July 5, 2025

Xotima

Xotima 57-qism. Qanchadir ,ozgina uxlagandek bo'ldim,ammo toliqish tufaylimi yo qulay o'rinda mazza qilib uxlab uyg'ongan ekanman,biroz tumba ustida soat 11 yarimni ko'rsatayotgan elektron soatga uyqisirab termulib yottimda,orqamga siljib yonboshlayman desam Anvarning ustiga chiqib ketishimga sal qoldi,huddi bolasini bosib olishdan qo'rqqan onadek yuragim yorilib qarasam Anvar shirin uxlab yotardi,ustiga ko'rpasini tortib qo'ydimda,yuziga termularkanman kechagi,hamma ishlarni unutgandek bo'ldim ,ammo qayta yodimga tushdi.Miyamga shu narsa urilarkan,bugun dam olish kuni emas va Anvar ishga bormay uxlab yotibdi,o'zi turmadimikan yo uxlab qoldimi.—Anvar—dedim pastt ovozda,—-Aaanvaar —dedim cho'zib ismini ,uning uyg'onish niyati yo'q,qotib uxlardi.Boshimni ko'tarib tirsagimga tayanib yelkasidan turttim,sapchib ko'zlarini ochdi.—Soat 12 bo'lyapdi,ishingiz nima bo'ldi?—dedim oddiy ohangda.—Kecha Botirga bormayman deganman—dedi u qayta ko'zlarini yumarkan yostiq ichiga qo'llarini tiqib yaxshilab yotib oldi.Labimga jonsizgina jilmayish yugurdi,bilmayman,hayotim ostin-ustun bo'ldi,ammo uni baribir sevyapman.Qani edi,oddiy odam bo'lsa,tunda so'zlaganlari ertak bo'lsayu,o'zi xohlagandek xudo bergan umrni birga yashasak,bolalarimiz bo'lsa,Anvar mehribon dada bo'lsayu,mendan qochib bolalarimiz dadasi himoyasiga shoshilsa,ayniqsa birinchi farzandimiz o'gil bolganida va qolgani ikkita qizcha dadasini qizlari bo'lsa,afsuski,Anvarning genida mutatsiya hosil bo'lgan ekan,u farzand ko'ra olmaydi,bo'lsa odamxo'r bolalar tug'ilishini istamasdim.Baxt to'kis bo'lmaskanda ,yaqinda yaqinlashmayotganidan ko'nglim notinch edi,endi bolali bo'la olmasligimiz meni ozmoz ezyapdi.Uning tim qora sochlariga qo'l yugurtirdimda,ozgina o'ynab kulib qo'ydim,ko'ngilni cho'ktirmay,balkim u yo'lini topar,ahir u yetarlicha muakammal. o'rnimdan turib,kiyimlarimni oldimda vannaxonaga chiqib kettim,oshxonada tifalga suv qo'yib telefonimni izlab keldim,Anvarning vahima bosgan kabinetida qolmaganmikan deb yuragim pukillab turardi,zaldagi kreslolar ustida ekan kecha televizor ko'rganimda shu joyda qolibdi.Onamga qo'ng'iroq qilib sekin oshxonadagi kursiga cho'kdim,onamnikiga bormaganimga ancha kun bo'lib qolibdi,ertaga tug'ilgan kunlari edi,borsammikan deb turibman,boramanda dadamning ruhini shod etib turaylik,bizdan boshqa hadeb yuqlaydiganlari bordmi ostonasini o'yib.—ERKAYOY KUYOVIM yaxshimi?—dedi onam salpm alikdan so'ng hiyol kinoya bilan.—Yxashilar—dedim kulib—juda yaxshi.—Ertaga qo'yadimi ish qilib,juda soginibmiz seni o'rning chunonam bilinadiki,xonangdan chiqib ozgina ruzgorga unamagan bo'lsanh ham Mohi—dedi onam ochiqdan ochiq—Oyiii-dedim kulib soxta norozi bo'lib—kon'liga tegaydi demaysizda,ruzgordan boshqa joyda o'rnim bo'lmaydimi?— AYTAMANDA bolam,to'ydan oldin seni deya ichim ezilardi...—dedi oyim ozgina gamginlik bilan—Oyii tinchman,hammasi yaxshi,mazza qilib yashab yuribman,erim mehribon nimaga siqilasiz—dedim oyim yana eski gaplarni qo'zg'aganiga.—Senku mazza qilib yashab yurgandirsan,Anvar bechora qanday yashayapdi,eplab tuxum qovirolmaydigan tanti qiz,shooo'r,kuygan,yo tagiga olgan ovqatlaring bilan boqyapsanmi o'zi nimjon kuyovimni sharaqlab kulib yuboribman,nimjonmish,gepardku!Til ojizlik qiladi,—Oyiyey o'ng tarafingiz bilan turibsiza,ko'z ochib ko'rgan kuyovizdan hotirjam bo'ling har kuni har xilcha mazali taomlar yeydi,shunaqa semirmaydiganlar xilidan,qancha yesayam to'ymaydi,qo'rqishni boshladim meniyam paqqos tushirib qolmasmikan deb—deda kulardim faqat,onam bu gaplar haqiqatga yaqinligini qayerdanam bilsin.—Unda yaxshi,o'zi oz'ginlar shunaqa bo'adi,u sen bilan men ikkita yesa o'n kilo semiradigan...—dedi onamam kulgiga yo'yib.—Maylida,kuyovingiz unchalik ozg'inmasku,o'ziga yarashadi—dedimu qo'limni yuzimga olib borib to'xtab qoldim.

Ro'paramda Anvar trikosining cho'ntagiga qo'l suqib sekin oshxonaga kirib kelardi,shartta qo'limni yuzimdan olib — Oyi ertaga o'zi boraymi?—dedim jilmayib.
—Kelasanda,sovg'a-povg'a kerakmas,Anvarniyam birga olib kel, hech kim yo'q,bilasan ammaang sanatoriyaga ketgan,Mahbuba opang kelib qoladi,—dedi oyim quvonib.
—Xo'p boraman albatta,Anvar borishi shartmas —ddedim suhbatimizga quloq tutib turgan Anvarga qarab oldim— erkaklar bo'lmasa nima qiladi,muhim ishlari bor—dedim.
—Hoo xojayinchaa—dedi onam jiddiy ohangda — tanlovni o'zini bo'yniga qo'y sendan so'rab keladimi?—desa bo'ladimi oyim,obbo qaynonaye,oyimam yomon chiqdilar.
—Mayli oyi,ko'ramizda ertaga,xotinni gapiga kiradigan insonmi bu kishi —dedimda uning o'ziga qarab kulib qo'ydim atayin,shu bilan Anvarxonni gapi bormi deya tezroq qo'ngiroqni yakunladim.
—Kalla pishdimi,hozir choy qilaman,yoki gapingiz bormidi?—dedim o'rnimdan turib,u hayolga cho'mgan ekan o'ziga kelib—Nima?yo'q —men hovlida bo'laman deya ortiga o'girilib chiqib ketti
Huddi ahmoqdek u uchun dasturxonni to'ldirib tashladim,choy bechora ikki marta qaynab chiqibdi,issiq , qora kofe damlab qo'ydim.Hammasini taxt qilib tashqariga toza havoga chiqsam favvoraga oyogini tirab boyagidek suvga tikilgancha hayol surib turgan ekan,oldiga bordimda nonushta to'g'riro'gi tushlikka chaqirdim.
—Seni hali hech nima demading—dedi u.
—Nima deyishim kerak?
—Shuncha yillik umr...men haqimda qo'shimcha savoling yo'qmi—dedi u.
—Anvar ertaga onamnikiga ertaroq ketaman,ovqatingizni qilib muzlatgichga solib ketaymi yoki...yoki yana Botir bilan ko'chada ovqatlanasizmi.Istasalaring uyga kelsin u ham,ko'chanikidan uyning taomi foydaliroq,yana...- deb gapimni tugatmasimdan u to'xatti.
—Mohina jim,kerakmas.Nima deyapsan..
—O'tgan kunlarni o'ylashni ,eslashni istamayman,ayniqsa —deya uning ko'ksiga ko'rsatgich barmog'im bilan niqtab qo'ydim—siz haqingizdagi afsonani.
U yuzimga yarim tirjayib qarab qoldida,tanasiga niqtalgan qo'limni abjirlik bilan tutib barmog'imdan tishlab olishiga oz qoldi.

—AAA !!—-deb qo'rqib baqirib yuboribman,u ustimdan kulardi—Anvarxooon,yuragim tushib qolay dedi—dedim narigi qo'lim bilan yuragimni ushlab.
—Shunaqa qo'rqasanmi—dedi u qo'limni ushlab o'pib qo'yarkan— siz shirin emassan Mohi—dedi mazax qilib.
—Bilaman,meni yoqtirmaysiz,shirinmasligimni aytgandiz esim pand bermasa — dedimda yuzimga qolimni yilpigich qilib ikkimiz oshxonaga qarab yurdik.
—Shanaqami qachon—dedi u .
—Markazda bo'lsa kerka,esimdamas...
Kun bo'yi vaqtimizni birga o'tqazdik,choy ichib bo'lib qandaydir komediya film qo'ydik,notebookda ko'ramiz degandii,qat'iyan rad etgandim,bu meni endi dilimni hufton qilishini fahmlab televizorni o'zidagi kanallarda chiqib qoldi, televizor ko'p ko'rvorsam uyqu bosadigan odatim bor,bilmayman televizor ko'rishim bilan 1 soatta osha uxlayman,u qiziq bo'ladimi yo noqiziq lavha farqi yuq.Shunday uyqi elitayotgan ekan,boshimning kresloning orqasiga tashlab endi pinakka ketibman ham iyagimning tagidan ,tomog'imga teggan sovuqlikdan uyqim qochib ketti.
—Jim o'tirsangiz bo'lmaydimi —dedim g'uldirab ko'zlarimni bir ochdimi qo'llarimni chalkashtirib qulayroq kresloga joylashib oldim.
—Qiziqsana —dedi u yelkamdan ushlab o'ziga tortarkan ortiqcha qarshilik qilmay pinjiga tiqildim—mana shunday —dedi u pichirlab—endi o'rningni topding.
Gapiga g'alati bo'lib kulgim qistadi,sochlarimda sayr etayotgan qo'llari ta'sirida uqyu saltanatiga kettim