𝐇𝐚𝐭𝐞 𝐓𝐨 𝐃𝐞𝐬𝐢𝐫𝐞 | 𝐉𝐉𝐊 𝟐𝟒-𝐜𝐡𝐚𝐩𝐭𝐞𝐫
Dunyo sustlashib, hamma narsa jimjitlikka cho‘mgan daqiqalarda, men uning bezovtaligini payqayman. U so‘nggi paytlarda go‘yo qafasdagi qushdek — erkin osmonga intilayotgan, ammo hali ucholmagan holatda. Ich-ichimdan bilamanki, u ilgari “uy” deb atagan joyiga qaytish — ruhini tinchlantiradi, yuragidagi g‘ashlikni yumshatadi.
So‘nggi ikki yil… go‘yoki hayot bizni cheksiz burilishli, bosh aylantiruvchi tepaliklarda aylantirib kelayotgandek. Barcha chalkashliklarga qaramay, endi inkor qila olmayman — men uni hayotimda istayman. U men uchun jumboqning yetishmayotgan bo‘lagi kabi. Uni topsang, hamma narsa o‘z joyiga tushadi.
Men uning yuzidagi og‘riqni ko‘raman — jim va sokin ko‘rinishining ostida qaynayotgan g‘azabni his qilaman. Yuragim og‘riydi. Lekin men uni yolg‘iz azob chekayotganini tomosha qilmayman. Unga hayotini qaytarib berish uchun, zarurat bo‘lsa — osmonu yerni silkitaman.
Ammo agar bir kun kelib, u mening hayotimsiz yashash yaxshiroq, deb qaror qilsa… men shunchaki jim turib, u ketayotganini kuzatolmayman. Biz uchun, uning muhabbati uchun, yana kurashaman. Chunki taslim bo‘lish — bu mening tabiatimga zid. Men tirik qolish uchun kurashaman.
Stulimga suyanib, stol ustidagi rasmlarga ko‘z yugurtirdim. U… universitetdagi birinchi yildan qolgan surat — kulayotgan, yuragimni isitgan o‘sha tabassumingda vaqt go‘yoki muzlagan edi. Yuragimda shiddatli sog‘inch o‘t oldi. Hamma narsa o‘zgarmasdan oldingi kunlar yodimga tushdi.
Og‘ir xo‘rsinib, men menejerimga qo‘ng‘iroq qildim. Uyimni endi uning didiga moslab bezashni buyurdim. U bu ikki yil ichida o‘zgargan. Uning didi ham, qarashlari ham… bir boshqa.
Men bilaman, u bu harakatni tan olmasa ham, yuragining chuqur bir nuqtasida, qadrlaydi. Men undan minnatdorchilik yoki maqtov kutmayapman. Faqat ko‘zlarida o‘sha bir ozgina bo‘lsa-da — baxt porlashini ko‘rmoqchiman. Bu — u hali ham g‘am, xafa va xotiralar ostida bo‘lsa-da, baribir parvo qiladi, degan belgidir.
Ammo u nima desa yoki nima qilsa ham, men bo‘ronni qarshi olishga tayyorman. Bilardim — u meni o‘zi uzoqlashtirishga urinadi, meni og‘ritadi, hatto meni sindirishga harakat qiladi — xuddi men uni sindirganimdek. Men bularning barchasiga chidashga tayyor edim — agar shu orqali uni yonimda saqlab qola olsam. Chunki uning borligi — bu notinch, chalkash va noaniqlik bilan to‘la dunyodagi yagona taskinim edi.
Eshikda yengil taqillash eshitildi. Yurim xona ichiga kirib keldi, chehrasi jiddiy edi. Tinchgina pult bilan televizorni yoqdi, ko‘zlari menga “diqqat qil” degandek ishora qilardi. Kanallarni varaqlab o‘tganida, tanish bir manzara ekranga chiqdi.
Bu manzara… ohangini, so‘zlarini, hammasini unutmaganman. Bu manzara mening yashash xonamda oxirgi bor namoyon bo‘lganiga bir yildan oshgan, ammo u yana qaytdi. Bu safar ham men va Galianing ismlari ekranda chaqnab turar, bizning advokatimiz jurnalistlar qurshovida savollarga javob berardi.
1-jurnalist:
— Janob Jeonning rafiqasi chindan ham uni tark etishni xohlaganmi? Avvalgi xabarlarga ko‘ra, ularning munosabatida zo‘ravonlik bo‘lgan, bu to‘g‘rimi?
Advokat Moon muloyim, ammo qat’iy ohangda javob qaytardi:
— Bilasiz, janob Jeonning shaxsiy hayoti — bu uning shaxsiy masalasi. Har bir er-xotinning o‘ziga xos muammolari bo‘ladi va ular o‘z chegarasida hurmat bilan saqlanishi lozim.
2-jurnalist:
— Ammo zo‘ravonlik haqida da’volar mavjud. Siz bu ayblovlarni tasdiqlaysizmi yoki rad etasizmi? Fransiyadagi sahifalarda bu masala hanuz dolzarb va, aftidan, Miss Carter tomonidan tasdiqlangandek tuyulmoqda…
(Menga bu shunchaki “shippers” — ya’ni mish-mish tarqatuvchilarning ishlari bo‘lib tuyuldi. Galia bunday ishni hech qachon o‘zi qilmaydi.)
Advokat hali ham xotirjamlik bilan javob berdi: — Tashvishingizni tushunaman, lekin men aniq ayblovlar yuzasidan izoh bera olmayman. Janob Jeon har doim shaxsiy munosabatlarida poklik va hurmat bilan harakat qilgan.
3-jurnalist:
— Xo‘sh, xonim Jeon ikki yillik ajralishdan so‘ng nima sababdan qaytdi? U ajrashmoqchi bo‘lgani rostmi? Ma’lumotlarga ko‘ra, u ikki marta ajrashish hujjatlarini yuborgan, ammo javob olmagan ekan…
Nima?! Galia buni ularga aytganmi? Ishonmayman. Bu haqiqat bo‘lishi mumkin emas!
— Xonim Jeonning qaytishi uning yangi biznes loyihalariga bo‘lgan sadoqatidan kelib chiqqan. Er-xotin orasidagi huquqiy masalalar esa, maksimal ehtiyotkorlik va shaxsiy hayotga hurmat bilan ko‘rilmoqda, — dedi advokatim ohangni puxta tanlab, holatni yumshatish uchun har bir so‘zni o‘lchab.
Galia ilk bor ketganida bu xabar butun matbuotni qamrab oldi. Dastlab, men uning atrofidagi salbiy maqolalarni e’tiborsiz qoldirishga harakat qildim. Ularni asta-sekin olib tashlardim, jim-jit, ortiqcha shovqinlarsiz.
Lekin voqea keskin tus oldi, odamlar uni boshqa bir erkak bilan ko‘rganini, buning isboti borligini ayta boshlashdi. Shunda men chora ko‘rishga majbur bo‘ldim — hatto ba’zilarini qo‘rqitdim, ayrimlariga pul to‘lab, maqolalarni yo‘q qildirdim, dalillarni yashirdim.
To‘g‘risi, u maqolalarda hech narsa ayniqsa dahshatli ko‘rinmasdi, ammo men yaxshi bilardim — haqiqat qachon va qanday buzilishidan hech kim kafolat bera olmaydi. Ayniqsa, u bo‘lmaganda — o‘zini himoya qila olmayotganda.
Ko‘p yillik tajribaga ega jurnalistlar qanday qilib yangi boshlovchilarni yolg‘on shon-sharaf va’da qilgan holda o‘zlarining shaxsiy manfaatlariga ishlatishlarini ko‘p marta kuzatganman. Bu juda murakkab va iflos o‘yin edi. Lekin men baribir — nima bo‘lishidan qat’i nazar, xotinimning obro‘sini himoya qilishga ahd qilgan edim.
Men AQShda bir murakkab vaziyatni hal qilayotgan paytimda, ota-onam ham menga yordam berdi. Ular o‘z vaqtida aralashib, menga doir yangiliklarning matbuotga chiqib ketishining oldini olishdi.
Ularning hushyorligi va tezkor harakati men uchun o‘sha og‘ir kunlarda najot bo‘ldi. Ularning doimiy yordami va himoyasi uchun minnatdorman.
Kompaniyam osmono‘par binolar orasida porlab turgan bir paytda, jurnalistlarning ofisim oldida doimiy to‘planishi endi odatiy holga aylangan edi.
Ammo ilgari shunchaki qiziqish bo‘lgan narsa — endilikda shaxsiy hayotimga ochiq tajovuzga aylangan edi.
Kun sayin, bir xil savollar, bir xil yuzlar, bir xil kameralar: — “Xotiningiz sizni tashlab ketdimi?”
— “Zo‘ravonlik va bezorilik haqida da’volar rostmi?” — “U qayerga ketdi?”
Shaxsiy hayotimga doimiy aralashuvlardan charchab, nihoyat harakatga o’tishga qaror qildim.
Huquqshunoslarim jamoasi jurnalistlarning mulkimga kirish huquqini qat’iy cheklovchi choralarni joriy qildi.
Endi ular kompaniyam oldida turib, savollar bilan bezovta qilishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bu qaror matbuot erkinligi va shaxsiy hayot daxlsizligi o‘rtasidagi bahsni boshlab berdi. Ba’zilar ommani xabardor qilish – OAVning burchi, deb hisoblasa, boshqalar men shaxsiy hayotimni asossiz aralashuvlardan himoya qilishga haqliman, deb meni qo‘llab-quvvatlashdi.
Ekran ortidan savollar yog‘ilardi, har biriga advokatim mohirlik bilan javob qaytarar, men esa sukutda kuzatib turardim.
“Shunday davom et, janob Mun. Ularni shubhada qoldir!” Labimning chekkasida kulimsirash paydo bo‘ldi.
Xavotirli ko‘zlar bilan qarab turgan Yurini xonadan chiqarib yuborarkanman, janob Munning qo‘ng‘irog‘ini qabul qildim.
Yuri og‘ir kunlarimda va e’tiborim chalg‘igan paytlarda juda ishonchli insonga aylandi. Boshqacha bo‘lishi mumkinmi? Axir u hammasini xotinimdan o‘rgangan.
Men zamonaviy ish stolim ortida orom bilan o‘tirar, holatim bemalol, chehram esa sokin edi.
Matbuot bilan yuzaga kelgan kutilmagan vaziyatga qaramay, men xotirjamligimni yo‘qotmadim. Telefon go‘shakidan eshitilayotgan tanish advokatim ovoziga quloq tutdim.
— OAV bilan qanday bo‘ldi? Ular seni bunday siqib qo‘yadi, deb kutmagandim, — dedim kulib.
Uning sokin ovozi javob qaytardi:— Ha, janob. Intervyu kutilmagan bo‘lsa-da, jurnalistlarning savollariga chiroyli javob bera oldim.
Men bosh irg‘adim, uning mahoratidan mamnun edim.
— Ular nima uchun bu qadar isrorga tushganini anglab yetdingmi? Shaxsiy hayotimga bo‘lgan bu to‘satdan qiziqish ortida kimdir borligini sezdingmi? — deb so‘radim, so‘zlarimda qiziqish ohangi bor edi.
U qisqagina sukut saqladi, so‘zlarini ehtiyotkorlik bilan tanlab javob berdi: — Qiziq tomoni shundaki, bu ishda xotiningiz aralashgan bo‘lishi mumkin degan imolar bo‘ldi. Ehtimol, bu matbuot bosimini rejalashtirishda u ham ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Ammo aniq bir narsa deya olmayman.
Men yuzimda hech qanday hissiyot bildirmadim, biroq ishonchsizlik chehramdan sezilib turardi. U so‘zlarini biroz o‘ylab qoldim, bu gaplarning ortida nima yotganini mulohaza qildim.
— Yaqinimdagi hech kim bunday usullarga qo‘l urishiga ishonolmayman. Men xotinimga to‘liq ishonaman, — dedim sokin va qat’iy ohangda.
“Galia bunday ishni hech qachon qilmaydi, hatto tushlarida ham emas.”
U tushungan holda bosh irg‘adi va menga bo‘lgan ishonchimni qadrladi:
— Albatta, xotiningizga bo‘lgan ishonchingiz tahsinga loyiq. Ishoning, bundan keyingi har qanday surishtiruvga ham aynan shunday ehtiyotkorlik va professionallik bilan yondashaman.
Qo‘ng‘iroq tugagach, orqamga suyanib o‘tirgan joyimda biroz o‘ylab qoldim. Xotinim haqida aytilgan gaplar meni o‘ylantirgan bo‘lsa-da, unga bo‘lgan ishonchim kamaymas edi.
Buning ortida kim bo‘lishi mumkin? “Kim” RM Valor emasmi, yoki boshqa kimdirmi? Ayni paytda RM asosiy gumondor sifatida ko‘rilmoqda....