Infinity of love
Jimin Taehyungni saroyning yashirin xonasiga olib kirgandi. Bu xona hech kim kirishga jur’at etmaydigan saroyning eng chekka qismidagi unutilgan qanotda joylashgan edi. Devorlar ustida eskirgan naqshlar deraza esa faqat bitta kichik va tor quyosh nuri arang kirardi.
Taehyung hanuz hushsiz yotar uning nafas olishi sekin ammo muntazam edi.
Jimin uning yuziga qarab, lablari orasidan shivirladi.
Jimin:—
Sen kim bo‘lding o‘zi… bu yerning odami emassan... qanday qilib bu dunyoga kelding?
U javob kutmadi. Kutishning manosi yo‘q edi.
Shu suhbat ichida eshik sekin g‘ijirlaganday bo‘ldi.
Jimin darhol o‘rnidan turdi.
Yoniga kelgan yigit uzun qomatli sovuq nigohli shaxzoda Min Yoongi edi.
Yoongi hech so‘zsiz xonaga nazar soldi.
Uning nigohi ko‘p narsani sezardi. Bu saroyda hech bir g‘alati narsa undan yashirin qolmasdi.
Jimin: Uni o‘rmonda topdim. Joyida hushsiz yotgan edi. Uni tashlab qo‘ya olmadim.
Yoongi bir necha soniya jim qoldi.
Bu jimlik hukm edi.
U sekin Taehyungning yoniga egildi.
Taehyungning yuzidagi teranlik ajablanarli yuz ifodasi bor edi va bu Yoongini bir lahzaga to‘xtatdi.
Yoongi: Bu yigit... saroy odami emas. Kyimi bu yerlarga tegishli emas. U aygʻoqchi boʻlishi mumkin boshqa qirollikdan bizni kuzatish uchun kelgan. Ammo hech qaysi qirollikda bunday kiyinishmaydi. Qiziq. Uni soʻroq qilish kerak.
Jimin ichida nimadir titradi qo‘rquv emas kutilayotgan o‘zgarish soyasi.
Jimin: Uni yashiramiz. Hozircha hech kim bilmasin.
Yoongi nigohi bilan Jiminni o‘qib uning niyatini to‘liq tushundi.
Yoongi: Bu sirlarga saroy chidamaydi. Agar kimdir bilsa bu odam yashamaydi. U oziga kelsa soʻroq qilaman song Jkga habar beraman. Oʻzi qaror qabul qiladi.
Jimin yengil nafas oldi.
Ammo tinchlik uzoq davom etmadi.
Chiqishayotganda saroy bog‘idan kelayotgan qadam tovushlari eshitildi.
Ikki yigit ham birdan jim bo‘ldi.
Bog‘ orasidan Jungkook chiqib kelardi.
U hali hech narsani bilmasdi.
Hech kim unga nimadir sodir bo‘lganini aytmagan.
Lekin u sezdi.
Jungkook to‘xtadi. Shamol uning sochlarini ohista tebratdi.
Uning ko‘ksida yurak notinch urardi.
Jungkook pov: Nima bu hissiyot? Go‘yo kimdir... kelgan. Yaqin lekin begonadek...
U atrofga nazar soldi.
Ko‘zlari bir lahza saroyning eng chekka qanoti Taehyung yotgan joyga qadaldi.
Va bu nigoh taqdirning birinchi eshigini ochdi.
Taehyungning kipriklari sekin titradi.
Nafas olishi chuqurlashdi.
Qo‘llari biroz qimir etdi.
Jiminning yuragi ikki urish o‘rtasida to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
Yoongi esa darhol yonidagi pichog‘ining dastasiga qo‘l qo‘ydi ehtiyot uchun.
Taehyung sekin ko‘zlarini ochdi.
Bir zum butun olam jim bo‘ldi.
Taehyung ko‘zlarini ochib shiftga qaradi.
Ammo uning nigohi daraxtlar tepasidan osmonning quyuq ko‘kligidan shamolning tovushidan kelgan nomukammal tush bilan to‘qnashdi.
U birinchi bo‘lib shivir qildi.
Jimin yoniga egildi.
Nigohi sokin, lekin ichida ehtiyotlik bor.
Jimin: Saroydasiz. Sizni o‘rmonda topdim. Hushsiz yotar edingiz.
Taehyung asta o‘tirib oldi.
Ko‘zlari ko‘chib ketgan vaqtlar orasida adashgan sayyohdek edi.
Taehyung: Saroy...? Qaysi saroy…?
Yoongi uning ko‘zlariga tik qaradi.
Bu nigoh ikki dunyo orasidagi osto4nani ko‘rayotgandek edi.
Yoongi: Bu Goryeo sulolasi saroyi. Siz... bu yerdan emassiz. To‘g‘rimi?
Taehyung hech nima demadi.
Lekin uning ko‘zlari ha deb aytdi.
Shu payt tashqarida eshik ohista ochildi.
Va unga Jungkook kirib keldi.
Taehyung va Jungkook birinchi bor ko‘z ko‘zga qarashdi.
Go‘yo vaqt o‘zi to‘xtadi.
Shamol to‘xtadi.
Bu ikki ko‘z ikki olamning uchrashuvi edi.
Jungkookning nigohi tarang, ammo nimadir iliq.
Taehyung esa begona olamdan kelgan lekin nima uchundir u bu nigohni allaqachon tanigandek his qildi.
Bu tanishlik tushdan yulduzlar o‘rtasidan yoki taqdirning eng chuqur qatlaridan kelgandek edi.
Tae : Bu kim? Va nega… uning ko‘zlari bunday? Va nega ular qadimiy dramalardagidek kiyingan? Qanday saroy yana qanday Goryeo ? Jin ursin nimalar boʻlyabdi oʻzi?
Nihoyat Jungkook juda sokin, lekin juda teran ovozda gapirdi.
Jungkook: Sen kim bo‘lasan? Nega bunday kiyingansan? Meni hududimda nima qilayotganding?
Taehyung: oʻzinglar kimsanlar bu yana qanday axmoqlik? Jin ursin... qayerdaman oʻzi?
Tae oʻrnidan turdi ammo uni Jimin tiz choʻktirdi.
Tae: hoy nima qilyabsan jin ursin. Qoʻyvor.
●
Tugadi keyingi qismni fikr va rekga qarab yozaman yoqimli mutola.