Love in the Darkness
Love in the Darkness
Author : Akira | Epi...4
Kechquruni bilan uhlolmay chiqdim. Uhlasam ham tushimga o'sha la'nati Yoongi kiryabdi. Uyqumni ham barbod qilgani yetmagandek...oldimda uhlashiga nima bor ekan endi. Nega aynan sen? Nega aynan vampirsan? Nega men seni uchratdim? Den bilan uchrashib qolmaganimda balki bu la'nati voqealar ham bo'lmasmidi...
Lekin sababsiz ota-onamni sog'inyabman. Balki o'sha o'rmonga qochib ketganim sababdir. Onam u menga mehribon edi. Doim men haqimda tashvish qilardi. Mensiz yashay olmasdi...
Otam esa meniki Doim erkalar, ishdan qaytgach menga shokoladlar olib kelardilar. Men bilan vaqt o'tkazishdan doim xursand bo'lardilar...Lekin endi ular meni o'z xohishlari bilan tashlab ketishdi. Ularga o'gayligim sabab mendan voz kechishdimikin. Agar men ulardan so'rasamchi, ular bilan ko'rishgim kelyabdi.
Qiz o'z fikirlari bilan chalg'ir ekan ko'zidan yosh oqib yig'lab yubordi. U ota-onasiga o'rganib qolgan edi.
Qiz oldida yotgan yigitni uyg'otmoqchi bo'lib uni tebratdi.
~Yoongi...β javob yo'q Shunchali ming'irlagan ovoz.
~Yoongi! β qizni ovozi bu safar balandroq chiqdi. Yigit joyidan asta siljib gapirdi.
~Men...men ota-onamni ko'rmoqchiman.
~Yo'q, turing, o'rningizdan turing! Men ulardan bir narsani so'rashim kerak! Uyg'oning axir! β qiz gaplarini yig'lab sirab aytar ekan, yigitni ifodasi yumshab qoldi. Yigit o'ziga kelaf ekan, qizni iyagidan ushlab, bilar-bilinmas silardi.
~Yig'lama! Ular hozir qayerdaliklarini bilasanmi? β qiz ko'z yoshlarini artgancha, o'ziga kelishga harakat qildi.
~Ha...bilaman. Iltimos ularni oldiga olib boring, iltimos sizdan.
~Bo'ldi tinchlan...Olib boraman mayli β yigit yotoqdan turgancha, cho'zildi.
~Rostanmi? Rostan olib borasiz a?
~Rahmat, katta rahmat sizga. β qiz o'rnidan tez turib, eshik oldiga yugurib bordi.
Yigit qizni bilan birga eshikdan chiqgach, mashinani eshigini qiz uchun ochib berdi. Qiz mashinaga kirgandan keyin o'zi ham o'tirib mashinani haydadi.
Ular jim sukutda ketishar edi. Qiz derazadan tashqariga qaragancha uzoqlarni tomosha qilib ketardi. Uzoqlardagi o'sha tanish daraxtlar, bog'lar, manzillar narchasi tanish edi qizga.
Bu yerlar menga tanish, menimcha yaqinlashdik. Bu yerdagi bog'lar, to'da bo'lib turgan insonlar, bular menga ota-onam bilan bo'lgan yoqimli xotiralarni eslatadi. O'aha damlar . . . barchasi yoqimli edi. Otam meni erkalab 'shirintoyim' deb chaqirishlari, bularni juda sog'indim axir.
| Flashbacks
~ Shirintoyim, senga qaytgunimcha nima olib boray ? β telefon ortidan kelgan ovoz, nisbatan ko'p bo'lgani va mashinalar ovozi sababi xira kelardi.
~ Achchiq rameon, shuni o'zi yetadi dadajon. β ohista kulib gapirar ekanman onam bir barmog'i bilan burin uchimga ohista, kulgu bilan urib qo'ydilar.
~ Ho'p bo'ladida. Meni kut uhlab qolma, shirintoyim.
~ Yaxshi, sizni bir umr kutishga ham tayyorman, dadajon. β telefon yakunlangach onam meni quchog'iga tortgancha yuzim, burnim peshonamga o'pichlar bosdilar.
| Now
Bu xotiralarni eslab ko'zimdan ohista yosh oqdi. Bir tomchi. Ikki tomchi. Yig'lashni boshladim. Bu xotiralar ortga qaytib qolishini juda ham hoxlardim. Shuncha xotiralar . . . Unuta olmayman β buni garchi hoxlasamda barbir unuta olmayman, bular doim yuragimda iliq va sovuq xotira bo'lib qolaveradi.
~Hoy Aki, kelib qoldik yig'layverma.
Qiz yig'ini bosiahga urinar ekan yig'idan ho'l bo'lgan ko'z va yuzlarini artgancha tinchlaniahga urinib chuqur nafas oldi.
~ Yetib keldik. β yigit mashinani to'xtatar ekan wiz shoshilgancha mashinadan tushib yugurib ketdi.
~ Hoy shoshilma . . . β yigit uni ortidan baqirgancha qoldi.
Qiz o'z ko'chasiga kirgach xotiralarga to'la qora eshikli uyni qidira boshladi.
~ Qora eshik . . . qora eshik qani endi . . . Mana topdim. β qiz yig'lagancha eshikni taqqilatgach eshikni ortidan past, bo'g'iq, begona ovoz eshitildi.
~ Men Akiraman, oyi . . . β qizni shu gapidan so'ng jimlik sukut qurdi. Nega jim ? Oradan ikki daqiqa o'tar o'tmas eshikni sochi och sarg'ish, qirq-ellik yosh atrofidayi qariya ayol ochdi. Men uni ko'zdan kechirar ekanman meni qo'limga allaqandaydir xatni uzatdi.
~ Sen Akira Meadowssan, to'g'rimi ?
~ Ota - onang menga shuni berib qo'yishimni so'rashgan edi. Ular bu yerdan boshqa shaharga ko'chib ketishgan. β ayol xatni menga tutqizgach eshikni yopdi.
~ Ular nega ko'chib ketishdi, bo'lishi mumkin emas. β qiz eshikni pastidagi sovuq zinaga otirigach xatni ochdi. U yerda shunday yozilgan edi.
" Shirintoyim, biz onang va men seni tashlab ketganimiz uchun hafa bo'lma. Sen ham endi kichkina qiz emassan, yigirmaga to'lgansan. Seni katta qildik, o'stirdik, Lekin seni bir umr boshimizda ko'tarib yuramiz degani emas. Shirintoyim seni tashlab ketganimiz bilan hayot to'xtab qilmaydi, shunday ekan hayotingni davom et. Biz seni yaxshi ko'ramiz, qizalog'im. Seni yaxshi ko'ruvchi ota - onang. "
Ular meni shunchaki tashlab ketisha olmaydi axir. Men . . . men ularsiz yashay olmayman. Nega menu tashlab ketdingiz oyi, dada, iltimos qaytib keling. Men yaxshi farzand bo'lishga va'da beraman . . . iltimos . . . iltimos sizdan qaytib kelinglar . . . o'tinib so'rayman.
Sizni ko'zlari yoshga to'lgan edi. Bir tomchi. Ikki tomchi. Qog'ozga ko'z yoshlarini tomib ho'l qilardi. Qiz yerga yiqilgancha yig'lardi. Yoongi mashinadan tushib kelar ekan qiz yerga yiqilgancha yig'layotganini payqab Qizni oldiga yugurib bordi. Yigit qizni oldiga tiz cho'kkancha nima bo'lganini bilishga harakat qilardi.
~ Aki nima bo'ldi . . . gapirsangchi . . . nega yig'layabsan . . . β Javob yo'q. Qiz shunchaki yig'lardi. β Aki iltimos nima bo'lganini ayt menga. β qiz qo'lidagi xatni yigitga tutqazgach, yigit qiziquvchanlik bilan xatni o'qirdi. Xatni o'qir ekan ko'zlarida tashvish, xavotir hissi paydo bo'ldi. Yigit ikkilanmasdan qizni quchog'iga oldi. Qizni tinchlantirishga urinib orqasidan silardi. Qiz o'zini undan olib qochmadi shunchaki o'sha holida qoldi.