July 5, 2025

Xotima

—Mohina uyg'on ,Mohinaaa azizam senga nima bo'lyapdi,men shu yerdaman uyg'ooon ,tinchlan—bir maromda Anvarxonning meni uyg'otayotgan so'zlari qulog'imga kirar haqiqatdan farq qilmaydigan tush ta'siridan chiqa olmasdim.Ko'zimni zo'rg'a ochdim,ko'zlarim namlangan edi.—Nihoyat—dedi Anvar terlab suv bo'lib ketgan sochlarimni yuzimdan sidirib,peshonamga sovuq qo'lini bosdi.Xonamizda va tushagimizda yotardim.Daladagi manzara,vaxshiy Anvarxon yuqolgan,tushunarsiz holatta yotardim,ahir hammasi haqiqat ediku,oyog'imga sanchilgan tikanlar,botgan toshlar,bo'ynimga botirilishgan tish.Hattoki men o'ldim,Anvarxonni otim.—Qo'riqnchli tush ko'rdingmi?—dedi u o'zimni bilmay yotganimga qarab.Boshimni silkidim,gapira olmay qoldim,shu darajada o'sha muhit meni tortib ketgan ediki,huddi hozir men yana tog'da paydo bo'lib undan qochadigandekman.labimga muzdek suv tutti,yutaqib ichdimda boshimni sekin yostiqqa qo'ydim. Bu tush meni reallikdan chiqarib yubordi,tonga Anvarxon ishga ketti,unga tushim to'g'risida g'ing demadim,tupponchani esa oshxona tormasi ichiga tiqib qo'ydim.Bu tushim anniq tinniq mening tilimdan so'zlangan hikoya o'xshardi,o'z ovozimni haligacha quloqlarimda eshityapman,ammo bu haqiqat bo'lsa nega ikki yillik turmush o'rtog'im dedim,endi uch oyga bordiku,qanaqasiga ikki yil bo'lsin to'yimizga,tanishganimizga ikki yil bo'lmadi.Galusinatsiya bo'lsa kerak,tush ham shu darajada daxshatli va hayotiy bo'lishi mumkinmi,ehtimol bu kelajakdan bashorattir,albatta,u aytganidek u kun kelib vahshiylashadi meni quvib shunaqa kimsasiz yerda umrimga zomin bo'ladi,uni otaman yo...

Yo o'laman yo o'ldiraman.Ammo ikkisini ham qilmasamchi.Kechga taraf,Anvarxon ishlari bitganini dushanbada yangi markazga ko'chish boshlanishini,kadrlarni saralash qabul qilish boshlanishini aytib suyunchi oldi.Kiyinib chiq ,dedi restoranga borarkanmiz,tag'in menga qirmizi atirgullar olib kelibdi.YUragim hotirjam urmas ekan unga tushimni aytib bergim keldi,restoranga borishga kiyinmadim ,uy kiyimida suppayib qaytib chiqdim,qolimda u tutqazgab kumush o'qli tupponcha.
—Nega tayyormassan?—so'radi vafforaga oyog'ini tirab suvning shildirashiga quloq tutib yurgan ekan.
—Avval oydinlik kiritib olaylik,bu tupponcha menga kerakmi yo'qmi?—dedim unga yaqin bormay.
—Albatta kerak,u sen o'zingni himoya qilishing uchun—dedi u .
—Men ertalab tush ko'rdim,unda siz meni tishladingiz va men sizni ottim,unga qadar dashtta,biyobonda meni juda quvladingiz,bular kelajakdan dalolat emasmikan—dedim ovozim qaltirab.
—Bo'lishi mumkin—dedi u shunchaki—bu haqida gaplashmaylik,bor kiyin.
—Yo'q,men bu kabi tahlikada yashashni istamayman—deya unga qupponchani o'qtaldim.Anvar tanasini yaxshilab burib menga to'g'rayma tog'ray turdi,yuziga ajablanish sezilmadi—Mohina bu qurol,o'yinchoq emas !
—Bilaman,shu sabab barchasiga barham berishni istayman.Bu qurol sizni o'ldirishga mo'ljallangan to'g'rimi?—dedim qurolni tushirmay.
—Ha ,bundan qaytib topish mushkul,shu sabab uni ol,o'qi bekorga ketsa topa olmaymiz bosha —deya sal besaranjom bo'lib kulimsiradi.
—Bekorga ketmayd! Zero shu sabab meni jonim omon qolarkan,tahlikada yashagan sog' jonim menga tatimaydi,o'lsam sevganim qo'lida o'laman,o'zganikida emas—-deya qurolni Anvarning mo'ljalidan chetga favvora tepasidagi kiyikchaga to'grilab orqama keyin uch marta ko'zlarim qattiq yumgancha ottim