January 29

𝙈𝙮 𝘽𝙤𝙮𝙛𝙧𝙞𝙚𝙣𝙙 𝙅𝙚𝙮𝙆𝙚𝙮

𝟏-𝒒𝒊𝒔𝒎


Pov_Y/N

Yangi maktabda ishlar yurishmadi.

Hammasi shunchalik tez sodir bo‘ldiki, hatto tuzukkina qo‘rqishga ham ulgurmadim.

Meni kechqurun, ingliz tili darslaridan keyin tutib olishdi va tuzoqqa tushirishdi. Bu maktab binosi va yo‘lovchilar nigohidan to‘sib turuvchi baland butazorlar orasidagi xilvat joy edi. Hech kim menga yordam bera olmasdi.

Ular besh kishi edi — ikki sinfdoshim, parallel sinfdagi ikki qiz va maktab malikasi Lee Sana. U qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirib, bo‘layotgan voqealarni istehzo bilan kuzatib, ularning ortida turardi. Uning nafrati meni olovdek kuydirardi.

Kuraklarimni sovuq devorga tirab, qancha vaqt dosh bera olishimni chamalagancha qotib qoldim. Jangsiz taslim bo‘lmoqchi emasdim. Biroq beshovloniga kuchim yetishiga ko‘zim yetmasdi.

— Xo‘sh, kalamush, qo‘lga tushdingmi? — dedi qizlardan biri muloyimgina ohangda.

— Endi, iflos, qochib qutulolmaysan, hamma qilganing uchun javob berasan! — deb ilib ketdi ikkinchisi.

Uchinchisi esa shunchaki sovuq kofe to‘la stakanni ko‘tardi-da, dugonalarining quvvatlovchi hayqiriqlari ostida ustimdan quyib yubordi.

Kofe yuzim va sochlarimdan oqib tushardi, qizlardan biri esa meni kameraga tushirayotgan edi. Men mushtlarimni tugib, to‘ppa-to‘g‘ri Sana tikildim. Hammasiga u sababchi. U go‘yoki men uning yigiti Yeonjunni ilib ketmoqchiman deb o‘ylardi. Vaholanki, u menga tekinga ham kerak emas! Nega u menga yopishib olganini o‘zim ham tushunmasdim.

— Sizlarga nima kerak?

— Seni tarbiyalab qo‘yish, kalamush. Yeonjunga boshqa o‘ralashmaydigan bo‘lishing uchun!

— Men unga o‘ralashmoqchi ham emasman! — Ketishga urindim, lekin meni qo‘pollik bilan ushlab, yana devorga itarib yuborishdi. Ular kuchli va vaxshiy edilar. Jazosiz qolishlarini ham bilishardi. Sananing onasi — maktabimizda o‘quv ishlari bo‘yicha mudir. Unga hamma narsa kechirilar edi.

— Senga gapirishayotganda joyingda qimirlamay tur! — yelkamga urdi qizlardan biri. Og‘riqli. Haqoratli.

— Menga qo‘l tegizishga jur’at qilmanglar, — dedim tishlarim orasidan g‘azab bilan.

— Xo‘sh, bizga nima qilolasan? Kattalaringga shikoyat qilasanmi? Yoki o‘qituvchilarga? — ularning kulgisi quloqni teshardi.

Lee Sana

— O‘zingiz ko‘rasizlar, — dedim tishlarimni g‘ijirlatib. — Menga tegib ko‘ringlar-chi, yigitim sizlarni devorga suvap yuboradi. Kuyaga o‘xshatib ezib tashlaydi.

Ular yana bir-birlariga qarab, telbalardek xaxolab kulib yuborishdi. Aldayotganimni bilishardi — yigitim yo‘q edi. Xudoyim, hali biror marta o‘pishmagan bo‘lsam, yigit qayoqda?

— Kalamush, nima, stendap ijro etyapsanmi? Qanaqa yigit? To‘qib chiqardingmi, a?

— Haqiqiy.

— Nima, u boksyormi?

Yana masxaraomuz qahqaha yangradi. Ular ustimdan o‘rnatgan hukmronliklaridan huzur qilishardi.

— Undan ham battar, — javob berdim ich-ichimdan qaltiroq tursa-da, o‘zimni botir ko‘rsatishga urinib.

— Agar menga barmog‘ingizni tekkizadigan bo‘lsangiz, u o‘sha hunuk basharangizni boplab adabini beradi. Tushunarlimi?

— Sen esa xayolparast ekansan-ku, Y/n. Senga kim ham ilakishardi? Biror ahmoqmi? — Sananing kibrli ovozi eshitildi. Dugonalari hurmat bilan yo‘l bo‘shatishdi va u menga yaqin keldi.

Nozik, jozibador, jigarrang sochlari quyuq — u tashqaridan juda yoqimtoy ko‘rinardi, lekin aslida haqiqiy yovuz edi. Sana Yeonjun uni unutib, e’tiborini yangi kelgan qizga, ya’ni menga qaratganini aslo hazm qilolmasdi. Negadir uning miyasiga “menga u yopishmoqda” degan fikr kelmas, aksincha meni aybdor deb bilardi.

— Diqqat bilan eshit, kalamush. Garchi senga bu nom ham ko‘plik qilsa-da. Shunchaki mitti sichqonsan. Yeonjun — meniki, — dedi Sana saqich chaynab. Keyin esa jag‘imdan qattiq changalladi. — Meniki, tushundingmi? Sen esa, xunuk, uni tortib olmoqchi bo‘lding. Men bunga toqat qilmayman, tushunarlimi? Senda ikki yo‘l bor: yo uzr so‘raysan, yoki biz senga “qorong‘u tun”ni ko‘rsatib qo‘yamiz. Qilmishlaring uchun javob berish vaqti keldi.

— Uzr so‘rash men uchun qiyin emas, — dedim yelkalarimni qisib. Sana yuzimni qo‘yib yubordi va sovuq jilmaydi.

— Unda tizza cho‘k, Y/n. Poyabzalimni yala. Shunda men sening uzringni qabul qilaman. Va boshqa mening erkagimga ko‘z olaytirmaydigan bo‘lasan.

“Erkagim” — bu so‘zni u xuddi Yeonjun bilan o‘n yildan beri birga yashayotgan juftlikdek g‘urur bilan aytdi. Men uning qalin poshnali, zamonaviy loferiga qarab oldim-da, keng jilmaydim.

— Do‘zaxga bor, Sana. Nimani xohlasang, o‘shani yala. Xohla poyabzalingni, xohla yerni. Xohlasang o‘sha yeonjunning qo‘llarini yala.

Bu ham jasorat, ham ahmoqlik edi.

— La’nati bitch!

Meni urishdi — avval yuzimga, keyin qornimga. O‘zimni himoya qilishga ulgurmadim, meni muzlagan yerga yiqitishdi. Keyingi zarbalardan saqlanish uchun beixtiyor boshimni qo‘llarim bilan to‘sib oldim. Yorilgan labimdan issiq qon sizib chiqdi. Qizlardan biri “tomosha” istab, dugonalarini gijgijlagancha hammasini kameraga tushirardi.

Agar u bo‘lmaganida, keyin nima bo‘lishini tasavvur ham qilolmayman.

Uni hamma narsadan ko‘ra kamroq kutgan edim.

U kutilmaganda paydo bo‘ldi — butazorlar orasidagi yo‘lakda uning haybatli qomati namoyon bo‘ldi. Va negadir o‘sha zahotiyoq najot topganimni angladim.

— Unga tegmanlar, — yangradi uning ovozi. Vazmin, ammo qat’iyatli. Buyruqnamo.

Bunday odamga bo‘ysunmaslikning iloji yo‘q edi.

Sana va uning to‘dasi o‘sha zahotiyoq meni tinch qo‘yishdi va baravariiga ortga o‘girilishdi. Ular maktabimizdagi hamma qo‘rqadigan, eng xatarli yigitni ko‘ramiz deb aslo kutishmagandi. Maktab iyerarxiyasida u hammasidan ustun turardi. Hech kim u bilan to‘qnash kelishga haddi sig‘maydigan, yakkajang va vahimali kimsa.

— JeyKey? — hayron bo‘lib so‘radi Sana. — Sen bu yerda nima qilyapsan?

Yigit javob o‘rniga uni chetga itarib yubordi, menga yaqinlashib, o‘rnimdan turishga yordam berdi. Qo‘lini yelkamga qo‘ydi. Yuzimdagi qonni ko‘rib, qoshlarini chimirdi. Qop-qora ko‘zlarida g‘azab uchqunlari chaqnadi. Yoki menga shunday tuyuldimi?

— Salfetka, — buyurdi u bo‘g‘iq ovozda.

— Nima? — Sana battar dovdirab qoldi.

— Qulog‘ing og‘irmi? Salfetka ber, tezroq!

— Unga salfetka beringlar, — dedi San chorasiz qolib.

Dugonalaridan biri darhol JeyKeyga bir bog‘lam nam salfetka uzatdi. U bir nechtasini sug‘urib oldi-da, ehtiyotkorlik bilan labimdagi qonni artdi. Uning teginishidan ich-ichimda nimanidir titroq bosdi.

— Yana bir marta uni yonida ko‘radigan bo‘lsam hammangda muammo bo‘ladi, — JeyKey qon bo‘lgan salfetkalarni unga daxshat ichida tikilib turgan qizlardan birining qo‘liga tutqazdi. — Tushunarlimi?

— Lekin…

— Tushunarlimi-yo‘qmi, deyapman?!

— T-tushunarli, — duduqlanib, bir ovozdan javob berishdi ular.

— Juda soz. Uzr so‘ranglar.

Qizlar ikkilanib, bir-birlariga qarashdi va nihoyat jur’at qilishdi:

— Y/n, uzr so‘raymiz, iltimos!
— Kechir! Biz niyatimiz yomon emasdi!
— Bu shunchaki hazil edi! Bizni noto‘g‘ri tushunding!

Ularning ovozida qullarcha itoatkorlik bor edi. Ular o‘lgudek qo‘rqishayotgandi. Men esa birdan charchoqni his qildim. Nega odamlar bunchalik pastkash-a?

— Bunday emas. Tiz cho‘kinglar. Har biring, — dedi JeyKey sovuqqonlik bilan. Sana haqoratdan yig‘lab yuborishiga bir bahya qoldi.

— Yo‘q, kerakmas, — dedim past ovozda. — Pastkashlarga tenglashishni xohlamayman.

— To‘g‘ri aytding. Ketdik, vaqt bo‘ldi, — dedi yigit qo‘lini yelkamdan olmasdan. Uning tanasi olovdek qaynoq edi, mushaklarining tarangligini sezib turardim.

— Lekin nega, JeyKey? Nega uni himoya qilyapsan? — deb baqirdi Sana chorasizlikdan. U shunchalik dovdirab qolgandiki, hatto unga rahmi kelib ketardi odamning.

JeyKey zaharxanda bilan jilmaydi. Meni o‘ziga mahkamroq qisdi. Hammaga nafratli nigoh tashladi-da, javob berdi:

— Chunki u mening sevgan qizim.

— Sening sevgan qizingmi? — pichirladi Sana. Qolganlar hayratdan qotib qolishdi.

— Haqiqatan ham qulog‘ing bitib qolgan shekilli, Sana? — unga og‘ir nigoh tashladi JeyKey. — U meniki. Va agar sen yoki sening anavi tovuqmiyalaring yana bir marta unga qo‘l tekkizsa, gap boshqacha bo‘ladi. Ha, aytgancha sen mening qizimni urding, endi men sening yigitingning basharasini yanchib tashlayman. Ko‘zga ko‘z. Yeonjunga salom deb qo‘y. Va yana bir narsa…

Yigit qizlardan birining qo‘lidan hali ham yashirincha videoga olayotgan telefonini ehtiyotkorlik bilan oldi. Videoni o‘chirib tashlab, egasiga qaytardi.

— Sana, dugonang meni ruxsatsiz videoga olayotgan edi, — JeyKey yuzini Sanaga burdi. — Bilasanmi, bu menga yoqmaydi. Iltimos, shunday qilgin-ki, u bizning maktabda boshqa qorasini ko‘rsatmasin.

— Ahmoq! — deya pishilladi Sana dugonasiga qarab. — JeyKey, kechir! U bexosdan qildi! Men o‘zim hal qilaman, hammasini joyiga qo‘yaman!

— Harakat qil.

JeyKey yelkamga o‘zining qalin tolstovkasini tashladi, qo‘limdan tutib, ortidan boshladi. Sochlarim jiqqa ho‘l, och rangli sviterimda qahvaning jirkanch dog‘i qotib qolgan, labim achishib yonardi, ammo negadir ichimda ajib bir g‘oliblik hissini tuyardim.

— Aytmaganmidim, yigitim sizlarni devorga yopishtirib tashlaydi deb, — ortimga o‘girilib, Sanaga ko‘z qisib qo‘yishga o‘zimda kuch topdim.

Biz qo‘l ushlashib uzoqlashdik. Deyarli o‘sha zahotiyoq bir to‘da yigitlarga duch keldik — hammasi bizning maktabdan. Mashg‘ulotdan qaytishayotgan shekilli.

JeyKeyni hamma tanirdi, u bilan baland ovozda so‘rashar va menga sinovchan, razm solib qarab qo‘yishardi. Go‘yo: "Bu kim bo‘ldi?" degandek.

— Bu qaysi go‘zal, JeyKey? — quvnoq ohangda baqirdi basketbol jamoasi sardori. Ikki metrli, nigohlari iliq bu yigitni deb bir paytlar dugona deb yurgan qizimning o‘lib-tirilib yurganini bilardim. O‘sha "dugonam" meni maktabda "kalamush" deb e’lon qilishganida, hamma qatori sotib ketgan edi.

— Mening qizim, — javob berdi JeyKey. Endi u shunchaki qo‘limdan tutmay, barmoqlarini barmoqlarim bilan mahkam jipslashtirib olgan edi.

— Oho, JeyKeyimiz o‘ziga mosini topibdi-ku! Viola-chi, u nima bo‘ladi?

— U o‘tmishda qoldi, — JeyKey zaharxanda qildi. — Endi men u bilanman.

— Chiroyli qiz ekan! — dedi kimdir. Har tomondan maqtovlar yog‘ila boshladi:
— Barsning qizi, senga gap yo‘q!
— Oyoqlari shunchaki olov-ku!
— Sen bilan birga vaqtni zo‘r o‘tkazgan bo‘lardim, jonim! Mazza qilarding! — dedi yigitlardan biri o‘ylamay-netmay. Ammo JeyKeyning vahshiy nigohini ko‘rib, o‘sha zahoti tili aylanmay qoldi.

— Ehtiyot bo‘l, og‘ayni. Bunday gaplar uchun basharangni dabdala qilishim mumkin, — deb xushmuomalalik bilan ogohlantirdi u. — Keyin esa boshqa joylaringni ham mayib qilaman.

— Kechir, kechir, yomon niyatim yo‘q edi! — yigit qo‘llarini silkitib o‘zini oqlay boshladi. — Shunchaki noo‘rin maqtov bo‘ldi! Qiz haqiqatan ham ajoyib ekan.

Qiziq, qachondan beri men bunchalik "ajoyib" bo‘lib qoldim? Avvallari meni, yangi kelgan qizni hech kim pisand qilmasdi. Maktabga kelib-ketib yuraverardim, toki Sanadek aqli kalta dushman orttirmagunimcha.

— Birinchi va oxirgi marta aytaman, bro. Mening qizim haqida yana birorta bema’ni gap eshitsam tamom bo‘lasan, umringning oxirigacha yolg‘iz o‘zing "mazza" qilib o‘tasan, — JeyKey istehzo bilan kuldi-da, meni yetaklab ketdi.

JeyKey (Jeon Jungkook)

Maktabning eng xatarli va obro‘li yigiti o‘zini xuddi mening qaylig‘imdek tutardi. Vaholanki, u hali mening ismimni ham bilmasdi.

Hammasi esa o‘sha derazalardan boshlangan edi…