𝐕𝐢𝐜𝐢𝐨𝐮𝐬 𝐃𝐞𝐚𝐥 🔞
Men eshikni o'zimga tortib ochib ostonada qotib qoldim. Barmoqlarim eshik tutqichini mahkam qisib darhol uni yopishga shoshildi, lekin u oyog'i bilan to'sib qolishga muvaffaq bo'ldi. Soniyalar ichida uning qo'li eshikni bir siltab ochib, xonaga bostirib kirdi.
Qo'rquvdan tanam sovib ketdi. Oxirgi uchrashuvimiz yoqimli* gaplar almashish bilan yakunlangan edi, shuning uchun u mening oldimga faqat bir maqsad bilan kelishi mumkin edi: menga o'z o'rnimni ko'rsatib qo'yish yoki va'da qilganidek, tilimni yulib olish.
Mafioz boshini yon tomonga burib, menga tik qaradi. Bu ko‘rinish ichimdan qaltiroq bosishiga sabab bo'ldi desam yolg'on bo'lmaydi.
O'zimni tinchlantirishga harakat qildim. Men qichqirishim mumkin. Zamin bo'sh emas. Odamlar eshitib, yordamga yugurishadi. Vahima qilishning hojati yo'q.
— Sizga nima kerak?
Taehyung yelkasini bepisandlarcha eshik romiga suyadi. Bugun u kostyum kiymagan edi. Qora jinsi shim va qora ko'ylak. U hatto eng oddiy kiyimda ham gangster kabi ko'rinishga muvaffaq bo'lgandi.
Taehyung: Bugun oxirgi kun, to'g'rimi?
Nima? Ishonmay ko‘zlarimni qisib unga qaradim. U haqiqatan ham muddatni esladimi?
Taehyung: Esimda, – dedi u mening hayron bo'lgan qarashimga javoban.
— Sen fikringni o'zgartirdingmi?
Uning so'zlaridan sarosimaga tushib qoldim. U jiddiymidi?
Rua: Men sizga aniq javob berdim.
Uning qora ko'zlari menga tikildi.
Taehyung: Esimda. Shunchaki fikring o'zgargandir deb o'ylagan edim.
Men qat'iyat bilan boshimni chayqadim.
Rua: Yo'q. Endi menga ruxsat bersangiz.
Taehyung qoshini ko'tarib, xona eshigini yopdi va shu bilan yagona qochish yo'lini to'sdi. Deraza hisoblanmaydu; biz la'nati uchinchi qavatda edik.
Yuragim qattiqroq urib kaftlarim ichi terlab ketdi. Men qo‘llarimni musht qilib siqdim.
Rua: Siz meni majburlashga qaror qildingizmi?
U javob bermadi va bu meni yanada qo'rquvga soldi. Men o'zimni himoya qilish uchun biron bir muhim narsani qidirib, atrofga qaradim. Yalang qo'llarim bilan unga hujum qilish vaqtni behuda sarflash bo'lardi. Men uning tajribasi va tanasining kattaligini hisobga olgan holda, o'zimning arzimagan "o'zini himoya qilish" qobiliyatim bilan unga qarshilik qila olmayman. Xohlasa, boshimni pishgan tarvuzdek ezib yuborishi mumkin edi.
Taehyungning qo'li sekin ko'tarilganda men uning barmoqlarining harakatini xavotir bilan kuzatdim. Mafioz menga tegmadi. U ko‘ylagining cho‘ntagiga qo‘lini solib, nimanidir chiqardi. Qog'oz varag'i.
Mafioz uni indamay qo‘limga berganidagina bu chek ekanligini angladim.
Ko‘zlarim savol nazari bilan uning yuziga qaradi.
Taehyung: Ol, — buyurdi u. Men ikkilanib qog‘ozga qo‘l tekkizdim. Chiroyli qo'lyozma bilan chizilgan miqdor bizga juda zarur bo'lgan miqdor bilan bir xil edi.
Rua: Menga chek yozib berdingizmi?
Taehyung qisqagina bosh irg'adi. U bugun hayratlanarli darajada jim edi. Men hafsalam pir bólib, uning cho'zilgan qo'lini chek bilan itarib yubordib tezda boshimni chayqadim. Men buni qabul qila olmayman. Bu men o'zimni kiritayotgan yana bir iflos o'yin.
Rua: Men siz bilan uxlamasligimni aytdim. Va so'zimda turaman.
Uning ovozi jim, biroz charchagan, go‘yo mafiozning bahslashishga kayfiyati yo‘qdek edi.
Rua: undan bo'lsa bu pullarni qarzga berishga rozimisiz?
Rua: Men qarzni pulda qaytarishimga rozimisiz? Tana bilan emasmi?
Yana bir qisqa bosh qimirlatish uning javobi edi. Men qoʻrquv bilan chekni qoʻlidan oldib unga minnatdorchilik bilan qaradim. Hali to'liq yo'qolmagan ishonchsizlikka qaramay, ko'ksimga iliqlik tarqaldi.
Bir zum oramizda keskin sukunat hukm surdi. Keyin Taehyung menga yaqinlashdi. Men uning harakatlarini kuzatib, bir qadam orqaga chekindim. U yana yaqinlashdi, men esa yana orqaga qadam tashladim. Bu raqsga o'xshardi, lekin u ataylab meni burchakka taqqayotgandi va men ongsiz ravishda unga ruxsat berardim.
Yana bir qadam ortga ketayotganimda, sonim tungi stolga qattiq tegib ketganda to‘xtadim. U menga juda yaqin turganidan tomog'im qurib, butun vujudi menikiga deyarli bosilganida savol yoki haqorat qilish qiyin edi. Uning kamar bo'rtmasi qornimning pasiga tegib, og'ir nafasi peshonamga urildi. Uning hidi hayollarimni bo'lib, meni o'ylashdan maxrum qildi.
Men uning nigohlarini ushlab, xavotir bilan boshimni ko'tardim. Tanam unga qarshi kurashishga tayyorlana boshladi.
Taehyung barmoqlarini yonog‘imga tekkazib, yuzimdan nam soch tolalarimni olib tashladi. Uning menga teginishidan umurtqa pog'onam qaltirab ketdi.
U engashib, burnini burnimga ishqab, qulog‘imdan ehtiros bilan, deyarli talabchan o‘pdi. Bu ishlardan titrab ko'zlarim o'z-o'zidan yopildi, o'zim bilmagan va xohishimsiz.
Labimdan hayratning sokin nolasi chiqib ketdi.
Uning qo‘llari belimga tegdi, men shu zahiti ko'zlarimni ochdim. Kipriklarim qo'rquv bilan pirpirashni boshladi.
Taehyung: Sabr qilaman, — deb g‘o‘ldiradi barmoqlarini sochlarim orasiga kirgazib mushtiga mahkam ushladi va soch tollarimni orqaga tortdi, bu menga og'riq keltirdi. Men bo'g'iq xirillasim ammo u barmoqlarini olmay, go'yo ajoyib narsadek sochlarimga qaradi. — Va men kutaman.
U sochlarimni yanada qo'pol ushlab bo'ynimni ochish uchun boshimni ko'tardi. Men chekni tashlab, uning yelkalarini changalladim. Mening teginishim ostida uning mushaklari taranglashdi. Taehyung kaftlarimga qaradi, so‘ng sochlarimni ushlagan qo‘li bilab bir siltab, meni o'ziga yanda tortdi
Ko‘zlarimiz to‘qnashdi. men uning ko‘rishini istamagan narsani u ko‘rmay, boshqa tomonga qaragim keldi. Lekin vaqtim yo'q edi.
Lablarim ustiga uning qattiq lablari bosildi. Mening ikkilanayotganimni sezib, tili bilan lablarimni ajratdi.
Uning lablari qattiq, achchiq edi... Ular tamaki tutunini, aytgan so‘zlarining barcha shafqatsizligini o‘ziga singdirib olgandek edi. Va shunga qaramay, og'zimning devorlari unga bo'ysundi. Men uning yelkalarini qattiqroq qisib, har bir darzni yalayotgandek, har bir zaif joygaa tegayotgan tilining kuchiga taslim bo‘ldim.
Bu qo'pol, talabchan va cheksiz o'pish edi. Uning tanasiga o'zimni bosib, qattiqligini, istagini his qilib, qotib qoldim.
Oyoqlarim bo‘shashib, kuchsiz gandiraklaganimdan Taehyung sonimdan dast ko'tarib karavotga tushirib ustimga chiqib oldi. Tizzasini va tirsagini tayanch sifatida ishlatib, u yana engashib, pastki labimni so'rishdan oldin bir zum ustimda turib ko'zlarimga chuqur tikilib lablarimdan qattiq bo'sa olishga kirishdi. Qo'pol erkalash va o'tkir tishlash zavq bilan birga og'riqni ham keltirardi.
Men hayrat aralash hayajondan uzuq yuluq nafas oldim. Yuragim portlayman degandek qattiq va tebranma inpuls bilan urardi.
Tagimdagi matrasga shunchalar singim ketgan edimki matras meni ichiga tortib ketayotgan botqoq kabi hali ham uyqu hidi kelayotgan choyshablarga g'arq bo'ldim va mafiozning tanasi meni yanada chuqurroq bosdi va meni yirik tanasi ostiga ko'mib yubordi.
Uning chap qo'li belimdan pastga sirpanib, ko'ylagimning etagini ko'tarib, sonlarimni ochdi. Men qarshilik ko'rsatishga urinib, chuqur nafas ola boshladim.
U barmog'ini shimimning kamariga tekkazganida, men uning qo'lidan tashqari yana boshqa bir narsaning ham menga tegayotganini his qildim.
Tipirchilagancha unining ko'ksiga kuchsiz bo'lsada zarbaralar berib uni o'zimdam uzoqlashtirishga erisha oldim. Mafiozning ko'zlaridan g'azabning toshqinlari menga sacharab kela boshladi. Ammo men unga etibor bermaslikga harakat qilib yuzimni burdim Uyatli xolimni eslab o'zimga lanatlar o'qiy boshladim.
U shunchaki meni o'pdi va men bunga yo'l qo'ydim. Haqiqatan ham, men bundan zavq oldim.
Qanday qilib men bu qilishiga ruxsat bera oldim?
Rua: Ustimdan qoching – deb g'o'ldiradim uning ehtiros niqobi buzilgan yuziga qarab.
U yana lablarimga qaraganida vujudimda nimadir qaltirab ketdi. Ular dahshatli shishgan va qizarib ketgan bo'lishi kerak.
Taehyung ustimdan turgani bilan nigohlari yuzimdan ketmadi. G‘ijimlangan ko‘ylaklarimni, to'zg'igan sochlarimni to‘g‘rilab, karavotdan sakrab turdim. Barmoqlarim bilan lablarimga tegib unga nafrat bilan qaradim. Men voz kechishni istamagan narsamni olib qo'ygani uchun undan nafratlanardim, lekin qandaydir tarzda boya undan osonlikcha voz kechdim. Bir lahza nafratimni untib, xuddi u xohlaganidek, unga bo'ysundim.
Uning ko'zlari men boshdan kechirayotgan his-tuyg'ularga to'la edi.
U taslim bo'lishni va mag'lub etilishni yoqtirmasdi va bu uning g'azabini qo'zg'atishi aniq.
Endi uning ko‘ziga qarashni istamay, tezda boshimni chayqab, yerdan chekni oldim.
Rua: Qarzni bo‘lib-bo‘lib to‘layman.
Uning javobi meni hayratda qoldirdi. Unga hayrat bilan qaradim, qoshlarim chimirildi. U bo'lsa qimir etmay shunchaki lablarimga tikildi. Ko‘z qorachig‘ida shahvat yondi.
Taehyung: Bu ancha qimmatga tushadi.
Rua: Hatto tanam unchalik qadri yo'q dedingiz-u, endi bo'lsa bo'sa deyapsiz...
Asabiy tabbasum qildim
Taehyung boshini chayqadi.
Taehyung: Qarzni qaytarib balolardan qutil.
Og'zim ochilib qoldi. Saxiylik meni doim qo'rqitgan. Bu hayotda hech narsa tekinga kelmaydi. Siz har doim to'lashingiz aniq, lekin ba'zida narx bir necha baravar yuqori, imkonsiz narsani talab qiladi.
U javob bermadi. U shunchaki qo‘lini cho'zib, iyagimga tegib, ko‘tardi. Keyin o‘ziga o‘zi tirjaygandek, ortiga o‘girilib, meni joyimda dovdiratib qoldirib, xonadan chiqib ketdi. Bu...bu ahmoqona tabbasum nima edi. U nega tirajayadi.
Balki men xato qilgandirman. Og'riqdan ko'ra halokatli narsa bu nafratdan o'sib borayotgan ehtiros edi. Buzmadi. Bo'ysundirdi.
Va mening bir qismim takrorlashni juda xohlayotgani meni tashvishlantirardi.
Yomg'ir yog'ayapti ammo butunlay boshqacha tarzda. Bu safar yomg'ir tomchilari emas, barglar edi.
Daraxtlar sarg'aygan barglarini to'kib, sevikli liboslari bilan qayg'u bilan ajralishdi. O‘tkinchilarning boshiga oltin parda tushib, g‘alati, g‘amgin havo sochdi. Bu ham romantik, ham qayg'uli edi. Yo‘laklar hali ham mayin va tillarang, lekin bir necha kundan keyin so‘lib qoladigan barglar bilan qoplangan, ona daraxtidan ajralgan kabi. Ularning ildizlaridan, hayotning o'zidan uzilgan ...
Men qari eman daraxti ostidagi skameykaga oyoqlarimni oldinga cho‘zgancha cho‘kdim. Havo sovuqlashib borardi. Bu kuz juda qisqa bo'ladigan ko'rinadi.
Yubkam cho‘ntagidan telefonimni olib Jenniening raqamini terdim, lekin ekranga tikilib to‘xtab qoldim. Keyin telefonni o'chirib osmonga qarab baland ovozda nafas chiqardim. Peshonamga chiroyli sarg'aygan barg tushdi. Uni tabbasum bilan olib, qo'llarimda aylantirdim. Barglar barmoqlarim orasida raqsga tushardi.
Hayot davom etayotganini arvohdek his etish bu daqiqaning ahamiyati, uning o'ziga xosligi va go'zalligi haqida ma'lum bir tushuncha.
Bu tuyg'u odamlarda faqat haddan tashqari charchoqdan keyin muqarrar ravishda paydo bo'ladi. Qayg'u g'oyib bo'lganda ... to'liq emas, lekin hech bo'lmaganda, eng boshida bo'lgani kabi, chidash qiyinroq bo'ladi.
Kim Taehyungdan olgan chekim hamon tushga o'xhardi. Ammo pul haqiqiy bo'lib chiqdi. Chekni naqd qilish uchun o‘zim bankka borganimda hamon shubhalar bilan to‘la va bunga ishonchim komil edi.
Jennie va men, albatta, kelib, ularga tegishli narsalarni oladiganlarni kutish uchun birga uyga bordik.
Jennieni o‘sha badbasharalar uyga bostirib kirishi va yana o'sha qiynoqlar sodir bo'lishi degan qo'rquvdan qutqarish uchun u axmoqlarga eshikni o‘zim ochib, barcha pulni o'zim ularga topshirdim.
Pul uchun kelgan erkaklarning nigohlari meni yutib yuborgudek yondi. Badanim qanday sovib ketgani, yuragim tashvishga tushganini esladim.
Deyarli darhol Jennie va men bu kvartiradan imkon qadar tezroq ko'chib o'tishga kelishib oldik.
Tabiiyki, bu axmoqlar kerakli mablag'ni qayerdan topdik, deb hayron bo'lgani aniq. Va ular yana qaytib kelishlari shubhasiz aniq edi. Ehtimol, turli maqsadlar va g'arazli niyatlar bilan. Bir joyda o'tirib, ularning keyingi harakatlarini kutish ahmoqlik bo'lardi.
Qarz to‘langanidan keyin avvalari chuqur nafas olishimga to‘sqinlik qilgan siqilgan tugun g‘oyib bo‘ldi va o‘rnini qo‘rqinchli bo‘shliq egalladi.
Men pushaymonlikdan qiynalmadim, lekin... Garchi... balkim.
Mafioz uchun bu unchalik muhim summa bo'lmasligi mumkin, ammo aqli raso hech kim notanish odamga bunday katta miqdordagi pulni bermasdi.
U tekin degani bilan men bunga shubha qilardim. Menda unga to'lanishi kerak bo'lgan qarzlar bor ekani aniq edi. Tekin degani bilan men bu pullarni qaytaraman.
Biroq, men allaqachon ba'zi narxni to'laganman.
Barmoqlarimni lablarimga tegizib, ilkis nafas chiqarib ko‘zlarimni yumdim.
Bu shunchaki o'pish. Men oldin ham o'pganman.
Ammo boshqa o'pishlar bu kabi emas edi. Men avval olgan bo'salar aqlimni va nafas olish qobiliyatini tortib olar darajada bo'lmagan.
Oldinlari o'sha noqulay o'pishlar mening qornim va tizzalarimga kapalaklarni keltirib chiqarardi. Ammo men u bilan o'sha paytda nimani his qildim ... Bu yangi, qo'rqinchli va xavfli narsa edi.
O'z tanam o'zimga xiyonat qila boshladi. Uning qo'llarini asta-sekin tizzalarimga ko'tarilib, ko'ylagimni ko'tarib, terimni ochib qo'ygani xotirasi, qornimning pastki qismida jirkanch va g'azabni emas, balki siqilishni his qildim.
Bu hayotimdagi eng yoqimsiz daqiqalardan biri edi. Mening oxirgi halokatim bo'lsin bular.
Achchiqlanib sochlarimni changallab, ko‘zlarimni yumib, ingrab yubordim.
Keyin unga bularning barchasiga kim ruxsat berganini tushunib,
— Uyatsizman, ahmoqman, jinniman.
O‘zimni malomat qilishda ma’no yo‘q edi. Hamma sodir bo'lgan narsa allaqachon sodir bo'lgan edi. Bu xuddi yiqilgandan keyin o'zingni so'kish, o'zingga ehtiyot bo'lish va atrofga nazar tashlash kerak edi so'zlarini aytish kabi edi. Axir, oyog'ingizdagi ko'karishlar va uning natijasida paydo bo'lgan og'riqlar haqida shikoyat qilish yo'qolmaydi.
Demak keyingi safar yanada ehtiyotkor bo'lishim kerak, deb o'zimga va'da berish qoladi.
— Keyingi safar... – aytgan so'zlarimni mag'zini chaqib birdan sapchib o'rnimdan turib bu safar rosmana sochlarimni assabiy changaladim.
Hali quyosh botmagan edi, men to'g'ridan-to'g'ri uyga borishni xohlamadim. Bir oz parkda aylanib, kabutarlar quvib, ichish uchun mahalliy ko'chadagi barga kirib to'xtadim.
Barmen chiroyli, tim qora sochli sochli, maftunkor tabassumli yigit bo‘lib chiqdi. Uning ism yorlig'i tilla rangli iplarda bitilgandi: Shin Danhyuk.
Barmen: Kuningiz yaxshi o'tdimi? — deb so‘radi u men o‘ylamay viski buyurtma qilganimda.
Spirtli ichimliklarning achchiqligi haligacha tilimda saqlanib qolgan lablarining ta'mini xira qiladi, deb ahmoqona umid qilgandim.
Lablarim biroz o‘ychan tabassum bilan bo‘lindi.
Barmen: Unda buni oling, - dedi u va barmoq uchi bilan pastroq stakanni men tomon itarib, barni arta boshladi. Hali qorong‘i emas edi, xaridorlar ham sanoqlik bo'lgani uchun Danhyukning nigohlari menda edi.
Men stakandagi bor ichimlikni bir ko'tarishda ichib ko'zlarimni yumdim.
— Dahshatli ... dedim yuzimni burishtirib keyin qo'shimcha qildim — men ko'proq narsani xohlagandim.
Barmen: Shuning uchun Margaritaga buyurtma bergan ma'qul.
Tuzlangan yong'oqni g‘ajib, yelkamni qisdim, so‘ng bosh irg‘ab rozilik bildirdim.
Danhyuk buyurtmamni tabassum bilan to‘ldirb oldimga qo'yib biroz o'zi qo'ygan ichimlikga tikilib so'radi:
Men unga savol nazari bilan qaradim.
Barmen: Buni qo'pollik deb qabul qilmang, lekin siz bu yerga mast bo'lish uchun kelmaganingiz aniq.
— Unda nega meni bu yerdaman deb o'ylaysiz?
Barmen qoshini biroz ko'tardi.
Barmen: Balki suhbatdosh kerak bo'lgandir.
— Oh... – stakani avval qo'limda bir ikki chayqadim —Yo'q. Men notanishlarga nolishni va shikoyat qilishni yoqtirmayman. Shuningdek... Men hech qachon mast bo'lmayman. Bilasizmi, nima uchun, Danhyuk? Chunki men ichishni bilaman.
Men unga ko‘z qisib, stakanni bir qultumda quritganimda, u ohista kuldi.
— Ha. Men mast bo'lganimda hech qachon qusmaganman va bema'ni gaplarni gapirmaganman. G'ururlanadigan narsa emas, lekin baribir o'zim bilan faxrlanaman, – bo'sh stakanni nariga surib. — Buni takrorlang.
Barmen kulib bosh chayqadi, o‘ynoqi ko‘zlari menikidan uzilmasdi. Bu aniq noz-karashma.
Barmen: Bunday so'zlardan keyin sizni uchrashuvga taklif qilishim kerak.
— Men shunchaki rad etishim kerak – dedim.
Bu g'alati. Agar siz munosabatlarni xohlasangiz, atrofingizda hech kim yo'q. Ammo atrofingizda hech kim bo'lishini xohlamasangiz, kimdir doimo paydo bo'ladi.
Donhyuk boshini yon tomonga egdi.
Barmen: Men tushunishim bo'yicha yigitingiz bilan yaqinda ajrashdingizm?
— Ha. Ikki yil oldin, – dedim jilmayib. –To'liq ikki yil yaqinliksiz. Shuning uchun u menga tekkanida hayratlandim. U...
Balki yolg'on gapirgandirman. Spirtli ichimliklar hushimni boshimdan uchirdimi. Endi bir kami qandaydir barmenga qilgan ahmoqliklarim haqida suhbatlashishim qolgandi.
Danhyuk eshitmagan yoki tushunmagandek hayron bo'lib menga qaradi.
— Unuting, — dedim cho‘ntagimdan bir qancha pullarni chiqarib, peshtaxtaga qo‘yib. O‘rindiqdan sakrab, ikkilanmasdan, oynali eshikni itarib ochib, bardan chiqdim.
Men allaqachon yigirma ikki yoshdaman va hatto tegishli ta'lim ham olmaganman. Tengdoshlarim allaqachon maktabni bitirgan, ammo tibbiyot maktabi yonidan o'tsam hamon xafa bo'laman.
Chap tarafimda faralar chaqnadi. Ko‘zimni chiroqga qisib qaratib, bar yonida turgan mashina tomon o‘girildim. Ichimni hayajon bosib o'tgandek bo'ldi. Bu qora Lamborghini edi.
Yoki boshqa birovning. Bu shaharda bittadan ortiq Lamborghini bor, shunday emasmi?
Haqiqatan ham, Rua? Bu shaharda K.T.H bosh harflari bilan ko'p mashinalar bormi? Yana ular davlat raqamida?
Ob-havoga qaramay, yanoqlarim qizarib ketdi. To‘satdan orqaga o‘girildim-da, taksi tutib, qochib ketaman degan umidda yo‘lakka shoshildim.
Qachongacha undan qochib ketaman? Hatto abadiyga, agar bu meni uning teginishidan qutqarsa.
Lamborghini men bilan tenglashib borarkan, rulda mafiozga ko'zim tushdi. Voy-buy. Men shunday muhim odamlarning shaxsiy haydovchilari va qo'riqchilari bor deb o'ylardim. Ular hayotlari uchun qo'rqishlari kerak emasmi?
U mashinani to‘xtatdi, yo‘lovchi o‘rindig‘iga egildi va eshikni taklif qilgancha ochdi. Uning ko'zlari butun vujudimni aylanib o'tdi va bir soniyada bir joyda to'xtadi: lablarim. Sochlarimning ildizigacha qizarib ketdim, lekin keyin uni yashirib jilmayib qo‘ydim.
— Meni allaqachon sog'indingizmi?
Bunga javoban lablariga tabbasum yugurdi.
Kulgimni arang bosdim. Men boshimni chayqab, keng tabassum qildim.
Taehyung: Mashinaga o'tir, – dedi u.
Taehyung: O'lim har doim eng yomon variant, – deb mashinadan sekin tushdi.
Uch qismli kostyum uning uzun bo'yli, muskulli ramkasiga moslashtirilgandek tuyuldi. Bu uning uchun maxsus tayyorlangan. U yelkalarini, qo'llarini va sonlarini mahkam qoplagan edi.
U menga yaqinlashdi, lekin qo'limga tegmadi. U shunchaki menga eshikni ochdi va xotirjamlik bilan ichkariga bosh irg'ab, charm interyer tomon ishora qildi. — Chiq.
atrofga ishora bilan qaradim, hamma o‘tib ketayotganini ko‘rib xursand bo‘ldim. Ularning ko‘pchiligi Taehyunga, keyin esa uning mashinasiga tikilib turishardi, men bunga umuman befarq edim, lekin asosiysi, biz yolg‘iz emas edik. — To‘satdan... Bilmadim... baqirib yuborsam, ko‘plari yordamga shoshilishadi?
Eshikni yopib, men tomon bir qadam tashladi. Men sumkamni mahkam ushladim. Mafioz ustimda tog'dek baland ko‘tarildi. Undan aql bovar qilmaydigan darajada yoqimli hid kelardi. Ehtimol, bu soqol olish uchun lasyon edi.
Uning ko'zlari meni qidirdi, lekin men indamay uning qora galstugiga tikilib qoldim. Balki bu spirtli ichimlikdandir, lekin men birdan uning kostyumining yooqasiga teginishni xohladim. Ular teginish uchun sovuq va silliq edimi?
Qattiq lablari xotirasi yana yodimga tusha boshladi.