April 6, 2025

𝐌𝐚𝐟𝐢𝐚 𝐑𝐢𝐯𝐚𝐥𝐬

1-qism

Xona xarorati issiq. Derazalar parlanib ketgan. Yotoqdagi ikki tana oʻz ahloqsiz* ishlari bilan band.

Ayol yotoqda erkak esa ayolning ustida ritm bilan kirib harakat qilmoqda.

Foxisha: imh... Ayy... Astaroq... - nolalar ketidan ogʻir olingan nafas.

Erkakning peshonasidan oqgan ter ayolning koʻkrak konturi boʻylab kindigigacha oqib tushdi.
Qoʻllar orasida siqimlanayotgan yumshoq va toʻlishgan koʻkrak uchki sharlari bilan oʻynashgisi kelgan erkak boshini egdi.

Foxisha: Janob Kim - ayol ehtiros va biroz havotir bilan erkak sochidan siqimladi. Hozirda erkak yoqtirgan ishidan chalgʻish niyatida emas. Hatto ortida bu manzarani kuzatib turgan hali goʻdak qizalogʻi oldida oʻz jirkanch ishini kuzatayotganini bilmaydi.

Kylie: dada... - tamom erkakning yuragi similadi. Ichida tinmay hayolida eshitgan boʻlay degan oʻy bilan qoʻrquvda ortiga oʻgirilgan erkak ortida qoʻlidagi kichik ayiqchasini quchgancha koʻzlaridan shashqator yosh bilan turgan jajji malikasini koʻrdi.

Kylie

12 yildan so‘ng.
Vetnam.

Qattiq qo‘rqlanadigan qamoqxona. Eng quyi qavat bo‘ylab furajkasini tinmay siqimlab ketayotgan Seokjin ichida aytishi kerak bo‘lgan turli so‘zlarni o‘ylardi. Qarshisidagi zobit manzilga yetganda to‘xtadi. Ko‘zlari bilan avval Jinga sinchiklab qarar ekan, kamariga qistirgan kalitlar orasidan birini hafsalasiz olib, xona eshigiga tiqib ochdi.

Seokjin: Bu qanday joy?.. — Jin hayrat bilan soqchiga va xonaga bir-bir qaradi.

Soqchi: Siz shu yerda kutishingiz mumkin. Birozdan so‘ng kichik zobit siz kutgan kimsani olib keladi.

Jin biroz xotirjam tortdi. Zobit tashqariga chiqib ketar ekan, uning kamaridagi bejirim bezakli brelokka ko‘zi tushdi — tezda o‘ziga jalb qiladigan buyum. Hayoliga kelgan o‘ydan kulib qo‘ydi. Deyarli ko‘p emas, sanoqli soniyalardan so‘ng bu buyum kutayotgan kimsasi qo‘lida bo‘lishini o‘yladi.

Kim Seokjin (WWH)

Qorong‘i, zah va qo‘rquvli aura taratuvchi xona. Birgina ochiq teshikdan kirayotgan nur — o‘sha quyosh nuri — to‘g‘ri muskullari bo‘rtib chiqqan, ochiq tana siluetiga tushib turibdi. Goh tomirlangan bo‘yin va ko‘ksi, gohida esa qorin qismida paydo bo‘layotgan nur — kimsaning nima ish bilan mashg‘ul ekanidan darak bermasdi.

Qadam tovushlari… Yanada yaqinlashib kelmoqda. Birgina nur sochib turgan qorong‘u xonaga yorug‘lik olib kirayotgan chiroqlar aks etmoqda.

Soqchi: Senga kelishdi.

Yigit: 199...200

Oxirgi tortilishdan so‘ng bahaybat tana qo‘llarini turnikdan olib, yerga tushdi.

Soqchi: Tezroq, ortimdan yur.

Yigit: Hovliqma. Avval ustimga bir nima ilib olay, havo sovuq bo‘lsa kerak.

Soqchi: Nima qilsang qil, ammo tezroq bo‘l.

Yigit soqchining gapidan asabi buzilgan bo‘lsa-da, indamay yerdagi karobkalar ichidan pushti rang futbolka olib kiydi. O‘zidan katta tana oldida paydo bo‘lganini ko‘rgan soqchi talmovsirab kishanlarni izlay ketdi.

Yigit: Shu shartmi?.. — yigit ko‘zlarini biroz qisib, nurga qarshi qoshlarini uyib oldi. Keyin oyoqlarini ko‘rsatgandek, ularni imalab qo‘yib — Ularning o‘zi ham yetmaydimi?

Soqchi yigit ko‘rsatgan oyoq bilagiga o‘rnatilgan, tinmay qizil chirog‘i yonib-o‘chayotgan qurilmani ko‘rib ham xotirjam bo‘lmay, kishanni taqdi.

Yigit: Yaxshi, siz nima desangiz shu, o‘rtoq soqchi, — dedi yigit kinoya bilan. Birinchi bo‘lib o‘zi yurishni boshladi.

Soqchi: Shu yerda to‘xtab, devorga buril.

Aytilgandek devorga burilgan yigit soqchining kamarida qistirilgan bejirim brelokni ko‘rib qoldi. Qo‘llari kishandan ozod etilish chog‘ida Jin o‘ylagandek tezlikda o‘sha buyum yigitning qo‘llari orasida paydo bo‘ldi.

Yigit: Oho, Katta serjant Kim Seokjin! Kaminayi kamtarining oldiga nega keldi?

Soqchi ochgan eshik ortidan o‘zini turtkilab kirgazilish chog‘ida so‘zlar ekan, Jin qo‘lidagi hujjatlardan ko‘zini uzib, avvalgidan ham bahaybatlashib ketgan ukasini ko‘rib biroz hayratlandi.

Seokjin: Juda hayratdaman... Qiziq, biz rostan ham bitta ona qornida tug‘ilganmizmi, Kookiy?

Jungkook Jinga lablari chetida tabassum bilan javob qaytardi va uning qarshisiga joylashdi.

Jungkook: Ukangni ko‘rgani kelganing juda yaxshi. Huddi mehribon akalardek. Ammo birozdan so‘ng sening qirralaring ochila boshlaydi.

Jin Jungkookning qo‘lidagi brelokni ko‘rib, xonani to‘ldirgancha kulib yubordi.

Seokjin: Bukrini go‘r to‘g‘rilaydi. "Qora qo‘l"ni esa hatto ajal ham to‘g‘rilay olmaydi-ya.

Jungkook yana nomiga kulib qoʻydi va qoʻlidagi berelokdan nigohini olib Jinga sinchkov tikildi

Seokjin: Bu yer senga foyda bo‘ladi... Lekin senga foyda keltiradigan narsa bizga ziyon bo‘lyapti. General seni yana ishga qaytishingni istaydi.

Jungkook: Xo‘sh, General yana mendan nima istaydi? Oladiganini ortig‘i bilan olmaganmidi?

Jungkookning jahli chiqdi. Avvaliga o‘z istaklari yo‘lida foydalangan kimsa, oxiri uni keraksiz matohdek panjara ortiga tiqib, endi yana nega g‘ijlayapti?

Seokjin: Generalning o‘g‘li, Kim Taehyungni yaqinda to‘yi.

Jin biroz sukut saqlab, Jungkookning reaksiyasini kutdi.

Jungkook: Tae-Taening to‘yi, degin?..

Jungkook bir nimani o‘ylayotgandek ko‘zlarini biroz qisdi.

Jungkook: Muammo nimada? To‘y bilan meni nima aloqam bor, Jin?

Jeon Jungkook

Seokjin: Aron Parkning ruhiy kasal qizi bor. Baxtga qarshi qarabsanki, u qiz ko‘rkam Taehyungga oshiqu beqaror. Kylie (Aron Parkning qizi) agar Taehyung uniki bo‘lmasa, Tae va xotinini o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda.

Jungkook bir lahza sukut saqladi. Qoshlarini chimirib, stul suyanchig‘iga suyanarkan, jilmayish asta yuzidan g‘oyib bo‘ldi.

Jungkook: Demak, bu safar ham meni o‘yin ichiga tortishmoqchi, – dedi u past ovozda. – Jin, eshit, bu safar men bo‘ysunmayman. O‘sha qiz kim bo‘lishidan qat’i nazar, Taehyung men uchun allaqachon begona. U meni eslab qolsa, ehtimol shunchaki “kechirimli” tabassum bilan bosh silkitar.

Jin esa stol ustiga sekin qo‘llarini qo‘yib, ukasiga tikildi.

Seokjin: Bu safar masala shaxsiy emas, Kookiy. Agar o‘sha qiz o‘z tahdidini rostdan ham amalga oshirsa, to‘ydan keyin qabriston bo‘sh qolmaydi. Va sen buni o‘zing ham yaxshi bilasan – u jimlikda og‘ir nafas olib davom etdi. – General seni qayta ishlatmoqchi emas. Bu safar u seni tanlashga majbur.

Jungkook kulimsiradi. U jilmayganda, uning yuzidagi chiziqlar yana chuqurlashdi – u endi Jin bilgan sodda yigit emasdi. Ko‘zlari o‘tkir, ovozida esa sovuq beparvolik bor edi.

Jungkook: Men u generalning itiday yugurishdan charchadim. Meni tiriklay ko‘mib, endi yana tiriltirmoqchimi?

Seokjin: Agar sen rad qilsang, ular bu ishni boshqa birovga topshiradi. Balki... seni o‘ldirishadi. Balki... seni Kylie bilan bir xonaga qo‘yib, undan ko‘ra yomonroq narsa qilishadi, – Jin og‘ir ohangda aytdi. – Men seni ogohlantirish uchun keldim, Kook. Bu safar sening tanloving yo‘q.

Bir muddat og‘ir sukunat cho‘kdi. So‘ngra Jungkook o‘rnidan turib, devorga suyanib turdi. Biroz g‘amginlik, biroz g‘azab ko‘zlarida uyg‘ondi.

Jungkook: Men bu safar o‘z qoidam bilan o‘ynayman, Jin. Agar u Kylie shunchalik xavfli bo‘lsa... demak men ham endi xavfman.

Jin ukasining nigohida tanish bir narsani ko‘rdi — u yillar oldin yo‘qotgan, ammo bugun qaytgan qudrat. U seskanib, sekin bosh irg‘ab chiqishga ruxsat so‘radi. Eshik yopilgach, xonada faqat Jungkook qoldi.

U asta cho‘ntagidan brelokni chiqardi. Undagi yorqin bezaklar orasida – "Qora Qo‘l" belgisi chaqnardi.

Jungkook: Demak, o‘yin boshlandi, – dedi u sekin, o‘ziga o‘zi.

Oʻsha brelok

1-haftadan soʻng

Bugun quyosh doimgidanda kuchli nur sochar. Magnitli ob-havo ta’sirida insonlarda lanjlik hissi ortib borardi. Yetmaganiga, serqatnov mashina yoʻli bugun svetaforning buzuqligi sabab tirbandlikni hosil qilgandi. Naqt 1 soatlik texnik nosozlikdan soʻng, yoʻl yana oʻz qatnov qismiga aylangan zahoti mashinalar yeldek manzili tomon tarqaldi.

Kylie asabiy holda mashinaning orqa oʻrindigʻida, qulogʻiga quloqchin taqqancha, old sidenaga oyoqlarini chiqarib olib, saqichni katta qilib ishirib paq etib yorib, yana chapilagancha chaynay boshladi.

Birdan mashina kuchli tormoz bilan toʻxtadi. Kylie bu kutilmagan hodisa tufayli agʻanab, muvozanatni yoʻqotgancha oʻrindiqdan yeqilib ketdi.

Kylie: JIN URSIN, AXMOQ TOʻNKA! — sochlari toʻzgʻib ketgan Kylie bor ovozda chinqira boshladi.

haydovchi jonsarak mashinadan tushgancha, xonimiga yordam bermoqchi edi. Lekin Kylie yaxshigina ikki oʻrindiq orasiga tiqilib qolgan edi. Bu manzara juda kulgili edi: kichik jussali Kylie oʻrindiqlar orasiga tiqilib qolgan.

Kylie: AGAR SHUNDAY TURAVERSANG, ITLARGA YEM QILAMAN! — aytilgan tahdid ketidan haydovchi yigit rejasi ish berganidan yuzida jilmayish bilan...

Park Kylie

Davomi bor...

Author: Rua 💙