May 23, 2025

Lost happiness🤍 ep8

"Baxtli bo'lish uchun boylik emas...tinch qalb kerak"

O'tgan qismda:

Qo'lida homiladorlik to'g'risidagi varaqalarni Jungkookga ko'rsatar ekan Nari Jungkookni reaksiyasini kutar edi

Jk:Nari azizam meni hursand qilding
Nari:Men ham hursandman ahir biz yaqinda ota-ona bo'lamiz

Jungkook Narini bag'riga bosdi va peshonasidan o'pib qo'ydi..

Ularni devan ustida o'tirgancha kuzatayotgan Y/n ichidan nimadir uzulguday bo'ldi

Y/n:Jungkook...tabriklayman siz uchun juda ham hursandman

Jungkook asta nigohini Naridan olib Y/n ga qaradi

Jk:Raxmat Y/n men ham juda hursandman bu yangilikni hech kutmagan edim deya Narini bag'riga bosib

Jk:Mayli sen damingni ol men kompaniyaga borishim kerak Nari sen ham yur
Nari:Azizim siz chiqib turavering men Y/n honimni ahvolini so'rab biroz suhbatlashmoqchiman tez chiqaman ortingizdan
Jk:Mayli faqat tezroq chiq deya xonani tark etdi

Jungkook xonani tark etishi bilan Nari Y/n yotgan yotoq ustiga o'tirdi va Y/n ga qarab

Nari:Minjaedan osonlikcha qutulaman deb o'ylama Y/n deya pichirladi
Y/n:Nari qachongacha Jungkookni aldab yurmoqchisan
Nari:Minjae qasos olib bo'lgandan so'ng
Y/n:Ko'rasan asl yuzingni bir kun ochaman
Nari:Sen asl yuzimni ochsang ham Jungkook endi senga ishonmaydi chunki endi men homladorman deya qornini siladi
Y/n:Qorningdagi begunoh bolaga rahmim kelyapti chunki uni sendek onasi bo'ladi
Nari:Y/n sen uddalay olmagan ishni men bir martadayoq uddaladim
Y/n: Xonadan chiq Nari
Nari: Voy voy xonimchani koʼngli ogʼrib qoldimi...Hali boshinga shunday kunlarni solaman Minjaega qarshi chiqganing uchun javob berasan deya xonadan chiqib ketdi

Nari chiqishi bilan yostiqni eshik tomon otgan Y/n ni ikki qoʼli bilan quloqlarini berkitib yegʼlay boshladi

Y/n pov:

Negaaa...negaa...nima uchun...Nega men bunchalik baxtsizman...Otajon onajon sizni yoningizga ketgim kelyapti...

Shu zaylda kunlar oʼta boshladi Y/n muolajalarni olgisi kelmas edi

*Skiptime*

Oradan 2hafta oʼtdi

Erta tong

Bugungi kun ham boshlandi Y/n ham ikki hafta muolajalar olib ancha o'ziga kelib qolgan edi

Maxsus bodyguard formasini kiydida asta xonasidan yurib chiqa boshladi

Zinadan tushayotgan Jungkook Y/n ni ko'rib hayratda edi

Jk:Y/n sen qayerga ketyapsan
Y/n:Ishga ahir men sizning bodyguardingizman
Jk:Ha bilaman lekin sen davolanishing kerak
Y/n:Menda hammasi joyida ishlashim mumkin
Jk:Ammo... gapini tugatmasidan
Y/n:Men o'zimni juda yaxshi his qilyapman
Jk:Yaxshi faqat ko'p ishlamaysan
Y/n:Tushundim janob Jeon

Uydan chiqib ishxonaga yetib kelishdi

*Jeon kompaniyasi*

Kompaniyaga kirishlari bilan Jungkook va Y/n ni yordamchi Wonhoo kutib oldi

Wonhoo:Hayrli tong janob
Jk:senga ham
Wonhoo:Janob ertalabda kayfiyatingizni tushurmoqchi emasman lekin....
Jk:Nima lekin nimadir bo'ldimi
Wonhoo:Janob ikki yirik bank kartalaringizdagi pullar yechib olingan va yashirin bazangiz ham Minjaega oshkor etilgan
Jk:NIMA DEDING...nimalar deyapsan aqlingni yedingmi kartalarni qo'yib turaylik ammo yashirin baza uni hech kim bilmas edi-ku ahir

Shu payt kompaniyaga Nari kirib keldi va to'g'ri Jungkookni yoniga bordi uning yuzidan qisqa bo'sa oldi va unga qarab

Nari:Jungkook siz bilan va Y/n haqida gaplashib olishimiz kerak

Jungkook nigohini Y/n tomon yo'naltirdi

Jk:Nari tinchlikmi
Nari:Xonangizga kirganda bilib olasiz azizim

Jungkook Y/n ni xonasiga chaqirtirdi va o'zi ham Nari bilan xonaga kirdi

Y/n:Janob Jeon chaqirtirgan ekansiz

Jk:Ha Y/n kel chaqirtirgan edim deya Nariga qaradi

Nari ayyorona jilmayib gap boshladi..

Nari:Jungkook yashirin bazangizni kim Minjaega sotib berganini bilasizmi
Jk:Yo'q ho'sh bunga Y/n ning nima daxli bor
Nari:Yashirin bazani Minjaega Y/n aytgan

Y/n ning ko'zlari katta katta ochilib ketdi

Nari:Va bank kartalaringizni ham barchasini Y/n aytgan
Jk:Nimalar deyapsan Nari Y/n bunday qilolmaydi u bunday emas
Nari:Ishonmasangiz mana bularni ko'ring
Qo'lidagi fleshkalarni uzatdi

Video aslida montaj qilingan edi ammo haqiqiyga o'xshardi

Jungkook Y/n ga ikkilanish ko'zlari bilan qaradi

Jk:Shular rostmi Y/n

Y/n to'saddan bo'lgan ishlardan shok holatiga tushirib qo'ygandi

Y/n:Yo'q...bu...bu...

Nari atayin Jungkookni ishontirmoqchi bo'lib

Nari:Bu yerdagi videolarnu ko'rmayapsizmi yoki menga ishonmayapsizmi deya ayyorlik qila boshladi

Jk:Y/n rostmi deyapman deya stolga bir musht tushirdi

Y/n:Yo'q Jungkook bular yolg'on men sizni hech qachon sotmaganman sotmayman ham

Jk:Ammo bu videolarni qanday izohlamoqchisan

Y/n:Videolar montaj bo'lishi mumkin Jungkook

Oraga atayin Nari qo'shildi

Nari:Y/n xonim o'zingizni oqlamang bu yerdagi barchasi haqiqat

Jungkookni borgan sari g'azabi kela boshladi

Jk:Nari xonadan chiq

Nari: Nega azizim

Jk: Senga xonadan chiq dedim deya baqirdi

Nari esa Jungkookga oʼtli nigohi bilan qaradiyu xonadan sekin chiqib ketdi

Jk: Hammadan kutsam ham sendan kutmagan edim Y/n

Y/n: Jungkook yoʼq bular yolgʼon iltimos menga ishoning men sizni mana shu bir yil ichida sotmadim barcha sirlaringizni sir saqladim Jungkook

Jk: Y/n chiqib ket

Y/n: Iltimos meni eshiting

Jk: Arizangni yoz va ishdan boʼsha ortiq seni bu yerda koʼrishni istamayman

Y/n: Nahot menga ishonmasangiz

Jk: Xonadan chiq dedim senga oʼzimni bosib turibman Y/n tez chiqib ket

Y/n bu safar bir soʼz demadi uning tili aylanmay qoldi koʼzidan tomchilab koʼz yoshlari oqar ekan eshik tomon yoʼnalib sekin qadamlar bilan xonadan chiqib ketdi ammo u chiqishidan avval Jungkookga qarab

Y/n: Oʼzingizni ehtiyot qiling Jungkook ayniqsa Naridan dediyu Jungkookni javobini kutmay xonadan chiqib ketdi

Kompaniyadan chiqar ekan koʼz yoshlari tinmas edi ichida esa

Y/n pov:

Barcha barchasidan charchadim....Nega doim men bilan shunday voqealar sodir boʼladi aybim nima meni...Avvaliga ota onam tashlab ketishgandi...Endi esa Jungkook ham yolgʼiz qoldirdi meni...

Shu oʼylar bilan yoʼlida ketar ekan toʼsaddan bir qizga urulib ketdi

Y/n: Kechirasiz men atayin qilmadim
Deya qizga yuzlanar ekan bu qiz unga begona emas edi

Liana 21 yosh Y/n ning bodyguard maktabidagi eng yaqin dugonasi

Liana: Y/n senmisan

Y/n: Ha Lianam menman

Dugonalar bir birini bagʼriga bosar ekan ikkisi ham koʼz yoshlarini tiyib tura olmasdi

Liana: Y/n seni bodyguarddan chiqgan kunimdan beri izlayman qayerlarda eding yaramas qiz

Y/n: Liana bir yil ichida boshimdan koʼp ishlar oʼtdi

Liana: Nega yegʼlayapsan

Y/n: Iltimos meni oʼzing bilan olib ket Liana iltimos

Liana: Albatta olib ketaman lekin menga hammasini aytib berasan
Yur endi mashinamga oʼtir

Y/n va Liana mashinaga oʼtirishdi va Liana mashinani toʼgʼri uyiga qarab haydadi

Uyga yetib kelishdi Liana bodyguard maktabidan chiqgandan soʼng ishlab oʼzi uchun Seul markazidagi koʼp qavatli uylardan uy va mashina sotib olgan edi

Uyga kirishdi Y/n yoʼl boʼyi jim gapirmay kelgan edi

Liana: Endi esa menga barchasini gapir yoʼl boʼyi indamading ham

Y/n: Liana balki ertaga aytarman hozir charchadim

Liana: Yoʼq boʼlmaydi hozir aytasan

Y/n: Yaxshi hammasini aytaman

Liana: Kel bu yerga oʼtir

Y/n Lianaga boshidan oʼtgan hamma voqealarni aytib berdi

Tabiiyki Liananing figʼoni falakka chiqdi va gʼazab bilan

Liana: Hozir borib birinchi oʼsha Narini sochini bittalab yulaman undan soʼng esa ablah Minjaeni hatto Jungkook ham javob beradi

Y/n: Yoʼq yoʼq Liana iltimos tinchlan Jungkook va Narini oʼrtasini buzma men buni hohlamayman mayli men baxtsiz boʼlay...lekin Jungkook baxtli boʼlsin

Liana: Sen qiz aqlingni yedingmi meni battar asabiylashtiryapsan

Y/n: Ha Liana aqlimni yedim aqldan ozdim....Charchadim Liana barchasidan...

Deya koʼzlaridan yana yosh oqa boshladi

Buni koʼrgan Liana Y/n ga qarab

Liana: Boʼldi tinchlan deya bagʼriga bosdi

Y/n and Liana

*Skiptime*

Oradan bir oy o‘tgandi.
Y/n ishga qaytmagan edi.

So‘nggi kunlarda ko‘p hollarda bosh og‘rig‘i, to‘satdan hushidan ketish va burun qonash kabi alomatlar kuchayib borayotgan edi. Har safar “charchaganman” deb o‘zini ovutardi. Ammo ahvoli kundan kunga yomonlashayotgan edi.

Bir kuni tunda birdan hushidan ketib qoldi. Qorong‘i xonada qattiq yiqilganini eslaydi. Ko‘zini ochganida qarshisida Liana turardi — ko‘zlarida xavotir,
yuragi og‘riq bilan to‘lib turgandi.

Liana:Y/n! Yana hushidan ketding! Bu oxirgi marta emas, bu safar seni majburlab bo‘lsa ham doktorga olib boraman. Bo‘ldi! Men sening dugonangmanmi yo‘qmi

Y/n: Liana... Men... faqat charchadim, shunchaki dam olsam...

Liana: Yo‘q! Endi yetadi! Ertaga biz shifokorga boramiz, bo‘ldi

*Keyingi kun*

Shifoxona. Tahlillar. Suhbat sokin, ammo og‘ir.
Shifokor uzoq vaqt tahlillarni ko‘zdan kechirdi, so‘ng chuqur nafas oldi va Y/n hamda Lianaga qaradi.

Shifokor: Y/n... sizda saraton. 2-bosqich

Y/n ning yuragi bir lahzada muzlab qoldi. So‘zlar qulog‘ida uzoq aks sado berib turdi. Liana esa qo‘lini siqib, ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a ushlab turardi.

Y/n:Yo‘q... bu rost emas. Yo‘q...

Shifokor:Biz imkon qadar erta aniqladik. Agar muolajalarni to‘liq olsangiz, imkoniyat bor. Faqat tezlik bilan harakat qilishimiz kerak

Shifoxonadan chiqishayotganda, Y/n jim edi. U bir so‘z demadi. Mashinada o‘tirganida esa Lianaga qaradi.

Y/n:Liana, iltimos... bu haqda hech kim bilmasin. Ayniqsa Jungkook. U allaqachon menga ishonmay qo‘ydi. Mening ahvolimni bilsa, o‘zini aybdor his qiladi. Men buni hohlamayman

Liana: Lekin Y/n...
Y/n:Iltimos... sen va men bilamiz, shuning o‘zi yetarli

Shu vaqtdan boshlab, Y/n yashirin muolajalarga qatnay boshladi. Ammo to‘liq emas... unga kuch yetmayotgandi. Muhabbatsiz, yolg‘izlikda yashayotgan yurak baribir og‘rirdi. Jungkook unga bo‘lgan ishonchini yo‘qotgan, Nari esa har kuni uning qarshisida g‘alabani nishonlayotgandi.

Lekin Y/n bardoshli edi. Chunki uning yuragida... bir haqiqat yashar edi. U Jungkookni haligacha sevardi. Faqat ayta olmasdi. Endi esa — endi vaqt kamayib borardi...

Oradan bir necha hafta o‘tdi.

Y/n muntazam ravishda shifoxonaga borib turgan bo‘lsa-da, muolajalarni to‘liq qabul qilmasdi. Qon tahlillari yomonlashayotgan edi. Buni ko‘rgan Liana har safar yig‘lab, ko‘ndirmoqchi bo‘lardi.

Liana:Y/n, iltimos! Hayoting uchun kurash! Agar hozir davolanmasang, kech bo‘ladi...

Y/n:Hayotimda eng qimmat odam meni noto‘g‘ri tushundi, ishondim... va yo‘qotdim. Endi yashash uchun kuchim qolmadi, Liana...

U har kuni Jungkookning suratiga qarar, ichida sovuq sukut bilan nolalar tutar edi. Nari esa har kuni Jungkookning yonida edi — endi ularning nikoh to‘yiga tayyorlanayotgan edi. Y/n bu yangilikni tasodifan eshitib qoldi.

Y/n pov:

Qanday og‘riq bu? Nafas ololmayapman...


O‘sha kun. Kechki payt. Yomg‘irli osmon. Y/n shifoxonadan qaytayotganda yo‘lni o‘zaro kesib o‘tayotgan edi.

U birdan hushini yo‘qotdi. Ko‘chalarda mashina signal chaldi. Birov yordamga chaqirdi. U qorong‘ilikda hushsiz yotgan edi...

Liana darhol voqea joyiga yetib bordi.

Liana:Y/n! Ko‘zlaringni och, iltimos! Bu sening ohirging bo‘lishiga yo‘l qo‘ymayman


Shifoxona palatasi. Y/n ko‘zlarini ohista ochdi. Yonida faqat Liana bor edi.

Y/n:Men... qayerdaman

Liana: Sen tiriksan. Ammo bu safar ham shifokorlar ogohlantirishdi. Yana bir hushdan ketishing... bu oxirgi bo‘lishi mumkin.

Y/n:Shuncha og‘riqdan keyin... o‘lim qorqinchli emas.

Liana: “Jungkookga aytaman. Bu safar indamay Narini o‘z qo‘li bilan yo‘qotadi u! Men chidamayapman endi

Y/n: Yo‘q... U baxtli bo‘lsin. Meni yomon eslasa ham... baxtli bo‘lsin...


Bir necha kun o‘tdi. Nihoyat, Y/n oxirgi istagini aytdi:

Y/n: Liana... men Jungkookni ko‘rishni hohlayman. Ohirgi marta... faqat bir marta...


*Ertalab. Jeon villasi oldi*

Yog‘du to‘lib kelayotgan tong. Y/n yuragi betinch. Ich-ichidan nimadir tortadi uni. Bu safar yurmaydi — yugurib keladi.

Tez-tez nafas olar, lablari oqargan, yuzida rang yo‘q. Ko‘z ostlari quyuq soya, sochlari esa ancha siyrak. Har qadamda go‘yo og‘riq.

U villaga yetadi. Ichkariga kirmaydi. Yordamchi Wonhoo mashinani tayyorlab chiqayotgandi. U orqasiga o‘girilib

Wonhoo: Y/n? Siz bu yerda?..

Y/n hech nima demasdi. Nigohi esa darvozadan chiqib kelayotgan insonda — Jungkook.

Jungkook ko‘rinadi. Yaltiroq qora kostyumda, sovuq qiyofa, qat’iy yurish.

Y/n darhol yuradi, nafasini to‘xtatib, og‘ir qadamlar bilan unga qarab boradi. Ammo toqat yetmaydi — u bor kuchini yig‘ib yugurib boradi.

Jungkook hayron bo‘ladi. To‘xtaydi.

Y/n: Jungkook... iltimos... meni bir bor bo‘lsa ham eshiting... bu oxirgi iltimosim...

Jk:Ket...

Y/n lablari titraydi. Ammo to‘xtamaydi.

Y/n: Men emasman! Nari yolg‘on gapiryapti... men hech qachon sizni sotmaganman... bir marta bo‘lsa ham ishoning...

Jungkook yuzini buradi, yurishini davom ettirmoqchi bo‘ladi. Y/n uning oldiga tushadi, ko‘zlariga tikiladi.

Y/n: Men sizdan hech narsa umid qilmayapman... faqat... faqat bir marta bo‘lsa ham haqiqatni eshiting...

Shu payt Y/n nigohi atrofga tushadi. Tomonlaridan biri — yaqin tomondagi binoning tomi.

U yerda qora kiyingan bir snayper nishonni olishga shaylanmoqda.
U Jungkookni nishonga olib turibdi.

Ko‘z ochib yumguncha Y/n hech narsa demay, Jungkookni itarib oldiga o‘zini tashlaydi.

"PAQ"

Hamma narsa jim bo‘lib qolgandek.

Jungkook hech narsa tushunmay qoladi. So‘ng faqat bir narsa sezadi — oldida Y/n yiqilib yotibdi.

Yelkasidan qon suzib chiqmoqda.

Jungkook:Y/n?! YO‘Q!!! Tez mashinani tayyorlang

Yordamchi Wonhoo yugurib keladi.

WonhooSNAYPER! Himoyalaning janob!

Ammo Jungkook faqat Y/nni ko‘radi. Uni bag‘riga bosadi, qo‘llari qon ichida. Y/n esa asta ko‘zini ochadi.

Y/n:Men... sizni... doimo himoya qilardim... chunki bu... mening ishim emas... bu... qalbim edi...
Ko‘zidan bir tomchi yosh oqadi. So‘ng hushini yo‘qotadi.

.

.

.

.

Mana bu qismni ham tugatib oldik😁

Doimgidek umid qilamanki bu qism szlarga yoqadi fikrlaringizni komentariyada yozish yodingizdan chiqmasin bu men uchun muhim🥹❤️‍🔥

Keyingi qismda koʼrishguncha💋