April 17, 2025

Paper Rings, Real Feelings.

Rollarda: Hyerin, uning otasi Min Sangmin onasi (ya'ni oʻgay) Hyenso, qizning dugonasi Lee Seulbi. Jeon Jungkook, uning otasi Jeon Yejoon onasi Jeon Sera va doʻsti Park Jimin. Hammaga maʼlumki bizda oʻgay ona yomon deb oʻrganib qolganmiz, lekin Hyenso yomon ona emas, u hatto qizga otasidan yaqin.

Maʼlumot uchun: Hyerin 22yoshida va universitetda oʻqimasa ham 3ta tilda bemalol gaplasha oladi, Jungkook esa 27yoshida, U Jeon kompaniyasi va yer osti mafia dunyosidagi sirli merosxoʻr, u hozirda kompaniyada otasini oʻrinbosari.

Quyosh har doimgidek o'z ishini qilayotgan edi va qushlar deraza yonida tinmay shovqin qilayotgani uchun uxlayotgan qizni uygʻotishdi.

Hyerin: Laʼnati qushlar yana meni uygʻotishdi, -deya oʻrnidan turib dush kabul qildi va oddiy kiyimlar kiyib pastki qavatga tushib nonushta qilishni boshladi. Har doimgidek uning ota-onasi stol atrofida edi. Shunda otasi gap boshladi.

Min Sangmin: qizim bugun yana uchrashuvga chiqasan, va biz onang bilan qatʼiy qarorga keldik. Bir necha hafta ichida toʻying bo'ladi.

Hyerin kuldi chunki bu qiz uchun odatiy holatiga aylangadek edi: Dadajon yana qaysi badbashara ahmoq bilan uchrashuvga chiqaman, garov bogʻlayman u meni felimga ikki daqiqa ham chiday olmaydi.

Min S: Buni koʻramiz qizim, agar yutqazsang, toʻpalonlarsiz toʻyni oʻtkazishga rozi boʻlasan. (Hyerin bosh chayqadi va rozi boʻldi


Jimin: Jungkook bugun yana uchrashuvga chiqasanmi? Sera honim bu safar aniq seni uylantirmoqchi shekilli.

Jungkook: Nima boʻlsa ham menga farqi yoʻq, menimcha u shunchaki bit**lardan biri, va u bilan uchrashuvni oʻzidayoq kelishib olaman.

Jimin:Agar u bit** boʻlmasachi, agar u chiroyli boʻlsachi, hammaga oʻxshamasachi?

Jungkook jirkanch jilmayib hayolida uni har xil uslubda tasavvur qildi va :unda uni oʻzimniki qilaman!

Jimin: Har doimgidek, keyin u bilan ishing boʻlmaydimi?

Jungkook: Bu qizga bogʻliq, men uni xatto ismiga ham qiziqmabman, ex hechqisi yoʻq oʻzidan soʻrayman.

Jimin bosh chayqadi.

Jk:men ketdim uchrashuvimga kech qolyapman, boʻlgʻusi xotinmni kuttirmay -deya ofisni tark etdi va qop-qora BMW mashinasini minib uchrashuv joyiga yetib keldi. U qiz kelishi kerak boʻlgan joyda sochlari tugulgan va qora kepka kiygan, oq futbolka va ustidan (qora jemper) kiygan qizni koʻrdi. Bu qizning juda oddiy kiyingani uni darhol eʼtiborini tortdi,

Jk: Salom, sen meni boʻlgʻusi xotinimmisan?

Hyerin har uchrashuvda yigitlarga qilgan muomalasini qilish uchun yigitni koʻziga qaradi lekin bu qiz uchrashgan yigitlarga oʻxshamas edi, bu yigit emas haqiqiy erkak edi, keng yelkalar mushakli qoʻllar tomirli barmoqlar, kastyumga mos soch turmak, jozibali yuz va tim qora koʻzlar, qiz biroz vaqt Jkga qarab turib gapirdi:

Ha azizim, men seni boʻlgʻusi xotingman.

Jk qizni goʻzalligiga qoyil qoldi va oʻzi boʻladiga har xil whore (foxisha*) larga oʻxshamasligini tushinib qizni yoniga oʻtirdi.

Jk: Qizaloq nechcha yoshdasan?

Hyerin: sen oʻylagandan kattaman, meni qizaloq deyishni bas qil!

Jk: Jaxling buncha tez jonginam, ovozingni koʻtarma, hali ovozing har kecha uchun kerak boʻladi.

Hyerin hayratda qoldi va jkdan bunday javob kutmagan edi, hatto uni nazarga ilmay kambagʻallardek kiyingani uchun tashlab ketadi deb oʻylagan edi lekin yigit qizga qiziqish bildirgani uchun yangi yoʻl tutishga qaror qildi (yani yigitdan ochiq savollar bera boshladi) H: Ismingiz nima? Nechcha yoshdasiz? Jk: Ismim Jungkook 27yoshdaman. Oʻzing-chi? H: hmm, men Hyerinman va 22yoshdaman. H: Oyiga qancha topasiz? Jk: Qancha sarflamoqchisan? H: Boʻyingiz nechcha santimetr? Jk: Nechcha kilogrammsan? H: Hamma harajatlarimni toʻlay olasanmi? Jk:Hamma uy ishlarini qilishga kuching yetadimi? Yoki nechcha rounga chiday olasan? (Hyerin davom etdi va qizni tashlab ketishiga ishonib savol berishni davom etdi) H: Uzunligi qancha? Jk: Kengligi qancha? (Hyerinni birinchi marta gapini sindira olgan va koʻp vaqt unga chiday olgan bu erkakdan va uni shahvoniy gaplaridan jahli chiqdi va erkak uni jahlini koʻrib zavqlandi va kulib qizga tikilishni davom etdi.)

Hyerin stolga zarb bilan urib oʻrnidan turdi : Uyatsiz! Ahmoq! Nimalar deyapsan? Oʻzingni kim deb oʻylayapsan?

Jungkook: Boʻlgʻusi ering, sevgilim!

Hyerin koʻzini katta ochib battar gʻazablandi yigitni yoʻlidan qaytara olmasligini bilib oxirgi pozitsiyaga oʻtdi: Men seni xotining boʻlmayman! Yigitim bor!!!

Jkni anch jahli chiqdi koʻzida endi quvonch emas gʻazab tuygʻusi mavj urdi chunki u allaqachon Hyeringa egalik qilishni boshlayotgan edi:

U kim boʻlishidan qaʼtiy nazar u bilan orani ochiq qil! Yoki uni oʻlimini kut, azizim!

Hyerin uni soʻzlaridan biroz qoʻrqdi lekin qizga Jkni rashk qilishi yoqdi. Hyerin uni asabini jilovlab hech narsa demasdan Restorandan chiqib ketdi va bu yigit bilan oʻzi oʻylagandanda koʻproq vaqt muloqatda boʻlganini tushinib miyigʻida jilmayib qoʻydi.

Min S qiziga qoʻngʻiroq qildi: Alo? Qizim yigit bilan uchrashdingmi?

H: ha, dadajon uchrashdim.

Min S: xoʻsh, .. yoqdimi? Unga yana hunarlaringdan koʻrsatmadingmi? Uni qoʻrqitmadingmi? Aslida bularni ahamiyati yoʻq baribir u bilan kelasi hafta turmush qurasan, -qizini javobini kutdi..

H: qoʻrqmang dada, u men oʻylagan landavurlardan emas ekan, ....men roziman. Aslida unga qoʻlimdan kelgancha qoʻpol boʻldim, lekin boʻlgʻusi kuyovingiz gʻirt shilqim va bezbet ekan.

Min S: Oxxx, va nihoyat oʻz tengingni topibsan, juda xursandman uyga kel keyin gaplashamiz.

H: hoʻp.

Qiz yoʻlda piyoda ketayotgan edi lekin oldiga qora BMW kelib toʻxtadi va qoraytirilgan oynlar pastga tushdi va oʻsha jozibali goʻzal yuz koʻrindi, ha bu taxmin qilingandek Jk edi.

Jk: oʻtir, uyinga tashlab qoʻyaman.

H: Raxmat oyoqlarim sogʻlom

Jk:bilaman, lekin boʻlgʻusi xotinim piyoda yurishini xohlamayman.

Hyeringa bu soʻzlar qulogʻiga miydek yoqib tushdi lekin oʻzini yoʻqotmadi.:

Yoʻlingdan qolma, baribir oʻtirmayman -deya yoʻlini davom etdi lekin mashinadan erkakni tushganini eshitib ham yoʻlidan toʻxtamadi.

Birdan Hyerinni beliga tekkan qoʻllar uni biroz qoʻrqitib yubordi qiz oʻylamagan tezlikda, yigit uni yelkasiga kartoshka qopidek oʻrnatdi, qizning qarshiligiga qaramasdan yigit qizni qizni mashinasiga oʻrnatdi va oʻzi ham mashinaga oʻtirib haydashni boshladi.

Jk: Qaysar boʻlishni davom et, men qaysarlarni boʻysundirishni yoqtiraman.

H:..... (Lekin qizni miyyasida yigit uni ideal tipi ekanligi haqidagi hayollar tinmay aylanayotgandi)

Jk: Aytgancha, boya soʻrashga ulgurmadim, bokiramisan?

Qizni koʻzlari kattalashdi bu aniq edi, lekin erkakni sinashni xohladi:

Agar yoʻq desamch?

Jk: Unda oʻsha birinchi boʻlgan erkakni oʻldirman, keyin seni meni yani boʻlajak eringni kutmaganing uchun toʻyimizdan keyin har kuni seni jazolayman, azizim. Endi rostini ayt va savolga savol bilan javob berishni bas qil!

H: Men bokiraman,

Jk jirkanch jilmayib hayoliga nopok hayollar keldi lekin afsuski qizni uyiga kelib boʻlandi.

Hyerin mashinadan tushmoqchi edi lekin eshik qulf edi.

H: Eshikni oching.!

Jk: Nimanidir unutmadingmi, asalim.

H: sumkam yonimda, demak yoʻq

Jk ogohlantirmadi va qizni pushti lablaridan chuqur ehtiros bilan oʻpdi. Qiz bundan butunlay hayratda qoldi va yigitni itarib yubordi va lablarini qoʻlini orqa tomoni bilan artdi va hayrat nigohi bilan qaradi garchi bu oʻpish qizga yoqqan boʻlsada.

Jk: Shuni unutgan eding, sevgilim -deya eshikni ochdi, qiz indamay uyiga kirib ketdi.

Jk bugun negadir har doimgidek qoniqish* uchun barga bormadi, unga bu lablarni oʻzi kuchli zavq toʻlqinini bergandek edi. Va asosiysi bu qiz ham allaqachon unga yoqqan edi va nima boʻlishidan qatʼiy nazar endi bu qizni qoʻyib yuborish niyati yoʻq.