The Boy Who Looked Like You
Bu ikkinchi oneshout yozishim xato kamchilik uchun oldindan uzur.
Erta tong lazzatli tundan soʻngi tong. Taehyung charchagani sabab koʻproq uxlagisi kelib gʻingshib koʻrpani ustiga tortib oʻzini yashirdi.
Jk esa dush qabul qilib allaqachon tayyor boʻlgandi. U anchagina tetik edi.
Jungkook karavot chetiga o‘tirib oyoqlarini polga qo‘yib unga yon tomondan qarab turardi.
Jk: Tae. O‘rningdan tur. Bugun erta ketamiz dedim.
Taehyung yuzini yostiqqa bosgancha ing‘rab qo‘ydi.
Tae : Yana besh daqiqa… charchganman axr oʻzingiz ketavering men bugun uyda qolaman.
Jk: Beshta o‘tdi. Yana o‘nta ham o‘tdi. Yoʻq uyda yolgʻiz qolmaysan har doim men bilan boʻlishing shart. Qani boʻlaqol tur.
Taehyung ko‘zini ochmasdan qo‘lini Jungkookning bilagiga uzatdi,sekin tortdi.
Tae: Sen yonimda bo‘lsang ertalab turish osonroq bo‘ladi… ammo uxlagim kelyabdi bugun bormay.
Jungkook beixtiyor jilmaydi. Bu bola uni shunchalik osongina yengardi.
U karavotga qaytib yotdi Taeni quchog‘iga oldi. Taehyung birdan jonlandi go‘yo bunga tayyorlab o‘tirgandek.
Tae Jkni ustiga minib boʻynidan yuzidan oʻpa boshladi.
Jk: mhmm baby hozir meni uygʻotma boʻlmasa oʻzinga qiyin boʻladi.
Tae biroz toʻxtadi. U ogʻriyotgandi shu sabab Jk bilan oʻynashgisi kelmadi. Ammo Jkdan tushishdan oldin qattiq boʻsa oldi.
Jk Taeni koʻtarib oldi va yosh boladek oʻzi kiyintirdi.
Jk: kichkintoy ishga boraylik oʻzim ovqatlantirib qoʻyaman.
Jk Taeni koʻtarib pastga olib tushdi va uydan chiqib sekin mashinasiga qoʻydi. Oʻzi esa rulga oʻtirib mashinani ishga tushirdi.
Jkni qitmirligi tutib mashinada ham Taeni tinch qoʻymadi.
Jungkook rulni ushlab bir ko‘zi yo‘lda bir ko‘zi unda.
Jungkook: Bugun nimagadir jim san. Bajburlab olib chiqqanim yoqmadimi?
Taehyung: Shunchaki... yaxshi uxlamadim. Uxlamoqchi edim siz yoʻl qoʻymadiz.
Jungkook unga bir zum qarab kayfiyatini o‘qib oldi.
Jungkook: Agar xohlasang tushlikda erta uyga qaytamiz. Uyda hordiq chiqarasan.
Taehyung: Yo‘q… endi kerak emas. Va sizsiz qolishni hohlamayman
Bu gap Jungkookni nimadandir yumshatib yubordi. Shu bola uni qanday tinchlantirishni bilar edi.
Ular binoga kirayotganida koridorda kotiba qiz ularga duch keldi.
Qiz: Salom Janob Jeon va Taehyung-oppa. Bugun juda va kelishgan koʻrinyabsiz muloyim ko‘rinyapsiz.
Taehyung muloyim odobli jilmayib bosh egdi.
Taehyung: Rahmat. Siz ham charchamayapsizmi? Bugun ish ko‘p bo‘lsa kerak.
Qiz iljayib bosh irg‘adi va o‘tib ketdi.
Shunda Jungkook bir so‘z ham demadi lekin uning sukunatidan pol ham muzlay boshlagandek bo‘ldi.
Lift yopilgandan keyingina u shivirladi.
Jungkook: Boshqalarga shunaqa jilmayishingni yoqtirmayman. Ayniqsa qizlarga.
Taehyung jilmayishi so‘ndi. U charchoq bilan Jungkook tomonga qaradi.
Taehyung: U odam shunchaki salom berdi. Men qo‘pol bo‘lishni xohlamadim. Nima bo‘ldi yana?
Jungkook: Menga yo‘qmadi. Yana hushomat qilishiga oʻlaymi😒
Taehyung chuqur nafas oldi. U chiday olardi lekin hammasi ichiga yig‘ilardi.
Taehyung: Mayli. Yaxshi. Men tepaga chiqib o‘tiraman. Gaplashgimiz kelmasa hozir gaplashmaylik.
U sekin chiqib ketdi. Jungkook esa bir muddat uning ortidan qarab qoldi. Qo‘llari musht edi.
Jk: yaramas ayiqcha mendan koʻrasan hali. Rashkim bilan oʻynashish yomon boʻladi...
Jungkook majlisga ketdi. Taehyung esa arazlab majlisga kirmadi. Odatda har doim kirib Jk tizzasida oʻtirardi. Ammo bugun Jk ni ham Tae ni ham azabi buzilgan. Tae arazlagan. Jk esa rashk olovidan oʻzini zoʻrgʻa bosyabdi.
Taehyung Jkni xonasida telefon oʻynab oʻtirardi. Boyagi kotiba sekin eshikni taqillatib xonaga kirdi.
Tae: nega kelding? Jk bu yerda emas.
Kqiz: men sizga hech nima kerak emasmi deb soʻrash uchun kirdim janob.
Tae: kerak emas. Va meni har doim janob deb chaqir.
Kotib qiz biroz dovdiradi. Bosh irgʻab chiqib ketdi.
Tae: boya shunday qoʻpol boʻlsam oʻlarmidim. Bekordan Kookieni jaxlini chiqardim😫
Endi nima qilaman. Jazolasachi...yoki hafa boʻlib gapirmasachi... majlisga borsammikan... yoʻq unaqasi ketmaydi. Tinchlanib uni kutaman.
Majlis tugadi ammo kech. Jk charchab oʻz xonasiga qaytganida Tae uning kursisida boshini stolga qoʻyib uxlardi. Oldida xat bilan shirinlik turardi.
Xat:
Kechiring quyoncham meni men atay qilmadim... boshqa bunday qilmayman. Endi kotiba ham meni janob deb chaqiradi... sizni sevaman..
Jungkook xatni oʻqib yuziga tabassum tarqaldi.
Jk: meni ayiqcham qoʻrqoqinam meni. Shumtaka qaysarim. Qanday uzur soʻrashniyam biladi.
Jk Taeni peshonasidan oʻpib yuzini mayin silab qoʻydi.
Jk Tae uygʻonishini kutib unga termulib oʻtirdi.
Meni ayiqcham hayotimning nuri arazchim. Sezsiz nima qilardima. Bu yurak sen kelmasang muzlab qolgan boʻlardi. Sen yashashimga sababchimsan Teteyim meni. 1 yildan beri uchrashamiz tez orada qoʻlingni sorayman mening hotinim boʻlasan bolalarimiz boʻladi. Sen chiroyli dada boʻlasan men ham... axx bularni tasavvur qilish qanday baxt🫠.
Yarim soat Jk oʻz hayollari bilan band boʻldi.
Tae sekin uygʻondi Jk unga qarab termulib tasabbus qilib yotardi.
Tae uyqusirab boshini koʻtardi.
Tae: mhm boshim notoʻgri yotganimdan ogʻriyabdi.
Kookie siz qachon boʻshadiz koʻp uxladimmi?
Jk: yoʻq ayiqcham boya keldim. Majlis kech tugadi.
Jk: yoʻq albatda qanday hafa boʻlay axr sendan mittivoy kel bagʻrimga uyga qaytishin restoranda ovqatlanamiz. Sen ham ochiqgandirsan.
Jk va Taehyung mashinaga oʻtirishdi. Radioda ramantik ammo yurakni ezuvchi musiqa yangrardi. Tae bundan biroz koʻngli gʻashlanardi. Jkga esa farqi yoʻq edim u Taeni sonini ushlab jim ketardi.
Ular qaytayotganda mashina ichida faqat dvigatel ovozi bor edi.
Ular bir-biriga qarashdi.
Va shunda…
Yo‘l chetidan yuk mashinasi birdan chiqib keldi.
Katta avtohalokat boldi. Katta yoʻlda boʻlgani sabab. 2 kishi vafot etdi. Hamma aperatsiyada. Jungkookni 3 soat aperatsiya qilishni uni ahvoli biroz yaxshi edi. Ammo Taehyungni ahvoli yomon edi. Chunki u tarafdan mashina kelib urilgandi. Taehyungni 11 saot aperatsiya qilishdi. U koma xolatiga tushdi. Jk 2 kunda oʻziga keldi. Va Taehyungni palatasiga oshiqib uning oldidan ketmadi.
Palata juda jim. Faqat apparatning maromli bip bip ovozi havoda osilib turardi. Shifokorlar aytgandi: U eshitadi. Faqat javob qaytara olmayapti.
Men shunga ishondim. Ishonishim kerak edi.
Taehyungning qo‘lini sekin ushlab kaftimga siqib qo‘ydim. Iliq. Endi ham iliq. Demak u ketmagan. U hali shu yerda.
Labimdan ovoz chiqdi lekin juda past xuddi kimnidir uyg‘otib yuborishdan qo‘rqayotgandek.
Sochlari peshonasiga tushib qolgan men esa har safar koʻrib turib o‘zim surib qo‘yaman axir kimdir uni parvarish qilishi kerak. Har doim.
Hayotimning nuri… bunaqa jim yotma da.
Ko‘zlarim achishdi. O‘zim sezmagan holda.
Sening arazlaringni o‘sha lab burishtirishlaringni bola kabi injiqlik qilganingni ham sog‘indim. Hatto janjal qilganingni ham.
Kulib yubordim. Aqlim joyidami yoki yo‘qmi bilmiman. Lekin shu bola meni har kuni tirik tutardi. Endi esa men uni qo‘limda ushlab tirik turibman.
Semsiz… men hech kimman Tae. Hech narsa. Men doim shunday deb oʻylardim. men kuchliman o‘zimga tegadiganga yo‘l qo‘ymayman. Lekin sen…
…sen kelganingdan beri yuragim nimadir his qila boshlagan. Agar sen yo‘q bo‘lsang men yana avvalgi muz bo‘lib qolaman.
Peshonamni uning kaftiga qo‘ydim. Qanday qilib bu shu qadar og‘riydi?..
Uyga qayt. Men hammasini tuzataman. Nimadan xafa bo‘lsang so‘rayman. Jilmayib qo‘yasan lablaring burishadi keyin yana meni o‘zingga tortasan. Hammasi yana avvalgidek bo‘lsin. Faqat…
Ovozim g‘alati chiqdi xuddi sindirilganday.
…meni yana chaqir. Bitta marta bo‘lsa ham Jungkookie de. Kookeyim , Quyoncham de..
Tashqarida kimningdir qadamlari eshitildi, lekin men bosh ko‘tarmadim.
Bu dunyo hozir faqat ikkimizniki.
Labim uning barmoqlariga tegdi xuddi o‘sha ertalabkiday.
Men kutaman. Qanchalik kerak bo‘lsa kutaman.
Shu payt u qimirlagandek bo‘ldi.
Juda sekin.
Bir soniya.
To‘lqin singari.
Lekin u yana jim bo‘lib qoldi.
Faqat bir dona ko‘z yoshim uning kaftiga tushdi.
Oradan 2 oy oʻtdi. Jungkook oʻzini yigʻib oldi. Ammo ko‘zlari muzladi. Ishidan qaytib har doim shifoxonada Taehyung bilan boʻlardi. Yuragi u yashayotganini qaytishini aytardi..
Ammo bir kun yolda ketayotga bir kafe ichida Jungkook kimnidir koʻrdi. Va muzlab qoldi. Tezda mashinani chetga olib kafega kirdi.
T: ketmayman men bormayman.... shu yerda qolaman... yana ovqat yeyman.
T oyi: oʻgʻlim yurgin senga oʻzim qilib beraman. Ovqat
Shunda gʻazab bilan Taylorni akasi gapirdi.
Taylor akasidan qoʻrqardi shu sabab sekin oʻrnidan turib koʻz yoshlarini artib oʻrnidan turdi.
Jk shunchaki kuzatib qarab turardi. Ammo soʻng ular koʻchaga chiqqach Jk ular ortidan chiqdi. Taylor yana qaysarlik qilib oʻtirib olgandi. Shunda Jk borib Taylorni yuzini ushlab gapira boshladi.
Jk: ayiqcham mening ayiqcham.... Teteyim seni oldinga borayotgandim..ammo qanaqasiga...ha mayli muhimi sen hushingdasan. Yana menha qaytding.. qayting Teteyim meni deb qattiq quchoqladi.
Taylor koreys emas ammo onasi koreyalik boʻlgani sabab Koreaga koʻchib kelishgan. Bolalarcha harakteri bor haliyam bundan voz kecholmaydi. Mehribon sodda ammo arazchi va shumtaka. Taehyung ni qiyofadoshi.
Taylor hozir nima bo‘lganini anglay olmadi. Shunchaki jim edi. Ammo akasi ularni ayirdim
X: kimsiz janob? Nega ukamga bunday gaplarni aytyabsz? Uni ismi Taehyung emas.
Jk biroz oʻziga kelib tinchlanib qayta Taylorga qaradi. Ammo farq topa olmadi.
Jk: qanadasiga u Taehyung axr mening Taehyungim
X: janob sz oʻzingizni bosing. U meni ukam Taylor hech qanday Taehyung emas.
Jk oʻylanib qoldi. Koʻrayotgan manzarasiga ishongisi kelmasdi... shunda Taylor unu quchib oldi.
T: meni yana Teteyim deb chaqiring bu yoqimli ekan.
Jk muzlab qoldi. Ovoz ham bir hil ammo biroz farq qilardi.
Jk: uzur men adashibman.Taylor...
T: yoʻ yoʻq men Teteyingizman. Siz bilan ketaman.
Xoseoj Taylorni akasi nima deyishini bilmasdi. Jk ham muzlab qoldi.
Asl hikoya endi boshlangandi...
Uzur 2 qismli qilishga qaror qildim chunki voqea koʻproq boʻladigan boʻldi.