June 10, 2025

Xotima

XOTIMA -3 qism

Tushunmadim —dedi yigit va qiz yana haqorat qilishda davom etdi—Ana nima degan edim,kelasolib lôliga ôxshab shalaqqilik qilyapdi,yovvoyi —dedi qiz sochiga ilinib qolgan qalamni olarkan tilini tiymay.—Hozir senga yovvoyi qanaqa bôlishini kôrsatib qôyaman suv ilon —deya qizning tepasiga bosdirib bordim.Boya eshikni ochgan ustozi arang qadamimning tezligidan meni tutib qolishiga unchalik ulgirmadi,chunki qôlim qizning malla sochlarini changallashga ulgirgan edi.—Aaa yordam bering ! !!! Buni mendan oling , yovvoyi , môltoni — deya yiğlamsirab qaddini kôtarishga urinar,mendan qutilishga urinar ,ammo qôlidan kelmasdi.—Eyyy qiz,ôzingni bos ,nima qilyapsan ?Nari tuuur —deya yigit qanchalik meni chetga tortsa qizning sochi qôshilib tortilardi.—Mazza qilyapsanmi?Ikki metr tilingni endi shôrva qilib ichasan , avval sochlaringni bittalab yulaman ,keyin tilingni uzib olaman —deya qizning baqir chaqiriga parvo qilmay qôlimni qiyvorgan esada hozir sochlari haqiqatdan yulinin ketadi demay,shunaqa vahshiylarcha sochidan tortaverardim.—Bôldida e !—deb yigit ikkimizni ikki tomonga irğitib yuborgandi , u ôtiradigan stuliga borib urilib , yiqilib tushishiga sal qoldi,chunki engashgan holatda edi.Men ham qaddit turtkidan sochni quyib yuborib nariga uchib ketdim.—Qanaqa beaxloq qizsan sen?Kôchadan kelishing bilan tôs-tôpalon kôtarasan,hurmating borida bu yerdan qorangni yuqot ,keyin mendan kôradiganingni kôrasan.Bu yer kôchadan har kimning kelib janjal chiqaradigan maskanimas , jodugar —deb yigit biroz asabiy ikki qôlini beliga qôydi.—Menga qarang siz kim ôzi?Men sizga biron nima dedimmi?Hozir meni haqoratlashga asosingiz bormi yoki tuğib katta qilib,beshigimni tebratib qôyganmidingiz menga bunaqa muomala qilasiz...—deya bu safar ôqituvchisiga tashlanib ketdim,indamasam bular ikkita bittaga ...—Hmm senga gapirishga litsenziyam bôlishi kerakmi?—deya yigit yaqin kelib dimoğdorlik bilan dedi.Nimasiga bunchalik katta ketyapdi,nari borsa bitta ustozcha ,yetmaganiga kôzoynak taqadi,tôrkôz—Ha bôlishi kerak bormi?Iya sizda litsenziya nima qiladi , xudo biladi mana bu moğor bosgan markaz deyishga odam uyaladigan joyni hujjati bormi,menimcha unaqa emas—deya atayin kesatib gapirdim kulib.—Kelib janjal qilding indamadim , admistratorimni sochini yulding indamadim, mayli qalamdonni ham otding indamadim,sen qiz ancha taltayib ketmadingmi a — deya menga yanada yaqin kelib burnimni tagiga kelib oldi.Bizning dahanaki jangimizni chekada sochini silab qiz mazza qilib tomosha qilardi.—Kelib-kelib sizga taltayamanmi?Yana aytaman kimsiz ôzi ?Nari keting ,ikktalashib talaganlaring yetadi , ôzingizdan zôrrr odamni yoqmang , nari borsa bitta batanik ôqituvchisiz , tinchlik ôrnatmoqchi bôlasiz,aslida mana bu alvasti ilon qizni tiyib qôying men hech nima qilmadim —deya yana ôzimni oqladim.—Surbet —dedi admistrator qisqa qilib — kuppa kunduz kuni tuhmat qilishga uyalmaysanmi ?Senmasmiding qaysi ustozga kelding desam burningni jiyirgan !—deya chekadagi qiz ovoz kôtardi ustozini ortidan.—Sen echki ...—deya endi tashlanmoqchi edim ,kutilmaganda men bilan gap talashayotgan yigit belimdan ushlab tortib qolsa bôladimi.Ilk marotaba erkak kishi belimdan ushlaganiga umiman olganda birinchi marotaba tanamga ôğil bola qôl tekqazganiga ikki xil xis tezda meni qamrab oldi.Birinchisi uyalish ikkinchisi ğazab.—Jim tur zaxar —deya u meni ortimdagi admistratsiya stoliga taqab qôyib boshqacha nigohlarda qaradi — mana bu ôzingga ôxshagan hunuk ovozingni ôchirib bu yerdan quyon bôlasanmi yoki sen ôylaganchalik botanik emasligimni isbotlaymi?Yer dumaloq , kôz-kôzga tushganda keyin uyalib qolmasang ,mayli —deya sokin , past ovozda ikkimiz eshitadigan ovozda gapirdi.Kôzoynak tagidagi jiggarang kôzlariga bir qarab oldimda—Quyib yuboring,adashibman...—deya yuzimni ôgirdim,endi u u nari ketyotgan edi

—Uyatsiz ham ekansiz —dedim .Shunda u keskin ravishda yuzini yuzimga yaqin olib keldiki kôzlarimni qattiq yumib olib boshimni orqaga tashlashga ulgirib qoldim,shungami yo boshqa sababdanmi u tôxtab yuzimga qarab kulganini xis etdim.Yuragim qinidan chiqqudek urardi,quloğimgacha qizib ketdim...—Yurakdan bergan ekanku deya —u butunlay meni ozod qilib nari turdi—Yuqol bu yerdan turqingni kôrmay,narigi safar ayab ôtirmayman,sendaqa kôchada qolganlarning ôrnini shunaqa qilib kôrsatib qôyilmasa ja boshga chiqasanlar.—deya boya chiqqan eshigi tomon yurdi. Joyimda mixlanib qolgan ekanman ularga nisbatan kônğlimda ôtayotgan gaplar tashqariga chiqsa "3-Jaxon urushi" boshlangudek edi.Tilimni tishladim.—Bunaqa betgachopar ôquvchidan ôzi asrasin —deya u xonasiga kirib ketdi.Ğazabdan qizarin bôzarib tursam admistrator qiz menga qarab ğalati jilmayib turardi , keyin tilini chiqarib 1.1 bôlganini isbotlash uchun ğolibona tirjayib qôydi.Hozir qayta urushni boshlashga ishtiyoq bor - u,imkon yôq.Kiyimlarimni tôğrilab qizga qupol bôlsada uzun-uzun barmoqlarimning ôrtasini kôrsatib ortimga ôğirilib keta boshladim.—Vooy ...—deya qiz ajoyib haqoratdan burnini tishlab qoldi.