Davomi...Uning kvartirasiga chiqganimizdan sông u eshikni ochdi,avval meni kirgazib keyin ôzi kirdi.Bu yer tinch va shinam edi.Yoruğ va meni eski kvartiram kabi yurakni siqadigan hotiralarga ega emas edi.Sochlarim qôqigan,ahvolim havas qilgulik emas,shu kôrinishda uning oldida yuribman shkafning kôzgusida aksimni kôrib ôzimdan uyalib ketdim.Nailoj taqdir taqazo etda barchasi rôy berarkan,mayli men bu yerda qolaman, ammo uchi?Ôsha kuni men yotgan yotoqxona eshigiga suyanib tôzğigan sochlarimni ôrish barobarida unga dedim:—Men sen bilan bir uyda tunamayman — ovozim hotirjam chiqgan esada u shoshib yuzimga qaradi—Kim senga meni uyim yôq deb aytdi.Xudo shukur ota-onam bilan yashaydigan kattagina uyim bor,bu joyda sen bilan tunni ôtqazaman deb kôzim uchib turgani yôq — dedi gaplarini paydar-pay tezlikga aytib tashlarkan yuzlari qizarishga ulgirdi.—Bu degani men qolaman,sen ketasan, shunaqami?—dedim ôrim sochimni ortga tashlab.—Bôlmasamchi ,mana qara ,bu vannaxona ,hamma sharoiti joyida kôchaga bemahalda chiqib meni ketganimga afsus qildirma faqat , oshxona bu yoqda — qôli bilan ortidagi kiraverishdan chapdagi xonani imo qildi — biron nimaga ehtiyoj sezsang darrov telefon qil obkeb beraman —deb ostonadagi oyoq kiyimiga engashdi.—Raxmat —dedim nima deyishni bilmay.Chunki uning bu kabi himmatiga teng kela oladigan menda raxmatdan boshqa tuhfa yôq edi.—Arziysan,arzimasang ... ôsha befayz kvartirangda ôz yoğinga ôzing qovrulib yotarding .Xôp,hayrli tun —dedi u muloyim qarab.—Yaxshi bor —dedimda chiqib ketishini kutib joyimda qôllarimni chalkashtirgancha turaverdim ,u eshikdan chiqishga shoshilmadi oyoq kiyimini kiygan esada egnini tôğrilab qôyib ,chôntagini kovladi.—Baxtiyor ketasanmi?Yoki boshqa bir ishing bormi?—dedim harakatlaridan picha kulgim qistab ketishga undarkanman.U bir chuqur nafas oldida oyoq kiyimida gilamchani bosib katta katta qadamlardan keldida yuzimga ozgina egilib yanoğimga labini bosdi.Shunda yuzimda uning nafasini xis etib, etim jimirlab jismim qizib ketdi,bôlmağun hayollar miyamga bostirib kelarkan mendan qisqa masofada turgan Baxtini yelkasidan itardimda yuzimni burdim—Bor ket ,men uxlayman—dedim past ovozda .U salmoqlanib turdida qayta ôsha holatda nafas olib jimgina eshikdan chiqib ketdi.Joyimda toshdek qotgan ekanman , besh daqiqa ôtar ôtmas qôl telefonimga SMS keldi,loqayd tortma ustidagi telefonning yoniq ekraniga nazar tashlasam undan ekan "Eshikni qulflab ôtir.Hayrli tun.Seni sevaman "deb yozilgan edi.SMS javobsiz qoldi,tortma oldidan ôtib vannaxonaga ôtib ketdim.
.Baxtimga kattagina vannasi bor ekan.Iliq suvda boshimni tiqib yarim soatcha yotdim,barcha ğamlarim va tashvishlarim arigandek bôlib yengillashib vannadan chiqdim.Sochlarimni sochiqqa ôrab ,xohlab xohlamay ilgichda iliğliq oq xalatni egnimga kiydim.Hidlab kôrsam undan sof kir yuvish kukuning ifori kelardi.Demak ,kiyilmagan.Shu holatimda tashqariga chiqib anglaganim shu bôldiki,men eshikni qulflashni unutibman.Baxtiyorning SMSidagi "seni sevaman"satrlariga hayolim ketib "eshikni quflab ôtir"sôzlari butkul esimdan chiqibdi.Yaxshi ham bildim,aks holda tongacha ochiq eshikli uyda yotardim.Ishonib bôlmaydimDarhol eshikni qulflab qôydim va yotoqxonaga ôtdim.
Ôzimning kôylagimni qayta kiyishga jirkanyapman,toza tanaga yana ôsha iflos libosni ilamanmi ?Bir qilish lozim.Kôzgusi bor shkafni ochib ichiga qarasam ayollarnikimas-ku ,ammo Baxtiyornikimi yo boshqanikimi ikki-uchta yigitlarning kiyimlari bor ekan.Oq sport kiyimi va fudbolka keyin yôl-yôl rubashka ham.Kvartiraning komfortligiga qaraganda Baxtiyor rostdan ham "dunyo tashvishlaridan toliqganda bu joyga tez-tez tashrif qilsa "kerak.Fudbolka bilan sport kiyimning trikosini yotoq ustiga tashlab ,oshxonaga ketdim.Yemak tayyorlab stol ustiga qôydimda tanavvul qildim.Umiman sukunat...xonalarda tanhi ôzimning shovqinimdan ortiq ortiqcha tiq etgan ovoz yôq,bu joy meni haqiqatdan tashvishlarimdan yiroq ayladi.Oshxonaga ,uning mebellarini tomosha qilib ôzimning mana shu joyda kuydir-pishir qilib yurganimni tasavvur qildim.Men gaz plitasi oldidaman Baxtiyor ikkimizning shirin ôğilchamiz (men farzand kôrsam ilk bolam ôğil bola bôlishini istar edim)ovqatini ôynab ôz stulchasida ôtiribdi,u ishga ketishdan oldin bizning oldimizga kalstugini tôğrilagancha keladi va hayrlashish asnosida yuzimdan ôpib qôyadi ,men esa unga bôyinboğini tôğrilashga yordam berib ,u ôğlimizni erkalab ôpib qôygacha eshikga qadar jilmaygancha kuzatib qôyaman.Ahir u ishbilarmon.Balkim umiman saroydek uyda yasharman qôlimni sovuq suvga tekqizmay.Baxtiyor bilan ...tumush qurish qôrqinchlik emas,u takidlaganidek yosh muximmas.Uzoq vaqt bir nuqtaga tikilib qolganimdan kôzlarim yoshlandi,kipriklarim pirpirab bôshagan idishni rakvinaga tutib chaydimda qayta qôlimni yuvish uchun vannaxonaga borib sovunlab yaxshilab yuvib yuzimga sovuq suv olib bordim
Tong saharlab telefonimning qayta-qayta jiringlashidan "uff"lagancha uyğondim.Uxlashdan oldin ovozsiz rejimga solib qôysam shirin uyqimni qoq beliga tepmas edi.Kim ekan bu mehribonim , yôq joydan yôqlab qolgan deya asabiylashgancha odatimga kôra kim ekanligini, raqamni ôqimay yashilni bosdim. —Ôlib netib qolmadingmi uyqichi, nega kôtarmaysan telefonni?—degan shoshilinch ovozdan kôzlarimdan uyqu ôchib ketdi. —Hozir turdimkuu—dedim kôzlarimni qashib , uyqimni buzganiga alamim kelarkan. —Soat peshinga yaqinlashyapdi,kelganim sahar edi , tur eshikni och !—dedi Baxtiyor ovozini telefon ortidan zardali kôtararkan.Qizilni bosdimda , ovoz chiqarib "sôtak"deya telefonni joyiga ôtib ôrnimdan turdim.Qarasam kechagi vannaxona halatida yotib uxlab yuboribman,ancha vaqtgacha uyqisiz ôtirib, yotib-yotib kôzim ketgan edi.Pala-partish kecha tayyorlagan kiyimlarimni kiyib yana qônğiroqni bosishga tushgan Baxtiyorni tovushini ôchirish uchun eshikga yugurdim.
—Bittasi ostonada ôlib qolibdi,eshikni kech ochishgan ekan sabri chidamay jon beribdi —dedim kinoyali tonda atayin besabr qiliğidan achchiğim kelib.U ostonada meni boshdan oyoq kuzatib chiqdida lab uchida jilmayib meni surib qôydida ichkariga kirdi.Eshikni yopib , qayta qulflab qôyibman,qayta temirini tortib qôyib ochib qôydim. —Vaaleykum assalom —dedi u . Indamay vannaxonaga kirib ketdim,ortimdan eshikni yopib qulflab qôydimda yuz-qôlimni chayib sochlarimni tuzatgan kishi bôlib oldiga chiqdim.U yôlakda kôrinmasdi oshxonaga kiribdi,taqir-tuqirdan sezdim. —Meni ishim hal bôldimi?—dedim salom-aliksiz maqsadga kôchib tôğridan-tôğri. —Nilfar —dedi u ismimni ôzgacha tilga olib . —Hm—dedim sal yumshab. —Mandan yoshi kichina deb shunaqa odamni yuzida kôzi bormi demay behurmat qilasanmi?Yoki azaldan shunaqa qupol qizmiding?—dedi u istehzo aralash.Ğalati bôldim,u yuzimga oyna tutgandi , nega unga bunaqa qilyapman rostdan ham.Savoliga bu safar xohlamagindan emas,ojiz qolganimdan javob berolmay qoldim. —Hurmatni keyinga qoldiraylik.Avval ishim bitsin —dedim jinnini yoqib miyam ôtgan fikrlarni aksini aytarkanman. —Hmmm—deb bir oz tin oldi , yuzini kuzatsam pastki labini tishlab ozgina hayolga chômdida ,meni qarab turganimni sezib yuzimga qaraganda e'tiborimni olishga ulgirib qoldim. —Joker deganingni shaxsini aniqladim.Lekin u Ôzbekistonda emas ekan ,taklifnomalar uchun yozilgan rôyxatda uning ôtroq manzili berilmagan ,faqat apartment manzili bor.Bu yerga kelishdan oldin ôtib keldim,hech kim yashamaydi u yerda ,Joker Qozoğistonda .—dedi u izlanishlarining natijalarini birma-bir aytarkan bir entikib qôydim. —Jokerning asli ismi kim ekan?Nechi yosh ?Qayerlik?Bildingmi?—dedim umid kôzlarini unga tikib — u yôq bôlsa boshqalar borku Ikromov degani ?