June 17, 2025

Tasodif emas taqdir

Tasodif emas taqdir

Kunlar u bilan qiziq o'tardi. Huddi meni quvontirish uchun hayotinga kirib kelgandek edi. U bilan o'zimni qulay va yaxshi his qilaman. Bunday do'stlik menga nasib qilganidan juda xursandman men. U men uchun huddi farishtadek.

Naelora bir nuqtaga tikilib xotiralarni eslar ekan labida kichik jilmayish tortdi.

Naelora maktab derazasi oldida unga yaqinlasha bo'lgan insonni kutib o'tirar ekan u kutayotgan inson sinfdan hazl qilib, kulgancha chiqar edi. Qizni ko'ziga u farishtadek ko'rinardi go'yo.

~ Nara . . . – yigit hali gap boshlamas oldi orqadan bir qiz Jungkookni chaqirdi.

~ Harin ? – yigit qizni ismini tiliga olar ekan Nara bir oz noqulay va yomon his qildi o'zini.

Harin u Jungkookni sobiq sevgilisi edi. Nara Harindan nafratlanardi. Nara Jungkookga yoshligidan beri ko'ngil qo'ygan edi. Lekin shu kungacha Harin sabab o'z tuyg'ulari haqida og'iz ocha olmadi. Jungkookni tabbasumi, ko'zlari, uni Nara deb chaqirishlarini qiz sevardi.

~ Jungkook anchadan beri gaplashmadik, sen bilan gaplashib olaylik. – qiz yigitga yaqinroq bo'lish uchun yigitni qo'lidan ushlab oldi.

~ Sen bilan hech qanday gaplashadigan gapim yo'q. – yigit qizdan qo'lini tortib olib, Narani o'zi bilan yetaklagancha olib ketdi. Harinni ko'rgan zahoti qizni xiyonati kelardi yigitni esiga. Jungkook va Nara maktabdan chiqgach yigit chuqur nafas olardi.

# NOW

Qiz hayollari bilan ko'milib o'tirar ekan yigit qizni chaqirib o'ylarini uchurib yubordi. Nara yigitga qaragancha jilmaydi. Yigit qizga qo'l siltagancha unga yaqinlashardi. Yigit Qizni oldidagi stulga o'tirdi.

~ Qanday gaping bor edi, Nara?

~ Jungkook...men...Haligi...seni...

~Nima meni? – yigit menyuni olib ovqatlarni tanlashni boshlar ekan savol berib qo'ydi.

~ Seni...shunchaki ko'rgim keldi. – qiz bu safar ham tuyg'ularini oshkor qila olmaganidan hafsalasi bir bo'ldi.

~ Ko'rging keldi? – yigit qizga savol bilan tikilib qoldi, u boshini chayqab gapni boshqa tomonga burmoqchi bo'ldi.

| Pov Jungkook

Uni uyatchanligi, duduqlanishi uni yanada yoqimtoy qilardi. Uni yunaloq ko'zlari, qizil lablari uni o'ziga juda yarashardi go'yo. Go'zal edi. U go'zallikdan ham go'zal va yoqimli edi. Nega haligacha unga tuyg'ularini ayta olmayabman tuahunmayman. Do'stlikni yo'qotishdan qo'rqish? Yo'q men bundan ortig'ini istayman.

Yigit boshini chayqagancha tomog'ini qirib qo'ydi.

– Xo'sh, nima buyurtma qilasan?

# After 1 hour

Ikki yosh yo'lakdan yurar ekan, ikkisi ham nima deyishni bilmas edi. Qiz yigitga qaragancha o'z tuyg'ularini oshkor qilishga jasorat topdi uni ko'zlaridan.

~ Jungkook...men...

~ Nara iltimos faqat duduqlanmasdan gapir, men seni yaqiningman yoki mendan uyalasnmi, tushunib bo'lmaydi. – qiz yuruahdan to'xtab yigitga tikilardi holos. Jungkook qizga qaragancha uni harakatlariga tushunmadi. – Nimadir bo'ldimi ?

~ Jungkook...men seni... s...s...sevaman... – nihoyat jasorat to'plagan qiz qiz ko'zlarini chirt yumib o'z tuyg'ulari haqida gap ochdi.

Yigit o'sha joyida muzlab qoldi. Qizga qarar ekan ifodasini o'qib bo'lmasdi.

~ Hozir sen...meni...sevishingni aytdingmi...men to'g'ri eshitdimmi? – qiz bosh irg'agancha yigitni keyingi gaplarini kutar edi.

~ Qachondan beri ?

~ Yoshligimizdan beri.

~ Sen...ahmoq nega buni ildinroq aytmading. – yigit tirhaygancha qizga yaqin kelardi. Qiz u kutgan javobni olmadi, u o'yladiki u rad etilar edi. Lekin bu qanday javob ?

~ Buni avvalroq aytganingdan yaxshiroq bo'lardi, qulupnaycham. – qulupnaycham? U xursand payti unga qo'yadiga yoqimli nom edi.

~ Jungkook sen...nima demoqchisan ?

~ O'zing nima deb o'ylaysan. Men seni sevishingni bo'lardim, lekin o'zimni tuyg'ularimni birinchi oshkor qilgim kelmadi. Buni sendan eshitishni hoxladim. Meni ham sevishingni o'zingni tilingdan eshitiahni hoxladim, qulupnaycham. Men ham seni sevaman.

Qizni ko'zlarida hayrat ila quvonch ham bor edi. Go'yo u o'zini dunyodagi eng baxtli inson kabi his qilar edi.

~ Jungkook... – yigit uni gapini kesdi.

~ Bu tasodif emasdir taqdir edi. Sen bilan do'st bo'lishimiz taqdir edi, Nara. – yigit Qizni belidan ushlab uni o'ziga yaqin tortdi. Bir barmog'i bilan yuzini solar ekan Qizni ko'zkariga huddi nimadir izlayotgandek termulardi.

~ Shunchaki jim. – qiz e'tiroz bildirishidan oldin yigit o'z lablarini qizniki bilan tutashtirdi. Bu ularning birinchi bo'sasi edi.

| Pov Jugnkook

Nihoyat undan bo'sa oldim. Uni lablari huddi qulupnay ta'mli edi. Uni shunday yeb qo'ygim kelar edi lekin o'zimni tiyib turibman. Bo'sadan so'ng uni nafas olishi ovozi istagimni yanada oshirardi.

– Yigit chidab tura olmay Qizni yana bir chuqur bo'saga tortdi, huddi bu bo'sani umuman buzishni istamayotgandek. Bo'sa soniya sayin chuqurlashib borar edi.

Bu rostan uzoq kutilgan sevgi edi. Ikkisi ham bu onlarni ancha kutishgandi.

# Tasodif emas taqdir

| Naelora uchun bir reaksiya, reaksiyani birinchi marta yozganim uchun O'zimga g'alati tuyulyabdi balki rostan ham g'alatidir bilmayman lekin sizga yoqadi deb umid qilaman. Hatolar bo'lsa uzr. |