Xotima
XOTIMA 14— qism.
Akbar meni kônglimga tegib qôyganini anglamadi,lekin men uning gaplarini yaxshigina tushundim.Meni men haqimdagi fikrlarim bu qarashlardan yiroq emas.U tôğri aytdi,men ôziga ancha bino qôyib yuborganlardan,bôyin egmaydigan qizman.
Uning alamdan aytgan sôzlariga javob bergim kelmadi,qani kônglida shuncha kir tôplanib qolibdi,yuzinga aytsin dedim,ozgina tutoqib oğzini gap bilan yopib tashlashim yoki ovqatingga ôzing qara deya allaqachon u yerni tark etishim mumkin edi,biroq sôzlarini eshitdim.Men ikki dunyo bir bôlsin ammamga kelin bôlmayman va bu ,albatta,notoğri qaror bôlar edi.Ehtimol Akbarning ôrnida boshqa birov ôtirganida ôzimni bunchalik kamsitishlariga sharoit yaratib qôymagan bôlar edim.Akbarning odati shu ,qarindoshmizda,ba'zida yuzida kôzi bormi demay chaqadiganlardan , oilaviy tildan bergan bizga.Oğzimizda luqami olib turolmagandek gapni-da ushlab tura olmaymiz.Kôngil ishi...kôngil ishi ...degan bir ma'no bor ,barchasi birdek kelishgan holda ishlaydi,kôz,quloq ,miya va yurak .Garchi bu sôzlarni eshitishni istab jim tinglasamda ôz-ôzidan qalbimga kirib bordi va kôzlarimga tomchi olib keldi.Qara-ya umrimda birovga yoshimni kôrsatmaganman ,eslayman...hayotimda unutib bôlmas bir voqea rôy bergan ,u vaqtlari bunchalik emasdim.
Hali aytganimdek opamni qishloqqa berganmiz va keyinchalik birinchi farzandi tuğilganida,aytmoqchimanki opamning hozirgi ikki yoshli ôğilchasi ikkinchi farzandi ,bundan oldin boshqa ôğli bor edi.Men ularnikiga yotgani bordim , u bu yumushlariga qarash,opang endi tuğgan ayol deya ,onam yuborgan edi.Bolasi ğalati edi,jim yotar.Chaqaloq siyohi yôq,biron marta uyğonmadi kôrgan bôlsam.Opa bu bolangiz buncha kôp uxlaydi ,kasal-pasalmasmi ,desam kecha tuxumdan chiqib sen kasal bilan soğ bolani qanday ajratasan.Endi tuğilgan bôlsa,ôynab bersinmi deb kulgan edilar.
Shu-shu yana uch kun ôtgach,shu ahvol.Na yiğlaydi na uyğonadi,opam majburlab uyqisida oğziga sut tiqadi.
ESIZ ôshanda ular bolaning yuragida muammosi bôlganligini bilmagan,bolasi kechga tomon bir hirillab qôydi,ôsha vaqti qôlimda edi.Ôz-ôzidan kôzlari alang - jalang boqib turgan bolaning mushtek gôsht jismi titrab-titrab keyin tinchib qoldi.Yuzidan ôpib qôydim,pirpasda uxlab qoldimi deya qôlimda ozmuncha ushlab turdim ,keyin sekin yotoqqa yotqizib ochilib qolgan kiyimchasini tôğrilayman desam badani sovvuq va kôkarib qoramtil tusga kirgan edi.Seskanib kettim, qorinchalarini va oyoq-qôllarini ushlab kôrdim bolakay toshdek edi.
Ôshanda ilk bora ôlikni kôrdim,qôlimda jon berdi.Chaqaloq havo yetishmay , qon aylanmay vafot etgan edi.Ancha vaqt mana shu travma bilan yashadim,opamni aybladim,lekin bunaqa ish boshimga tushganini na oilamga aytib yengil tortdim va dôstlarimga sôzlab berdim.Qalbimning tub-tubiga kômdim,ôshal mahallar yiğlashim mumkin edi,biroq bir nuqtaga tikilib ôlik bola yuzida qolgan ôpichimni , qôlim teggan jonsiz jasadini eslab indamay yashayverdim.
Qôllarimni chalishtirgancha bôy baravar ôsgan ôt-ôlan va butalar oralab ketaverdim-ketaverdim meni oyoqlarim boshlamas ,hayollari yetaklab borar edi.Yonginamda baland toğ,shunday tikka va baland ediki qarasang dôpping boshingdan tushadi.Osmonda burgut aylanib uchmoqda ,havo ochiq,yurayotgan yôlim soya-salqin.Ôtirishga bir qulay joy izlamoqdaman,qiy-chuvdan nari bôlibman shekilli ,tiinchib qoldi,faqat yaqin ôrtada allaqanday qushning yoqimsiz sayrayotgan ovozi chiqyapdi.Butalar oldidagi bir toshgan ôtirdim va oyoqlarimni yiğib quchoqlagancha yuzimni bosib ,ikki kôzlarim bilangina atrofni kuzatishga kirishdim. Bir zoğ yôq.Nayinki bir manzara e'tiborimni tortmay qôymadi.Biz kabi sayohatchilar buyumlarini unutib qoldirganmi sal narida qizil ,qora qandaydir matolar,buyumlar kôringandek bôldi.Qiziq tuyulib , joyimda biroz erinib ôtirdimda sông borib qaradim.Yaqinlasharkanman ,bu oddiy mato emasligiga amin bôldim.Tanam shiddatli ravishda muzlab,oyoqlarimdan mador yuqoldi.Qattiq qôrquvdan tilim kalimaga kelmay ,joyimda toshdek qotdim.Ta'riflash mushkul ,bu...bu — yarmi yôq odam tanasi edi.Erkak kishining jasadi toshli yerda yotar,kôksidan bu yoğining gôshti kôrinib ichki a'zolarining titi-pitisi chiqqan,qon qotib qolib ustini katta-kichik pashsha qurt-qumursqa talar edi.Ozgina shabada kôtarilib uning bôyini yuzinga urdi,ôtta sassiq isdan ôğjib yubormaslik uchun burnimni yopib , uning ochiq ,qorachiqsiz kôzlarini kôrib battar daxshatga tushgancha ortga tisarilib yuguraman deganimda men boya ôtirgan tushgan qoqilib yuz tuban yiqilib baqirib yubordim.Hayolimda hozir shu yarmi yôq jasad ôrnidan turib menga tashlanadigandek qôrquvda baqiraverdim-baqiraverdim,ôrnimdan turolmay qoldim.Bir payt ôtlarni shitirlatib "Mohina !"degan Akbarning tovushini eshitsamda tilimni yutib yuborgandek javob bera olmadim.Oxiri u meni topib kôrgan zaxoti oldimga chôkdi.—Mohi bu yerda nima qilib yotibsan?Yiqilib tushdingmi?—dedi u qôlini turishimga uzatib.U meni daxshatdan yiriklashib ketgan kôzlarimni , qaltirayotgan jismimni kôrmas u hotirjam edi.—Akbar...ôlik —dedim ôrnimdan turib.— A nima deding?—dedi u anglamay.—Ôlik,anavi yerda...yarmi yôq — boyagi jasad tomonga yuzimni zôrğa burib ,qayta yuzimni yashirib oldim.Akbar payqab meni holi qoldirdida , borib qarab "Tovba qildim,tovba qildim !" Deganini eshitdim.U mendan ancha yurakli ekanki,men kabi ôzini yuqotmadi.—Dadam ayiq bor degandi,chamamda ayiq yeb ketgan.Hozir men ularni chaqirib kelaman...—deb oldimda ketib qolayotgan vaqti qichqirib berdim—Erkakmisan mol,meni shu pashsha bosgan tana bilan qoldirasanmi?—dedim qaltirab.—Ôzing yura olasanmi,yo qarashib yuboraymi?—deb u xatosini tushunib menga yaqinlashdi.Oyoğimning tizzasi toshlar ta'sirida qattiq shikastlanib kesilgan yeri qonab turardi,bukishga qiynaldim ,Akbarning qôlidan tutib zôrğa-zôrğa qora terga botgancha qarindoshlar oldiga yetib bordim.
XOTIMA 14— qism.
Bizni kôrgan bamaylihotir suhbatlashib ôtirgan qarindoshlar bir sergak tortishib "Nima qildi? nima qildi?"deb orada pashsha ğinğinlashi kabi shovqin kôtarildi.—Yiqilib tushdim —dedim .Onam davradan dast turib oldimga yugurdilar,meni qôlimdan tutib gilamga ôtqazishga harakat qilar choği Akbar katta amakimni oldiga bordida quloğiga sal engashib menimcha u yoqda yotgan jasad haqida aytdi.—Hazillashmayapsanmi?—dedi amakim tafsilotni eshitgach ishonqiramay.Akbar "yôq" ma'nosida bosh irğigich ôrnilaridan gavdasiga yarashmagan bir olğirlik bilan irğib turdida biroz joyida turib qolgandi—Nima dedi?—deb suroqlay ketishdi.Amakim oldiga ikki-uch erkakni yiğib men chiqqan butazor tomon yôq bôlishdi. Onam yaramga spirt surkadi,qancha ôzim epaly olaman qôlimga bering paxtani demay,ôzlari ichlari achigancha yarani puf-puflab spirtga bôktirdilar.Jonim bôğzimga keldi,shu darajada achishardiki oyoğim behosdan kôtarilib - kôtarilib ketardi.Peshonamdan ter chiqib ketdi.Keyin erkaklar qaytishdi va ayollarga kôrganlarini oqizmay-tomizmay ,lekin yumshoq gaplar bilan yurak yormay bayon etdilar.Ayollar,tabiiy,ôtakasi yorilib yaratganga tovba qildilar,meni ham ôsha manzara qayta kôz oldimda jonlanib rangimdan rang yôqola boshladi.—Kim birinchi kôrdi?Senmi Akbarmi?—dedi oyimni kôzlari katta-katta bôlib.—Men...—deb sekingina .Ular yuzimga tikilib qoldilar—Ranging bir boshqacha tus olyapdi,ancha yuraging yorilibdi .—dedi onam — manavi suvni ichfa hohlasang aftobuzga chiqib biroz damingni ol,ôzingga kelasan— deb oldimga baklashkadagi suvni tashladilar.Ichib olgach,ôzaro gurunglashib ôtirgan ayollarga bir qur kôz tashlab ôrnimdan turishga oshiqdim,lekin yana oyim qôlimdan ushlab oldilar.—Eey nima qilgan ekan unga ?Siz kôrdizmi opa?Qanaqa jasad ekan?Erkakmi ayolmi?—deb osmondan tushdimi singlim paydo bôlib qolib biz tengi keta boshladi.—Muxli bor,boshimni oğritmay tur—dedi onam meni ôrnimga,dilimdan ôtganini sezdilarmi. Shu-shu bugungi "dam olish" rasvo bôldi.Jasadni toza matoga ôrashib,militsiyaga habar berishdi.Biz militsiya kelguniga qadar qoldik,ammo mening qôrquvim sabab aftobuzchining "dori qutichasi"dgi tinchlantiruvchi dori ta'sirida uxlab qoldim.Aftobuzda kôzimni ochganimda shaharda ,katta yôlda ketar edik.Kabinaga ôlik sukunat chôkkan,tahminimcha hamma mudrardi.Boshim tepasidan qizil chiroqlar lip-lip ôtar edi,aftobuz bir tekis yuradi.