Twins ep1
“Hayot kutilmagan syurprizlarga boy...buni bir kun anglab yetamiz"
Erta tong. Havo sovuq. Yuragim esa undan ham sovuqroq. Bugun hayotimdagi eng qo‘rqinchli kunlardan biri. Yelkama bosilgan yukni na ayta olaman, na unutaman.
Meni ismim Sera. So‘nggi kunlarda hech narsa ko‘nglimga yoqmayapti. Opam Suna to‘y arafasida qochib ketdi. U uch yillik sevgilisi Jungkook bilan turmush qurishi kerak edi. Nega ketdi, sababi hali ham qorong‘u.
Yomon tomoni — men opam bilan bir tomchi suvdek o‘xshashman. Endi otam uni o‘rniga meni unga turmushga bermoqchi. Agar Jin men Miso emasligimni bilib qolsa, nima bo‘ladi?
--
Aslida men boshqasini sevaman. Jimin ismli yigitni. U bilan orzu qilgan kelajagim bor edi. Ammo taqdir boshqacha sahifani ochdi...
Otasi :Qizalogʻim uygʻondinmi
Sera :Labay dadajon
Otasi:Sera uygʻondingmi
Sera:Ha Dadajon
Otasi :Meni kechir qizim meni boshqa yoʻlim yoq janob JIN dan katta qarzim bor agar u opangni qochib ketganini bilsa yanada qarzga botamiz farishtam
Sera:Dadajon men tushundim men Miso emasligimni sezdirmaslika harakat qilaman.
Siz uchun lekin opamni kechiraolmayman meni havf-hatar oʻyiniga tashlab ketdilar
Otasi jeon:Qizim opangni qochganini sababi bo'lsa kerak unday dema nima bo'lganda ham u sening opang
Sera:Ha balkim....
Ichimda esa tugun bo‘lib yotgan fikrlar bor:
Dadamga ayta olmayman... Ammo yuragimda olov yonmoqda. Sevganim boshqa, lekin turmushga chiqayotganim — begona inson. Men tanimagan, qattiq qo‘l, sovuq ko‘z egasiga...
Sera hayollari bilan band bo'lgan payt uning hayolini otasining so'zlari buzdi
Otasi JEON :Yaxshi unda nonushtaga tusha qol qizim
Sera:Hop dadajon men hozir tushaman .
Miso pov:
— tong ham otdi
Bu kun men uchun uzoq boʻladimi deyman .
Ertaga toʻyim men oʻsha mafia zolim insonga Umir yoldosh bolaman lekin bundan oʻzim qoʻrqib ketyapman buni oʻylab koʻzimga uyqu ham kelmayapti
— dadajonim, mening farishta singlim, sizlarga qanday tushuntiraman .
Men qochmadim lekin majbur boʻldim men yashirincha ketmasam
Mafia boshligʻi Jiminga singlimni topshira olmayman hayotini zimistonga aylanishini hohlamayman....
Dadajon, Seram meni kechiringlar bu ishni ataylab qilmadim
Agar men bu mafia boshligʻiga yashirincha turmushga chiqmasam bu otamni seni oʻldirishi mumkun
Sera men senga bunday yovuzni hayotinga kirishini hohlamayman bu
Qorongʻu tubi yoq yorugʻlikka ishonch yo'q narsalar hayotingni buzmasligi kerak
Jin seni ardoqlaydi u yaxshi inson Sera men sendan koʻnglim to'q
Ertaga sen ham men ham turmushga chiqamiz lekin sen buni bilmaysan
Bu qorongʻu honada ekanman bu tubsizlikdan bir kun yuqoriga chiqishimga yorugʻ kunlarga albatta erishishimga ishonaman bu hom hayol bo'lsada....
Eshik ochildi
Yuragim haqirib urayapti men qoʻrqayapman
JiminSalom Sera
Sera deydimi u meni singlim deb oʻylayapti
Miso:Sizga ham salom...janob rostini aytsam boshim biroz og'riyapti
Jimin:Janob deysanmi Hoy nima boʻldi sevgilim bir yildan beri men ancha harakat qildim endi turmush quramiz janob deb meni hech atamaganding men bu soʻzga oʻrgana olmasam kerak
Miso:Ha shunday deng men biroz chalkashib ketdim balki bu boshim og'riyotganidandir..
Jimin:Sera hoy jinni qiz hotirang ketib qoldimi meni qoʻrqitma
Miso:Yo'q men yaxshiman uzur
Jimin:Ha mayli
Hudoyim u Serani sevgilisi ekanda...lekin Sera nima uchun buni menga aytmagan
Bu uni koʻzlari va bu yuzlari gapirish ohanglari judayam qoʻrqinchli edi men juda qoʻrqyapman. U meni Sera emasligimni bilmasligi kerak bo'lmasa u butun oilamizni qirib tashlaydi u juda qattiq qo'l mafia
Singlim u ni qanday yoqtirgan hayronman .
Uni koʻrsam qaltirayapman hudoyim.....
Sera va uning otasi nonushta qilib o'tirishgandi birdan Sera gap boshladi
Sera:Dadajon men kompaniyaga borib kelishim kerak agar ruhsat bersangiz
Otasi Jeon:Hop mayli ehtiyot bo'l
Aytgancha nega u yerga ketyapsan?
Sera:Bir tanishimni koʻrgani
Mayli dadajon men ketdim
Sera otasining yuzidan o'pib narsalarini olib chiqib ketdi
Sera kompaniyaga yetib keldi..ko'zlari faqat bir insonni izlar edi...U inson jonidan ham ortiq sevgani Jimin edi....nihoyat uni topdi
Sera
Salom Jimin men keldim yaxshimsiz qahva ustida gaplashib olaylik
Jimin:Nima haqida Sera men seni sogʻingandim seni kelishingni yuragim sezgandi...
Sera:Ha men ham seni sogʻindim
Sizga turmushga chiqayotganimni qanday aytaman agar bilib qolsangiz u bolani topib oʻldirib yuborasizku Buni ayta olmayman...meni kechiring Jimin...
Jimin:Sevgilim nega oʻylanib qolding nima boʻldi yoki biror muammo bormi
Sera:Hech qanday muammo yo'q shunchaki oʻzim...
Jimin pov:
Nega u bugun boshqacha uyda boshqacha edi uni ustiga boshi oʻgʻriyotgan edi hozir unaqaga oʻxshamaydi
Sera:Jimin nima boʻldi nimalarni oʻylayapsiz
Jimin:Senida sevgilim..yengil burniga chertib gapirdi
U nimani oʻylayapti begunoh inson oʻlishi kerak emas men unga sezdirmasligim kerak....
Sera:Jimin men sizni koʻrdim va endi ketishim kerak ishlarim bor edi .
Jimin:Shunchaki koʻrishga keldingmi?
Sera:Ha sizni judayam sog'ingandim..
Jimin:Mayli sevgilim yaxshi bor... Dori ichib ol oʻgʻriq oʻtar balki
Sera:Qanday bosh ogʻriq...?
Ha mayli u meni boshim ogʻriyapti deb oʻylayapti bu tezroq ketishimga imkon...
Sera:Hop Jimin Yaxshi qoling o'zingizni ehtiyot qiling sizni sevaman....
—kech ham tushib qoldi ertaga toʻyim lekin bu oʻzimga qiziq emas ko'nglim bo'lmagan inson bilan birga yashash...buni tasavvur qilishim qiyin...
Ovqat ham oʻtmayapti .
Jin qanday inson oʻzi...?
U bilan Jimin to'qnash kelishini hohlamayman
Jimin hech narsaga qarab oʻtirmaydi .
Uni qiynab oʻldirib yuboradi u juda havfli u bilan yoʻlimiz qayta kesishmaydi degan umiddaman...
Jeon:Qizim keldingmi ancha kechga qolding tushlik ham qilmay ketganding
Kiyimingni alishtirib pastga tush
Sera:Hop dadajon hozir tushaman
—men pastga tushar ekanman
Dadajonim ovqatlarni tayorlab qoʻygandilar va men ishtaham bo'lmasada ovqatlana boshladim
Sera va otasi birga ovqatlanishdi
Lekin Sera ko'p ovqat yemasdi u otasiga yuzlanib
Sera:Dadajon men to'ydim...xonamga chiqmoqchi edim dam olmoqchiman...ahir ertaga to'yim...
Jeon:Albatta qizalog'im xonanga chiq damingni olaqol biroz o'zinga kelasan
Sera:Hayrli tun dada
Jeon:Senga ham farishtam
Sera zinalardan ko'tarilib xonasiga chiqdi va karavotiga o'zini tashladi bir muddat xonasining shiftiga qarab nimalarnidir o'ylab yotdi
Jimin:Sera uydamisan
Miso:Ha sevgilim uydaman namuncha kech qoldingiz vaqt allamahal bo'ldi ahir
Jimin:Senga nima bo'ldi ahir bugun meni kompaniyaga ko'rish uchun keldingku nega yana o'zgarib qolayapsan?
Ahh endi barchasi tushunarli..demak bugun Sera uni ko'rishga kelgan
Shu hayollar bilan band Miso Jiminni gaplarini eshitmadi
Jimin:Sera...Sera meni eshitmayapsanmi senga nima bo'lyapti
Miso:Yo'q eshityapman
Jimin:Kel bir narsani sinab ko'ramiz yaqin kel
Miso ikki qadam yaqin kelib
Miso:Shu masofa yetarli menimcha
Jimin:Sera senga nima bo'lyapti avvalari hech bunday demagan eding
Miso:Aa..ha sevgilim meni kechiring deyishi bilan Jimin uni lablariga labini bosdi
Men ohirgi so'zlarimni tugatganimni bilaman labimda issiqlik his qildim..ha bu Jimin edi u mendan bo'sa olardi...men uni turtib yubora olmasdim agar shunday qilsam u mendan shubhalanar edi...men o'zimni tutishga harakat qildim nechadir daqiqadan so'ng u meni lablarimni tinch qo'ydi
Miso:Jimin bu ishga hali erta emasmi ahir ertaga to'yimiz...to'yimiz tugaganidan so'ng qilinadigan ish bu...
Jimin:Sen hayajondasan
Senga nima boʻldi muzlab qoldin seni birinchi bo'sangni olganmanku oʻshanda ham Shunday bo'lgandin
Sen bilan koʻp bor bu ishdi qildik nega bugun seskanyapsan huddi birinchi bo'sadek?
Miso:Bu siz oʻylaganday emas
Uyingizga ketsangiz. Men ancha charchagan edim Jimin ertaga to'yimiz ahir
Jimin:Mayli sevgilim seni buguncha tinch qo'yaman ammo ertaga...ayyorona kulib qo'ydi
Uni ohangi biroz gʻalati edi unga nima boʻldi nega u seskandi nega u qo'rqib shoshib qoldi
Bu yerda bir gap bor albatta buni tagiga yetaman
U ancha boshqacha avval unday emasdi yoki oʻzgardimikin hayronman.. nima boʻldi nega u seskandi nega u qo'rqib shoshi qoldi...?
Qorongʻu ham tushdi
Bu tun men uchun uzoq boʻladimi deyman....
Ertaga meni qanday kunlar kutmoqda bilmayman.....
bugun udaladim ertaga to'y tugagandan keyin meni shavqatsiz kunlar kutyapti
Yuragim shunday qoʻrquvdaki taʼriflashga soʻz yoq .
Uni bir amallab bugun ketkazdim ertaga bo'lsa u bilan bir honada qolaman uni ketkaza olmayman ham
Singlim dadam uchun bunga chidayman 🥹😭