𝗕𝗟𝗔𝗖𝗞 𝗛𝗘𝗔𝗥𝗧
Kora o‘zini majburlab, ko‘zlarini iloji boricha katta ochdi va diqqatini jamladi. U klyukva sharbatining faqat uchdan bir qismini ichgan edi. Bundan chiqib ketishga urinishi kerak. Erkak uni qayergadir olib ketayotgandi, ammo ular hali yetib kelishmagan. Hali vaqt bor edi.
Mashina qorong‘i ko‘chalardan o‘tayotganda, yomg‘ir oynalarga do‘mbira chalayotgandek urila boshladi. Ular hali ham shaharda edi. Yaxshi. Keyingi safar mashina to‘xtaganda, u qochishi kerak. Erkak bu paytga kelib Kora hushidan ketadi yoki harakat qilishga haddan tashqari holsiz bo‘lib qoladi, deb o‘ylagan bo‘lsa kerak.
Ehtimol, buning sababi — u klub ichida ham mustaqil yurishga qiynalgandi.
Ammo o‘shanda u hayoti uchun qo‘rqmagan edi. Adrenalin tomirlarida jo‘sh urib, barcha imkoniyatlarni qora va oq ranglargina bo‘lib ko‘rsatardi.
Mashina burilishda o‘tganda, go‘yo uning tanasi uch yuz oltmish daraja aylanib ketgandek bo‘ldi — hamma narsa ostin-ustin bo‘lib ketdi… toki u oyoqlar qo‘yiladigan joyda shunchalik mahkam qisilib qolganini anglamaguncha. U bo‘ridan yashiringan quyondek qimir etmay, qotib qolgan edi.
Demak, balki uning fikrlari hali ham xiralashgan edi. Shunga qaramay, u bu yerda yotib, bu yigit uning uchun nimalar rejalashtirganiga bo‘ysunib berishni niyat qilmagan edi.
Mashina keyingi safar sekinlashganda, u harakatga tushdi.
Ya’ni… u sustgina qilib, o‘rindiqqa qayta chiqdi va eshik tutqichiga qo‘l uzatdi. Qo‘l-oyoqlari go‘yo betondan yasalgangandek edi. Qulfni qanday ochishni tushunib yetguncha bir necha qimmatli soniyalar o‘tib ketdi, ammo mashina to‘xtashi bilanoq u tutqichni tortdi.
Eshik ochildi va u tun bag‘riga otilib chiqdi.
— Hey! — yigitning qichqirig‘ini eshitdi u, yomg‘irdan ho‘l trotuarga qulab tusharkan. Yomg‘ir tomchilari yuziga shappillatib urilardi.
“Tur. O‘rningdan tur!” — deb o‘ziga qichqirdi u. Ammo buning o‘rniga u karaxt holda yotib qoldi. Shahar uning atrofida aylanayotgandek edi, baland-baland osmono‘par binolar cheksiz tun ichiga singib ketardi. U o‘zini yomg‘ir tomchisiday kichkina, asfalt ustidagi ho‘l dog‘dek his qildi…
Haydovchi eshigi ochildi va o‘g‘irlovchining oyoqlarini ko‘rdi — u mashinadan tushayotgandi.
Kora eshikdan tayanch sifatida foydalanib, zo‘rg‘a o‘rnidan turdi. Atrofga faqat tezkor, umidsiz nigoh tashladi. Ular qizil chiroqda to‘xtashgan edi. Yomg‘ir bo‘sh trotuarlarga urilardi. Qayerga qaramasin — hamma joy qorong‘i va jimjit edi.
Ammo uzoqda, uning o‘ng tomonidagi yo‘lakda bitta eshik yoritilgan edi. Yorug‘lik. Yorug‘lik — odamlar bor degani. Yordam berishi mumkin bo‘lgan odamlar. Yoki hech bo‘lmasa, yashirinib olish mumkin bo‘lgan joy.
U yorug‘lik tomon yugurdi. Dunyo qorong‘i tunneldek torayib qoldi, umidi esa yomg‘irda xiralashgan yorug‘lik konusigacha qisqardi. U yalangoyoq holda sovuq ko‘lmaklar ichidan chapillab yugurardi. Xudoga shukr, poshnalari yo‘lda qayerdadir tushib ketgan ekan. Ularsiz u ancha ishonch bilan harakatlana oldi. Yonoqlarini savalayotgan yomg‘ir uning hushyorligini oshirdi. U yugurardi — adrenalin uni oldinga itarardi, erkakning baqiriqlari ortidan quvardi, ammo hali yetib kelmagan. Hali.
U ko‘cha sathidan pastga tushadigan zinapoyalardan sirg‘alib tushdi va eshikka borib urildi. Erkakning qichqiriqlari tobora yaqinlashardi. U deyarli yetib kelgandi. U eshik tutqichini tortdi, zo‘rg‘a ochdi va ichkariga otilib kirdi.
Uning panohi qandaydir bar yoki klub bo‘lib chiqdi — ehtimol, xususiy joy, buni xira yorug‘lik va xonani soyalar bilan to‘ldirib turgan qizil daraxt bezaklaridan bilish mumkin edi. U bo‘sh barni va kichkina chiroqlar bilan yoritilgan kabinalarni xira ko‘rdi.
La’nat, nega u bu yerda turib, atrofni tomosha qilayapti? O‘g‘irlovchi istalgan soniyada paydo bo‘lishi mumkin. Nafasini tinchlantirishga urinib, u chap tomondagi devor bo‘ylab sirg‘alib yurdi, soyaga yopishib, gandiraklab qadam tashlardi. U shveysar kursisi va kiyim ilgichidan o‘tdi. Qayerda qo‘riqchi? Agar bu xususiy klub bo‘lsa, uni haydab chiqarishlari kerak-ku?
U o‘ziga yuqoridan pastga qaradi. Uning kichkina qora ko‘ylagi ko‘cha loyiga belanib ketgan edi, yuzining ham ahvoli bundan yaxshi emasligiga shubha yo‘q.
Ammo fikrlari asta-sekin tiniqlasha boshladi. Nihoyat. Xuddiki ongiga kelganday.
Baribir hech qanday qorovul ko‘rinmasdi. To‘xtab, quloq tutdi — faqat yurak urishi va orqa tarafdan kelayotgan bir oz bo‘g‘iq ovozlar eshitilardi. Bu joy tun uchun yopiq yoki juda-juda eksklyuziv bir maskanga o‘xshardi. U sekin, tovush chiqarmay yurib, orqa eshikni topishi va hech kim sezmasdan chiqib ketishi kerak edi.
Bir necha soniya davomida rejasi ishlayotganday bo‘ldi, ammo ortidagi eshik sharaqlab ochilib, devorga urildi. Yo‘q! U qichqiriqni ichiga yutib, soyaga yanada chuqurroq yashirindi. Ammo nafaqat u, balki boshqa birov ham bu ovozni payqadi.
Chap tomondan kimningdir qattiq ovozi eshitildi. Nihoyat qorovul chiqdi.
— Hoy, yigit, bu yerga kirish mumkin emas, — dedi u.
Kora qo‘llari bilan devorni paypaslab yurdi va deyarli yo‘lakka yiqilib tusha yozdi. Bir oz kutib, yana quloq soldi.
— Men sevgan qizim bilan edim… u shu yerga kirgan-kirmaganini ko‘rishim kerak…
Qo‘rquvdan qotib qolganiga qaramay, Korani ich-ichidan norozilik bosdi: “Men uning qizi emasman! Men uni bugun birinchi marta ko‘rdim!” Qorovul ham unga qarshi turardi, joy xususiy ekanini aytib.
— Agar bu yerda tursang, janob Jeon bundan norozi bo‘ladi, — dedi qorovul juda past va qo‘pol tovush bilan. Kora bu odam juda gavdali, kostyum kiygan dag‘al kishi deb o‘yladi. — Ketishing kerak.
— Yo‘q, aytyapman-ku, u shu yerga kirgan… — deb baqirdi o‘sha yigit.
Soniyalar o‘tar, u bo‘lsa ketishga hali ham qaror qilmagandi. Qadam tovushlari, keyin hayqiriq.
Kora yo‘lak ichiga chuqurroq chekindida. Aylanishga ulgurib, qo‘llari bilan navbatdagi eshik tutqichini ushladi. Berk. Umidsizlikda yana keyingisini paypasladi. Ovozlar yaqinlashayotgan edi.
Eshik ochildi. U ko‘zi ilmagan holda ichkariga otilib kirib, darhol eshikni yopdi. Shu zahoti tashqaridagi baqiriqlar ham bosildi.
U kirgan xonada ham chiroqlar kam, lekin soya ko‘p edi — klubdagidek yarim qorong‘ilik. Kora eshikka orqa o‘girgancha to‘xtadi va ko‘zlari yorug‘likka moslashishi bilan beixtiyor hayron bo‘lib nafas chiqardi.
Uning qarshisida, hashamatli qizil gilamdan narida, katta yozuv stoli turardi.
Kora qotib qoldi. Qo‘rquv hali ketmasidan, fikri yana boshqa muammoga o‘tdi. Keng yelkalari, o‘ziga moslab tikilgan qimmat kostyumi bor bu erkak qorong‘u xonada faqat bir stol lampasi yorug‘ida ishlayotgan edi. U boshini egishi bilan qoramtir sochlarida yaltirash ko‘rindi.
U juda muhim odamga o‘xshardi. U kabi odamni — o‘zining dabdabali kabinetida, juda maxfiy klub ichida — bezovta qilish ehtimol faqat boshga balo olib kelardi. Lekin baribir… bu joy u qochib kelgan vaziyatdan ancha afzal.
Shunday-ku, to‘g‘rimi?
Kora qimir etmay turardi, nafas olishga ham qo‘rqib. Ko‘ylagidan tomayotgan suv hashamatli gilamga tomchilardi. Bir lahza unga erkak uni sezmagandek tuyuldi — u oldidagi qog‘ozlarga shu qadar berilib ketgan edi. Ammo keyingi soniyada erkak boshini sokin, silliq harakat bilan ko‘tardi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri unga tikildi.
Kora eshikka yanada yaqinlashdi. Erkak juda chiroyli edi, lekin qo‘rqinchli darajada chiroyli — xuddi marmardan o‘yilgan haykal kabi, ammo haykaltarosh uning keskin chizgilari yumshatilishini unitib qo‘ygandek. Uning yoshini topish mushkul edi. Balki, o‘ttizlardan oshgan? Yuzining katta qismi soyalarda yashiringan, ayniqsa ko‘zlari. U Korani boshdan-oyoq kuzatdi: juda qisqa ko‘ylagi, yalangoyoq oyoqlari, ho‘l sochlari…
Kora yuragi azobli gursillab urar ekan, haykaldek qotib qoldi.
Erkak sekin o‘rnidan turdi, lablarida savol ifodasi paydo bo‘lgandek. Kora ham oldinga bir qadam tashladi, miyasi bo‘lsa qanday bahona o‘ylab topishni jon holatda izlardi.
Ammo uning ko‘zlariga — o‘sha o‘ychan tusli qoramtir kulrang nigohlarga — qarashi bilan boshi aylana boshladi. Bu hali ham tanasida aylanayotgan dori ta’sirimi yoki bu odamning o‘zi sababmi — bilmasdi. Qiyinlik bilan hiqillab yutindi.
Orqasidan eshik taqilladi. Kora seskanib, qo‘llari bilan o‘zini quchoqlab oldinga otilib ketdi.
— Janob Jeon? — deb kimdir chaqirdi.
— Ha? — dedi erkak, nigohini qizdan uzmasdan.
Eshik yarim ochildi, Kora darrov ortga chekindi. Ammo chaqirgan kishi ichkariga kirmadi, eshik orasida turib qoldi.
— Bu yerda bir yigit bor, u o‘zining “qo‘zichog‘ini” yo‘qotib qo‘yganini va uni qidirayotganini aytyapti. Eshitayapsizmi?
— Eshitdim, Yan, — dedi Jeon ismli erkak. — Uni yo‘qot.
Kora butun vujudi bo‘shashib ketganini his qildi. Bir ovoz ham chiqarmasdan o‘pkasidan nafas chiqdi. Yan esa davom etdi:
— Uni tashqariga uloqtirib yuboraymi?
— Yo‘q, quvib yubor, — dedi mister Jeon, stolga qaytib qarab, qog‘ozlarni joyidan surarkan. — Agar muammo tug‘ilsa, birozgina ursang ham bo'ladi.
Eshik yopildi va Kora yana janob Jeon bilan yolg‘iz qoldi. Bir necha lahza u ko‘zlarini qisib, qizni sinchiklab kuzatdi.
— U yigit senga muammo tug‘dirdimi? — deb so‘radi u stol ortidan chiqarkan.
— Ha, — deb pichirladi Kora. — Rahmat.
U bukchayib, titrab turardi, janib Jeon esa unga ehtiyotkorlik bilan yaqinlashdi — go‘yo u qochib ketishi mumkin bo‘lgan yovvoyi hayvon edi.
Kora orqaga tortindi, ammo u uning yonidan o‘tib, eshik yonidagi ilgakka bordi va u yerdan kurtka oldi. Qaytib kelib, yengini Koraning qo‘liga to‘g‘rilab, unga uzatdi.
Bir lahza Kora qotib qoldi. U boshini ko‘tarib, erkakning chuqur, qoramtir soyada qolgan ko‘zlariga qaradi. Keyin ortiga qayrilib, qo‘lini yengga tiqdi va erkakka kurtkani kiydirishiga imkon berdi. U kiygachgina, bu kurtka emas, balki kostyum paltosi ekanini angladi — kulrang, o‘ziga juda katta, yenglari uzunroq.
Ammo uni o‘ziga mahkam o‘rab olgach, bu palto unga shu kechada bo‘lgan hamma dahshatlardan himoya qilib turgandek tuyuldi. Engil tortishi shunchalik kuchli ediki, u deyarli erkak stol oldiga sudrab kelgan yumshoq kresloda yiqilib tushayozdi.
U kreslo suyanchig‘iga suyanib o‘tirdi. Ho‘l ko‘ylagi qimmatbaho qizil terini buzib qo‘ymasligidan umid qildi, lekin buni o‘ylashga ham holi yo‘q edi. Bu yer juda issiq edi. Issiq va xavfsiz — hozir uning dunyosida muhim bo‘lgan yagona narsa shudir.
Afsuski, bu juda kulguli haqiqat edi: u ishsiz va uyidan ham mahrum bo‘lgandi. Kora paltoni yanada mahkamroq o‘ziga yopdi.
— Sen uning sevgan qizi edingmi?
Bir soniya kerak bo‘ldi — savolning ma’nosi yetib kelishi uchun. Ammo tushungan zahoti…
— Yo‘q, — dedi Kora qattiq ohangda boshini chayqab, ichidan larzaga tushib, — yo‘q. Bugungacha uni tanimasdim. U menga ichimlikka nimadir qo‘shgan. Va u… u…
— Hey, — dedi erkak sokin ovozda, qoshlarini chimirib. — Men shuni ta’minlayman: u bu yerda boshqa hech qachon ko‘rinmaydi.
Bu odam kim o‘zi bunday va’da berishga? Ammo u aytgan shunday ishonch bilan, shunday hokimiyat bilan yangradiki — Kora unga ishonishga majbur bo‘ldi. Balki bu chalkashtirishi kerak edi.
Ammo Kora faqat yengillikni his qildi.
U baland suyanchiqning yumshoq terisiga yuzini qo‘ydi. U juda charchagan edi. Butun hayotida hech qachon bunchalik holdan toymagan.
— Isming nima? — deb so‘radi u.
— Kora, — dedi u beixtiyor, so‘ng lablarini qattiq qisdi. Unga ismini aytishi kerakmidi?
«Begonalar xavfli bo‘ladi, — onasining ovozi xayolida jarangladi. — Tashqi dunyo makkor. Faqat bu yer, fermada xavfsizsan. Senga ishonadigan yagona odam — menman».
— Tanishganimdan xursandman, Kora. Men — Jungkook. Jeon Jungkook, — dedi u sokin va barqaror ovozda.
Kora erinchoqlik bilan bosh irg‘adi.
— Men ham… tanishganimdan xursandman.
Ko‘z qovoqlari doimo og‘irlashib, pastga qulardi. Bu odobsizlik kabi ko‘rinsa ham, u zo‘rg‘a ularni yana ochishga harakat qildi. Haqiqatan ham shunday deb o‘ylardi: hozir hech qanday noo‘rin harakat qilmasligi kerak. Balki… ularga bir ozgina tinchlik bersa bo‘lar. Faqat bir lahzaga.
Tana bo‘shashdi, so'ng qorong‘ilashdi, va u sekin-asta uyquga cho‘kdi.