Joker 2
—Jokermi?Shahroz Zulfugarov Huseyn ôğli ayni damda 33 yoshda , dadamga deyarli aloqasi yôq mafiyoz , bitta tomoni u "Oltin yulduz "klubi azosi ekani uchun tuğilgan kunga aytilgan ,chunki "Oltin yuzlduz"da Ôzbekistondagi jamiki kôzga kôrinarli biznesmenlar birlashgan .Shunga u ham bor .Ikromovga kelsak Ikromov poytaxtda emas ona shahri Andijonga ketibdi—dedi u yuzimga sinchkov tikilib.—Zulfugarov degin...mmm Ikromov anniq Andijondami?Qayerda ekan uyi?U anniq bizha yordam bera oladigan inson Baxtiyor,agar shu kishini topib gaplashsak ôsha Zulfugarovni ildizini quritishga yordam beradi.Sababi hamma mafiya ham bir davlatda yolğiz ôzi hukmorinlik qilishni istaydi,bir qozonda ikkita buqa kallasi qaynamagani kabi —dedim iyagimga qôlimni tirab miyamda Ikromovga aytishim lozim bôlgan gaplarni ôylarkanman.—Shunaqa deb ôylaysanmi?—Senchi?—Men Ikromovni tanimayman !—Taniyman,topishga yordam bersang bôldi —dedim kôzlarim chaqnab.—Unda egninga kiyim topaylik, yigitlarni kiyimisiz ham ja kôp "mujik"lik qilib yuboryapsiz "opa"— desa bôladimi qanday kulib yuborganimni sezmay qoldim.Unga "sevgilim" va "Nilufar"deb murojaat qilishidan kôra "opa"deyishi ovoziga yarashar ekan.Uning ovozidan bu sôzni qayta-qayta eshitgim keldi.Biroq kôpam kulib uni hijil qilmadim va bujmayib turgan basharasini kôrmaslik uchun oğzimni yiğolmay yotoqxonaga ôtib ketdim.
Xullas,Andijon bizni qarshi ol !
JOKER 2.
Egnimdagi tôq kôk rangli uzun par-parli kôylak ôzimga juda yoqdi.Yengi ipchalik ,tovonimda bir qarich yuqoridan edi etagi.Oyoğimga ham kôylak kabi nafis,poshnasi ingichka bastanoshka kiyib,sochlarimni tekis qilib yozib olganimdan odam qiyofasiga qaytgan edim.Baxtiyor tabiri bilan aytganda "qiz bolaligimni endi xis etgandim"—Sen aylanishga boryotganmiding yoki eski sevgilingning sheriklari oldigami?—dedi Baxti mashinaga atirga chômilgancha ôtirishim bilan ,mashina ichi atirim isiga kômilgandi.—Gôzallik hech qayerda halal bermagan , iltimos tashqi kôrinishimdan natang urma —dedim tepadan kôzguni tushurib yuzimga razm solarkanman.—Xôp—dedi u va mashinani ôt oldirdi.Ancha masofaga qadar sôzsiz,jim ketdik.Orada benzin quydirib oldi.Shunaqa mashinaning tanho shuvillashi eshitilib turgan vaqti,uning mashina ôrtasiga qistirilgan qôl telefoning ekrani yondi.Xohlamasamda kôzim tushdi,unga SMS kelgandi,lekin SMSdanda menga telefon ekranidagi bir qizning sur'ati qiziq edi.Bu men.Allaqachonlar Baxtiyor kasalligida ishxonamda Maftuna ikkimiz birga tushgan rasmimizning men tomon kesib olingan shakli edi,Maftunaning rasmi qirqib tashlangan telefon fonida faqat mening tishlarimni kôrsatib kulib turgan aksim turardi.Rasmni qayerdan oldi ekan,Maftuna unga bermaydi,berishi mumkin.Ammo bir tomoni ham bor , ancha vaqt u rasmni Maftuna meni ham ôzining profiliga qôyib qôygandi.Ehtimol Baxtiyor shundan ôtqazib olgandir.Fonga tikilib tursam,hayollarimni uchirib endi unga qônğir qilishardi.—Alo eshitaman —deb Baxtiyor telefonni qôliga olib yelkasiga qôyib boshini eggancha gaplashishga tushdi.—Assalomu aleykum onajonim.Yaxshimisiz?Men ham tuzukman.Charchamayapsizmi?Ha rôlda edim.Menmi?Ôrtoqlarim bilan toğga chiqib ketyapmiz,shoshilibman ...dadamni habari bor.Xôp...xôp mayli siz ham ôzingizni ehtiyor qiling.Qachon deysizmi?Bilmasam kechga ,yoki ertagami,kôraman qaytsam uyga boramanku oyijon—deya u ovoz chiqarib beğubor kulib qôydi — albatta.Sizni yaxshi kôraman,charchamang —deb qizilni bostida yaxshi kayfiyatda telefonni joyiga qistirib qôydi.—Hmm oyingmi?—dedim ozgina gapga solish uchun unga.—Shunaqa —deya u qisqa javob berdi.—Baxtiyor —deya murojaat qilgan esamda ,mashina oynasidan film tasmasidek zudlikda bilan ôtib boryotgan manzaraga qarab.—Quloğim senda —dedi u oddiygina qilib.—Avval kimnidir sevganmisan?—deb savol berdim va shoshib qôshimcha qildim— faqat sen eding deya kôrma,negaki kim bôlsa ham hayoti davomida bitta odamnigina seva olmaydi.Ilk sevgi degan narsa bor.—Seni tushundim—dedi u — bôlgan.Unda ancha yosh edim.Kechagidek esimda yettinchi sinfda ôqir edim.Ôzimzdan bir yosh katta qizni yaxshi kôrardim.U Toshknet viloyatining coca-cola bazasining direktorini mendek yolğiz qizi edi.Adashmasam ikkita akasi bor,onasi maktabimizdagi juda mehribon va iymonli huquq fani ôqituvchisi edi.Shungani doim sinfdishlarim onasidan qizini surishtirsa men jon quloğim bilan eshitar,onasidan qizi haqida eshitish menga yoqardi.Afsus u vaqtlari burni oqib yuradigan lapashang yigitcha edim,u qiz esa osmonda meni hatto tanimas oldimdan ôtsa shamolini ilğab qolardim xolos.Bôyi uzun , chiroyli qiz edi,ôqituvchimiz ham shunaqa ayol nazokatli edi.Unda dadam deputat emas,oddiyroq ishda ishlardi.Hozir ôylab kôrsam unga xislarimni biron barta oshkor etmay xato qilipman.Mening fikrimcha , kimnidir pinhona sevishning keyingi nomi bu — azob. Hozir u qiz turmushga chiqib ,Amerikada yashaydi.Tamom —dedi u.Uning hikoyasini yuziga qaramay tinglagan edim,demak u ham qaysidir ma'boda sevgi deb azob tortgan.Ilk sevgi chiroyli yakunlanmaydi,agar birinchisi bôlmaganda ikkinchisi bôlmasdi.
Yuragim siqilishga tushganida nihoyat biz Andijon viloyatiga kirib keldik.Toğlarni,vodiylarni bosib ôtib endigi manzil Shahrixon tumani edi.U yergacha yana yarim soatcha yôl bor.Baxtiyorning kôzi yôlda nafas olgani ham eshitilmaydi,indamay mashinasini boshqarib borardi.Shu kunlari sal boshqacha bôlib qolgan,jiddiy va kam gap.Andijonga qadar u bilan deyarli suhbatlashmadik , u ham gap sôramadi,men ham indamadim.Ôzi tôğri ish qilyapmizmi?Ikromovni shuncha yôl bosib topib kelganimizga yarasha meni tanirmikan,uyiga kirgizmay haydab yuborsa -ya ?Yoki Jokerdan olgan muaomalamni unda ham kôrsam.Tanamni hadik egalladi.
—Yana qancha yuramiz ?—dedim hayolimda bir soatdan oshgandek bôldi.
—Deyarli yetib keldik chamamda —dedi Baxti mashinasini bir kôchaga burib.
—Anniq shu tumandan ekanmi?Umuman bu mahallada Ikromovga ôxshagan boylar yashaydiganda ôxshamaydi—dedim tashqariga qarab.
—Manavi uy bôlishi kerak —u chamalab mashinasini tôxtatdi.
—Agar shu uy bôlsa sen gaplashib olaylik Baxtiyor.—dedim nafasimni rostlab.
—Gapir.
—Men gapiraman sen aralashmaysan.Bu yerda eshitgan va kôrganlaringni tashqariga olib chiqmaysan,tuya kôrdingmi?Yôq ...—deya bitta bitta gapirib tursam u ensa qotirib yuzimga baqrayib turdida chuqur nafas chiqarib mashinadan tushib ketsa bôladimi.—Hoy—deb ortidan tushdim,u darvoza oldiga yetgan qônğirogini bosishga shaylanib turardi.—Meni eshitdingmi Baxtiyor ? Aloqang bôlmagan muammoga boshingni tiqib qôyishni istamayman ,bularni bilmaysan...—deya baland poshnada ehtiyotkor taqillatib kelganimcha u qônğiroqchani jiringlatdi.—Agar bu meni ishim bôlganda ,seni uyda qoldirardim.Ayollar aralashgan ish doim rasvo bôlgan —dedi u humrayib.Tovbaa men nima dedim.Zarda qilishinichi.Meni ham asabim buzildi chetga ôtib kimdir chiqishini u kabi kutdim.Ikkinchi chaqiruvdan sông katta taxta darvozani bittasi sekin ochgandi Baxtiyor yaqin bordi.—Kim kerak ?—degan yuğon ovozdan men ham Baxtiyorning oldiga tiqilib undan burun —Ikromovga keldik.U uydami?—dedim.—Nima ishing bor ?—dedi balzangi qovoğini uyib yuzimga mensimay boqarkan.—Kôrishib bir masalada gaplashib olishimiz kerak.Nilufar ismim ,ular meni taniydi Shahrozni xotini deb ayting —dedim Baxtiyorning yuziga bir qarab olgach.Balzangi meni analiz qilib chiqqach ôychan tikilib qoldida darvozaxonaga taklif qilib , chôntagidan telefonini chiqarib kimgadir sim qoqdi.Darhaqiqat , uning uyi juda baland solingan bir qavatli bôlib ,darvozaxona qisqa va tepasi setka bilan ôralgan soya edi.Hovlisida baland ustunlar naqshnkor baland zinalardan chiqib kiriladigan xonalar eshigi ham juda nafis uslubda ishlangan naqshli eshiklar bilan berkitilgandi.Hovli keng ozgina yurilsa uzum toki soya qilinib hovli tôriga qarab soya qilib ôralib ketgandi.—Yuringlar —deb telefonda gaplashib olgach yigit bizni ortidan boshladi.Baxtiyor jim ergashdi.