November 7, 2025

Mistake

16-qism

Tush payti haliyam uyqudan sarmast juftlik uygʻondi.

Taehyung hali ham Jungkookni qattiq quchoqlagancha yotardi. Jkning sochlari biroz tartibsiz
labi esa qizarib qolgan Taega shu manzara o‘lishga arzigulikday tuyildi.

Tae labini Jungkookning peshonasiga tekkizib past ovozda kuldi.

Tae: Meni quyoncham qanday shirin uxlaydi...

Jungkook sekin ko‘zlarini ochdi. Iliq nigohlar to‘qnashdi.
Jk yostiqqa yanada chuqurroq ko‘milgancha mayin ovozda.
Jk: Tae… seni lablaring sovuq…

Tae jilmayib
Tae :Shuning uchun seni uyg‘otayapman da. Yana iliqlik
qoʻshib qoʻyishing uchun

deya sekin engashib boʻsa oldi.

U Jkning yuzini ikki kaftiga olib labiga ohista bo‘sa qo‘ydi.
Jkning yuragi qinidan chiqqudek boʻlib urardi.
U o‘zini juda kichkina juda himoyalangan juda sevilgan his qilardi.

Jk: Bugun… men o‘zimni juda… bilmadim… yosh… boladek his qilyapman.
Tae uning sochini siladi
Tae:Senga shunday bo‘lish yarashadi. Sen mening kichkina lekin eng katta baxtimsan. Quyoncham mittivoyimsan.

Jk kuldi.
Ular birga vanna xonasiga o‘tishdi. Suvning shovullashi kulgular shirin tortishishlar uy juda tinch iliq.
Keyin pastga tushishdi.

Jk ovqat qilishga kirishdi Tae uni kuzatib yordamlashardi...

●●●●●●●□□□□□□

Liora oshxonada choy quyayotgan edi. Jin stolga lagan qo‘yayotgan.
Jimin esa Bonsuni olish uchun Suhyonni atrofida aylanardi.

Jm: Suhyon menga bolamni ber men ham quchoqlay.
Suhyon: Yo‘q. U meniki.
Jm: NIMA? Qachondan boshlab?!
Suhyon: Kecha o‘ylab chiqib shunaqa qaror qildim.
Jm: Men o‘ladigan bo‘ldimku endi 😭 Bonsuuuu dadasiga kel. Bugunoq uyga qaytamiz. Yonsuni ham Bonsuni ham olib ketaman.
Suhyon: yoʻ men Bonsuni bermayman u meniki Yoongi amakim bilan kelishdim😌

Bonsu esa kulib Suhyonni yelkasida o‘ynab yurar edi.

Jin boshini changalladi.
Jin: Suhyon, bolani qaytar Jimin hozir yig‘lab bersa
bizning boshimiz ketadi. Axr Jimin dadasi safar sabab koʻra olmagan sogʻingan bolasini. Uni qiynamasdan Bonsuni ber.

Jimin: nima qilibdi dadasi boʻlsa. Bonsu katta boʻlyabdi. Uni koʻp erkalatib oʻpib tashalayabdi. Men buncha oʻpmaganman. Ustiga ustak u endi meniki😌

Ammo Jimin yiqiladigan holga kelgan ovozda.
Jm: MENDA HAM HUQUQ BOR AXIR!!! YOONGI KELSANGIZ SIZNI OʻLDIRAMAN😠😫

Suhyon:Siz uni juda ko‘p o‘pyabsiz . Men ro‘yxatdan o‘tkazib qo‘ydim kuniga 4 taga ruxsat. Adolatli boʻlish kerak.
Jm: RO‘YXAT???!!! Men jinni boʻlaman. Jin bolamni Suhyondan olib ber boʻlmasa men oʻzimni yoʻqotaman.

Jin Suhyonga yaqinlashgandi. Suhyon Bonsuni quchoqlab xonasiga yugurib kirib eshikni qulfladi.

Jin: JIN URSIN. BULARGA QANDAY CHIDAYMAN ENDI...

Liora esa oʻz xonasida Yonsuni oʻynatib EunWoo bilan gaplashib oʻtirardi...

Shu payt boshqa joyda ulkan majlis zalida Yoongi va Namjoon kirib kelishdi.
Hamma birdan jim bo‘ldi.

Namjoon stulga o‘tirib qo‘lini stolga bir marta urdi.

Nm: Bugundan boshlab hamma hududlar qayta taqsimlanadi..

Yoongi sovuq nigoh bilan atrofga qarab.

Yg: Kim qarshi bo‘lsa hozir chiqsin. Keyin kech bo‘ladi.

Hech kim chiqmaydi.
Havo og‘ir. Kuch. Bosim.

Ular anchagacha qolib ketgan ishlarni hal qilishdi.

Sujindan haligacha darak yoʻq.

Kech tusha boshlagach Sujin qaytmaganini sezgan Jk haydovchiga tel qila boshladi.

Jungkook haydovchiga telefon qildi.
Qo‘ng‘iroq javobsiz. Yana. Yana.

Jkning lablaridan shivir chiqdi.

Jk: Tae… telefon ko‘tarmayapti….

Tae darhol o‘girildi.
Uning ko‘zida qorong‘ilik paydo bo‘ldi.

Tae: Jungkook. Bir narsa noto‘g‘ri.

Jk tezda telefonidan mashina kameralarini yoqdi.
Video qora mashina yoniga keladi.
Sujin boshiga qop olib ketishadi.
Haydovchi uriladi. Mashina g‘oyib bo‘ladi.

Jungkookning qo‘llari muzlab ketdi.
Jk: Tae… Tae… Su… Sujin…

Tae o‘rnidan sakrab turdi. Nafasi keskin ko‘zlari yovvoyilashdi.
Uning ichida g‘azab portladi.

Tae: Ular... bolamga qo‘l tekkizishdimi…? MEN ULARNI SOGʻ QOʻYMAYMAN.

Jungkook darhol uning qo‘llarini ushlab oldi.
U Taeni ko‘kragiga bosdi.
Muhabbatli yumshoq lekin qat’iy.

Jk: Tae. Biz buni yolg‘iz qilmaymiz. Yoongi hyung… Namjoon hyung… Ular hozir yig‘ilishda. Biz chaqiramiz. Biz topamiz. Sujin qaytadi. Men senga so‘z beraman.

Tae nihoyatda charchoq va g‘azab bilan ko‘zlarini yumdi.
Jkning peshonasiga boshini qo‘ydi.

Tae: Kookie… Agar unga bir nima bo‘lsa… men… men o‘zimni kechirolmayman.
Jk: "Unga hech nima bo‘lmaydi. Chunki biz bor. Biz kuchlimiz. Biz oilamiz.
Jk oʻzi qattiq qoʻrqasada u oʻz qatiyligini yoʻqotmadi.

Tae nihoyat chuqur nafas oldi.
U o‘zini qo‘lga oldi.
Lekin ko‘zlari muzday va xavfli bo‘lib qolgan edi.

Va birinchi bo‘lib Namjoonga qo‘ng‘iroq qilishdi.
Namjoon band boʻlgani sabab telni koʻtarmadi. Soʻng noiloj Yoongiga qilishdi.

Eshik birdan taqilladi. Hizmatchi ochdi. Quti va xat bor edi.

Tae gʻazab bilan xatni oldi. Jk esa qutini ochib qotib qoldi.

Jk:T...T.. TAE...

PAQ tugadi yoqimli mutola

By: Sua