September 10, 2025

BELOVED ENEMY

– Kuz fasli . .
Mening sevimli faslim . Tilla rangdagi barglar daraxtdan asta - sekin to'kilardi , deyarli barcha joy tilla ranga kirgan . Aynan shu manzara yoqardi menga .

– Fea qizim . . – tashqari hovlidan qizning onasi ismini aytib chaqirardi .

– Hozir ona boryabman. – qiz hovliga shoshib chiqgancha oyisiga yordamlasha boshladi .

Pov Fealith)

– Onamga tezroq davolovchi darmon topishim kerak , u dorini topsam mendan baxtliroq odam bo'lmasdi . Agarda onam shu holatda qolib ketsalar . . men onamsiz qolaman . Lekin buni istamayman , menda onam va ukamdan boshqa yaqin insonim yo'q . . Faqat Italiya qoldi , aniq bilamanki o'sha dori Italiyada . Qidirmagan boshqa mamlakatim qolmadi .

– Minho onamga qarab tur men bir narsani tekshirib chiqishim kerak. – Minho bosh irg'agancha onasini oldida qoldi .

Qiz xonasiga kirgach kitob javonidan o'ziga kerakli xaritani oldi . Xaritani stolga qo'ygach Italiya davlati joylashgan nuqtani qidira boshladi .

– Ha topdim . . Jin ursin Samoa mamlakatidan uzoq ekan . Chipta ham qimmat demak , onam bilan Minhoni qoldirib ketishim kerak bo'ladi . Hoziroq chipta olaman .

Samoa mamlakati

– Salom janob , Italiyaga chipta bormi ?

– Salom xonim , Italiyaga chipta bor chipta narxi o'n besh million , Italiyaga uchish sanasi yigirmanchi oktabrda uchadi . Kechki va ertalabki reys bor . Ertalabki reys soat oltida , kechki esa soat ikkida . Sizga to'g'ri keladimi xonim ?

Pov Fealith)

Mmm o'n besh million bu juda qimmat lekin Minho va onamsiz ketsam pul yetadi . Ularsiz qanday ketaman . . Jin ursin hammasini . O'sha la'nati gulni topib tezda qaytishim kerak . Minho onamga yolg'iz qaray olmaydi axir .

– Ha janob to'g'ri keladi , chipta narxini naqd pulda bersam bo'ladimi ?

– Bemalol – qiz sumkasidan bor pulini chiqararkan sumkadi deyarli bo'shab qoldi . Qiz qo'lidagi pulni berar ekan yuz ifodasi bir oz so'ngan edi .

Italiya . 14:34

– Calips dorisini hali ham topmadingizmi ahmoqlar!? – yigit qo'riqchilarga baqirar ekan asab tolalari birin ketin uzilardi .

– Ko'zimdan yo'qol hammang takasaltanglar , barchang keraksizsan . O'zim qidirishga chiqganimda o'sha Calips dorisi allaqachon qo'limda bo'lardi . Jin ursin .

– Nico safarga chiqishga narsalarni tayyorla ertaga yo'lga chiqamiz , tushunarlimi ?

– Tushundim janob .

Samoa . Tong 5:34

– Ona kech qolyabman , tezroq bo'ling .

Shiku qizni oldiga kelib mahkam quchoqlab oldi . Bir oz ortga o'tib qizini yuzidan o'pdi .

– O'zingni ehtiyot qil , hopmi qizim .

– Hop onajon , men tez orada qaytaman .

Qiz uydan shoshilib chiqgancha mashinaga o'tirdi . 9-10 daqiqalarda aeroportga yetib keldi . Qiz chiptasiga qarab o'z qatorini topgach o'z qatori tomon yugurdi . Samolyotga kirgach o'z o'rindig'iga joylashdi . Derazadan tashqariga qarar ekan o'zini hotirjam his qildi .

Fealith

SAMOA

– Ona , otam sizga nechi yoshida uylangan ?

– Otangmi ? 25 yoshida menga uylangan edi . Ehh o'sha paytlar biz bir-birimizni juda sevardik . Birinchi bo'lib men unga oshiq bo'lganman . Keyinchalik u menga qiziqb qoldi . Men o'shanda u bilan juda baxtli edim . . – ayol buni yoqimli tabbasum bilan eslarkan ko'ziga yosh keldi .

– Onajon yig'lamang , men va opam sizni oldingizdamiz . Fea siz uchun o'sha dorini olib kelgani Italiyaga ketdi , ko'ryabsizmi u sizni qanchalar yaxshi ko'radi . Faqat opam emas men ham sizni yaxshi ko'raman .

– O'zimni bolajonlarim , onang ikkingizdanham faxrlanadi . – Ayol bolasini bag'riga bosdi .

Tashqari tomondan eshik jiringlashi eshitilar ekan uy ichidagi ikki inson ham eshikga qaradi .
- O'zim qarayman ona. – yigit eshikni ocharkan eshik ortida Jungkook turardi .
– Salom Minho . . – Minho yigitga jiddiy nigoh bilan qarab o'tirardi .
– Nima maqsadda kelding ? – Minho nima maqsadaligini bilsada so'rashga qaror qildi .
– Mmm Fea uydami ? Agar bo'sh bo'lsa chaqirib ber.
– U allaqachon Italiyaga ketdi. – yigitni shu gapidan so'ng Jungkook qotib qoldi .
– Allaqachonmi ? Lekin menga noyabr oyida ketishiligini aytgandi .
– Sen kimsanki u sendan so'rab ish qilsa . Sen bilan gaplashib o'tirish niyatim yo'q endi bu yerdan ket va opamni tinch qo'y la'nati ! – yigit Jungkookni yuziga achiq gaplarni aytgach eshikni qattiq yopib qoydi .
– Demak ketib qoldim degin qushcham , unga aytmay ketsam topa olmaydi deb o'yladingmi . Adashasan Fea . . .
Yigit cho'ntagidan telefonini chiqarib ishchilaridan biriga qo'ng'iroq qildi .
– Ertaga ertalab Italiyaga uchib ketish uchun samolyotni tayyorlang !
– Hop bo'ladi janob .

– Unga nimalar yoqardi ? Lily guli , achiq qahva , yana ko'p narsalarni o'ylab topishim kerak . .