaningizni bilmagan edim
Jk:Hammasi joyida Y/n..ha aytgancha tanish bu Nari
Nari sen ham tanish bu mening shaxsiy qo'riqchim Y/n

Nari:Tanishganimdan hursandman Y/n xonim
Y/n:Men ham hursandman Nari xonim

Qo'l berib salomlashishdi

Jk:Ho'sh qanday ishing bor edi Y/n?
Y/n:Ishim..hozircha muhim emas yaxshisi birozdan so'ng kelaman
Jk:Yaxshi kelaver

Y/n bosh irg'ab tazim qilib chiqib ketdi va to'g'ri yuvinish xonasiga bordi ko'zlaridan marjondek yosh chiqa boshladi

Y/n

Y/n pov:

Nega....nima uchun...men qanday xato qilganim uchun bunday azoblanyapman...avvaliga bodyguardda azob chekgan edim...bular yetmagandek endi hayot meni sevgim bilan sinamoqda...nega uni xonasiga kirdim..nega uni Nari bilan turganini ko'rdim....tinchgina ishimni qilsam bo'lmasmidi....

Shu so'zlarni aytib oynada o'zi bilan gaplashib yeg'lar edi

Y/n pov:

Yo'q bo'ldi bas...men kuchli bo'lishim kerak...men bodyguardman...men sevib qolishim mumkin emas meni vazifam boshqa o'zimni qo'lga olishim kerak....

Deya yuzini yuvib ish joyiga qaytdi


Barcha ish yaxshi ketayotgan edi kech tushdi

Y/n tasodifan Jungkook ofisida Nari bilan bo‘lgan suhbatni yashirin kamerada ko‘radi. Va Nari — telefon orqali kim bilandir gaplashmoqda:

Nari:Men uning ishonchini qozondim. Tez orada unga qo‘l ostidan zarba beraman. U biznesni menga ishonib topshirmoqchi... Seo Minjaega salom ayting....

Y/n yuragi titradi. Bu — xiyonat edi.

Ammo Y/n buni darhol Jungkookka aytolmadi. Chunki... u hozir unga ishonmaydi.
U Nari bilan oshufta. Va agar hozir aytsa — yana o‘zi yomon bo‘lib chiqadi.

Y/n pov:

Men jimman. Ammo yuragimda portlash tayyor.
Men uni yo‘qotdim... lekin men uni dushmandan yo‘qotishni istamayman.

Men uni — o‘zim yo‘qotishga tayyorman, lekin... dushmanga berishga emas!

Mana epizod3 ni ham tugatib oldik😁❤️

Umid qilamangki bu qism sizga yoqdi🥹❤️‍🩹

Komenrtariyada fikrlarini yozishni unutmela bu man uchun judayam muhim🥲❤️‍🔥