Xotima
Kechgacha uxlab olib,bekorga Anvar bezovta qilmay to kun botguniga qadar uxlashimga qo'yib bergan ekan,kechasi tinim bo'lmadi.Hammasi tunda mashinada sayrga chiqib ,kechasi qaytib kelganimizda menda sening kiyiming qolib ketibdi deya qo'limga o'sha shayton inida bo'lgan ishlar vaqtida qolgan ichki kiyimimni berishdan boshladi.Miyamga chiqib ketgandi,asabiylik ham uyat,belgini bunaqa yoqimsizidan bergandan ko'ra chiroyli qiilib tushuntirsin,shu vaqtgacha bermay tunga olib o'tirganini qara dedim,yuragimni yorib menga yana hammasini eslatib hislarim bilan o'ynashishni boshladi.Osha vaqt tonggi uchdan o'tib ,bevaqti soat nimadandir gap chiqib,tortishib qoldik,mavridi urushdikda o'ziyam hech chiqishmay,keyin itarib tashladim zarda bilan,qancha erkalamasin,suykalmasin o'zimga yaqinlashtirmay sovush uchun turib achchiq qilgancha ustimga kiyimam tashlamay vannaga chiqib kettim.U ham araz qildimi kabinetiga chiqib ketibdi.Shu-shu uyqu bo'lmadi,hayolim bo'linib tonggacha hayol surib yottim,qo'lim tagida qolib ketgandi o'sha ozgina og'rib turibdi,so'rasa aytmadim,qo'limni og'ittingiz deb.Kun yorishganidan so'ng ,avvalgidek ishlarimni qildim,uni bezovta qilmadim,tirik o'ligidan habar olishga ko'nglim bo'lmay xonasini eshigini sal chertsam javob bo'lmadi,boshimni suqqanimda burnimga achchiq tamaki isi urilib,shu qadar xonada pag'a-pag'a tumandek sigaret tutunlari suzib yurardiku,derazaning nuqtadek tushgan yorugida buludden suzib o'tib ko'zga tashlanardi.—Paraxod bo'b ketingey odamam shunaqa ko'p chakadimi?—dedim tutunchalarni haydab—o'pkangiz bormi ish qilib?—Menam odamman —dedi u norozi tong'illab kursisida ko'zoynak tagidan menga ko'zlarini olaytirib qararkan.—Qaranga bilmapman,maxluq deb o'ylabman odam yeydigan—dedim piching qilib,borib stoliga suyandim.—Tergagani keldingmi?—dedi u notebookini ustidan ushlab meni ko'rmasin degan maqsadda ozgina yoparkan.—Ha—dedim ovozimni sal ko'tarib — menga bola kerak? (Asliida obunachilarga 🤭)U pasttan ko'zoynagini yechib yuzimga tentakka qaragandek qaradi—men tug'ib bermaymanku.—Men -chi?—Mohi ertalabdan kayfing bormi?uxlamadingmi?bor ozgina aylanib kel,ikki kungina uyda o'tiray dedim,shuniyam burnimdan buloq qilib olmagin—deb oxirgi jumlalari zarda bilan chiqdi.—Agar—-deya o'ychan gap boshladim—men homilador bo'lsam,bu bola...sizga o'xshab...—Jin ursin hech qanaqa bola bo'lmaydi —dedi u jaxli chiqib.—Nima?—uning oldiga ilkis yaqinlashib bordim—nimaga ekan,genga bog'liqmi,siz nasl qoldira olmaysizmi,ahir hamma mahluqlarda nasl qoldirish instinkti bo'ladiku.—Mohina senga qqanday tushuntirishni bilmayapman,bu .... bu....tanamda moddalar almashganda kuyib ketgan,aslida ko'p nasl borasida bosh qotirmaganman,chunki...aloqa qilganlarimni hammasi o'lgan,sendan boshqa—Nima qilamiz?—Senga bola nega kerak,ahir hammasi shundog'am yaxshi bo'lsa.—Anvar sizga bolalar yoqmaydimi?—yoqadi...—Ha sizga o'ldirish yoqadi,qiynabbbb,yuuuumshoq yangi tugilgan qo'zichoqnikidek barra,mayin go'shtini og'zingizga solganingizchalik ularning kulgisi,qop-qora ko'zlaridagi quvonchni,o'zining shirin tillarida oyijon,dadajon deb bo'yningizdan quchishini ko'tarinki bir ishtiyoq bilan xis etmaysiz—deya qalbimga tuman tushgandek bo'ldi.—Mohina —deya u ishini surib o'rnidan turdida bagriga oldi—afsuski,ming afsuski men bunga ojizman ,seni tuygularingni xis etishga urinyapman.Nimaiki bo'lsa so'ra ammo bu ilojsiz deb qo'rqaman, javob bermadim shunchaki ko'ksiga boshimni qo'yib ko'zlarimni qattiq yumdim.
Xotima 58-qism. Kechga yaqin onamnikiga bir dasta gul va tort ko'tarib bordim,gullarni ko'rib onam rossa quvonib kettilar,duo qildilar,oyi qariyapsiz deya singlim ikkimiz oyimning ustilaridan kuldik birgalashib.Aytganlarichalik o'zimizdan boshqa begona odam yo'q,Muxlis oshxonaga chiqqanimizda aytishicha Davron tabriklab ketibdi,fermasi nomidan sovg'alar olib kelibdi,onam ammo hammaning tabrigini oqizmay tomizmay gapiirib berdilaru Davrnjondan olgan sovg'alari sirini chiqarmagan edilar,Davron tez-tez kelib turadimi deb so'radim MUxlisdan unaqamas,umiman kelmaydi,onam avval ishchisi bo'lganku,o'tgan yil i8shxonada nishonlaganlaridan esida qolib xursand qilib ketay deb kelibdilar dedi singlimam soddalik bilan.Gashlik ichimga cho'karkan,Davron Muxlisdan opang kelib turibdimi desa bugun ham keladilar, erlarini ishlari ko'p ekan,o'zlari kelaman deb habar qildilar deb sotib qo'yibdi,Bundan so'ng hech qanday ko'ngil hushlik tatimay qoldi,Anvar kechga Botirxon chaqirsa taksi yuboraman degandi,ming bir istihola bilan,men ahmoq agar jiddiy ish yuzasidangina ishlaringiz chiqsa rozi bo'laman deganimda,ijarachi chet eldan kechgi soat 8da kelib bugun bo'sharkan,bugun qachon bo'lmasin tutib gaplashib olask u yogi o'z-o'zidan yurushub ketadi,degandi,ijarachi bilan uchrashuvi kechiksa taksida uyimga qaytsam Davron poylab turgan bo'lsaya.Anvarga aytaman,kerak bo'lsam ijarachi bilan uchrashuvni boshqa kunga qoldiring deyman,sakkiz yarimgacha kutaman.Kayfiyatim keskin tushganini birpasda yaqinlarim sezib qoldi,Mahbuba bor tugilgan kunga kelmagani sababi yaqinda 3-4 kunda yaqin dugonasi turmushga chiqayotgan ekan to'yga javob olaman shu orada onamni kech bo'lsayam tabriklab ketaman dedilar qong'iroq qilsam.Tort kesildi,ozgina tatingan bo'ldimda onamning hurmati uchun oldimda olib o'tirdim.Dam badam soatga qarab vaqtning juda sekin o'tishidan ezilardim,,,,,,,,,,,,hatto oradagi qizgin suhbatlar qulog'imga kirmay qo'ydi.Nihoyat soat sakkizga yurdi,telefonimni olib Anvarga qildim,baxtimga uchrashuvlari ko'chirilibdi.10 daqiqada olib ketarkan,ko'chaga chiqib ovqatingni hazm qilib yayoy yurib kelaver deydi,tozza havoda ,ustimdan kularkan.Yana gaplariga qaraganda mashinada Botirxonam borakan,oyimlarni oldida "yuqoting uni"deya olmadim,Botirga atalgan shirin gaplarim yigilib qolgan,alamimdan chiqaman,Anvar qaytara olmaydi. Tez kelaman deganiga singlim bilan ko'cha chetida gaplashib kelay desam,yo'l boshida chap tomondan bir mashina bizdan naridayoorug chiroqlarini o'chirib yoqib signal berdi,faralarning o'tta kuchli nuridan qorongudan va mashina rusumini bilib bo'lmasdi.—Anvar akam—dedi singlim birdaniga.Qiziq nega biz tomonga kelmaydi,singlim uni Anvar deya hayrlashishga choglanarkan mashina siljib bir gaz berdida biz tomon yurib kela boshladi,mashina haydovchisining yerni changitib gaz berganidan Anvarning hushi joyidamikan dedim.Biroq u mashina kelmasdan turib,oldimizga oq l jentra to'xtab ,ichida Botirxonning ,ro'lda Anvarning qorasini ko'rib oyogimdan mador qichdi,haligi mashinani qiynab gaz berib ,bizga signal chalgan kim edi,unda Davron degan fikr kelarkan,tezroq mashina orqasini ochib Muxlisgayam o'tir burilib uyga tashlaymiz,dedimda,uni tezlashishga qistattim,boyagi mashinani lacetti orqasidan bildim,raqamlari otni qashqasidek tanish ,bu Davron.Muxlisni uyiga tashlaganimizdan song ham u ortimizdan qolmadi.—Orqadagini mazasi joyidamasga o'xshaydi—dedi Botirxon o'zi tarafdagi eshiknning ko'zguchasidan qarab bir qo''lini oynadan chiqarib olgancha Anvarga qarab mastona kularkan—kimga sakrayotganini fahmlashi qiyino—dedi ovoz chiqarib kulib,Uning bu asl yuzi edi,garchi u dushmanimdek odamning joniga qasd qilish o'yida hiringlayotgan esada gazabim qo'zidi