May 15, 2025

Mistake

Tanishtiruv

ba’zan biz izlagan inson taqdirimizning eng kutilmagan burchagida kutib turadi…
Mistake – bu yurakdagi iz, bu unutilmagan nigohlar va kechikib sevilgan inson haqidagi hikoya

Asosiy qahramonlar:

Kim Taehyung- 28 yoshda u professional fotograf ,u san’atni suratlar orqali ifodalashni yaxshi ko‘radi. Hayotida yillar oldin tasodifan suratga tushirib yuborgan notanish yigit unga unutilmas iz qoldirgan va endi u butun hayoti davomida o‘sha yigitni izlab yashaydi. Taehyung sirli sokin hech kimga ochilmaydi yuragida esa kuchli his-tuyg‘ularni yashirib keladi. Ammo ichida kuchkli egalik hissi yashirin.

va… o‘sha yigit –
Jeon jungkook 29 yoshda hozirda prokuror. U qonun va adolatni eng ustun deb biladi hayotini faqat ishiga bag‘ishlagan sevgiga ishonmaydi taqdir degan narsani inkor qiladi lekin Kim Taehyung bilan uchrashuvi uning butun hayotini o‘zgarishiga sabab boʻladi

Taehyung uni suratga tushirib qo‘ygach uning nigohini yuzi va sirli ifodasini yillar davomida unutolmaydi u yillar davomida dunyo bo‘ylab yurgan safarlarida o‘sha insonni qidiradi lekin topolmaydi oradan yillar o‘tadi va nihoyat koreyaga qaytganda uni yana ko‘radi bu safar suratda emas balki haqiqiy hayotda lekin bu inson prokuror Jeon Jungkook edi
Jungkook Taehyungni suratlardan tanirdi lekin endi uni ro‘parasida ko‘rganida yuragida bir nimadir siljidi lekin u bu hisni inkor qildi bu faqat vaqtinchalik his deb o‘yladi lekin yurak mantiqqa bo‘ysunmaydi.

Ular orasidagi sevgi ishonch ayriliq va kechikkan hislar ularning hayotini butunlay o‘zgartiradi lekin bu tuyg‘ular taqdirning ne’matimi yoki og‘riqli bir xatomi?

❝ u sening orzularingdan ham go‘zal edi lekin sen uni kechikib sevding…❞

Va bu hikoyada faqat Taehyung va Jungkook emas yana boshqalar ham bor ular bu tuyg‘ular to‘rining ichida.

Namjoon – jungkookning akasi rashkchi ,sovuq tabiatli, lekin o‘z oilasiga juda mehribon bir inson u ilgari kuchli sudya bo‘lgan hozir esa mafiyalar olamining qiroli o‘z oilasini ko‘z qorachig‘idek asraydi uni hech kim ranjitolmaydi u juda qattiqqo‘l va o‘tkir.

Kim Seokjin – mashhur fotograf bo‘lgan Taehyungning yaqin hamkasbi lekin oilaviy sabablarga ko‘ra bu sohani tashlagan juda mehribon aqlli yurakdan sezadigan inson hozir Namjoonning turmush o‘rtog‘i ular birga hayot kurashini bosib o‘tgan va farzandlari uchun yashaydigan insonlar.

Jimin – Jungkookdan 1 yosh katta lekin Jungkook uni har doim akasi sifatida ko‘radi u shifokor bo‘lgan, lekin o‘z sevgan insoni bilan oila qurayotganda qonunlarga zid bo‘lgan deb ishdan bo‘shatilgan juda oqko‘ngil mehribon sodda inson u hozir oilasi bilan baxtli hayot kechiradi farzandlari – Yonsu va Bonsu ularning quvonchi.

Yoongi – Jiminning turmush o‘rtog‘i, juda hushyor aqlli va o‘ylab ish qiladigan inson u hech kimning fikriga quloq solmaydi faqat Jimin va bolalarini tinglaydi ularning xavfsizligi uchun har narsani qiladi rejasiz qadam qo‘ymaydi va sevgan insonini har narsadan himoya qiladi.

bu hikoya- ko‘z yoshlar ,va mehr orzu, va kechikkan sevgi, yo‘qotish va topish, orasidagi ingichka chiziqda yurgan yuraklar haqida.
Mistake – ba’zan kechikib sevilgan yuraklarni topish hikoyasi.