May 1, 2025

Paper Rings Real Feelings.

7-qism.

Yozuvchidan: Baʼzida sevgini tan olishni xoxlamasakda, sevgi allaqachon yuragimizda kurtak ochgan boʻladi.

😇😇😇.

Ertalabki tong faqat Seulbi va Jimin uchun emas, balki Jungkook va Hyerin uchun ham ajoyib tarzda otgan edi. Erinibgina koʻzlarini ochgan Hyerin Jungkookning tinch uxlayotgan shakliga tikilib yotdi. Bu juda ajoyib his edi, joningdan ortiq yaxshi koʻruvchi odamni kuzatish hamma narsadanda yoqimli va ustun edi. Hyerin Jungkookning yuzidan siladi, yanoqlaridan oʻpdi, yigitning qaynoq quchogʻiga yanada yaxshiroq joylashdi. Keyin Jungkook tabassum bilan uygʻondi.

  • Hyerin: Uygʻondingmi? Sevgilim.
  • Jk: Nima? Men hali uygʻonmadim shekilli, yana bir marotaba ayt.
  • H: Siz uygʻoqsi, sevgilim. Nega hayron qoldingiz.
  • Jk: Hyerin boshing joyidami? Isitmang yoʻqmi?
  • H: Jungkook, agar bunday deyishni bas qilmasangiz umumna sizni erakalamayman
  • Jk: Yaxshi, yaxshi, gapirmadim.
  • H: Jungkook?
  • Jk: Hmm, nima boʻldi?
  • H: meni sevasizmi? Bilaman, meni juda avaylayapsiz, lekin uchrashganimizdan beri sizni " seni sevaman" degan soʻzingizni eshitganim yoʻq.

Jk oʻylanib qoldi aslida jungkook Hyeringa telbalarcha oshiqligini, u uchun dunyoni yoqishga tayyorligini aytishga juda magʻrurlik qildi. Uning uchun sevgi soʻzi beganadek edi. Toʻgʻri Jungkook Huerinni erkalaydi, himoya qiladi, lekin bu erkakning ayoliga qilishi kerak boʻlgan burchidir. Jk unga hayolidagi gaplarni aytishga qaror qildi:

  • Sevgi? Hyerin sevgi yoʻq tuygʻu, aslida sevgi zailflik belgisidir. Bundan tashqari men seni sevmayman, sen meni ayolimsan
  • H: N.n.nima? Meni sevmaysanmi? Axir sen turmush qurishga rozi boʻlding, menga shu vaqtgacha qoʻl koʻtarmagansan, gʻamxoʻrlik qilyapsan, himoya qilyapsan, nimalar deyapsan oʻzi?
  • Jk: Nima seningcha hozir sanab oʻtganlaringni qilish seni sevishni anglatadimi? (Etiborsiz jilmaydi) Bilasanmi sen yosh boladek fikrlaysan, qolaversa men seni tanlaganim yoʻq, ota onam aytgani uchun senga uylandim. Ular kompaniya va yanada obroʼ ortishi uchun seni oilangni tanlashdi. Ha aytgancha men hamma ayollarga shunday muomalada boʻlaman.

Hyerin Jungkookning quchogʻidan chiqdi oʻrnidan turdi bir ogʻiz ham gapirmadi, yuragi ogʻridi koʻzidan yosh chiqmasa ham ichidagi ogʻriqlar dod faryod soldi. Hammomga kirib ketish davomida koʻzidan tinmay yosh oqdi lekin ovoz chiqmadi. Yuz qolini yuvdi oʻziga kelish uchun iliq vanna qabul qildi, lekin foyda bermayotgan edi, oʻzini chalgʻitish uchun pardoz qildi, sochini turmakladi, hatto hammomda bir necha soat qolib ketganini ham sezmadi.

Bu vaqt oraligʻida Jungkook Hyerinni koʻnglini ogʻritib qoʻygan boʻlishi mumkinligi haqida oʻylab nonushta qilmay uydan chiqib ketdi. Hyerin hammomdan chiqqanida uy boʻb boʻsh edi. Hayoliga bir fikr keldi, uni sevmaydigan odam bilan yashagisi kelmadi. Barcha kerakli buyumlarini yigʻib Jungkookning uyini tark etdi.


Seulbi Jiminni uyida yuvinib chiqishga qaror qildi va hammomga bordi hech qanday tovush eshitilmagach ichkariga kirdi. Lekin ichkarida Jimin bor edi, Jiminni beliga sochiq oʻralgan edi va boshqa hech narsa yoʻq edi. U sochini quritayotgandi. Seulbini koʻrib u ham qotib qoldi. Seulbi uyalganidan xonadan qoqilib-qoqilib xonadan chiqishga harakat qildi, ammo Jiminni ichida bir ovoz patdo boʻldi uni olib qolish kerakligi haqida oʻyladi va bir tez harakat bilan eshikni yopdi va Seulbini chiqishiga toʻsqinlik qildi. Va yana bir tez harakat bilan qizni devorga tirab oldi

Jimin Seulbini yuziga juda yaqin keldi. Qiz qoʻrqqanida hech narsa deya olmadi faqat yigitning koʻzlariga tikildi. Jimin nima qilayotganini angladi lekin uzoqlashmadi.

  • Seulbi: J.jimin?... Nima qilyapsiz?
  • Jimin qizni lablariga koʻrsatkich barmogʻini qoʻyib jim ishorasini qildi: Tshshsh, jim boʻl kecha olgan jarohatlaringni tekshiryapman
  • Qiz biroz jim qoldi: J.jimin, bu terda nafasim qisilyapti men chiqmoqchiman.

Jimin biroz uzoqlashdi, qiz ketishiga imkon berdi. Seulbi shosha-pisha, chiqib ketdi, yuragi haddan tashqari tez urdi.