May 29

𝐇𝐚𝐭𝐞 𝐓𝐨 𝐃𝐞𝐬𝐢𝐫𝐞 | 𝐉𝐉𝐊🔞 𝟐𝟎-𝐜𝐡𝐚𝐩𝐭𝐞𝐫

♥𝑨𝑼𝑻𝑯𝑶𝑹𝑺 𝑷𝑶𝑽♥

Jungkookning telefoni jiringladi, ovoz shu qadar baland ediki, Galia beixtiyor uning qo‘lidan ushlab, uni biroz orqaroqqa tortdi. U esa telefonga javob berdi, yuzidagi ifoda hech narsa anglatmasdi, nima deyilayotganini jimgina tinglardi. Galia darhol qo‘lini tortib oldi.

“Senga ketishga ruxsat,” dedi u sovuq ohangda, so‘ngra qo‘ng‘iroqni tugatdi.

Qiz ichkaridan qaynab chiqayotgan g‘azabni his qila boshladi.

“Jungkook, tingla,” dedi u hafsala bilan, — “nima uchun bu tarzda harakat qilayotganingni tushunmayapman. Bu menga yana bir tuzoqday tuyulyapti, xuddi sening yolg‘on muhabbatingga osonlikcha tushib qoladigandekman.”

Uning jag‘i qattiq qisildi, qo‘llari musht bo‘lib tugildi ehtimol, u yana aybni unga yuklashni boshlaydi, deb tayyor edi. Ammo Jungkookning javobi uni hayratda qoldirdi.

“Men seni majburlamayapman, faqat iltimos qilib so‘rayapman, men bilan yur,” — dedi u umidsizlik bilan. Uning ovozidagi nochorlik, ko‘zlaridagi yolvoriq harakatlar Galiaga ta’sir qilayotgandek tuyuldi. Ular birgalikda ishlagan davrda bo‘lgan yaqinlikni, tushunishni yana qaytarishni istardi. Ammo Galiaga bu iliqlikdan asar ham qolmagan edi.

U hali ham unga nisbatan nafrat bilan qarayotgani yo‘q edi, lekin uning oldidan ketmayotganini ko‘rib charchagan va g‘azablangan edi.

Galiaga ota-onasinikida bo‘lganida, Jungkook uni bezovta qilmaganidan xursand edi. Ammo u Kaining uyiga kelishi bilan, Jungkook darhol zaif bir bahona bilan paydo bo‘ldi — go‘yoki rahm-shafqat kutayotgandek.

Galia, Kai bu yerga hozir paydo bo‘lishidan xavotirda edi. U Jungkookni bu yerdan jo‘natishning biror yo‘lini topishi kerak edi, aks holda vaziyat chigallashib ketardi. Ichida g‘azab girdob kabi qaynardi, his-tuyg‘ular bilan to‘lib toshgan edi.

U xotirjamlikni, yolg‘izlikni, Jungkookning har doim ta’qib qilib yuradigan soyasidan xoli hayotni orzu qilardi. Ammo tashqi osoyishtalik niqobi ostida yuragi to‘lib ketgan, his-tuyg‘ularni tiyish og‘rig‘i ichini kemirardi. Bu tuyg‘ular go‘yo to‘g‘on yorilib, daryo toshib ketadigandek, uni ichkaridan bosib kelardi.

“Men qonuniy choralar ko‘rishga majbur bo‘lishimdan oldin va sud orqali senga yaqinlashmaslik to‘g‘risida qaror chiqarishdan avval, iltimos, Jungkook, ket,” dedi u o‘zini bosishga urinib, ammo ovozi ichki bosimdan qaltirab chiqdi.

Jungkook bo‘lsa, barchasini unutib, yuragini ochdi: “Men sen bilan birga bo‘lganimda tinchgina uxlagim keladi. Men buni sog‘indim. Sendan hech narsa so‘ramayapman. Faqat yonimda bo‘l. Menga qarashing ham shart emas, faqat yonimda qol.” — dedi u, so‘zlar og‘zidan chiqarkan, go‘yo yuragi chil-parchin bo‘layotgandek edi.

U har bir ajralgan daqiqani bo‘shliqdek his qilardi, qanday harakat qilmasin, bu bo‘shliqni to‘ldirishga qodir emas edi. Har kuni u uchun chorasiz, abadiy hasratda o‘tardi.

“Jungkook Serini sevadi. Sen har doim uni sevib kelgansan,” — dedi Galia so‘zlariga kinoya va alamni yuklab. U bu og‘riqli suhbatga yakun yasashni istardi. Bu so‘zlar Jungkookning yaralarini yana ochishini istamagan bo‘lsa-da, ular orasidagi real vaziyatni u tushunishini xohladi.

Jungkook toshday qotib qoldi. U so‘zlardan ezildi, yuragi zirqirab ketdi. Ammo u bu og‘riq uni sindirishiga yo‘l qo‘ymadi. Galia esa, u bunday so‘zlardan so‘ng, nihoyat ortga chekinadi deb o‘yladi.

Ammo, nihoyat, o‘zini ushlab tura olmay, Jungkook tiz cho‘kdi. Nigohi yerga qadalgandi. Ko‘zlariga yosh to‘lib chiqdi — bu yoshlar Seri uchun emas, balki o‘z xatolarini anglagani uchun edi.

“Qanday qiziq, shu gaplar qayta-qayta eshitilaveradi, xuddi takrorlanayotgan qo‘shiqdek. Bilasanmi, menga ayni paytda eng muhim narsa nima? Hozirgi vaqt. Mening hozirim bu sensan.” dedi u, ko‘z yoshlarini jaketining yengi bilan artarkan.

“Men ikki yil avval sening hoziring edim, Jungkook,” dedi u, og‘riqli sokinlik bilan.
“Men sendan hech qachon uni unutishingni yoki uni sevishni to‘xtatishingni so‘ramadim.”

Bir oz sukut saqladi. Ovozi titrardi, yuragidagi og‘riq so‘zlariga singgan edi.

“Men faqatgina bizning yangi munosabatimizga hurmat bilan yondashishingni xohlagandim. Sevgi men uchun shart emasdi. To‘yimizdan keyin ha, sen menga har qanday hashamatni berding, qulayliklar yaratding. Lekin sen meni ayoling sifatida qadrlamading, hurmat qilmading. Meni butunlay parcha-parcha qilib tashlading…”

U lablarini tishlab, so‘zlarni aytganida ko‘zlari yoshga to‘lib ketdi. Ovozi og‘ir edi, yurakdan chiqayotgan so‘zlar edi.

“Men sening uyingdan chiqib ketganim zahoti qarorimni qabul qilgan edim. Va bir lahzaga ham sening so‘zlaringga ishonaman deb o‘ylama. Men kechirmayman, va shubhasiz, sening foydanga biror narsa o‘ylamayman.”

Uning ko‘z oldidan o‘tgan yillar xotiralari kino lentalaridek o‘tib, yuragini ezardi.

Jungkook esa, yuragi zirqirab, ko‘zlarida umid bilan tikildi: “Bu uy… bu bizning uyimiz. Men har bir kun seni malikadek qadrladim. Faqat buni tushunishingni xohladim. Faqat sen faqat sen — men ishonadigan yagona odam bo‘lishingni xohlagandim,” — dedi u, ovozida ezilganlik.

Uning qo‘llari yonida musht bo‘lib tugilgan edi.

“Sendagi narsa… senga xos bo‘lgan o‘sha noyoblik… Men bu dunyoda hech kim seni o‘rningacha kirib kelishini tasavvur ham qila olmayman. Bu fikr meni yo‘q qiladi,” — dedi u to‘xtab.

“Lekin sen baribir o‘sha yaramas bilan qochib ketding,” — dedi u, yuragi yana bir bor parcha-parcha bo‘lib ketayotganini his qilarkan. “Sen uni umuman taniysanmi o‘zi?” — dedi jag‘ini qattiq tishlab. So‘zlarida hasad, og‘riq, yo‘qotish qo‘rquvi va yuragini kemirayotgan rashk bor edi.

U his-tuyg‘ularini yashirishga harakat qilgan bo‘lsa-da, uning qanchalik o‘ziniki deb bilgani, qanchalik chiday olmagani har bir so‘zidan, har bir titragan nafasidan sezilib turardi.

“Shubhang bormi?” dedi Galia uning savoliga tik qarab.

“Men u bilan deyarli ikki yil birga bo‘ldim. Endi ket…”

Bu so‘zlar Jungkook uchun xuddi yuragiga tig‘ sanchilgandek edi. U ortiga o‘girilarkan, butunlay uning hayotidan chiqib ketmoqchi edi.

Ammo u hali bir qadam ham tashlamasdan, Jungkookning umidsiz qo‘li uning bilagidan ushladi.

U tosatdan bu harkatdan bir zum chochib ketdi. Instinkt bilan qo‘llari Jungkookning yelkalariga tushdi. Ularning tanalari juda yaqin edi. Ko‘zlari ko‘ziga tikildi — jim, ammo keskin iroda to‘qnashuvi ichida.

U uning ko‘zlarida yashiringan zaiflikni ko‘rdi og‘riq va umidsizlik chaqnashi qizning yuragini teshib o‘tdi. Ammo u o‘sha mungli ko‘zlarga tikilgan chog‘ida ham ich-ichidan bilar edi: endi hech narsa uni bu qaroridan qaytara olmaydi. U o‘zini yillar davomida bu yigitning beg‘ubor nigohi ortida yashiringan “muhabbat”ga ishontirib yashadi, o‘zi bilmagan holda o‘zini aldadi. Go‘yo bu nigohlar faqat uni sevardi.

Chuqqur nafas olib, o‘zini qo‘lga oldi, bo‘g‘zida tiqilib qolgan tuyg‘ularni yutib yuborishga urindi.

“Iltimos, qol…” dedi Jungkook, ovozi titrab, noladay yangradi. Ammo u hech qanday reaktsiya bildirmadi.

“Menga baribir,” dedi Galia sovuqqonlik bilan, Jungkookning iyagini mahkam ushlab, tirnoqlari terisiga botib ketgan edi.

“Qolishimni istaysanmi? Unda meni o‘ldir. Va jasadimni uyingning hovlisidagi qora tuproqqa ko‘m!”

Uning har bir so‘zida g‘azab va alam qaynardi. Nigohi o‘tkir edi, hech qanday pushaymon yo‘q edi.

“Hozir shu yerda o‘lib ketsang ham, men qolmayman.”

Uning so‘zlari yuraksiz, sovuq va bag‘ritosh edi. So‘ng, mensimay, jirkanchlik bilan Jungkookning iyagini qo‘yib yubordi.

Jungkook esa, achchiq kulimsirab qo‘ydi. Labining burchaklari xuddi o‘zidan jirkanayotgandek ohangda yuqoriga tortildi.

“Ha, to‘g‘ri aytding. Men sen uchun doimiy bir yovuz bo‘lganman. Seni sindirdim, chetga surdim, va go‘yo senga hech kimdek munosabatda bo‘ldim. Va nima uchun? Chunki o‘zimni yo‘qotayotganimni tushunish uchun yetarlicha jasoratli emasdim.”

U nafasini bo‘g‘ib, ko‘zlariga yosh to‘lib, shunday dedi: “Endi esa barchasini juda aniq ko‘ryapman. Bu meni ichkaridan yemirmoqda. Lekin meni eng ko‘p qiynayotgan narsa – bu seni o‘ldirishni xohlayotganingga sababchi bo‘lganim.”

“Ko‘zlaringda ko‘ryapman,” dedi Jungkook past, sokin ovozda, “Mendan charchagansan. Charchagansan men qilayotgan har bir urinishimdan. Agar mening o‘limim sening tinchligingni olib keladigan bo‘lsa – mayli, shunday bo‘lsin. Men bunga tayyorman. Buni qilaman. Chunki men senga qarzdorman. Butun hayotim senga qarz. Agar bu hayotdan voz kechishim, senga yetkazgan azoblarim uchun yagona tovon bo‘lsa – men biror soniya ikkilanmayman.”

U sukutga cho‘mdi. Uning yuzi sokin edi, ammo ko‘zlarida qandaydir qat’iyat, kurashdan voz kechmaslik va’da qilayotgandek porlayotgan chaqnash bor edi.

“Og‘riq va pushaymonliklarning tagida yondirayotgan bir tuyg‘u bor — bu istak. Tuzatish istagi. Kechirim so‘rash. Men o‘zim nafratlanib tashlagan sevgini qayta ortga qaytarish. Nafrat yuragimni juda uzoq vaqt boshqardi. Ammo endi… istak meni yutmoqda. Seni qaytarib olish istagi. O‘zgarganimni isbotlash. Seva olishimni, kechirishimni, tuzalishimni ko‘rsatish.”

Uning ovozi har bir so‘z bilan kuchayib borardi. Ko‘zlaridan o‘z haqiqatini unga ko‘rsatmoqchi bo‘lgandek, ichidagi haqiqatni qattiq qarash bilan etkazmoqchi bo‘lardi. U sekin orqasiga qo‘l cho‘zdi… va to‘pponchani oldi.

Lablarida yengilgina tabassum paydo bo‘ldi o‘lim istagidan emas, birinchi bor o‘z istaklarini tan olib, ikkinchi imkon, sevgi uchun intilishni quchoqlaganidan.

Va o‘sha sovuq, kechirim bilmas, temir to‘pponcha uning chakkasiga bosilgani zahoti, qizning butun dunyosi chilparchin bo‘ldi.

Vaqt go‘yo to‘xtagandek edi. Qon tomirlarida muzday sukunat yurganday, nafas ololmay qoldi. Ko‘zlari chaqnab ketdi, yuragi joyidan chiqib ketayotgandek. U tizzalariga qulab tushdi, butun vujudi titray boshladi, xuddi yuragi uning ko‘z o‘ngida parcha-parcha bo‘layotgandek…

“Bu… bu haqiqatmi?” dedi u titrab. “Qanday qilib?.. Qanday qilib sen… qo‘lingda qurol bilan kelishing mumkin? Hatto… qanday qilib senda qurol bor?”
Uning har bir so‘zi dahshatdan bo‘g‘ilib chiqardi.

Ammo hech qanday qochish yo‘li yo‘q edi, bu ro‘y berayotgan dahshatli tushdan qutulishning iloji yo‘q edi. Yuragi ko‘ksida vahshiyona urardi.

“Men tirik ekanman, sen mendan ketolmaysan,” dedi u, lablariga yaqinlashib, qorong‘ulik ichida g‘ira-shira tovushda, qo‘rqinchli pichirlab.

“Va men ‘baxtliman’ — hozir yonimdasan…” dedi Jungkook past, g‘amgin, lekin qat’iy ohangda, bu harakat uningcha unga tinchlik olib keladi deb ishongan holda.

U qasam ichgandek edi u tirik turgan ekan, u yana uni tark etishiga yo‘l qo‘ymaydi.

“YOOOO’Q!!!” J…Jungkook Jungkook iltmos…..— uning bag‘rini tilayotgan fig‘oni osmonni yoritgandek jarangladi. Xuddi ruhining o‘zi yirtilib, lablaridan yulib olingandek bo‘ldi.

Qornida og‘ir, g‘ijim bir og‘riq paydo bo‘lib, ko‘kragiga bosilib bordixuddi yuragini bosib, nafas olishiga yo‘l bermayotgandek. Har bir nafas olish — kurash. Nafas yo‘llari qisilib, vahima to‘lqinlari bo‘g‘ziga tiqilib kelardi.

Ammo u o‘zgarmas edi. Uning yuzi, yuragi xavotirdan yiroq ko‘zlarida esa kuchli qat’iyat yondi, go‘yo jim ohangda o‘limga qarshi kurashish jasoratini so‘rayotgandek.
Ko‘rsatkich barmog‘i qo‘zg‘almasdan, og‘ir jimlikda turgan qurolning tepkisida edi. Harakatga tayyor edi.

U titroq bilan, qo‘rqib, qo‘lini cho‘zdi. Barmoqlari uning terisiga tegdi. Va bir zumda — u qurolni uning chakkasidan tortib oldi, sovuq temir endi uning tanasiga tegmasdi.

Yuragi vahshiyona urdi. Qo‘rquv, alam va yuragini yorib chiqayotgan iztirob qon tomirlaridan o‘tdi. U atrofidagi haqiqat bilan, ko‘z o‘ngidagi illyuziyalar o‘rtasida farq qilolmay qoldi.

Nafas olishga urindi. Umidsiz, yutqizayotgan jangda bo‘g‘ilib, havoga zor bo‘ldi. Har bir nafas g‘ayritabiiy, og‘riqli edi.

Ko‘zlari vahimaga to‘la holda atrofga alangladi — bu yerda haqiqatda ekanini, hayol ichida emasligini anglab yetmoqchi edi.

Hayotida shunday daqiqalar bo‘lganki, u biror narsa sodir bo‘lgandek tuyilgan, lekin aslida hech narsa bo‘lmagan.
Balki yillar davomida yolg‘on bir xayolda yashagani tufayli shunday bo‘lgandir. Bu unga ba’zida his qilmagan narsalarni ham his qilayotgandek tuyilardi.

Ko‘zlarini mahkam yumdi. Boshini uning yelkasiga bosdi.
Haqiqatni tushunishga urinib, titrab turgan qo‘llari bilan uning yelkasiga mahkam yopishdi — voqealar ancha chuqur edi.

Jungkookning so‘zlari uni butunlay hayratga soldi — u og‘zidan hech qachon chiqmaydi deb o‘ylagan haqiqat edi bu. Ammo hayratiga qaramay, u unga nisbatan hatto zarracha ishonchni ham his eta olmadi.

Uning qo‘lini mahkam ushlagan holda, Jungkook unga ruhiy jihatdan yemirilmaganini isbotlashga urindi. Har bir siqilgan harakat — jim, ammo umidsiz iltijo edi. Go‘yoki: “Men shu yerda, sening oldingdaman. Ikkinchi imkoniyat so‘rayapman”, derdi u tiz cho‘kkancha.

Qoqilib yutindi. Nafas yo‘lida to‘planib qolgan alamni bosishga harakat qilib, unga tik qaradi:
“Ket, Jungkook. Iltimos… ket. Sening yuzingni ko‘rishni istamayman… Otmoqchimisan, ha?”

Qo‘llari titrab, uning qo‘lini mahkam ushlab, qurolning og‘zini yuragiga — ko‘ksidagi urayotgan, qiynalayotgan yuragiga — to‘g‘riladi.

“Bo‘ldi, endi ot. Ozod et meni, iltimos! Agar meni baxtli ko‘ra olmasang, unda o‘ldir. Men buni ko‘tara olmayapman. Bu meni bo‘g‘moqda… Shunchaki o‘ldir meni va bu hikoyani shu yerda tugat.”

Uning har bir so‘zi umidsizlik bilan yo‘g‘rilgan edi. Yelkasi bilan uning qo‘lini yuragiga yanada qattiqroq bosdi, barmoqlari uning barmoqlarini siqdi — xuddi nishonni aniqroq belgilamoqchidek.

“Sen menifaqat o‘ldirgandan keyin olishing mumkin. Hali ham men bilan birga bo‘lmoqchimisan? Unda o‘ldir meni, Jungkook. Keyin esa tanamni xohlagan joyingga olib bor.”

“Ba’zida men o‘zimni yurmasdan harakatlanayotgan jonsiz tanadek his qilaman… Shuning uchun meni o‘ldirish — eng yaxshi yechim. Men endi og‘riqni ham his qila olmayman.”

Uning ovozi har bir so‘z bilan kuchayib borar, yillar davomida yig‘ilib kelgan azobdan paydo bo‘lgan umidsiz jasorat bilan to‘lib-toshgan edi.
Yig‘lab yubordi, ko‘zlarida yosh, yuragida alam bilan ko‘ksiga mushtlab urdi.

Qurol uning qo‘lidan sirg‘alib tushdi, go‘yo hayot va o‘lim o‘rtasidagi chiziq shunchaki qo‘ldan chiqib ketgan edi.

Jungkook titrab turgan qo‘llari bilan uning ko‘z yoshlari to‘kilgan yuzini ushlab oldi.

“B-bunday demagin,” dedi u bo‘g‘iq ovozda, ovozi his-tuyg‘ularga to‘lib.

“Men seni tuzalmas darajada ranjitganimni bilaman. Har bir yig‘ing, har bir ko‘z yoshing meni tinimsiz ta’qib qiladi. Sening muhabbatingni ko‘rishga ko‘r bo‘lgan edim. O‘z qo‘rquvlarim, shubhalarim, zaifliklarim meni ko‘r qilib qo‘ygandi.

Lekin endi… endi men hammasiga tayyorman. Tog‘larni siljitaman, okeanlarni kechaman — faqat sening tabassumingni ko‘rish, seni yana bag‘rimga bosish uchun.”

“Iltimos, menga yana bir imkon ber. Meni sen ilgari ko‘rgan inson sifatida qabul qil. Menga ishon, chunki men seni har qachongidan ko‘ra ko‘proq istayapman. Qachonlardir yuragimda bo‘lgan nafratdan ham kuchli bu istak.”

“Sensiz men hech kimman. Adashgan ruhman — zulmatda yo‘lini yo‘qotgan.”

Titroq to‘la bir nafas bilan u peshonasini uning peshonasiga bosdi. Qo‘llari hanuzgacha uning yuzini ehtiyotkorlik bilan quchib turardi.

“Iltimos…” dedi u, ovozida umidsiz bir umid aks etgancha shivirlab.
“Menga hamma narsani to‘g‘rilash uchun imkon ber. Bizga imkon ber — yo‘limizni yana birga topishimiz uchun.”

Galia uning kiyimini mushtlagan holatda ushlab oldi, barmoqlari qattiq siqilganidan oppoq bo‘lib qoldi.

Kuchi so‘nib, o‘zini uning ko‘ksiga bosdi. Ko‘z yoshlari uning ko‘ylagiga singib borar, yuragini yirtib chiqqan qichqiriqlarga aralashib, uni mahkam quchgancha turardi — go‘yoki u yana ko‘z ochib yumguncha yo‘qolib qolishidan qo‘rqayotgandek.

Agar u bu oddiy, ammo yurakdan chiqqan so‘zlari bilan uning yuragini zirqiratmagan desam — bu yolg‘on bo‘lardi.

Bu — Galianing yillar davomida eshitishni orzu qilgan, kutib yashagan so‘zlari edi.

Ammo bu so‘zlar qanday narx evaziga aytildi?
Agar Seri o‘lmaganida… u shunday o‘zgararmidi?
Yoki Seri Jungkookni hech qachon tark etmaganida… u qilgan jarohatlarining og‘rig‘ini tushunarmidi?

Uning qalbiga o‘yib yozgan yaralarning og‘rig‘ini bilarmidi?

Yagona va ravshan javob yo‘q edi.

Unga mahkam yopishib turganida, nihoyat tushunib yetdi — o‘tmishni hech qanday tarzda o‘zgartirib bo‘lmasdi. Ular olib yurgan yaralar — abadiy ularning bir qismi bo‘lib qolardi.

Galia bilar edi: Jungkook deyarli har qanday azobga bardosh bera oladi.

Ammo u hech qachon bardosh berolmaydigan narsa bor edi — Galiani boshqa bir erkak bilan tasavvur qilish.

Jungkook ishonardi: Galia faqat unga tegishli. Va bu rashk — ular o‘rtasidagi do‘stlikning eng boshidan beri yuragining tubida qaynab kelayotgan edi.

Ammo nima uchun?
Agar u hech qachon uni chin dildan sevmagan bo‘lsa? Yoki hech qachon uni o‘ziki qilishni istamagan bo‘lsa?..

Har bir ishora, har bir izoh, har bir kechirim so‘rovi va harakat — endi o‘tmishda ojiz va befoyda bo‘lib tuyulardi.

Bu haqiqatni anglash uni ichidan bo‘sh qilib qo‘ydi xuddi ularning butun tarixi mo‘rt, tebranayotgan poydevorga qurilgandek.

“Hammasi anchadan beri tugagan edi… Endi kelma… Iltimos. Yalinaman senga. Iltimos, Jungkook…
Meni o‘ziniki qilish uchun biror telbalikka yo‘l qo‘yma…”

U zo‘rg‘a nafas olib, uni mahkam quchgan holda yolvordi: “Ket… Iltimos… Ket… Keeeet…”

Barmoqlari uning terisiga tirnab kirgan, bu orqali ichki og‘riqlarini va taslim bo‘lganini aytib turgandek iz qoldirgan edi.

Ammo shunga qaramay, uni qo‘yib yuborolmasdi.

Bo‘yniga yuzini bosgan holda, labini tishlab, yig‘ini tiya boshladi.

U esa uni bag‘riga bosdi bu quchoq bo‘g‘uvchi edi, ammo baribir qandaydir g‘alati taskin beruvchi edi.

Tana u tanaga shu darajada yaqin ediki, ular orasidan hatto havo ham o‘ta olmasdi.

U yillar davomida izlagan osoyishtalikni va yengillikni nihoyat shunda topgandek bo‘ldi.

“Sakkiz yil, Jungkook! Sakkiz uzun yil!
Qayerda eding?
Sen meni hayotimdan itqitib chiqarib yubording, butun olamimizni sindirding.
Meni minglab savollar bilan yolg‘iz qoldirding. Endi kelib… bu og‘ir so‘zlarni shunchaki aytib turibsan, go‘yoki hammasini tushungandek…
Lekin sen bu so‘zlarning asl ma’nosini ham bilmayapsan!”

U achchiq kuldi.

Yuragi go‘yoki po‘lat panel orasiga siqilib qolgan edi — xiyonatning achchiq og‘rig‘i yillar o‘tsa-da hanuz tirik edi.

Har bir xotira — uning yaralangan qalbiga sanchilgan yana bir pichoq edi.

U ko‘plab tunlarni u bilan oxirgi daqiqalarni eslab, nega birdaniga uni tashlab ketganini tushunishga harakat qilib o‘tkazgan edi.

U baqirmoqchi edi, uni yer bilan bitta qilib tanbeh bermoqchi edi — qilgan azoblari uchun.

Ammo hanuzgacha, uni shunday parchalanib ketgan holda ko‘rishga yuragi chidamasdi.

U har doim o‘zining matonatiga ishongan edi — hayot qanday bo‘ron keltirmasin, uni yengish uchun kuchini uning sevgisidan olgan edi.

Ammo Jungkook unga o‘xshamasdi.

Bu kecha, nihoyat, u unga aslida qanday mo‘rt va sinuvchan inson ekanini ko‘rsatdi.

U o‘z joniga qasd qilish uchun qurolni o‘ziga qaratganida — Galia birinchi marta u haqiqatan ham u o‘ylagan darajadagi kuchli odam emasligini anglab yetdi.

U qiz tanigan odamning oddiy bir soyasiga aylangan, ojiz, mayin va iztirobga g‘arq bo‘lgan ko‘rinishda edi.

“Men adashgan edim, yo‘qolgan edim… Nimagadir umid bog‘lab, seni meni topishingni kutgan edim.
Ammo sen hech qachon kelmading…
Menda faqat sening isming qolgandi — uni qayta-qayta chaqirardim, hech qanday javob bo‘lmasa-da, u meni tirik saqlab turardi.- dedi Galia.

Uning so‘zlarida chuqur qayg‘u va taslim bo‘lish bor edi — yo‘qligida boshidan kechirgan iztiroblarning aks-sadosi.

“Agar bu gaplarni kollejda aytganingda edi, balki ishonardim…
Men senga juda ko‘p bora murojaat qilganman, ketganingdan keyin. Har yili yozdim, qo‘ng‘iroq qildim…
Ammo sen javob bermading.
Biz birga ishlaganimizda ham — hech bo‘lmasa bir tabassuming bo‘lganida edi…Hech nima.

Xo‘p, Jungkook… Men hali ham sendan nafratlanmayman, lekin sevgim ham qolmadi.
Bu his ikki yil avval tugagan.”

U chuqur xo‘rsinib, koz yoshini uning yelkasidagi matoga artdi — charchoq va iztirob og‘irligi yelkasiga og‘ir toshday bosilib turgandi.

“Men doim kechiraveradiganman, doim xatolaringni e’tiborsiz qoldirardim…
Mana, yana kechiryapman.
Lekin iltimos…
Ortimdan quvma endi.
Men charchadim. Har bir tuyg‘udan holdan toyganman.”

U gapirar ekan, uning vazni yelkalariga tobora bosilayotganini sezdi — quchog‘i og‘irlashib borardi.

U itarishga harakat qildi, ammo Jungkook hech qanday javob qaytarmasdi — ko‘zlari yumilgan, qo‘llari uni mahkam quchib olgancha qotib qolgan edi.

Ko‘ksida vahima ko‘tarilib, eshikka qaradi.

Kai hozirda yuvinayotgandi — u odatda ko‘p vaqt olardi, lekin hozircha tugatmasa bo‘lmaydi…

U shoshib Jungkookning yuziga barmoqlari bilan urib, uyg‘otishga urindi.

Ammo u g‘aflatda qolgancha jim yotar, uni quchib olganicha yotardi — go‘yoki uxlab, orzulari og‘ushida adashgandi.

“Xudo, men endi nima qilishim kerak?” — yuragi qattiq urardi.

Uni ko‘tarishga kuchi yetmasdi, quvib yubora ham olmasdi.

“Jungkook… Iltimos, o‘yin o‘ynamay qo‘y… Uyg‘on… Nega menga buni qilayapsan?
Aghhh!!” — degan so‘zlari qiyin nafas bilan chiqdi, pichirlab aytilgan yolvorishdek.

Ularning badanlari bir-biriga shunchalik qorishib ketgandiki — ikki qalb, ikki tana go‘yoki muzday kiyingan holda, bir-biriga mahkam bog‘langan edi.

Qalin kurtkasi, qattiq quchoq va unga bo‘lgan ishonchsizlik uni harakat qilishdan to‘sar edi.

U umidsiz holda uning quchog‘idan qutulishga harakat qildi — kuch bilan itardi, ammo qo‘llarning bosimi hali ham kuchli edi.

Ammo uning quchog‘i qattiq edi — uxlab yotgandek tuyulganiga qaramay, g‘ayritabiiy darajada kuchli tutib olgan.

U shunchaki rol o‘ynayotganini, bolalarcha o‘yin qilayotganini bilardi.
Jahl ustida boshini uning peshonasiga urdi, balki hushiga kelar degan umidda — lekin bu bilan faqat o‘zini og‘ritdi.

“Qani yo‘qol!” — deb baqirdi u, yuragida to‘plangan g‘azab nihoyat portlab chiqdi.
U o‘zini uning quchog‘idan chiqarishga urinardi, lekin ustidagi kiyimlar harakatini yanada qiyinlashtirar, uni bo‘g‘ib qo‘yardi.

Uning og‘ir tanasini ko‘tarishga harakat qildi, tishlarini g‘ijirlatib, butun kuchini ishga soldi. Sekin-asta uni tik holatga ko‘targandek bo‘ldi, lekin shu payt belida nimadandir siqilganini his qildi — harakati to‘silib, o‘zini butunlay qamalgandek sezdi.

Bitta qo‘lini bo‘shatib, orqasiga uzatdi. Barmoqlari shoshqaloqlik bilan qaysi joydan siqilayotganini aniqlashga urinardi.
Shunda barmoqlari sovuq metallga tegdi.
U bir lahzalik dahshatdan qotib qoldi bu nimaydi? Qanday qilib?

Anglab yetishga ulgurmasidan, yuragidan vahima yugurib o‘tdi.

To‘satdan Kai uy ichidan chiqayotganini sezdi.
Uning ismini aytib chaqirgani Galiani seskantirib yubordi. Qorong‘ulik, vahima va xijolat ichra, u turgan joyida muvozanatini yo‘qotib, qaltirab yiqildi.

Ularning ikkalasi ham yerga qulashdi — u Jungkookning ustiga tushdi, tanalari bir-biriga chirmashib, Kai ularni ko‘rib qolmasligi uchun harakat qilardi.

U butun kuchini yig‘ib, Jungkookning tanasini ag‘darib, o‘zi ham qarama-qarshi tomonga ag‘darildi. Uni o‘zi bilan birga sudrab o‘tdi, to‘qnashgan oyoq-qo‘llar, aralashgan nafaslar — yuragi dod solgudek ura boshladi.

Bu holat tushuntirib bo‘lmas darajada noqulay edi. Uning yuragi o‘ynab ketdi — hozir bu yerdan chiqib ketish kerak, sahnani kattalashtirish emas.

Endi u uning ustida edi.
Ko‘zlarida g‘azab chaqnardi.

Nega hamisha hamma narsani murakkablashtirasan? deya shivirladi u tish orasidan.

Uning nigohi hali ham xotirjam yotgan Jungkookka qadalgandi — xuddi hech nima bo‘lmaganday uxlab yotardi.

Ammo bu joy — uyquda yotadigan joy emas edi.

Bu holat ham noqulay, ham nomaqbul edi.
Uning qo‘llari Jungkookning quchog‘ida harakatsiz qamalib qolgan, og‘riq zo‘rayib borar, u esa ojiz holda harakat qilishda davom etardi.

Nihoyat, kuchi butunlay qurib, u uning ustiga ozini tashladi — hansiragan nafaslari qisqa, og‘ir edi.
Charchoq va umidsizlik bilan u yana bir bor Kai ga qaradi — u hali ham uni qidirayotgan edi.
Ammo bu gal ko‘zlari yerda yotgan qurolga tushdi — to‘ppa-to‘g‘ri Kai oyog‘i ostida.

Ko‘zlari dahshatdan kattalashdi.

“Yo‘q, iltimos, ichkariga kir…”
Unga nisbatan hech narsa deya olmasdi, faqat ichida nolirdi.

O‘zida bor kuchni yig‘ib, cho‘ntagiga qo‘l soldi — telefonini izlab, barmoqlari titrab ketdi. Nihoyat telefonni topdi va shoshilinch tarzda Kaiga bir bahona yozdi — onasining ahvoli yomonlashgani va shoshilinch uyga qaytishi kerakligi haqida.

Kai xabarni olgach, unga qo‘ng‘iroq qila boshladi.
Ammo u javob bermadi, yuragi urib ketar, panikada qolgandi.
Kai jahl bilan uning ismini baqirib chaqirdi, ammo javob bo‘lmagach, og‘ir qadamlar bilan orqaga qaytdi — uy ichkarisiga kirib ketdi.

Nafasini rostlashga urinar ekan, u Jungkookning yuzini silkitdi, hayotga qaytarmoqchi bo‘ldi:
“Qanday qilib bunday uxlaysan?!” — deya zorlanardi. — “Bilaman, sen faqat o’yin o‘ynayapsan. Uyg‘on! Meni bunchalik qiynama!”

Ammo Jungkook hali ham jim, hech qanday javob yo‘q. Pinch qilish ham, tortib olish ham foyda bermasdi — uning quchog‘i hali ham bo‘shamasdi. U yana yolg‘iz, yana ojiz edi.

U yengil “uhh” tortdi, yengilgina titragan barmoqlari bilan telefon raqamlarini terdi.
Minho. Uchinchi urinishda u nihoyat telefonni ko‘tardi.

“Qayerda yuribsan?!” — dedi u, ovozida charchoq va g‘azab aralash edi.

“Arum tinmay qo‘ng‘iroq qilayotgandi, shuning uchun e’tibor bermadim,” dedi Minho. “Omading kelibdi, telefonni o‘chirmoqchi edim. Nima bo‘lyapti o‘zi?”

“Xudo haqqi, Arum bilan jiddiy gaplashish kerak,” deb ming‘irladi u charchoq bilan. “Quloq sol, bu yerga kelolasanmi?” U Minhoga bo‘layotgan g‘alati holatni tushuntira boshladi, yordamga umid qilib.

Minho esa eshitgan gapidan kulib yubordi, ishonchsizlik bilan: “O‘zini kishanlaganmi? Rostdanmi? Nima bo‘ldi, u seni zo‘rlab ushlab turibdi deb o‘ylaysanmi?”
U kalitlarini olarkan, ketishga tayyorlana boshladi.

U esa ko‘zlarini olib qochib, og‘ir xo‘rsindi:
— “Ha, ha, avvaliga nima qilayotganini tushunmadim. Bu muammoni hal qilish uchun emas, faqat… men shunchaki tuzoqqa tushib qoldim,” dedi ranjib. U butunlay ojiz edi.

U telefonni qo‘ygach, o‘zini chalg‘itgan savol — nega Jungkook o‘zini kishanladi? — yana aqli va yuragiga og‘irlik qilib tushdi. Unga bu quchog‘idan chiqib ketishning iloji yo‘q edi — qanday urinmasin, qo‘llari qattiq bog‘langan edi.

Boshqa chora qolmagach, orqasidagi og‘riq zo‘rayib, boshi ohangrabodek Jungkookning ko‘kragiga quladi. Uning yurak urishlari — avvalgi janjal paytida notekis, g‘azabli bo‘lsa — endi tinch, barqaror edi.

“Nega aynan hozir?” deb pichirladi Galia charchoq bilan. — “O‘zingni hali ham o‘smirday his qilyapsanmi? Nega bunday bolalarcha harakatlar qilayapsan?”
Ammo u jim edi. Bu harakati uchun bir og‘iz izoh ham bermadi.

Ko‘zlari uning yuziga tushdi — har bir chizig‘ini, hatto sovuqdan qizarib ketgan quloqlari va burnigacha sinchiklab kuzatdi. Tuproq sovuq edi. Agar shunday yotaversa, kasal bo‘lib qolishi aniq edi.

— “Kel tezroq… Mino-ah,” dedi u hansirab.
Sovuqlikdan titragan qo‘li bilan asta harakat qilib, Jungkookning ochiq qolgan qulog‘ini kurtkasining iliqligi bilan yopdi.

“Bu oddiy insoniylik xolos,” dedi u, o‘zicha pichirlab.

Uzoq charchoq to‘lqini yana yuragini bosdi. Ko‘z qovoqlari og‘irlashdi. Uyqu asta-sekin unga hukmronlik qila boshladi.
U chuqur xo‘rsindi va ko‘zlarini yumdi. Qiyin, bezovta uyquga cho‘mdi.

Bir necha daqiqadan so‘ng, Jungkook ko‘zlarini asta ochdi — qulog‘iga chalinayotgan yumshoq xirillash ovozi uning tinch uxlayotganini anglatardi. Unga tikilib qarar ekan, lablarida beixtiyor tabassum paydo bo‘ldi — bu sokin, nozik lahzaning mehr bilan to‘lganligi yuragiga iliqlik baxsh etdi.

“Romantik bo‘lish degani shumi? Men hech qachon bunday bo‘lganmanmi? Galia… biz aslida kim edik?” — deb o‘zicha pichirladi u, kulimsirab. Bu g‘ayrioddiy voqealar unga notanish, ammo shu bilan birga yoqimli tuyulardi. U hatto o‘zini bunday yumshoq, mehribon his qilayotganidan hayratda edi.

O‘zining ozgina oldin qilgan harakatini o‘ylab, yana jilmaydi. Bu unga mutlaqo xos bo‘lmagan ish edi. Lekin Galia go‘yoki undagi boshqa bir tomonini ochib yuborgandek — go‘yoki uning o‘zi bo‘lishi orqali Jungkookni o‘zgartirib qo‘ygandi.

Seri bilan u hech qachon shunday harakatlar qilishga ehtiyoj sezmagan. Ularning munosabati deyarli faqat jismoniy yaqinlik atrofida aylanar edi.

U doimo ish bilan band edi. Uchrashuvlar esa — faqat yotoqda, uxlab qolishdan oldin, vaqtinchalik birlashishdan nariga o‘tmasdi.

Ammo Galia bilan hammasi boshqacha edi. U borligi bilan undan faqat tana emas, ruhiy yaqinlikni ham talab qilardi. U ich-ichida yanada chuqurroq tuyg‘ularni, oddiy jismoniy ehtiyojdan ko‘ra ma’noliroq bog‘lanishni his qila boshlagandi.

Go‘yoki Seri bilan “sevgi” haqida da’vo qilsa-da, u bilan hech qachon xotirjam bo‘la olmagan, hatto bir marta ham tinch uxlamagan edi. Har doim miyasi xotirjam bo‘lishi uchun dorilarga muhtoj bo‘lgan.

Ammo hozir — u Galianing peshonasiga mayin bo‘sa qo‘yar ekan — o‘zini yengil va yengil his etdi. Go‘yoki yelkasidagi og‘ir yuk birdan yo‘q bo‘lib ketgandi.

U ko‘zlarini yumdi, va nihoyat topgan o‘sha noyob osoyishtalikda g‘arq bo‘ldi.

Bu paytda esa Minho manzilga yetib kelgandi. U atrofga ko‘z yugurtirar, ularni qayerdadir ko‘rishga umid qilardi. To‘satdan, birinchi qavat balkonidagi harakat e’tiborini tortdi.

U yaqinroqqa tikildi — va ko‘zlariga ishonmadi: ikki kishi quchoqlashgancha, nihoyatda yaqin holatda edi. Ko‘z o‘ngida bunday manzara paydo bo‘lishi uni hayrat va uyalishdan yuragini gupillatib yubordi.

Shoshib, u yaqin atrofdagi butazorga yashirindi, yuragi urib ketgancha, bunday kutilmagan holatni ko‘rib jim turishga harakat qildi.

“Nima balo? Yo‘q, bu Galia bilan Hyung bo‘lishi mumkin emas,” — dedi Minho o‘ziga-o‘zi, birdan paydo bo‘lgan fikridan hayratlanib, yuziga yengil shapaloq tortdi. U bu bexos fikrdan qutulishga urinib, yana bir bor atrofni ko‘zdan kechirdi va nihoyat Galia aytgan joydan ularni topdi. Yuragi og‘rib, u ohista qadam tashlab ularga yaqinlashdi va yonlariga cho‘kdi.

Bir necha lahza davomida hech narsa demay ularni kuzatdi. Ko‘zlariga yosh to‘lib, ichida o‘tkir bir savol g‘imirladi: Agar? Agar men uni hech qachon tark etmagan bo‘lsam-chi?”

Ular ikkisi ham yengil xirillab uxlashardi, yuzlarida sokinlik va tinchlik barq urar edi. Minho ularga egilib, mayin pichirladi: Janob Jeon… Noona…” — ularni asta silkitdi, ammo ular uyg‘onmadi. “Noona, uyg‘on,” — dedi u, yana biroz kuchliroq silkitib.
Galia asta ko‘zlarini ochdi, boshini ko‘tardi va ukasini ko‘rdi.

“Minho… sen sust, sust jonzot. Och bu kishanlarni,” — dedi u, uxlab qolgan tovushda, hali to‘liq o‘ziga kelmagan holda.

Minho bu hazilkash laqabni eshitib, bir lahzaga muzlab qoldi bu so‘zlar uni bezovta qilsa-da, baribir yuragida iliq his uyg‘otdi.

“Meni shunaqa atama. Arumga o‘xshama,” — dedi u, burnini qimirlatib, biroz g‘azab bilan.

“Yo‘q, yo‘q, albatta yo‘q! Mening aql bovar qilmas, mehribon, sexy va zakovatli ukam iltimos, fizika darslaringni ishlatgin-da, meni ozod qil,” — dedi u, lablarini cho‘chchaytirib, hazil aralash iltijo bilan.

Minho kulimsiradi. U cho‘ntagidan bir nechta temir pin olib, mahorat bilan kishanlarni ochdi. Nihoyat ular ozod bo‘lishdi.

Galia asta harakatlanib, qimirlay boshladi. Qo‘llari va oyoqlari jonsizdek, uxlab yotgan tanasi cho‘kib ketgandek og‘ir edi. Minhoning yordami bilan u o‘zini tikladi, bo‘yin va yelkalari og‘riqdan cho‘kayotgan edi — uzoq vaqt noqulay holatda uxlagandi.

Keyin ular birgalikda Jungkookni ko‘tardilar. Garchi u hali ham “uxlayotgandek” qilib yotsa-da, harakati engil edi — go‘yoki ularga yordam berayotgandek. Uni mashinasiga olib borish oson kechdi.

Jungkookni o‘rindiqqa joylashtirgach, Galia shoshib, avvaldan belgilab qo‘ygan joyga yo‘l oldi. U yerda joylashgan to‘pponchani sekinlik bilan oldi va cho‘ntagiga yashirdi. So‘ng, mashinaga qaytib, motorni ishga tushirdi.

Bu orada Minho o‘z velosipediga mindi. Shunday qilib, ikkalasi Jungkookning uyiga yo‘l olishdi.

Ular manzilga yetib kelgach, ikki opa-uka Jungkookni ohista eshikkacha yetaklashdi. Yo‘l davomida Jungkookning qorni tinimsiz g‘uldirab turdi — u butun kun davomida hech nima yemagandi.

Eshik qo‘ng‘irog‘i oldiga kelganlarida, Galia bir zum ikkilanib qoldi. Ammo yuragining tubidan chiqqan bir sezgi uni bu fikrdan qaytardi. U qo‘ng‘iroqni bosish o‘rniga, Jungkookning avvalgi eshik kodini ishlatishga qaror qildi. Barmoqlari biroz titrarkan, kodni terdi — va kutilmaganda eshik sekinlik bilan “klik” deb ochildi. Minho unga qarab hayratlanib ko‘z qisdi.

Ehtimol, men yo‘q paytlarimda kodni o‘zgartirishni lozim topmagandir, — dedi Galia jimlikni buzib.

Birgalikda ular Jungkookni oshxona tomonga olib o‘tishdi. Galia va Minho ovqatni isitib, yoniga turli taomlarni — salatlar, va garnirlar tayyorlayotgan paytda, Jungkook sekin-asta ko‘zlarini ochdi. U atrofga alanglab qarab, kulimsiradi. Galia past ovozda Minhoga Jungkookga ovqat solib berishni va u bilan birga ovqatlanishni tayinladi.

Shu paytda, uy ichidagi xonada Hyejin uxlab yotgandi. Ammo shovqin va g‘ala-g‘ovur uni uyg‘otdi. U qo‘rqib, Hoonni turtib uyg‘otdi.

“Yana uxlay olmayaptimikan? Qani, ko‘raylik nima bo‘ldi,” — dedi u xavotir bilan. Birga yurib, shovqin kelayotgan tomonga qarab yo‘l olishdi.

Ular eshikni ochib, oshxonaga kirishgach, ko‘z oldilaridagi manzara ularni lol qoldirdi.

Dasturxon ustida bug‘ chiqib turgan guruch, xushbo‘y Bulgogi, va boshqa yon taomlar turgan edi. Stol atrofidagi muhit iliq tuyulardi — faqatgina kayfiyat og‘ir edi.

Galia katta qoshiqni qo‘lga olib, stolga yaqinlashdi. Issiq guruchdan katta luqma olib og‘ziga soldi. Shu paytda Jungkook instinktga berilib, uning qo‘lidan ushlab oldi.

“Ajoyib paytni tanlading, Jungkook… Ol, nima istaganingga erishding — men bu yerda, sen bilan ovqatlanyapman. Marhamat, yegin.” — dedi u, mushtini siqib, g‘azab aralash hislar bilan qo‘lidagi qoshiqni Jungkookning og‘ziga turtib yubordi. Bu harakat shunchalik keskin ediki, u buni o‘zi ham niyat qilmagandi.

Yirik qoshiq uni tuta olmasdan yo‘talishga majbur qildi, ammo Galia orqaga qaytmadi. G‘azabi yuragini bosib turardi. Hyejin o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi, yordam bermoqchi edi, ammo Hoon uning qo‘lini ushlab qoldi. Bu orada Minho zudlik bilan harakatga tushdi.

“Noona…” dedi Minho, tezda o‘rnidan turib, Jungkookga suv uzatdi va Galianing qo‘lini ohista orqaga tortdi.

Jungkook yutgan zahoti ko‘zlari Galianing g‘azabga to‘la nigohlari bilan to‘qnashdi. Galia esa hech narsa demay, jahli bilan uydan chiqib ketdi. Jungkook ortidan chiqmoqchi bo‘ldi, ammo Minho yo‘lini to‘sdi.

Tashqarida, Galia yolg‘iz o‘tirardi. Yuzidan jimjimador ko‘z yoshlar jimjitlikda sirg‘alib tushardi.

Hoon esa Hyejinni xonasiga qaytardi.

“Kiwi hech narsani tushunmayapti. U unga bunday munosabatda bo‘lishi mumkin emas. Men u bilan gaplashishim kerak. Ular bir-birisiz to‘liq emasliklarini tushunishlari kerak!” — dedi Hyejin, yuzidan xavotir to‘kilib, Hoonning qo‘lidan chiqib, Galia bilan gaplashishga harakat qilib.

“Hyejin-ah, tinchlan. U o‘sha qizga uylangan bo‘lsa, demak, munosabatlariga hurmat bilan yondashishi kerak edi. Axir sen ham, men ham uni qanday qilib tarbiyalaganimizni bilamiz. Endi esa u o‘zi hal qilsin bu masalani.” — Hoonning so‘zlari muloyim edi, ammo qat’iyat bilan aytilgan, u Hyejinga tushuntirishga urinardi.

Hyejinning ko‘zlari yoshga to‘lib, u boshini ishonchsizlik bilan chayqadi. Ovozi titrab chiqdi:

“Bularning hammasidan keyin sen bunday deya olasanmi? Axir bizning o‘g‘limiz shuncha narsalarni boshidan o‘tkazdi-ku!”

“Ammo bu yerda Galia nima gunoh qildi? Bu begunoh qiz bunday jinnilikka loyiqmidi?” deb javob berdi Hoon. Unga tik qararkan, ohangida og‘ir haqiqat sezilardi.

“O‘g‘limiz nima yomon ish qildi? Men bilaman, u unga bepisand bo‘lishi kerak emasdi, lekin…” — dedi Hyejin, lekin gapi tugallanmay qoldi.

“Ana shu. U bepisandlik qildi,” — Hoon qat’iy ohangda so‘zini kesdi. U bu munozarani shu yerda tugatmoqchi edi. Hyejinni asta o‘z xonasiga yetaklarkan, uning nigohlarida haligacha Galia bilan yuzma-yuz gaplashishga bo‘lgan ehtiyoj porlab turardi.
_______________
Bugun ko‘p narsa boshingdan o‘tdi, janob Jeon. Iltimos, ovqatingizni to‘g‘ri yeng. U sizning hammasini shu holatda qoldirishingizni istamasdi. Siz undan kechirim so‘radingizmi?” — dedi Minho, go‘yoki ovqatlanayotgan bo‘lib, Jungkookga hamrohlik qilarkan.

Jungkook stulga orqaga suyandi, jim o‘tirarkan, fikrlari ich-ichidan urilib o‘tardi.

“Men… men qayerdan boshlashni ham bilmayapman. Kechirim so‘rashning o‘zini ham…” — dedi u nihoyat, iztirob bilan.

Minho boshini yon tomonga qiyshaytirdi, bu so‘zlar ustida o‘ylarkan: Lekin, agar nima deyishni bilmasangiz ham, hech bo‘lmaganda kechirim so‘rashning o‘ziyoq muhim emasmi? Uni xafa qilganingizni afsus bilan qabul qilayotganingizni ko‘rsatish uchun,” — dedi u tavsiya tariqasida.

Jungkookning iztirobi har bir so‘zida sezilib turardi: U boshqacha. U boshqalarga o‘xshamaydi. U menga to‘g‘ri qaraydi, har bir so‘zimning tagidagi ma’noni tushunadi… Meni hammadan yaxshiroq anglaydi…” dedi u, tovushi asta so‘narkan.

Ammo Minho uning so‘zini bo‘ldi: Aynan shu muammo, janob Jeon. Siz undan har narsani tushunishini va sizni kechirishini kutolmaysiz. Bu adolat emas. Men ham Galiaga o‘xshayman — men ham sizni yomon ko‘ra olmayman. Lekin opamning ko‘z yoshlarini ko‘rish — bu meni ich-ichimdan sindiradi. Shuning uchun, iltimos… u ortidan yugurishni bas qiling. Uni tinch qo‘ying,” — dedi Minho qat’iy, yuragida yig‘ilgan og‘riq va opasiga bo‘lgan mehr bilan.

Shundan so‘ng, Minho Galiani o‘zi bilan birga olib, uyni tark etdi. Jungkook esa yolg‘iz qoldi — Minho aytgan so‘zlar va ularning ma’nosi haqida chuqur o‘yga toldi.

Ular uyga qaytgach, Minho biroz ikkilanib turdi, ammo oxiri Kai uyida ko‘rgan voqealarni so‘zlab berishga qaror qildi.

Bu gaplarni eshitgan zahoti, Galia qo‘lini boshiga olib bordi — xuddi yuragiga bir og‘ir yuk tushgandek. U o‘zicha o‘ylardi: “Kai, albatta, Marie’dan o‘z g‘azabini chiqarayotgan bo‘lsa kerak…”

Kai yaxshi yigit emas… Iltimos, unga oshiq bo‘lib qolmagansan, degin. Va u yerda, uning uyida qolishni bas qil,” — dedi Minho, opasining qo‘lini mahkam ushlarkan, yuragidagi xavotirni yashirmay.

Galia boshini tezda chayqab, uni tinchlantirishga urindi:

Yo‘q, men uni sevmayman. Lekin u ham o‘z hayotini yashayapti… Sening ko‘rganlaringni unutamiz. Kel endi dam olaylik,” — dedi u, yuragi ezilgan holda xonasiga kirib ketarkan.

Yotoqda yotar ekan, Galia o‘zini yomon his qildi. Uning yuragini eng ko‘p ezayotgan narsa — Mari uchun pushaymonlik edi. “Men sababchi bo‘lganman shekilli… U faqat jinsiy ehtiyojlar uchun ishlatilayotgan bo‘lsa-chi?” degan fikr ich-ichidan qiynardi uni.

Bu orada Minho ham uxlay olmadi. Barchasi yuragini zirqiratayotgan edi. Bundan tashqari, Arum tinimsiz qo‘ng‘iroqlar qilaverib, uni battar asabiylashtirar edi. U oxiri telefonini o‘chirib qo‘ydi.

“Bu o‘zini malika deb biladigan qizcha meni tentak qilib yuribdi. U kechasi bilan uxlamay, menga g‘ashimni keltirish uchun qora doiralarga qolsa ham, baribir telefon qilishda davom etadi,” — deb g‘udrandi u yostiqqa bosh qo‘yar ekan. Shundan so‘ng asta-sekin uyquga ketdi.

𝑱𝒖𝒏𝒈𝒌𝒐𝒐𝒌

𝑮𝒂𝒍𝒊𝒂

𝑴𝒊𝒏𝒉𝒐

𝑨𝒓𝒖𝒎

𝑴𝒂𝒓𝒊